Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 076 (Prayer of Faith)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
4. OSMON SHOHLIGI QOIDASINING HULOSASI (Matto 7:7-27)

a) Ota Xudodagi Imon Ibodati (Matto 7:7-11)


MATTO 7:7-11
7 “So'rab turing, sizga beriladi. Izlab turing, topasizlar. Taqillatib turing, sizga ochiladi. Chunki har bir so'ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar. 9 Orangizda bir kimsa bormi, o'g'li undan non so'raganda, unga tosh bersa? 10 Yoki baliq so'raganda, unga ilon bersa? 11 Sizlar yovuz bo'laturib, bolalaringizga yaxshi hadyalar berishni bilsangiz, boz ustiga osmondagi Otangiz Undan so'raganlarga mo'l-ko'l ne'matni beradi!
(Yeremiyo 29:13-14; Mark 11:24; Yuhanno 14:13; Yoqub 1:17)

Siz birorta yechim topmasdan qiyinchilikdan va noumidlikdan azob tortasizmi? Rabbingizning oldiga keling va bu haqida Unga ayting. Faqat U qalbingizning, tanangizning va ruhingizning muammolarini yecholadi. Xudo O'zining qudratli Masihini gunohlaringizni yuvish uchun va sizni qoniqishga, donolikka va halollikka yetaklash uchun sizga sevgi Ruhini berish uchun salohiyatli hokimyati bilan bu dunyoga jo'natdi. Tunu kun tashvishlaringiz bilan o'zingiz haqida qayg'urmang, balki Xudoning So'zini tinglang va Uning sodiq va'dalariga ishoning. Esankirab qolmang. Qo'rqmang. Samoviy Otangizning oldiga keling va ochiq vijdon bilan Unga ishoning, chunki gunohlaringiz javob berilmagan ibodatlaringiz uchun sabab bo'ladi. Uning kechirimini so'rang. U siz Uning oldiga qaytishingizni kutyapdi. Qachon kelasiz? Samoviy Otangiz shaxsiy muammolaringizda sizga yordam beradi. Ayniqsa, siz boshqalar uchun ibodat qilsangiz, sizga javob berish uchun mamnun bo'ladi, chunki Xudo sevgidir va U yuragingizni sevgisi bilan to'ldirishni istaydi. O'zingiz uchun qancha talablar so'raysiz va boshqalar uchun qancha ibodat qilasiz? Bu savolga javob sizga ibodatingizga sekin javob bo'lgan sababni ko'rsatadi.

Biroq, Muqaddas Ruh sizni Xudoning qutqarish irodasiga boshqaradi va otalik yuragiga sizni boshlaydi. U faqat sizga yuzakiylik bilan yordam bermaydi yoki sizni birinchi joyda muvofaqqiyat va pul bilan taminlamaydi, balki O'zining yagona Masihida sizni mustaxkam qiladi. Bu Najodkor sizga faqat najod ishonchini bermaydi, balki U O'zi sizni sevadi.

Siz Muqaddas Ruhning ibodat maktabi haqidagi sirni tushundingizmi? Hamma gunohkordir va tabiatidan buzilgan, chunki Masih bizlarni mehr-shavqatida “yovuz” deb atadi. Lekin Xudo biz hatto yo'qolgan bo'lsak ham mehribon Otadek bizni sevadi. Biz U bilan abadiy yashashimiz uchun Ruhi orqali bizni o'zgartirishni istaydi. Biz bu dunyodan faqat zavqlanishni qidirib, qanday qilib Uning oldiga kelamiz? Siz birinchi Xudoning shohligini va solihligini qidirib, bularni yoyishga yordam berib, atrofingizda bularni o'rnatish uchun Masih sizni xushxabariga kirishga taklif etadi, shunda samoviy Otangiz sizga kerak bo'lgan narsani qo'shib beradi.

Xudo Uni chaqirganlarga javob berishda imillayotganga o'xshaydi, chunki U ular Uni sevadilarmi yoki faqat sovg'alari uchun so'raydilarmi yo'qmi yuraklarini tekshiradi. Xudo ibodatingizda to'liq ichonchingizni kutadi. U osmon derazalrini ochib tashlashni va marhamati va inoyatini sizga va do'ztlaringizga quyishni istaydi. Ibodat qilishda va yoningizdagi Xudoning huzuriga ishonishda davom eting, chunki U siz bilan bo'lishga va hayotingizni ulug'vorligi uchun ishlatishga tayyordir. Uni qabul qilasizmi, Unga rahmat aytasizmi va Uni kelajagingizning markazi deb hisoblaysizmi?

