Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 194 (Caesar’s and God’s Things)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

6. Qaysarning haqi, va Xudoning haqi (Matto 22:15-22)


MATTO 22:15-22
15 Shundan keyin farziylar borib, Isoni U aytadigan biron so'zi orqali ilintirish chorasini maslahatlashib oldilar. 16 Ular o'z shogirdlarini Hirod tarafdorlari bilan birga Isoning oldiga yuborishdi. Bular Isoga: - Ustoz, - deyishdi, - Biz bilamizki, Sen haqiqatgo'ysan va Xudoning haq yo'lini o'rgatib yuribsan. Kimlargadir ma'qul bo'lishni o'ylab o'tirmaysan, hech kimni yuz-xotir qilmaysan ham. 17 Endi bizlarga ayt-chi, Sening fikring qanday? Qaysarga soliq to'lash dinga muvofiqmi, yoki yo'qmi? 18 Lekin Iso ularning shumligini bilib: - Munofiqlar! - dedi, - Nega Meni sinab ko'rmoqchisizlar? 19 Qani, Menga soliqqa to'lanadigan tangani ko'rsatinglar-chi. Ular Isoga bir dinor keltirgach, 20 - Bu surat va yozuv kimniki? - deb so'radi? 21 - Qaysarniki, - dedilar. - Unday bo'lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, - dedi Iso. 22 Buni eshitganlarida hayron bo'ldilar va Isoning oldidan uzoqlashdilar.
(Mark 12:13-17, Luqo 20:20-26, Yuhanno 3:2, Rimliklarga 13:1, 7)

Bu Masihning achinarli azoblaridan biri edi, “Iso gunohkorlar tomonidan qattiq qarshilikka uchrab, sabr-toqat qildi” (Ibroniylarga 12:3). Isoga hiyla ishlatishni izlaganlar U uchun tuzoq qo'ydilar. Bu oyatlarda, biz Qaysarga soliq to'lash haqidagi savol bilan Farziylar va Hirod tarafdorlari Isoga hujum qilishganini ko'ramiz.

Yahudiylar Rimliklardan nafratlanishgan chunki ular Yahudiylarga og'ir soliqni qo'yishgan va ular o'zlarining qonun va urf-odatlarini qilish uchun ularga to'la erkinlik berishmagan. Ular Qaysarning hokimyatini Rabbiylarining hokimyatiga qarama-qarshi deb hisoblashgan.

Masihning dushmanlari Rimliklar yoki xalq bilan yoqimsiz holatga tushurish uchun Undan ayyor savolni so'radilar. Hirod Shohning askarlari agar Iso ular ustidan boshqarganlarning hokimligiga qarshi biror narsa aytsa, darhol Isoni hibsga olish uchun qonun mutahasislari bilan kelishdi.

Masihning yoqimsiz holati bunday edi: Agar U soliq to'lashga rozi bo'lsa, xalq Uni rad etardi. Agar U faqat Xudoga soliq to'lamasdan sajda qilish kerak deb aytsa, Rim askarlari Uni hibsga olishar edi.

Masihning yovlari “Uning gapida Uni qo'lga tushirish” ni rejalashtirganlar. Ular aqilli savolni so'rash orqali Unga qarshi harakat qilishga umid qilganlar. Bu shubha orqali buzilgan ayibsiz so'z – yo'qolgan so'z, hato, yoki tushunmovchilik uchun insonni jinoyatchi deb hisoblashga Shaytonning agentlarining harakatidir. Shuning uchun, “fosih solihga yomonlik tilaydi” (Zabur 37:12-13).

Masihning dushmanlari Uni qo'lga olish uchun mumkin bo'lgan ikta yo'l bor: qonun orqali yoki majburlash orqali. Qonun orqali buni bajarish, ular Isoni shubhalangan qonun buzuvchidek siyosiy hokimyatga topshirishlariga to'g'ri kelar edi, chunki “birorta insonni o'limga qo'yish ular uchun qonuniy emas edi (Yuhanno 18:31). Rim kuchlari so'zlar, ismlar va qonunlarining savoli o'zlariga qayg'urish uchun mos kelmadi. Isoni majburlash bilan qo'lga tushirish uchun, ular odamlarni Isoga qarshi burishlariga to'g'ri kelar edi. Lekin odamlar Masih payg'ambar deb ishonishgani uchun, Uning dushmanlari olomonni Unga qarshi ko'tara olmadilar.

