Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 213 (God’s Wrath)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

4. Xudoning G'azabi Insonzodga Tushishi (Matto 24:6-8)


MATTO 24:6-8
6 Shuningdek, yiroq-yaqindan urush xabarlarini eshitasizlar. Ammo cho'chib vahimaga tushmanglar! Hamma narsa Xudo taqdir etganidek sodir bo'lishi lozim. Ammo bu hali so'ngi nihoya emasdir. 7. Xalq xalqqa qarshi, podshohlik podshohlikka qarshi ko'tariladi. Ayrim joylarda qahatchiliklar, o'latlar, zilzilalar bo'ladi. 8 Bularning bari esa bamisli to'lg'oqning boshidir.

Oxirgi kunlarda Masih shogirdlariga bergan eng muhim maslahat bu “Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo'linglar.” Shogirdlar Rabbiylaridan ular Iso kelganda Uni tanishlari uchun Uning ikkinchi kelishining alomati qanday bo'lishi haqida ularga aytishini so'radilar. Iso ularga to'g'ridan-to'g'ri javob bermasdan, balki ularning qalblarini buyuk hatar yo'qotyotganini va umumiy kuchsizlikka tortilishyotganini ko'rsatib berdi.

Iblis yolg'on masihlari orqali insoniy tabiatni buzgandan keyin, u azob va urushlarda qoniqish uchun xalqlarni boshqaradi. Iblis odamlardan Yaratguvchilarini unutishlarini va Butrus Masihdan ko'zlarini olganida cho'kib ketgani kabi, ular ham muammolarining daryosiga cho'kadilar. Butrus Masihga emas, balki u tomonga qarab oqayotgan baland to'lqinga qaragandi. Qo'rquv va muammoga yo'l qo'ymang, chunki Masih hayotdir! U tirilgan, va U sizni har kuni saqlash uchun, olib yurish uchun va himoya qilish uchun siz bilan birga bo'ladi. U sizga har qanday vaziyatdan qat'iy nazar qo'rquvingizda yordam beradi, chunki sevgida qo'rquv yo'q (1Yuhanno 4:18-21).

O'tib ketish uchun kelishi kerak bo'lgan to'rtta kasalliklar (urushlar, ochliklar, kasalliklar va yer qimirlashlar) haqidagi Masihning so'zlariga hayron bo'lmang. Bular hatto sohta payg'ambarlar va mag'rur yo'l boshchilari tinchlikni e'lon qilsa ham yuz beradi. Vayrona to'lqinlar bizning yerimizga kelishi kerak, chunki insonlar o'zlarining texnikaga oid yutug'lariga ishonib, Yaratguvchini pisand qilmasdan, zinokorlikka berilib va boshqa hunuk gunohlarga berilib mag'rur bo'lib boryapdilar. Bugunlik kunda, biz Xudoning hukmining boshida yashayotganimizga ishonaman, lekin kim eshityapdi? Va kim bu xushxabar orqali tavba qilyapdi?

Agar siz xalqingiz uchun tinch xizmat qilishni istasangiz, Rabbingizga qaytib Masih haqida voizlik qiling, chunki U Xudo bilan va odamlar orasida tinchlikka bo'lgan yagona yo'ldir.

Iso bizni xalqlar orasidagi zo'ravon qo'zg'alonlardagi aks etgan qo'zg'olon ruhlari haqida ogohlantiradi. Qo'zg'alon, itoatsizlik va nafrat ruhlari bugunlik kunda ko'plab yosh odamlarning boshqarish qoidalari bo'lib qolgan. Biz bu fikrlarni ulug'laydigan ammo ular faqat vayronagarchilikka odamlarni tortadigan hayron qoldiradigan kitoblarda bularni o'qishimizdir.

Ayniqsa, ochlik bu dunyoda o'sib boryapdi. Buning sabablari ko'p, lekin bular asosan insonning gunohkorligi tufaylidir. Birlashgan millatlar o'n millionlab odamlar har yili oddiy kasallikdan va ochlikdan halok bo'lishini e'lon qilgan. Ko'plari Xudoni bilmaganidan halok bo'ladi. Bu ko'plab imonlilar yengil hayotga va dangasalikka yopishib olgani uchundir. Ular rivojlanayotgan mamlakatlar uchun hech qanday shavqatni his qilmayotgandek va Xushxabardan ular bilan yupanchni bo'lishmayotgandek tuyiladi.

Agar yer-yuzi takkaburlik, ishonmaslik va buzuqlik ko'payib borayotgani tufayli qimirlab titragan bo'lsa, siz hayron qolgan bo'larmidingiz? Yer qimirlashi uchun sabab ilmiy darajada bilinadi. Bu yerni qimirlashi va bo'linishiga bo'lgan sabablar juda qattiq bosimni yaratib, yer-yuzida sirpanishidir. Lekin ruhiy tarafdan, asosiy sabab bu takkaburlikda, o'zicha mehribon, sevgisi kam va nohaq va noto'grilikka asoslangan butparast ta'limoti o'sib borganligidagi Xudoning g'azabidir.

Barcha hodisalarni boshqaradigan Xudoning mustaxkam huzurining bilimi nimadir yuz bersa ham ruhimizni yupatishi va tinchlantirishi kerak. Xudo biz uchun tayinlanganini ijro etyapdi. Shuning uchun, Xudoning irodasini qabul qilaylik, chunki Xudo maqsadlarining oxirini anglatgani kabi “bu narsalar o'tishi uchun kelish kerak.” Eski uy yangi qurilish tiklanishidan oldin qulashi kerak (hatto bu uyni tovushsiz, changsiz va havfsiz qulatib bo'lmasa ham). “Qqimirlaydigan narsalar olib tashlanishi kerak va qimirlanmaydigan narsalar qolsin” (Ibroniylar 12:27).

Rabbingizni izlang, shunda yashaysiz. Xudo sevgisining kuchi siz bilan bo'lishi uchun ehtiyotkorlik bilan Xushxabarni voizlik qiling. Xushxabarsiz yer-yuzining holiga voy! Chunki xalqlar och bo'rilar kabi bir-birlarini yamlab yutishadi. Afsuski, ular Muqaddas Ruhdan ko'ra vazelinga ochdirlar!

IBODAT: Ota, takabburligimiz uchun bizlarni kechir, va O'g'lingning xochini voizlik qilish orqali bizlarni tinchlik o'rnatuvchilar qilgin. Marhamatlaring bilan och bo'lganlarni qondirishimiz uchun, nur bilan yo'ldan ozyotganlarga yordam berishimiz uchun va kambag'allarni yupatishimiz uchun bizga rahm qil. Yolg'onchilardan bizni saqla, chunki faqat Sen gunohlarimizdan bizni saqlaydigan yagona Xudosan. Jazolaringda faqat Najodkor bo'lgan O'g'linga biz juda muhtojmiz.

SAVOL:

  1. Insoniylikka yuz keladigan buyuk havf-hatarlar nimalar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)