Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 02 (Christ's Miraculous Birth)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

2. MASIHNING MO’JIZAVIY TUG’ILISHI TO’G’RISIDA NIMA O’YLAYSIZ?


Birorta inson Masihdek tug’ilmagan, chunki U Maryamning o’g’lidir. Ismoil Ibrohimning o’gli deb ataladi, Yuhanno Zakariyoning o’gli deb ataladi va Muhammad Abdallaxning o'g'li deb ataladi. Shu tarzda hamma odamlarga otalarining ismi meros bo’lib qoladi. Unda nimaga Masih onasining ismi bilan nomlanadi? Javob shuki, boshqa otalardan o’laroq, Masihning otasi yo’q. U bokira qizdan tug'ilgan. Uning tug’ilishi Xudoning qudrati va abadiy va’dasiga bog’liq bo’lgan.

Masihni tug’ilishidan etti yuz yil oldin, Ishayo payg'ambar bu tug'ilish haqida bashorat qilib shunday degan:”Endi Rabbiyning O‘zi sizlarga nishona beradi: ana, qiz homilador, u o‘g‘il tug‘adi va Uning ismini Immanuil (ma’nosi: ‘Xudo biz bilan’ degani) qo‘yadi” (Ishayo 7:14). Xudo va’dasini amalga oshirdi, chunki U sodiq, adolatli va Unga mumkin bo’lmagan narsani o’zi yo’qdir.

Masih Xudoning Kalomi ekanligini bilasizmi? Ilohiy ilhom bilan yozilgan Muqaddas Kitob so’zlarini o’qing:“Azalda Kalom bor edi. Kalom Xudo bilan birga edi, Kalom — Xudo edi … Kalom inson qiyofasiga kirdi va biz aro maskan qildi…“ (Yuhanno 1:1-14). Barcha Xudoning qudrati shundan iboratki, Uning Muqaddas so‘zlarining ishi Masih Kalomida birlashtirilgan edi. Masihning tug’ilishi haqidagi hikoyani o’rgansangiz, hayron qolasiz, chunki hech kim Maryam O’g’lidek tug’ilmagan va hech kim Unga teng kelolmaydi. U tug’ilishida noyob tug’ilgan.

Xudo odamni tuproqdan yaratganligi esingizdami? Biz hammamiz Odam Atoning o’gillarimiz. Hatto payg'ambarlar bu tuproqdan yaratilganlar, boshqa hech narsa emas. Biz hammamiz yerdan, tubdanmiz. Masih esa yuqoridan, chunki U osmondan pastga tushdi. Masih pok, nuqsonsiz, toza va qordan oppoqdir. Lekin biz esa aybdor, buzuq va gunohkormiz, chunki biz dunyodanmiz va Xudoning Ruhidan tug’ilmaganmiz.

Muqaddas Kitobda Masih dunyoga gunohkorlarni qutqarish uchun kelgan degan qiziq va ajoyib so’zlarni o’qiymiz. Hech kim Masihni o’rnida bo’lolmaydi chunki biz hammamiz yerdan tug’ilganmiz, lekin Masih to’ppa to’g’ri Xudodan tug’ilgan. Masih biz muammoli insonlarni rad qilmadi, aksincha bu ayanchli dunyoni qutqarishni va biz o’limga mahkum odamlarni poklashni tanladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 22, 2015, at 10:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)