Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 264 (The Burial of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

30. Masihning Ko'milishi (Matto 27:57-61)


MATTO 27:57-61
57 Oqshom tushgach, Arimatiya shahridan bo'lgan Yusuf ismli bir boy odam keldi. O'zi ham Isoning shogirdi edi. 58 U Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so'radi. Shunda Pilat jasadni unga berishni buyurdi. 59 Yusuf jasadni olib, uni toza kafanga o'radi 60 va o'zining qoyada yo'nilgan yangi qabriga qo'ydi. Keyin qabrning og'ziga katta bir toshni yumalatib keltirib qo'ydi-da, jo'nadi. 61 Magdalalik Maryam bilan boshqa Maryam esa shu yerda, qabrning ro'parasida o'tirgan edilar.
(Qonunlar 21:22-23)

Yusuf ismli Arimatiyadan bo'lgan boy kishi bu xushxabarda namoyon bo'ladi. Hurmatga sazavor bo'lgani uchun, u Yahudiylarning Oliy Kengashining bir a'zosi bo'lgan. Balki u Masihga qarshi harakat qilishdan bosh tortgandir chunki u Xudoning qo'li bilan kuchga ega bo'lgan ilohiy shifokorni hurmat qilgan. Yusuf ayyor oliy ruhoniy va yolg'onchi qarindoshi bo'lgan Kayafaning yovuz harakatlaridan jaxli chiqqan edi. Yusuf hurmati tufayli uni qabul qilgan hokim Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so'radi. Bu harakat bilan, u Isoning mehribonchiligida butun yahudiylarning Oliy Kengashiga qarshi turdi.

Yahudiy Oliy Kengashining boshqa a'zosi bo'lgan Nikodim xochdan Isoning jasadini tushurish uchun, uni yuvib kafanlash uchun Yusufga yordam berishda ayollar bordi. Bu narsalar quyosh botishdagi bayramning boshlanishidan oldin tezda bajarildi. Keyin ular Yusufning o'zi uchun tayyorlab qo'yilgan yangi qabrga Isoni qo'ydilar. Jinoyatchi kabi hukm qilingan Iso boy kishi kabi ko'mildi.

Masih haqiqatdan ham o'ldi. Uning yuragi to'xtadi. Uning qoni suv va qonga ajradi. Uning nafas olishi to'xtab, tanasi sovuq va qattiq bo'ldi. Iso haqiqiy kishi edi. U O'zini qurbon kabi berish uchun tug'ilgan. U biz uchun o'ldi. Iso qabirga ko'milganda, ular Uning tanasini yovvoyi hayvonlardan saqlash uchun eshikka bir toshni yumalatishdi.

Masihning o'limi bir ko'rinish emas edi. U faqat uyquga ketibgina qolmasdan, keyin Xudoning oldiga bordi. U xochda o'ldi va o'lik tanasi qabirga ko'mildi. Uning o'limining har bir boshqa tasviri nohaq orzu va shahdam yolg'ondir.

Masih yashagan payitda, boshini qo'yish uchun O'zining uyi bo'lmagan. U o'lganida, tanasini qo'yish uchun O'zining qabri bo'lmagan. Bu Uning muhtojligining misolidir. Biroq bunda bir sirdan nimadir bo'lgan bo'lishi mumkin. Bu qabr gunohkorning o'zgacha merosidir (Ayub 24:19). Biz gunoh va qabrlarimizdan boshqa hech narsani o'zimizniki deb haqiqatdan atashimiz uchun biror narsa yo'q. Biz qabirga borganimizda, o'zimizning joyimizga boramiz. Lekin O'zining gunohi bo'lmagan Rabbimiz Isoning O'z qabri bo'lmagan. Belgilangan gunoh ostida o'lish, bu Iso qarzga olingan qabirda ko'milishi kerak bo'lganligiga to'g'ri kelgan. Yahudiylar Iso yovuzlar bilan qabrini yasash kerak va Uni xochga mixlagan o'g'irilar bilan ko'milishi kerak deb reja qilishgan. Lekin Xudo bu rejani bekor qilib, Iso “O'z o'limida boylar bilan” bo'lishini tayinladi (Ishayo 53:9).

Yahudiylar darhol uylariga qochishni boshladilar, chunki Fisih bayrami kechki payit soat oltida boshlangan edi. Hech kimga bu vaqtdan keyin ishlashga va harakat qilishga ruhsat berilmaydi. Qonunga ko'ra, dafn qilish marosimlarida qatnashganlar nopok va Fisih bayramini nishonlashga noloyiq bo'lganlar. Shu yerda, biz Eski Ahd qonunining kuchsizligini ko'ramiz. Iso Masihga xizmat qiladiganlar hamma hurmatga va muqaddaslikka sazavordirlar. Xochga Mixlangan Isoni qabul qiladigan kishi abadiy poklanadi.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen haqiqatdan ham o'lding. Sen Fisih bayrami uchun qo'zilar so'yilganda, Juma kunida so'yilganingdan keyin qolgan Shanba kunini tomomlab, qoyadan o'yilgan qabirga ko'milding. Biz Senga sajda qilamiz chunki Sen Xudoning haqiqiy Qo'zisisan. Sen barcha Fisih talablarini bajarding. Sening qoning Xudoning g'azabidan bizning himoyamiz bo'ldi. Biz Seni sevamiz, Senga xizmat qilamiz, o'zimizni Senga bag'ishlaymiz va Sening muqaddas ismingni ulug'lashdan boshqasini istamaymiz.

SAVOL:

  1. Siz Isoning ko'milishidan nimani o'rganasiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:43 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)