Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
2. OSMON SHOHLIGINING RUHIY O'SISHI: MASIH MASAL LAR BILAN TA'LIM BERADI (Matto 13:1-58) -- MASIH SO'ZINING UCHINCHI TO'PLAMI
b) Daladagi Begona O't Masali (Matto 13:24-30 va 36-43)MATTO 13:24-30 va 36-43 Butun dunyo Xudoning dalasidir. Masih hamma xalqlarga urug'ini sepadi. Bu urug' na ta'lim, na kitob va na so'zlar, balki haqiqiy odamlardir. Muqaddas Ruhdan tug'iladigan har bir kishi Masihning qo'lidagi bu urug' bilan solishtirlgan. Iso dalasiga urug'ni sepadi. Urug' Xudoning kuchi u kishida ko'p hosil keltirishi uchun buzuq tabiati va o'z xohishlari uchun ruhan o'lishi kerak. O'zidan kechmasdan Uning xizmatkorlarining hech qanday hosili bo'lmaydi. Bu dunyodagi har qanday yaxshi urug'larning hammasi Masihning qo'lidan keladi va Uning sepganidan keladi. Voizlik qilingan haqiqatlar, ekilgan inoyatlar, poklangan qalblar yaxshi urug'lardir va barcha ulug'vorlik Masihga keladi. Xizmatkorlar yaxshi urug'ni sepish uchun Masihning qo'lidagi asboblardir. Ular Iso orqali va Uning qo'l ostida ishlaydi, va ishlarining zafari Uning marhamati ustida poklik bilan talab qiladi. Begona o't haqidagi masalda, Masih Xudoning urug'ini yo'q qilish uchun iblisning maqsadini ochib bergan. Bularni ko'rsatadigan begona o'tlar Xudoning Kalomidan tug'ilganlar orasida tarqalib ketgan yovuz bo'lgan Shaytonning ruhidan tug'ilganlardir. Bu ikkala guruh tez-tez birga bir oilada yoki bir sinf xonasida yashaydi. Ular ilmiy va madaniy fikrlari bilan bir bo'lishgan. Bu boshida iblisning biri va Xudoning biri bo'lgan yaylov emas balki tezroq yoki kechroq ruhning hosili aniq namoyon bo'ladi. Sevgi, nafrat, kamtarlik va mag'rurlik bir odamda jimlikni saqlamaydi; har bir hosilning manbayi oxirida ko'rinarli bo'ladi. Biz ruhlarni farqiga borishimizga to'g'ri keladi, biroq Masih shoshilinch ajrashuvdan bizni to'xtatgan chunki bu Hukm Kunidagi farishtalarning ishidir. Bungacha, biz sabr-toqatlik bilan begona o'tlarga sabr qilishimizga to'g'ri keladi, hatto ular bizga zarar keltirsa ham. Holbuki begona o'tlar joyni va bug'doydan kuchni talab qiladi, ulug'vor Inson O'g'li oxirida insonlarni ajratish uchun (begona o'tdan bug'doyni ajratish uchun) farishtalarini yuboradi. Bu begona o'tlarga iblis orqali ta'sir o'tkaziladi. Hatto ular iblisning nomiga ega bo'lmasalar ham, ular uning suratini oladilar, uning hirslarida harakat qiladilar va undan ta'limlarini oladilar. Iblis ularning ustidan boshqaradi va ularda ishlaydi (Efesliklarga 2:2, Yuhanno 8:44). Ular bu dunyoning dalasidagi begona o'tlardir. Ular hech qanday yaxshi ish qilmaydilar, balki zarar keltiradilar. Ularning o'zi hosilsizdir vavasvasa va quvg'in orqali yaxshi urug' uchun zararkunandadirlar. Ular bir hil yomg'irni, quyosh nurini va yerni yaxshi ekinlar kabi olsalar ham, ular bog'dagi begona o'tlardir va birorta narsa