Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 001 (Introduction)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

KIRISH


Rimliklarga bo'lgan Maktubga Kirish

O'limdan tirilgan Rabbiy Masihdan har doim jamoatiga bo'lgan eng buyuk sovg'adan biri, Rimliklarga xat yozish uchun Rim poytaxtida yashagan, Uning elchisi, Pavlusni ruhlantirgan bu muhim maktubdir.

Maktubning maqsadi va sababi

O'sha vaqtda, G'ayriyahudiylarning havoriysi o'zining uchta xizmat safarlari mobaynida Asiya Minorida va Yunon hududlarida voizligini tamomladi. U bu xizmat safarlari mobaynida bosh shaxarlarda tirik jamoatlarni shakillantirib, sevgi xizmatlariga imonlilarni qo'yib, jamoat azolari uchun oqsoqollarni, ruhoniylarni tayinladi. Keyin u sharqiy Mediteraniyaning havzasida xizmati tugaganligini topdi. Shunda, u Fransiyada va Ispaniyada Masihning Shohligini o'rnatish uchun g'arb tomon ketdi. (Rimliklarga 15:22-24). Pavlus bu rejalarga qo'shilib, qo'llariga topshirilgan Xushabarni tez-tez, extiyotkorlik bilan o'rganish orqali barcha G'ayriyahudiylarga Masihning havoriysi ekanini ularga aniqlab berib, ularning unga bo'lgan ishonchlarini qo'llab quvvatlash uchun Rimdagi jamoat a'zolariga o'zining mashxur maktubini yozdi. Pavlus ularni Suriyadagi Antioxiya jamoati uning safarlariga, voizliklariga va azob-uqubatlariga sodiq ibodatlari bilan madat berdilar. Shuning uchun, Rimliklarga bo'lgan bu maktub haqiqiy imonda jamoatni o'rnatish uchun uni ishontirishga maqsad qilingan ilk o'rganishni o'z ichiga oladi va jamoatni bu ishda qo'shilgan ishtirok orqali dunyoga voizlik qilish uchun tayyorlaydi.

Rimda kim jamoatlarni barpo qilgan?

Na Pavlus, na Butrus, na boshqa havoriylar, yoki taniqli oqsoqol Rim jamoatini shakillantirdi. Biroq bu tavba qilish ibodatlarida Masih Muqaddas Ruhni tushurgan muqaddas joyda Elliginchi Kunda namoyon bo'lgan ba'zi Rim ziyoratchilari orqali bo'lgan. Ularning tillari Qudratli Xudoning buyuk narsalari bilan to'lgan edi va bundan keyin ular poytaxtga qaytib, xochga mixlangan Qudratli haqida uchrashuvlarida guvohlik keltirdilar. Ular Xudoning najodi haqida Yahudiy va G'ayriyahudiy bo'lgan do'stlari bilan suhbatlashdilar va Eski Ahd karomat qiladigan Masih haqida o'rganish uchun uylarida doirani shakillantirdilar. Havoriy Pavlus Asiya va Yunonistondagi safarlari mobaynida asosan 54 E.K. (Havoriylar 18:2) oldin Qaysar Klavdiyning hukmronligi paytida Yahudiylar Rimdan quvilganlarida, Pavlus Rimdan bo'lgan imonlilar bilan qayta-qayta uchrashdi. Pavlus Rim jamoati bilan shaxsan tanishishni va unda ishlayotgan Muqaddas Ruhning sovg'alarini berishni izlagan. U dunyoning poytaxtida uzoq qolish kerakligini o'ylamagan, chunki u, u yerda tirik va mustaqil jamoatni topgan. U yaqin tumanlarda najod xushabarini yoyish uchun Xudodagi o'sha birodarlarining birligida o'zining yo'lini davom ettirishni xohladi.

Bu maktubni kim yozgan? Qachon? Qayerda?

