Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 087 (Jesus Calms the Storm)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
B - KAFARNAHUM VA UNING ATROFIDAGI MASIHNING MO'JIZALARI (Matto 8:1 - 9:35)

5. Iso Bo'ronni va To'lqinlarni Tinchitadi (Matto 8:23-27)


MATTO 8:23-27
23 Iso qayiqqa tushganida, Uning ketidan shogridlari ham tushishdi. 24 Qo'qisdan ko'lda kuchli to'fon ko'tarildi, qayiq to'lqinlar og'ushida qoldi. Iso esa uyquda edi. 25 Shogirdlari uning yoniga bordi-da, Uni uyg'otishib: - Yo Rabbiy, bizlarni qutqar, halok bo'lyapmiz! - deyishdi. 26 Iso ularga: - hoy imoni sustlar, buncha qo'rqoq bo'lmasangiz?! - dedi. So'ng turib, shamolga va ko'lga do'q urdi. Shu zahoti chuqur sukunat cho'kdi. 27 Odamlar esa bir-biriga: - Bu qanaqa kishiki, shamol ham, ko'l ham Unga bo'ysunsa? - deb hayratlanishdi.
(Mark 4:35-41; Luqo 8:22-25; Havoriylar 27:22-34)

Masih bu bo'ronni tinchitdi va shogirlariga yoqimli safar tayyorladi, lekin bu Uning ulug'vorligi uchun juda ko'p bo'lmadi va imonlarining tasdig'i ularning qutqaruvidek edi. Bir shogird Masih ular bilan bo'lishini kutgan edi, ularda har doim ajoyib safar bo'lgan. Aksincha, Masih bizga O'zi bilan bu hayotning suvliklaridan boshqa tomonga o'tishni va zo'ravon bo'ronlar yo'lda kutilishini ko'rsatib beradi.

Masih doim shogirlarini tanaviy yupanch va yengillik bilan ta'minlamaydi. Biroq U ularni bo'ronda, kuchli shamolda va havf-xatda qutqaradi, chunki Shayton Masihning himoyasini quritish uchun hech narsani ayamaydi va o'zining yolgon, hiyla va qopqonlari bilan Uning izdoshlarini hayron qoldiradi. Masihiy jamoat yer-yuzida, hujumlarda, hafagarchiliklarda va ajralishlarda aniq yuz tutishlari kerak.

Masih sodir bo'ladigan hatardan qat'iy nazar qayiqda tinch uxlab yotgan edi. U gunohsiz bo'lganidan tashqari, bizga o'xshab tanaviy insondek yashayotganini ko'rsatish uchun uxlab qoldi. Uning hosildor ishi Uni charchashga va uxlashga majbur qildi, biroq Unda hech qanday gunoh yo'q edi va Unda dam olishga halal beradigan hech qanday qo'rquv bo'lmagan. Jamoatning kemasiga Masih bilan boradigan kishi hayotning suvliklaridan o'tadi va keladigan havf-hatardan qat'iy nazar havfsiz bo'ladi, chunki sodiq va qudratli Najodkor u bilandir. Masihning qayig'iga kiring va qo'rqmang, chunki U eng yaxshi rul boshqaruvchidir. Agar siz hayotingizning yo'lga solish g'ildiragini Unga bersangiz, U sizni aniq abadiy tinchlikning qutqaruv portiga olib keladi.

Xudo bilan bo'lgan birligingiz sizni hatto cho'kish bilan qo'rqitgan havfli yoki to'satdan bo'lgan bo'ronlardan saqlamaydi. Shunday holatlar oddiy holdir. Biz bulardan jamoat inson orqali saqlanib qolmasligini va hech kimsa Rabbiysi va Ustozi bo'lgan Iso Masihsiz uni homoya qilolmasligini o'rganishimiz kerak.

Tajribali baliqchilar kemalariga kirgan suvlarni to'kib, kuchli bo'ronda horib ishlashni davom ettirdilar, lekin dengiz ularni to'lqinlar bilan chulg'ab olganda, ular qo'rqib ketdilar va havotirlanib baqirishni boshladilar. Qayiqlari suvga to'lgan edi va cho'kish arafasida edi. Ular sabrsizlik qilib, uxlab yotgan Isoni uyg'otishdi va Uni “Rabbiy bizni qutqar! Qiynalyotganimizni ko'rmayapsanmi? Biz halok bo'lyapmiz Sen qanday qilib uxlab yotibsan?” deb qichqirib Uni silkitishdi.

Masih daxshatli hatar o'rtasida darhol uyqusidan turdi. Iso o'sha zahotiyoq ularni qutqarmadi, balki ularni koyidi, chunki bu havf-hatar qo'rs dengiz tufayli emas edi, balki sinov vaqtidagi ularning kam imonlari tufayli edi. Masih izdoshlaridan hayotlarining har bir vaqtida somoviy Otalarining himoyasiga va qayg'urishiga aniq ishonishlarini va botir bo'lishlarini talab qiladi, chunki qo'rquv Xudoning sevgisi bilan boshqaruv ostida emas.

Masih keyin jo'shayotgan shamolga va dengizga do'q urdi. Iso tinchlantirish uchun so'zlari bilan shamol va dengizga buyurganda, ular tinchlandi, va buyuk tinchlik bo'ldi. Shogirdlar bu mo'jizani ko'rishganda, ularni daxshat qopladi, chunki ular Iso tabiatning ham Rabbiysi bo'lgan dalilni ko'rishgan edi. Qayerda Masih hukmronlik qilsa, samoviy tinchlik yuraklarga kirib keladi. Siz tabiat, xalqlar va muammolar ustidan Isoning hokimligiga ishonib, Unga qachon sajda qilmoqchisiz? Unga o'zingizni bag'ishlang va shunda siz qiyinchilikning o'rtasida tinchlikda yashaysiz va o'lim tubida himoyalanasiz.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sen Qudratlisan. Iltimos hatar vaqtida imonim kamligi uchun meni kechir. Biz to'liq imon bilan Senga ishonishimiz uchun Sen uchun bizning sevgimizni kuchaytir. Noumidlikda umidimizni yo'qotmasligimiz uchun biz bilan birga bo'l. Biz Seni ko'rishimiz uchun va barcha kuchlar, tabiat va qiyinchilik ustidan zafaringni va doim xalqingni sevishingni tushunishimiz uchun ko'zlarimizni ochgin. Omin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun shogirdlarini hatarning o'rtasida koyidi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)