Masih bizga ibodatlarimizda qadamma qadam harakat qilishni va birma-bir so'rovlarimizda va guruhlarimizda qattiq turib olishni bizga o'rgatgan. Samoviy Otangiz sizni duo qilishi uchun oddiy ibodat uchun keling va uchrashing. U minnatdorchilikni kutyapdi va bolalaridan talab qiladi. Birinchi shon-shuhrat va sevgi bilan muammolar uchun eng yaxshi yechimni Undan so'rang. Boshqalarning najodi uchun Xudoning kuchini izlang. Atrofingizda solihlikka och bo'lganlar uchun yangilanishni so'rab va Uning kechirimini so'rab, ibodatlaringiz orqali Uning eshigini taqillating, chunki yo'qolganlar uchun sevgisiz bo'lgan ibodatingiz kuchsiz bo'lib qoladi.

Masih bolaliklaridagi takabburliklaridan qat'iy nazar, bolalariga yordam va yaxshi hayot beradigan tanaviy otani bergan surati qanday chiroyli. Agar ular nato'g'ri ish qilsalar g'azabi bilan ularni parchalab tashlamaydi balki U ularga ta'lim beradi, chunki ularni sevadi. Shunga o'xshab, Xudo ham sizga faqat yaxshi hadyalar beradi. U sizni rad etmaydi, chunki U Otangizdir va U bolalarini kiyintirib, ularni to'ydirib, tarbiyalash uchun harakat qiladi. U bolalari ruhiy yetuklikka yetib borishlari uchun tanaga, qalbga va ruhga g'amho'rlik qiladi.

Osmondagi Otangizning irodsiga ishoning va sizga va jamoatingizga quyilyotganin Uning yaxshiliklari uchun Unga rahmat ayting.ibodat qilishdan charchamang. Masihning nomidan ibodat qilgan narsalaringizga ishsoning va siz yo'qolganlarga voizlik qilganda ilohiy donolikni va Muqaddas Ruhining yashashi orqali Uning mo'jizasini ko'rasiz.

Va'da qilindi. Samoviy Otangiz Uning oldiga kelganlar bilan uchrashadi. So'rang, beriladi; sizga qarzga berilmaydi, sizga sotilmaydi, balki beriladi. Va sov'gadan ko'ra nima tekin? Va'daga ko'ra, Isoning ruhida nima so'rasangiz va bu uchun ibodat qilsangiz sizga beriladi. So'rang erishasiz. Sizda yo'q, chunki siz so'ramaysiz. Yoki siz to'g'ri so'ramaysiz? Noloyiq narsa uchun so'rash bu noloyiq narsadir, chunki bu hech narsaga yaramaydi.

Bola non va so'glom baliqni so'rashni kutadi. Lekin agar bola ahmoqlarcha yeyish uchun tosh, yoki ilon, pishmagan meva yoki o'ynash uchun o'tkir pichoq so'rasa, ota donolik bilan uni rad etadi. Biz te-tez bizga zarar keltiradigan narsalarni Xudodan so'rab turamiz. U buni biladi, va shuning uchun bizga zarar keltiradigan narsalarni bizga bermaydi. Sevgidagi salbiy javoblar g'azabdagi noil etishlardan ko'ra yaxshiroqdir. Biz xohlagan hamma narsalar bizda bor bo'lganida, bundan oldin biz bekor qilinishimiz kerak edi.

Xushxabar bilan bularni solishtirib ibodatlaringizda maqsadlaringizni tekshiring va Rababiy Ibodatidagi Masihdan o'rgangan narsalarga ko'ra ibodat qiling, chunki bu so'rovlar javobgarlidir.

IBODAT: Ey Mehr-shavqatli Ota, biz quvonamiz, chunki Sen bizning katta va kichik tashvishlarimizga e'tiborsizlik qilmaysan, balki har bir vaqt bizga javob berasan. Iltimos bizni har bir o'zbilarmon ibodatlar uchun kechir va biz Seni sevib qarindoshlarimiz va boshqalarning najodlari uchun doim Senga ibodat qilishimiz uchun bizni Muqaddas Ruhingga to'ldir. Ularni qutqarmagunigncha biz Seni tark etmaymiz. Muqaddas isming ulug'lanishi uchun yordamingni jo'natishing uchun bizni Sendan so'rashga, Seni izlashga va osmon eshigini taqillatishga o'rgat. Omin.

SAVOL:

  1. Iso nima uchun bizdan doimo ibodat qilishimizni so'raydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)