Havoriy Pavlus bu maktubni ruhiy tajribalarini va havoriylik ta'limlarini to'plagan Korinf shaxridagi Gayning uyida qolganida, E.K. 58 da yozgan. Hech kim Pavlus bu maktubda yozgandek yozolmaydi, chunki tirik va ulug'vor Masih Pavlus Damashqda Masihiylarning qattiq qo'llik bilan quvishni bajarishni izlab, Qonun uchun jazm qilganida uning yo'lida shaxsan Rabbiy turgan edi. Unga yorqin ilohiy nur tushganida, Pavlus nafratlangan Nasroniylik Iso tirik ekanini va U xochga mixlangandan keyin qabirda chirib ketmagan ulug'vor Rabbiy bo'lgan buyuk haqiqatni tushundi. Lekin Iso o'limni yengidi va O'zini barchaning ustidan hokimlik bor bo'lgan Qudratli deb isbotlab, haqiqatdan tirildi. Keyin Pavlus Xudoning O'g'li quvg'in qiluvchisini hukm qilmasdan va yo'q qilmasdan unga mehr ko'rsatib, uning o'zini munosibligi uchun emas, balki faqat inoyatga ko'ra O'zining xizmat ishiga uni chaqirganini tushundi. Shuning uchun, dindor va g'ayratli bo'lgan Pavlus nobud bo'lib, iztirob chekdi. U Xudoning inoyatiga va yangi solihlikning mohiyatiga ishondi. U Qonunga ko'ra o'zining insoniy hatti-xarakatlariga ortiq suyanmadi. Balki u Xudo bilan yarashuvni qabul qilish uchun barcha yolg'onchilarni va buzuqlarni chaqirib, Masihning ilohiy sevgisiga bir xizmatkordek dunyo bo'ylab yurdi.

Bu maktubdagi uslublar qanday farqlanadi?

Pavlus Rim jamoatining har bir a'zosiga bu ruhiy o'zgarishni aniqlab berishni maqsad qildi. Biroq, bu maqsad uchun, u chiroyda, pok til yoki uzun, solishtiruv munozarada bir kitob yozmadi. Lekin u barcha aniqlik bilan bir maktub yozdi, va u Rimliklarga va Yahudiylar undan so'rashini kutgan savollarga javob berdi. Pavlus o'zining ruhiy murojatlarida Ribbiydagi birodari Tertisga tasavvur etib, unga o'zining maktubini aytib turib yozdirdi. Bir joyda u sof imonlilarni Xudoning muqaddas poklanishida ularning yuzakiyliklarini davolab, ularga murojat qildi. Keyin u insonlar uchun faqat umid bo'lgan Masihdagi to'la oqlanishda topiladigan tirik imon uchun singanlarni tortdi. Boshqa joyda u mag'rur bo'lgan huquqshunoslarni siltab, ularning Muqaddas Ruhga bo'lgan itoatkorlikda, Xudoning sevgisining xizmatlariga bo'lgan kamtar imonda ular qanday qilib oqlanganliklarini va to'la muvaffaqiyatsizliklarini va buzuqliklarini ko'rsatib, ularning o'zlik solihliklarini buzib yubordi. Shunga ko'ra, havoriy o'zining maktubida ta'sirli voizlikni oddiy va sokin ta'limga bog'ladi. Pavlus aniq bir jamoatga murojat qilmasdan tinglovchilarning barchasiga murojat qildi; G'ayriyahudiylar va Yahudiylar, yosh va qari, o'qigan va o'qimagan, bog'langan va ozod, erkak kishilar va ayollarga. Rimliklarga bo'lgan bu Maktub bugungacha Doktordek Masihiylik orasidagi asosiy ta'limlardan biridir. Martin Luter o'zining bayonida dalil keltirgan: “Bu kitob Yangi Ahdning asosiy qismidir va bu har bir Masihiy orqali eslanishga loyiq bo'lgan eng pok xushxabardir, va bu qalblar uchun ruhiy hazinadek har kuni tadbiq qilinadi, chunki biz imonli bilishi kerak bo'lgan narsani bu maktubda topamiz: Qonin va Xushxabar, gunoh va hukm, inoyat va imon, solihlik va haqiqat, Masih va Xudo, yaxshi ishlar va sevgi, umid va xoch. Biz har bir kishiga qanday muomala qilishni bilamiz, solih va gunohkor, kuchli va kuchsiz, do'stona va ahloqsizmi farqi yo'q; va o'zimizni qanday tutishimizni ham bilamiz. Shunday qilib, barcha Masihiylar bunda o'zlarini o'rgatishlari kerakligini ularga ifoda etaman”. Aziz birodar, agar siz yaqin o'rganishni va imoningiz haqida o'rganishni qidirsangiz, Rimliklarga bo'lgan bu Maktubda o'ylab, buni extiyotkorlik bilan o'rganing. Bu bilim, kuch va ruh bilan to'lgan Xudoning talim olish maskanidekdir. Keyin Masih sizni takabburligingizdan va o'zlik bog'liqligingizdan qutqarib, sizni kundan kunga imonda o'sib borib, ilohiy sevgining amaliga qo'yadi.

