Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 121 (Blasphemy Against the Holy Spirit)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
1. Yahudiy Oqsoqollari Masihni rad etadi (Matto 11:2 - 12:50)

g) Muqaddas Ruhga Qarshi Kufrlik (Matto 12:22-37)


MATTO 12:25-30
25 Ularning o'y-fikrlarini bilib, Iso ularga dedi: “O'z ichidan bo'linib ketgan har bir podshohlik harob bo'ladi, o'z ichidan bo'linib ketgan har bir shahar yoki uy abgor bo'ladi. 26 Agar shayton shaytonni quvib chiqarsa, unda u o'z-o'zidan bo'lingan bo'ladi. Endi uning saltanati qanday tura oladi? 27 Agar Men jinlarni iblisning kuchi bilan quvib chiqarayotgan bo'lsam, u holda sizlarning o'g'illaringiz kimning kuchi bilan quvib chiqaradi? Shu boyis, ularning o'zi sizlarni hukm qiladilar. 28 Agar Men Xudoning Ruhi bilan jinlarni quvib chiqaryotgan ekanman, u demak, Xudoning Shohligi sizlarga yetib kelgan. 29 Uyning egasi bo'lgan baquvvat kishini avval bog'lab qo'ymasdan turib, birov uning uyiga kirib, mol-mulkini o'g'irlab keta olarmidi? Faqat shunday qilibgina uyni talash mumkin. 30 Kim Men bilan birga bo'lmasa, Menga qarshidir. Kim Men bilan birga yig'masa, sochadi.
(Ishayo 49:24, Mark 9:40, 1 Yuhanno 3:8)

Masih biz har doyim nima o'ylayotganimizni tushunadi. Iso yovuz ruhlarning boshlig'i bilan ishlashidan ayiblashlari nobob va o'rinsiz yolg'on eaknini Undan nafratlanadiganlarga tushuntirib berishni izlaydi. Iso ularning tushunchalarini ochish uchun to'rtta munozaralarni beradi. Masih ularni rad etmadi, ulardan nafratlanmadi, yoki hatto ularni la'natlamadi, balki ularga aniqlikni berish uchun va yuraklarining ko'zlarini ochish uchun ularga yaqinlashdi.

Masihning bu ayiblanishga bo'lgan javobi aniq va ravshandir, shuning uchun har bir og'iz olov va oltingurgut bilan to'xtatilishidan oldin, tuyg'u va sabab bilan to'xtatiladi. Shu yerda Masih bu ikkilanishning sababsizligini ko'rsatadi. Bu juda g'alati va mumkin bo'lmagan Shayton shunday tekizlash orqali quvib chiqarilishi kerak bo'lgan juda g'alati va umuman mumkin bo'lmagan narsadir, chunki Shaytonning shohligi uning ayyorligini tasavvur qilib bo'lmaydigan qilib hisoblab, “o'ziga qarshi bo'linadi”.

Shu yerda hamma jamiyatlarda oddiy buzilish o'zaro janjalning oqibatini ochib bergan qonun bilinadi. “O'ziga qarshi chiqqan har bir shohlik umidsizlikka olib keladi.” Bu har bir oilani ham o'z ichiga oladi. Dushmanlik va norozilik orqali og'darilmasdan qanday oila shunchalik kuchli bo'ladi va qanday jamoat shunchalik mustahkam bo'ladi? Bo'linishlar oddiygina hafagarchilikda nihoyalanadi. Agar biz urushsak, biz sinamiz. Agar biz bir kishini boshqasidan ajratsak, oddiy dushmanga ossonlikcha o'lja bo'lamiz. Hatto shunday bo'ladi, “Ammo sizlar bir-biringiz bilan tishlashib, g'ajishsangizlar, ehtiyot bo'linglar, tag'in bir-biringizni yeb bitirmanglar!” (Galatiyaliklarga 5:15).

Masih olomonga o'ziga qarshi bo'lingan uy turmasligini ochib bergan. U Shayton Shaytonni chiqarmasligini ham tushuntirib beradi va boshqalarning nopok ruhlarni quvib chiqarishi yovuz ruhlarning boshlig'ining yordami bilan ko'rsatilmaganini ham aniqlab beradi.

