Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 210 (Christ Leaves the Temple)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

1. Masih Ma'badni Tark etadi (Matto 24:1-2)


MATTO 24:1-2
1 Iso ma'baddan chiqib ketayotganida, shogirdlari Uning yoniga kelib, diqqatini ma'badning devorlariga qaratmoqchi bo'lishdi. 2 Iso ularga: “Bularning hammasini ko'ryapsizmi? Sizlarga chinini aytayin: bu yerda biror g'isht butun qolmaydi, hammasi vayron bo'ladi”, - dedi.
(Mark 13:1-2, Luqo 19:44, 21:5-6)

Masih Buyuk Hirod tomonidan qayta qurilgan ma'baddan chiqib ketib, bunga yana qaytib kelmadi. Bu ma'badni tark etishi bilan, Iso ma'baddan Zaytun Tog'iga Rabbiyning jo'nab ketish ulug'vorligi haqida Hizqiyoning payg'omini bajardi (Hizqiyo 10:18-22, 11:23).

Iso vaqtigacha, Xudoning ulug'vorligi eng Muqaddas Joyda yashirinib, bu ma'badda yashar edi. Keyin Yahudiy xalqining itoatsizligi ularga hukm olib keldi. Muqaddas Xudo dushmanlari hujum qilishi uchun zararga ularni qoldirib, ulardan ketib qoldi.

Shogirdlar bu ma'bad Xudoning ulug'vorligidan bo'sh bo'lib qolganini sezmadilar. Ular naqishlar bilan qoplangan oltindan qilingan bu ma'badga qoyil qolib, Isoni bularni ko'rishga boshlashdi. Rabbiy ularni Muqaddas Xudo himoyasini bundan olib, uyidan jo'nab ketganiga ishontirdi. Masih ma'badning buzilishini, shogirdlarini ogohlantirish uchun birorta tosh ham qolmasligini oldindan aytib berdi. Inson qo'llari bilan qilingan ma'badda yashagan Xudoning ulug'vorligi bo'lgan Eski Ahdning barcha va'dalari bu ahddan odamlarning tosh-bag'irligi tufayli nihoyasiga yetdi. Biroq, Xudo to'liq Masihda yashaydi. Endi Iso bizning tanalarimiz birga Muqaddas Xudoning ma'badi bo'ladigan va'dani bizga bergan Xudoning ma'badidir. Bu Isoning izdoshlari ustiga tushgan marhamatdek Iso yupatuvchi Ruhini berganidan keyin bo'ladi. Isoning bu ma'baddan ketishi Masihiylikda birinchi shahid bo'lgan Stefan ochiqchasiga tan olgani kabi, bu Eski Ahddan Yangi Ahdga bo'lgan buyuk harakatini anglatadi (Havoriylar 7:47-53).

Sizchi? Sizning badaningiz Xudoning ma'badimi? Uning Ruhi sizda yashaydimi? Muqaddas Ruhning kuchi sizdan chiqadimi, yoki siz harobalikning kelishini ochib bergan va himoyasiz yashab, o'lik va ichingiz bo'shmi? Uning kuchi sizning muqaddasligingizda va tinch hulq-atvoringizda ko'rinadimi? Yoki siz boshqalarga takabburlik va dag'allik bilan o'likdek o'zingizni tutasizmi? Va jamoatingizchi? Jamoatingiz buyuk hamdu-sano bilan qutqarilish uchun minnatdorchilik bildiradimi, yoki u sevgi, hursandchilik va tavbadan yiroqdami? Oqsaqollar uchrashib Xudo Ruhining rahbarligida nima qilinishi kerak va nima qilinishi kerak bo'lmasligiga qaror qilishadimi?

IBODAT: Muqaddas Ota, Sening sevging va sabr-toqating qanchalik buyukdir. Biz Seni ulug'laymiz chunki Sen Masihning nomi bilan uchrashish uchun va Ruhingning kuchida Seni ulug'lash uchun jamoatingni hadya qilding. Agar biz sevgi va umidda yurmagan bo'lsak bizlarni kechirgin. Agar biz kuchsiz va adashgan bo'lsak, kichkina imonimiz tufayli bizdan Ruhingni olib qo'yma. Bizni dangasa va itoatsiz ruhidan tozalagin va hech qachon bizlarni tark etma chunki biz Rabbiyning kuchi va himoyasidan bo'lak bo'sh ma'bad bo'lishni istamaymiz.

SAVOL:

  1. Quddusda Masihning ma'baddan oxirgi jo'nab ketishi nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 03, 2023, at 04:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)