Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 187 (The Unfruitful Fig Tree)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)

3. La'natlangan Hosilsiz Anjir Daraxti (Matto 21:18-22)


MATTO 21:18-22
18 Ertalab Iso shaharga qaytib kelayotganida och qoldi. 19 Yo'l chetida bir anjir daraxtini ko'rib, uning yoniga keldi. Iso barglardan boshqa hech narsa topmay, daraxtga: - Bundan keyin senda abadiy meva bo'lmasin! - dedi. Anjir daraxti esa shu onda qurib qoldi. 20 Buni ko'rgan shogirdlar hayratga tushib: - Qanday qilib anjir daraxti darhol qurib qoldi? - dedilar. 21 Iso ularga javoban: - Sizlarga chinini aytayin, - dedi, - agar ishonchingiz qat'iy bo'lib, shubhalanmasangiz, bu anjir daraxti bilan sodir bo'lganni ado etish u yoqda tursin, hatto bu toqqa: “Ko'taril-da, dengizga otil”, -desangiz, aytganingiz bo'ladi. 22 Sizlar ibodat qilib, ishonch bilan nimaiki so'rasangiz, erishasizlar.
(Mark 11:12-14, 20-24, Luqo 13:6, Matto 17:20)

Masih Quddusga qaytib kelganida, och qoldi. U “Inson O'g'li” bo'lib tabiatning kuchsizligiga bo'ysundi. U juda ham ishiga bel bog'lagan ediki, U ovqatiga ham ahamiyat bermadi. Xudo uyining sevgisi “Uni yedi”, va Uning ovqat va ichimligi Otasining irodasini bajarish edi. U O'zini qondirmadi, balki U biror narsa yeb olishi kerak bo'lganda, nonushtasi uchun yashil pishmagan anjirlarni yeyishni tanladi.

Masih juda och qolgan edi shunda Unda bu mo'jizani yaratish uchun daf'a bor edi. Qurish uchun bu mevasiz anjir daraxtini keltirib chiqarishda, U O'zining odilligini va kuchini ko'rsatdi.

Masih shogirdlariga ko'rinarli misol bilan xalqning ruhiy muhtojligini ko'rsatishni maqsad qildi. U anjir daraxtini la'natladi chunki unda faqat barglardan boshqa hech narsa yo'q edi. Bu daraxtga bo'lgan so'zi Yahudiylarning kelajagining payg'omi edi. Bu agar ular Xudoga xosil keltiradigan voizliklari bo'yicha yashamasalar ularga Xudoning hukmi tushishi haqidagi ogohlantirish ham edi. Iso bizda qidiradigan yaxshi hosillar nimalar? Ular imon, sevgi va umuddir. Masih bilan yashash bu hosillar bizda o'sishni yaratadi.

Masih bizdan yuzlab qonunni bajarib, yoki muqaddas bitiklarni yod olib, falsafali fikrlarni, va murakkab imonlarni qidirmaydi. Balki, U najodimizni, muqaddaslikni va ilohiy tabiatidagi sheriklikni qidiradi. Biz bu yo'lda buziqlikdan ketib, Xudoga va insonlarga bo'lgan xizmatimizni taqdim etganimizda poklikda, ehtiyotkorlikda va sevgida yashaymiz.

Hosilsiz anjir daraxtini la'natlash ikkiyuzlamachilardagi Masihning hukmini ifodalaydi. Bu bizga anjir daraxtining mevasi faqat bargi borlardan kutilishini o'rgatadi. Masih dinning natijalarini bundan kasb yaratadiganlardan qidiradi. U bundan keyin och qoladi; Uning qalbi birinchi pishgan mevalarni orzu qiladi. Masihning mutahasislardan umidlari tez-tez ularning munosabatlari va hayot tarzlari orqali hafsalasi pir bo'ladi. Masih hosil qidirish uchun keladi lekin faqat barglarni topadi. Ko'plab odamlarda hayot bo'lishning obro'si bor, lekin bu haqiqatdan bunday emas. Ular hudojo'ylikning shakliga qiziqishadi lekin buning kuchini rad etishadi.

Haqiqiy imonga faqat fikr bilan erishilmaydi, balki Masihning kuchi bilan birlik orqali erishiladi. U bilan yashaydiganlar Uning irodasiga ko'ra va kuchining tajribasiga ko'ra ibodat qiladilar, Ularing hayotlari Rabbiylari bilan muvofiqlikda qoladi. Shunda ular Iso bilan o'ylashga qobilyatlidirlar, U xohlagan narsasini xohlashadi va boshqalarga Uning kuchini aytishadi.

Xudoning So'zi bilan to'lganlarning ibodatlari Muqaddas Xudo orqali qabul qilinadi. Rabbiyning ibodatining birinchi uchta talabini o'rganing, va kunu tun ularning ma'nosini bajaring. Shunda Masih gunoh va nafratning tog'larini olib tashlaydi.

Masih sizdan Uning mehriga ishonishingizni, irodasiga ishonishingizni, so'zini eshitishingizni, Uning oldiga kamtar bo'lib kelishingizni va Uni sodiq Najodkoringizdek qabul qilishingizni kutadi. Siz buni bajarganingizda, U abadiy va'dasini bajaradi, siz Uning kuchini, saqlashini va ulug'vor inoyatlarini ko'rasiz. Imon sizni hech qachon tark etmaydigan Masih bilan birlikni anglatadi. Agar o'zingizni Unga bag'ishlasangiz va U bilan birga bo'lsangiz, Uning sevgisi kuchsizligingizda ishlaydi. U Najodkordir va hanuz O'zining kuchi va mehr-shavqati bilan bu dunyoni saqlayapdi.

IBODAT: Sevimli Ota, biz bilan O'g'lingda yangi ahd tuzganing uchun rahmat aytamiz va bizda va boshqalarda Ruhing ko'p hosil keltirishini so'raymiz. Biz uylarimizda yolg'on va nafrat tugashini va oramizda tinchlik va hursandchilik g'alaba qozonishini so'raymiz. Muqaddas Ruhingning barcha rejalari bizda sezilishi uchun va bizning ustimizga hukm yog'ilmasdan balki muqaddas ismingni ulug'lash uchun haqiqiy hosilni olib kelishimiz uchun O'g'lingning ilohiyligidagi haqiqiy imonni xalqimizda yaratgin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun hosil bermagan anjir daraxtini la'natladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:54 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)