Masih ularga U nopok ruhlarni bog'lab qo'yishga qodirligini va hammasini bittadayoq quvib chiqarishga qodirligini ularga ochib berdi, chunki U ularning boshlig'idan ko'ra kuchlidir. Masih Xudo Ruhining kuchi bilan iblislarni quvib chiqarishi aniq alomat va osmon shohligining yaqinlashishini ko'rsatgichi ekanini e'lon qilgan. Bu haqida o'ylaydigan va harakat qiladigan kishi bu haqiqatni tushunadi va anglab yetadi, va bu unga ravshan bo'ladi. Biroq Qonunning ustozlari yovuz ruhlarga chalinganlar va ularning yuraklari faqat Najodkorga qarshi toshdek qotib qolgan, shuning uchun ular Masihning munozaralarini anglamaganlar va Uning najodi va shavqatiga erishmaganlar.

Do'zaxning ruhlari bittadir, hatto ular Yevropada, Osiyoda, va Afrikada boshqacha bo'lib ko'rinsa ham. Ular Amerikada O'rta Sharqdan har hil yo'llar bilan buzilishi mumkin. Ba'zan, Shaytonga hos imonlar va guruhlar bir-birlari bilan urushadilar, lekin ular millyonlab odamlarda pulga bo'lgan sevgini, nopok hirslarni va o'lik urushlarni yaratib, ularni yo'q qilishda qatnashadilar. Bu hamma azoblardagi iblisning rejasi Xudoning Ruhiga qarshi yuraklarni qotirishidir va insonlarning vijdonlarini buzishdir.

Xushxabarchi Yuhanno bir vahiyda yetti boshli Shaytonning suratini ko'rgan va har bir bosh turli hil kufrliklarni va yolg'onlarni gapiryotganini ko'rgan. Biroq hamma boshlar bitta edi va Najodkor Isoga qarshi birlashgan edi (Vahiy 12:3; 13:4). Ba'zi odamlar na o'zlariga va na qarindosh-urug'ariga foydali bo'lmaydigan yovuz ruhlar bilan aloqa qilish orqali o'zlarini shifolashni izlaydiganlar qanday achinarli. Biroq, shunday aloqa ozodlikni bermaydi. Aksincha, folbinlar bilan, kelajakni aytib beradiganlar, yoki jodugarlar bilan maslahatlashadigan kishi ozod bo'lmaydi yoki u kishiga yordam berilmaydi, balki u kishi Do'zaxning fuqorosi bo'lgunicha qurshovga olinib boraveradi.

Biroq Masih, Xudo Ruhining kuchi bilan yovuz ruhga chalinganlardan do'zax ruhlarini bog'lab, ularni quvib chiqaradi. Xudoga shukurki, ta'limotlarni, urf-odatlarni va falsafalarni adashtirish orqali ishlaydigan barcha tuban kuchlarga va vasvasalarga qaraganda buyukroq kuch bor. Bu buyukroq kuch Ota Xudoning O'zidir va Masihni va Uning qonini ulug'laydigan Muqaddas Ruhdir. Bu toza Ruh bizga Najodkor Iso xochda Shaytonni va uning izdoshlari yenganligini va hokimyatidan uni judo qilganligini tasdiqlaydi. Masih yagona jahongirdir, va Unga ergashadigan kishi gunoh zanjirlaridan va do'zaxning ayiblaridan ozod bo'ladi va abadiy bularning ta'siridan saqlanadi. Yovuz ruhlarga chalingalarning ozod qilish osmon shohlining kelishini bildiradi.

Masihning kuchi biz biladigan kuchdan ko'ra buyukroqdir, chunki bugun U osmonu yerda hukm suradi va barcha xalqlardan odamlarni qutqaradi. Aziz do'stim, Iso sizning xalqingizdagi har bir yovuz ruhni yenganiga biz bilan ishoning, U ularning zanjirlaridan ko'plarni ozod qiladi, va agar ular hursandchilik va tinchlik bilan Unga bo'ysunsalar ularni takabburlikdan, zinodan, hatardan va mag'rurlikdan qutqaradi.

