Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 272 (Christ’s Command to Preach to all the Nations)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

7. Masihning hamma Xalqlarga Voizlik qilish uchun Buyrug'i (Matto 28:19)


MATTO 28:19
19 … Borib, barcha xalqlardan shogird ortiringlar, …
(Matto 24:14, Mark 16:15-16, 2 Korinfliklarga 5:10)

Agar kimdir Masihning bu amriga itoat qilishni istasa, u kishiga Xudoning Ruhidan bo'lgan boshqaruv kerak bo'ladi. Siz “Kimning oldiga boraman? Hech kim xushxabar uchun qayg'urmaydi yoki Xudoning So'zini xohlamaydi” deb javob berishingiz mumkin. Yaxshi Cho'pon sizga shunday deb javob beradi, “So'rang, sizga beriladi; izlang, topasizlar; taqillating, sizga ochiladi.” Sizda Muqaddas Ruh ularning ichida ishlaydiganlarga sizni boshqarishni Najodkordan so'rashga huquq bor.

Agar siz haqiqatni izlayotgan biror kishini topsangiz, siz u kishining qiyinchiliklarini va azoblarini his qila olishingiz uchun birinchi bo'lib uning tashvishlarini tinglang. Ularga tayyor qilingan javoblarni bermang, blaki Isodan bu izlovchiga qapirish uchun sizdan xohlaydigan narsada sizni boshqarishini so'rang. Har bir holatda har bir inson uchun to'g'ri so'zlarni so'rang. Agar siz Xudoning So'zini bo'lishish haqida qo'rqsangiz, Rabbiydan sizga yordam berish uchun inoyatni so'rang. Bu yo'l bilan siz sizni Xudoning Kalomini gapirishdan to'sib turadigan qo'rquvni yengib chiqasiz va Masihning bo'ysunuvchan xizmatkori bo'lasiz. Bu kishilar bilan uchrashishdan oldin, uchrashuv mobaynida va uchrashuvdan keyin ular uchun ibodat qilishni unutmang. Siz Masihning sevgisini ularga ko'rsatib, ular uchun g'amho'rlik qilishingiz kerak.

Tinglovchilarni yengib chiqishni istaydigan kishi, ularni tortadigan, ular xohlaydigan va keyin izlaydigan nimanidirni ularga hadya qilishi kerak. Universitetdagi talabalar kuchli va foydali maruzalarini hadya qiladigan mudarrislarini tinglashadi. Masihiylarda qiziqarli, hayajonli va qimmatbaho xabar bor. Ular ular uchun g'amho'rlik qiladigan Otalari Xudoni biladilar. Ular o'limdan ularni qutqargan va barcha nopoklikdan ularni tozalagan Isoni biladilar. Muqaddas Ruh ularga sevgini, hursandchilikni, tinchlikni, sabr-toqatni, sodiqlikni, muloyimlikni va o'zini qo'lga olishni taqdim etib ularni yupatadi. Bizda o'limdan Masihning tirilishiga bo'lgan tirik umid bor, va biz Uning qayta kelishiga umid qilamiz. Sizda hayot uchun ma'no va kelajak uchun maqsad bor. Sizlar yo'qolgan emas aksincha topilgansizlar. Shuning uchun, Iso bergan narsa haqidagi noaniqligingizdan bosh torting, va sizni Xudo boshqaradiganlarga Uning xishxabarini taqdim eting. U sizda abadiy hayotni ekdi chunki siz Shaxzodaga va Hayot Beruvchiga ishondingiz.

Masih izdoshlariga birinchi Mediteraniya mamlakatlarida va keyin Persiyada xushxabarni yoyish uchun kuch ato etgan. Masihning zafari haqidagi xabar Hitoyga yetib borgunicha Yevropaga va O'rta Osiyoga boshlandi. Amerika va Hindistonga bo'lgan dengiz yo'li kashf etilganda, tirik Masih barcha mamlakatlarni bu xushxabarni eshitish uchun ochgan. Bugun, Ibrohimning bolalari va barcha komunistik mamlakatlar samoviy xabarni eshitishlari kerak. Hamma imonlilar qatnshishlarini kutiladi, voizlik orqalimi, ibodat yoki berish orqalimi. Faqat dunyo xalqlarining uchdan biri o'zlarini Masihiylar deb hisoblashadi. Uchdan ikki qismi esa hali Masihni va Uning najodini bilishmaydi. Bu dunyo xizmatingizni kutyotgan vaqtda, siz qachongacha dam olasiz?

IBODAT: Bizning eng buyuk Ustozimiz, Sen bizlarni shogirdlaringdek qabul qilding va bizga kuch bilan, donolik va boshqaruv bilan to'lgan xushxabaringni e'lon qilding. Sen bizga o'rgatgan narsalarni qo'llashimiz uchun bizni o'zgartirding. Agar biz dangasa bo'lgan bo'lsak bizni kechir va Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning kuchini bilmaydiganlarning oldiga borish uchun parvo qilmagan bo'lsak, bizni kechir. Ular Sen ularning Najodkori ekaningni bilishlari uchun va Muqaddas Ruhingning kuchi orqali samoviy Otani bilishlari uchun biliming, kuching, sevging va tinchligingni ular bilan bo'lishish uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Yer yuzida qancha odamlar hali xusxabarni eshitishmagan? Bunda sizning ijroyingiz qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:55 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)