Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 024 (The Revelation of the Righteousness of God)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)

1. Tanrı’nın Doğruluğunun Mesih’in Ölümündeki Kefaretle Açıklanması (Rimliklarga 3:21-26)


RIMLIKLARGA 3:25-26
25 Masih biz uchun qonini to'kkaniga ishongan kishining gunohlari yuvilsin, deb Xudo Masihni qurbonlikka bag'ishladi va shu yo'sinda O'zining adolatli hukmini ochiq namoyon qildi. Xudo sabr qilib, ilgari qilingan gunohlarni jazosiz qoldirgan bo'lsa-da, 26 hozirga kelib, O'zining adolatli hukmni amalga oshirdi. Shunday qilib, bir yoqdan Xudo O'z adolatiga sodiq qolmoqda va ikkinchi yoqdan Isoga ishongan gunohkor oqlanmoqda.

Faqat insoniyat Masihni xochga mixlamadi, balki Xudo bizning yovuz dunyomizni shunchalik sevdiki, gunohkorlar Uni o'ldirishlarini bilib, O'zining O'g'lini ularga berdi. Biroq, Uning samoviy tushunchasida U Muqaddas Isoning o'limi qurbon bo'lishi kerakligi va har vaqt barcha gunohkorlar uchun kechirim bo'lishi kerakligini maqsad qilgan edi. Masihning qoni bizni hamma gunohdan tozalaydi. Xudoning begunoh O'g'lining qonidan boshqa qutqarilish yo'q.

Bizning hayratlanarli va texnikaviy zafarlarning asrida biz Xudoning g'azabi va hukmi dunyo tarixida faol kuchlar ekanligini va ular samolyotlardan, suv osti kemalaridan, tanklardan va vodorod bo'mbalaridan ham muhimroq bo'lgan tushunchani yo'qotganmiz. Bizning har bir gunohimiz jazoni va kechirimni talab qiladi, chunki asosan biz o'limga hukm qilinamiz, va Masihning vositali qurbonligi bizning najodga yagona yo'limizdir. Xudoning O'g'li bu maqsad uchun Xudoning g'azabining alangasida xochning qurbongohida qurbon bo'lish uchun gavdalandi. Sodiqlik bilan Uning oldiga keladigan kishi oqlanadi.

Minglab odamlar Masihning to'kilgan qonidagi Xudoning ishining hamma kuchini ko'rishgan. Shuning uchun, aziz birodar, biz sizni xochga Mixlangandan yiroqda bo'lmasligingizga chaqiramiz. Buning o'rniga siz oqlanib abadiy Xudoning haqiqatida himoyalanishingiz uchun Xudoning Qo'zisining qonining purkalishi ostiga to'liq o'zingizni, jamoatingizni, kelajagingizni, o'tmishingizni, ishingizni va uyingizni qo'ying. Iso Masihning qonidan boshqa Xudoning g'azabining azobidan va iblisning shikoyatlaridan hi-moya yo'q.

21 oyatdan 28 bo'lgan oyatlarni yod oling. Ularni so'zma so'z o'qib chiqing va yuragingizni ularning ma'nosi qimirlatsin. Keyin siz bu darsdagi muhim narsa gunohkorni oqlash emas, balki safar bo'ylab 3 marotaba eslatib o'tiladigan Xudoning solihligining ko'rsatmasidir.

Bizning sevgi Xudoyimiz qonun talab qilganidek o'tmishda gu-nohkorlarni yo'q qilib yubormadi. Mehr-shavqatli Xudo barcha jonzodlar kelishi orqali kutilgan vaqtgacha sevgisi va sabr-toqati tufayli barcha gunohlarni kechirdi; xochda Masihning o'limining yig'isidagi Xudo bilan dunyoning yarashuv vaqti. Keyin hamma farishtalar shod-hurram bo'lishdi, chunki xochga Mixlanganning tirilishida barcha gunohkorlar oqlandi.

Kimdir Xudoning O'zi kimni xohlasa va qachon istasa kechira oladi deb aytadigan kishi nodon va insonni tinglaydi, va yuzaki mantiqdir; chunki Xudo to'liq ozod emas, balki U O'zini so'zlar va muqaddasligining ma'nolari bilan chegaralangan, va har bir gunohkorni halok qilishiga to'g'ri keladi. U ham qon to'kilmasdan kechirim bo'lmasligini ochib berdi. Agar Masih qurbon bo'lmaganida, Xudo solihlikning talablari bilan uchrashmasdan O'zini kechirganda ayibdor bo'lar edi.

Masihning xochga mixlanishida ikta narsa qilindi: Xudo solihligini ko'rsatdi va xuddi shu vaqtda bizni to'liq oqladi. Muqaddas Xudo bizni kechirish uchun nohaq emas, chunki Iso solihlikning barcha talablarini bajardi. Nasroniylik gunohsiz, muqaddas va kamtar bo'lib yashadi. U hamma jonzodlarning biri bo'lgandek kuchli sevgisi tufayli dunyoning gunohini oldi. Shunday qilib, Isoga sajda qilib Uni sevaylik va suyukli O'g'lining o'rniga o'lishni avfzal ko'rgan lekin olamning davomiyligi tufayli Otasini ulug'laylik va xochga Mixlanganda hukmini muhimligi O'zining o'rniga o'lishga O'zini sabab qilolmagan.

(Yuhanno 17) Iso O'zining ruhoniylik ibodatida Xudoga “Ey muqaddas Ota” degan so'zlar bilan murojat qildi. Biz bu so'zlarda Xudoning solihligning chuqur tuyg'usini topamiz. Yaratguvchi sevgi va haqiqatga to'lgan. Unda nohaq sevgi yo'q, balki U mehrini odillikka quradi. Masihning o'limida Xudoning hislatlarining hamma talablari birlashadi. Bu haq qonunga qurilgan chegaralanmagan sevgi biz nomlagan “inoyatdir” chunki Xudo hatto bizni sevib kechirsa ham solih bo'lishda davom etganidek, tekin oqlanish orqali bizga taqdim etiladi.

IBODAT: Ey Muqaddas Uch Birlik; Ota, O'gil va Muqaddas Ruh, biz Senga sajda qilamiz, chunki barcha tushunchalardagi Sening sevging va muqaddas-liging dengizlarga qaraganda chuqurroqdir. Sen bizlarni oltin yoki kumush bilan emas, balki Masihning achchiq azob orqali va Uning la'natlangan daraxtdagi o'limi orqali iblisning hukmidan, o'limdan va barcha gunohlardan qutqarding. Uning qimmatbaho qoni bizning hamma gunohlarimizdan tozaladi va biz inoyat orqali solih va muqaddas bo'ldik. Biz Isoning qurbonligini ezozlaymiz va bizni oqlashda qutqarishing uchun rahmat aytib, Senga o'zimizni topshiramiz. Omin.

SAVOL 28: Bu “Xudoning solihligini ko'rsatish” degan iboraning ma'nosi nima?

Hamma gunoh qilgan
va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir.
Lekin Xudo inoyati bilan,
Iso Masihning qoni evaziga gunohkorlar tekin oqlanadi.

(Rimliklarga 3:23-24)

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 02:46 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)