Masih xushxabarining maqsadi iblisning uyini yo'q qilish edi. U Najodkordek odamlarni “zulmatdan nurga”, gunohdan muqaddaslikka, bu dunyodan osmon shohligiga, “Shaytonning kuchidan Xudoga” qaytarish uchun kelgan (Havoriylar 26:18).

Iso bu maqsadni bajarish bilan so'zi orqali nopok ruhlarni quvib chiqarganida Shaytonni bog'ladi. Iso bunday qilish bilan undan hassani olib qo'yish uchun ham iblisning qo'lidan qilichni olib qo'ydi. Masih bizga Uning mo'jizalarini qanday qilib tushunishni o'rgatadi. U qanday qilib ossonlikcha va ta'sirli odamlarning tanasidan iblisni quvib chiqarganini ko'rsatganida, insonlarning qalbida ishlaydigan va egallaydigan Shaytonning kuchini Masih inoyati bilan buzib tashlaydigan umidga hamma imonlilarni ruhlantirgan. Masih Shaytonni bog'lay olishi aniqdir. Xalqlar butlarning xizmatlaridan tirik Xudoga xizmat qilish uchun qaytishganda, gunohkorlarning eng yomonidan ba'zilari poklanib, azizlarning eng yaxshisi bo'lganida, Masih iblisning uyini buzdi va yana va yana buni buzishda davom etadi.

Masih iblisga va uning shohligiga qarshi kuch bilan olib borayotgan bu Muqaddas Urush misol uchun betaraflikka ruhsat bermasligi shu yerda e'lon qilinadi. “Men bilan bo'lmagan kishi Menga qarshidir.” Bu biz Masihning shogirdlarining o'rtasida ko'tarilishi mumkin bo'lgan kichkina farqlarda “bizga qarshi bo'lmaganlar” biz tomonda (Luqo 9:50) bo'lganlarni hisoblash bilan tinchlikni izlaymiz va farqning ishlarini qisqartirishga o'rgatilamiz. Masih va iblisning o'rtasidagi buyuk tortushuvda hech qanday tinchlikni izlanilmaydi, va hech qanday shunday qulay qurilma bu ishda birorta faqrsizlikdan tuzilmaydi. Masih uchun butunlay o'zini ba'gishlamaydigan kishi Unga qarshi bo'lgan maxluqdek hisoblaniladi. Masihning qoidasiga sovuqqonlik bilan qaraydigan kishi bir dushman kabi qaraladi.

Siz imoningiz bilan, ibodatingiz, pulingiz va irodangiz bilan bu kurashda qatnashasizmi? Siz Masih uchunmisiz yoki Unga qarshimisiz? Masihning yaxshi kurashida U bilan kurashmaydigan kishi Uning dushmani va o'zini barbod qiluvchi bo'ladi. Biroq bu ruhiy kurashda qatnashadigan kishi Rabbiy oldida hamma gunohlarini tan olishiga to'g'ri keladi, Iso Masihning qonining himoyasi ostida yashaydi va kamtar yurak bilan yuradi; shunda yovuz shaytonda uning ustidan hech qanday kuch bo'lmaydi.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ulug'laymiz, chunki O'g'ling iblisni ustidan zafaridan keyin O'zining kuchini qo'ydi. Bugun, U Muqaddas Ruhi orqali odamlarni Shaytonga hos zanjirlardan, nopok gunohlardan, va qora ko'rlikdan ozod qiladi. Biz oramizdagi Uning g'alabasiga ishonamiz, va ko'plar ularni adashtirayotgan imonlaridan ozod bo'lishlari uchun va sevgiga, xochga va qurbonlikka qurilgan imon ularda o'rnashi uchun biz Senga hursandchilik bilan Uning g'alabasi uchun tashakkur bildiramiz.

SAVOL:

  1. Siz do'zax haqida va Masihning Shaytonning ustidan bo'lgan g'alabasi haqida nimani tushundingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 22, 2013, at 08:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)