uchun foydali emaslar. Itoatsizlikning o'g'illari jinoyatchilar kabi yonadilar va Xudoning bolalari esa o'zgargan tanalari bilan namoyon bo'ladilar va tinchliklarida porlaydilar. Bu va'da qanday chiroyli, “O'shanda solihlar o'z Otalarining Shohligida quyosh kabi porlaydilar” (Matto 13:43). Bu oyatning har bir so'ziga diqqat bilan e'tibor bering, va yaxshi urug' bo'lish uchun Xudoyingizga siniq va kamtar bo'lib kelasiz. Shayton o'zining eng buyuk yolg'onlarini bajarganda, u o'zini yashirish uchun juda qattiq ishlaydi. Uning maqsadi buzish hataridadir, agar u bunda ko'rinsa. Begona o'tlar bug'doy o'sib hosil keltirguncha ko'rinmaganlar. Ishonchli harakat kiyimi ostida uzoq yashiringan, insonlarning yuragida juda ko'p yovuz sir bor. Yaxshi urug' va begona o'tlar yaxshilik uchun birga o'sadilar va farqlari bo'lmaydi. Lekin harakat vaqti kelganida, hosil yig'imi kelganida, qiyinchiligi bo'lgan yaxshilik qilingada va hatar bunga diqqat etganda, shunda siz ehtiyotkorlik bilan qaraysiz va samimiylikning va ikkiyuzlamachilikning farqiga borasiz. Shunda siz shunday deyishingiz mumkin, “bu bug'doy, va bu begona o'tlar.” Sodiq va tirishqoq bo'lgan Masihning xizmatkorlari Masih orqali hukm bo'lmaydilar. Shuning uchun ular jamoat dalasida yaxshi va yomonni, ikkiyuzlamachilik va samimiylikni aralashtiruvchilar uchun insonlar orqali tanbex olmasliklari kerak. Vasvasalar kelishi muqarrar. Biroq, agar biz burchimizni bajarsak, hatto bunda har doyim ham rejalashtirilgan omad bo'lmasa ham, ular bizning bo'ynimizga qo'yilmaydi. Nima qilinishidan qat'iy nazar, begona o'tlar sepiladi. Agar ular bularni sepmasa yoki sug'ormasa, yoki bularga ruhsat bermasa, hukm ularning eshigida yotmaydi. Begona o'tlar va bug'doy o'rtasida to'liq farqiga borish birorta inson uchun mumkin emas. U kishi xato qilishi mumkin. Shuning uchun shunday narsa bug'doyni hatarga qo'ymaslik uchun bu o'tlarga ruhsat beradigan Masihning donoligi va inoyatidir. Uyatsiz gunohkorlar tanbeh olishi va biz ulardan chetlatilishimiz haqiqatdir. Iblis bolalariga ochiq bo'lgan bularga mahsus qoidalar ruhsat berilmaslik kerak. Biroq qoidalar bo'lishi mumkin, haqiqatdan xudojo'y va vijdonli bo'lgan ko'plarga qiyinchilikni isbotlaydigan xato va nato'g'ri yo'llar bilan foydalanishlar bo'lishi mumkin. Buyuk ehtiyotkorlik o'zini qo'lga olish qiyinchilikda va jamoatga tanbeh berishda davom etishda ishlatilishi kerak, toki bug'doy o'rib olinmasa, payhon bo'lmasin. IBODAT: Samoviy Ota, biz nopok ruhning tabiatdan bo'lgan o'g'illarimiz. Iltimos biz toza bo'lishimiz uchun va Ruhinga to'lishimiz uchun fikrlarimizni o'zgartir. Biz sevgingning va kamtarligingning bolalari bo'lishni, va hamma insonlar Sening otalik yaxshiligingni bizda ko'rib, bizga berilgan harakatlarimiz uchun Seni ulug'lashlari uchun hammaga yumushchi va xizmatchilar bo'lishni istaymiz. SAVOL:
|