Rimliklarga bo'lgan Maktubining Tahlillari

Rimliklarga 1:1-17 -– Yozuvchining ma'lumoti Rimdagi jamoatga ochildi. Havoriylik inoyat. Xudoning solihligining ko'rinishi uning maktubining tamg'asidek.

1 QISM – XUDONING SOLIHLIGI BIZNI OQLAYDI

Rimliklarga 1:18 – 3:23 -– Biz hammamiz gunohkorlarmiz va Xudo bizning mag'rurligimizning fikrlarini buzadigan Qonunga ko'ra bizni aniq hukm qiladi.
Rimliklarga 3:24 – 4:25 -– Xudo agar barcha insonlar Unga ishonsalar, Masihning qutqaruv ishi orqali ularni tekinga oqlaydi.
Rimliklarga 5:1 – 8:39 -– Xudoning Ruhi imonlilarda ya-shaydi va ularga umid va gunoh ustidan g'alaba beradi va ular Qonundan ozod bo'lib, Ruhning kuchida yuradilar.

2 QISM – XUDONING SOLIHLIGI TARIXDA

Rimliklarga 9:1 – 11:36 -– Xudo odamlarning Uning inoyatidan salbiy javobi Eski ahddan qat'iy nazar solih bo'lishda davom etadi.

3 QISM – XUDONING SOLIHLIGI AMALDA

Rimliklarga 12:1 – 16:27 -– Haqiqiy imon hatti-xarakatlarimizni va hayotimizni sevgining ishlariga va o'zaro itoatkorlikka o'zgartiradi.

Bu o'rganish uchun osson maktub emas. Bu sizlardan siz uning marhamatlaridan zavqlanishingiz uchun, samimiy tavba qilishingiz uchun, fikringizni yangilashingiz uchun va Masihda hayotning yangi ufqini ko'rishingiz uchun ehtiyotkorlik imtihonini, ibodatlarni va fikr yuritish aksini talab qiladi. Bu maktub Rimliklarga ruhiy sustlikni olib kelmasdan, balki ularni atroflarida va boshqa mamlakatlarda voizlik qilishning ishi uchun tayyorlaganidek, shuningdek Masih sizni solih birodarlaringiz bilan sevgi va umiddan mahrum bo'lgan odamlarning oldiga jo'natish uchun Uning inoyati bilan to'lishingizga taklif qiladi. Eshiting, ibodat qiling va boring.

SAVOLLAR:
1.Rimliklargaga Maktubining sababi va natijasi nimalar?
2.Rimda kim jamoat barpo qildi?
3.Bu maktubni kim yozgan? Qayerda? Va qachon?
4.Pavlus o'zining maktubida qanday tarzlardan foydalangan?
5.Bu maktubning mohiyati nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 13, 2011, at 03:48 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)