Ular bundan xabardor bo'lishlaridan oldin, Iso ularga bo'lgan Qaysarning vakolatini tan olish uchun ularni majbur qildi. Ayiblarni topuvchilar bilan aloqa qilishda, javobimizni berishimizdan oldin sabablarimizni berish yaxshidir. Shunda haqiqatning isboti bunga qarshilik qilishni istaganlarni jim qilib qo'yadi. Masih ulardan solih pulini Unga ko'rsatishlarini so'radi chunki Unda O'zinikidan hech kim bo'lmagan. Ular imperiya surati va imzosi bosilgan Rim dinorini Isoga olib keldilar. Bu dinor har doim shahonaviy huquq va salohiyatli kuchdek ko'ringan. Bu mamlakatning qonuniy puli va huquqidek buni tan olish kuchlariga bo'lgan to'liq itoatkorlikdir.

Masih ikkiyuzlamachilarning vasvasa qilyotgan savollariga donolikka va haqiqatning ishonchli kuchiga asoslangan so'zlar bilan javob berdi. Xudoning haqiqati yolg'onchilarning otasi bo'lgan Shaytonning rejalari ustidan g'alaba qozondi. Masih javobi orqali g'azabnok ikkiyuzlamachilarga qayta isbotladi va Farziylarning yolg'onlarini fosh qildi. U davlatdan keladigan va unga tegishli bo'lgan nohaq pul uchun soliq to'ladi. Agar davlat huquqini talab qilsa, biz ayamasligimiz kerak. Masih bizga pulga, dunyoviy hazinalarga yoki o'lik narsalarga yopishib olmasdan, balki ikkilanmasdan haq to'lishimizga umid beradi.

Masihning javobi ikkiyuzlamachilarning yuraklariga ta'sir qildi. U o'rnidan turdida, Xudoning huzurida boylik va kuchni sevuvchilarga, “Shuning uchun Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga” beringlar deb aytdi. Hamma narsa, hatto Qaysarniki ham Xudonikidir. Bizning ko'zlarimiz, qo'llarimiz, og'izlarimiz, va yuraklarimizning hammasi Xudonikidir, ular bizniki emas. Pulimiz, vaqtimiz va kuchimizning hammasi Rabbimizning mulkidir. Ota-onamiz, qo'shnilarimiz, ishimiz va boshliqlarimizning hammasi Xudodan bo'lgan sovg'adir. Shuning uchun biz hamma narsani o'zining manb'asiga qaytarishimiz kerak. Tavba qilib, bilib oling, bu abadiy hayotning shiori pul va siyosatlar emas, balki Xudodagi va O'g'lidagi imondir. Siz Xudonikisiz, shunday qilib, siz qachon bu haqiqatga ko'ra yashaysiz?

Hayotingizni Najodkoringiz qo'liga butunlay topshiring, va Uning ulug'vor taxti oldiga karmoningizni qo'yishni unutmang. Bizlar hanuz osmonda emas balki yer-yuzida yashayapmiz. Ba'zi mamlakatlar kamdan kam insonga emas balki faqat Xudoga tegishli bo'lgan ishlarda imonlilarning itoatkorligini qidiradilar. Shunday holatlarda, biz insonga emas balki Xudoga bo'ysunishimiz kerak. Insonning huquqi yoki davlatning huquqi yaratganlari ustidan Xudoning da'vosiga solishtirilganda kichkinadir. Xudoga itoat qilish davlatlarga xizmatimizdan oldin keladi. Biz Yaratguvchiga itoatkorsiz bo'lib, mavjudotga itoat qilmasligimiz kerak. Kelinglar Xudoning muqaddasligiga yoki Uning tinchlik xushxabariga qarshi bo'lmagan narsalarda sodiqlik bilan davlatga xizmat qilaylik.

Biz Qaysarning haqini Qaysarga berganimizda, Xudoning haqini Xudoga berishni eslashimiz kerak. U degan, “O'g'lim, yuragingni Menga ber.” Unda ichki va tashqi joy bo'lishi kerak.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Senga tegishlimiz. Bizning dunyoviy uztozlarimiz va Sening o'rtalaringdagi farq dunyo bilan yerning o'rtasidagi farqqa o'xshaydi. Biz davlatimizga xizmat qilishimiz uchun va dunyomizning narsalari uchun qattiq ishlashga emas balki dono harakatlarimiz orqali Sening noming ulug'lanishi uchun muammolarimiz bilan Senga ishonib, Sening oldingda yashashimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Qaysarniki nima va Xudoniki NIma?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on July 17, 2023, at 03:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)