Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 150 (True Faith is a Gift)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

k) Haqiqiy Imon Otaning Vahiysining Sovg'asidir (Matto 16:17-20)


MATTO 16:17-20
17 Iso Butrusga javoban dedi: - Sen baxtiyorsan, ey Yunus o'g'li Simun! Bu sirni sen o'z uquv-idroking bilan uqqaning yo'q, balki osmondagi Otam senga ochib bergan. 18 Men ham senga shuni aytib qo'yay: sening tosh degan isming bor va Men O'z ummatimni bu tosh ustida bunyod etaman, jahannam kuchlari esa undan ustun chiqmas. 19 Osmon Shohligining ochqichlarini senga beraman. Yer yuzida sen nimani bog'lasang, osmonda ham bog'langan bo'ladi. Yer yuzida sen nimani yechsang, osmonda ham yechilgan bo'ladi. 20 Shundan so'ng Iso O'zining Masih ekanini biror kimsaga aytmoqni shogirdlariga qat'iy man etdi.
(Matto 11:27; 18:11; 17:9, Yuhanno 1:42, Efesliklar 2:20, Galatiyaliklarga 1:15-16)

Iso haqiqiy Masih ekanligidan bosh tortmadi balki Butrusning tan olishini tasdiqlab, uni duo qildi. Butrus bu tushunchani na fikridan, na o'zining tajribasidan oldi balki buni Muqaddas Ruhning to'g'ri vahiysi orqali oldi. Barcha haqiqiy tushuncha Masihni ulug'laydigan Xudoning Ruhining ishidir, va barcha haqiqiy imon Xudoning sovg'asidir, bu mantiqiy imtixondan yoki hom hayoldan emas. “Xudoning O'g'li” degan nomni qabul qilish bilan, Iso Yaratguvchini Otam deb nomladi, lekin U ba'zi odamlar o'ylagandek tanaviy munosabat orqali ota demadi. Masih barcha borliq oldida Xudoning ruhiy O'g'lidir. Masih abadiylikdan O'g'ildir. Uning bokira Maryamdan tug'ilishi Uning hayotining boshidan emas edi, U bizni Otasi bilan yarashtirish uchun inson qiyofasiga kirdi.

Siz abadiy yashashingiz uchun Masih Xudoning O'g'li ekaniga ishonasizmi? Siz hursandchilikda yashashingiz uchun ba'zan bu nomni tan olib turasizmi? Tan olish orqali, Ota va Muqaddas Ruhning ishi orqali har doyim jamoat o'sadi va ruhlantiriladi. Bu Butrus kabi kuchsiz va o'zgaruvchan insonga qurilmaydi, balki Iso Muqaddas Xudoning O'g'li va Masih deb jasorat bilan tan olishga quriladi.

Bu guvohlik do'zahdan ko'ra kuchliroqdir va gunohdan ko'ra qudratliroqdir. Hech qanday ruh va iblis bu ilohiy dalil bilan raqobatlasholmaydi. “Xudoning O'g'li” degan bu nom gunohning zanjirini yechib yuboradi va gunohkorlarni abadiy qutqaradi. Masihning nomiga ishonadigan kishi tirik jamoatga kiradi. U uchun shohidlik qiladigan kishi odamlarni do'zahdan qutqaradi. Bu yagona ismni rad etadigan kishi abadiy Xudoning qahri ostida bo'ladi.

Isoning tirik Xudoning O'g'li va Masih kabi tan olishi osmonga boshlaydigan eshikka kalitdir. Bu so'zlarga ishonadigan va bularni tan oladigan kishi qutqariladi. Bularni rad etadigan kishi esa halok bo'ladi. Hech qanday inson, hatto Butrus ham o'zining kuchi bilan jannatning eshigini ocha olmasligi eslatib o'tiladi. Lekin Iso va'da qilingan Masih va Unda Xudoning barcha to'liqligi tanaviy yashagan bu ikki guvohlik bizni Muqaddas Uch Birlikning Birligi bilan birlashtiradi. Isoga ergashadigan kishi oqlanadi va Uning ismini e'lon qiladigan kishi ko'plarni qutqaradi.

IBODAT: Muqaddas Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen Muqaddas Ruhingning jonlantirishi orqali Butrusni Masihni tan olishga boshlading. Sen uni Xudoga bo'lgan Masihning o'g'illigi haqidagi ilohiy tan olishiga boshlading. Iltimos biz Sening ovozingni eshitishimiz uchun, Ota va O'g'il bir ekanini bilishimiz uchun va ko'plar gunohlaridan qutqarilishlari uchun haqiqatingga dalolat keltirishga jur'at etishimiz uchun yuraklarimizni va tushunchalarimizni ochib yubor.

SAVOL:

  1. Jamoatning poydevori va jannatga bo'lgan kalit nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)