Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 047 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:9
9 Tinchlik o'rnatuvchilar bahtlidir, chunki ular Xudo o'g'illari deyilur. (Ibroniylarga 12:14)

Tinchlik xizmatiga sizni Xudoning zavqli chaqiruvlarining qo'ng'irog'ining yettinchi jarangi chaqiradi. Sodiq kishi o'zi uchun yashamaydi. U dangasa va takabburlikka chekinmaydi. Balki bu kishi Xudo va insonlar o'rtasidagi homiydek chiqib, halok bo'lyotganlarni Xudo bilan bo'lgan tinchlikka taklif etadi. Osmon shohligi yuragingizda yashash uchun qanday kelganini odamlarga ayting. Ularni imon va umidga chaqiring. Shunda siz Masihning Ruhi bilan birgalikda bir bo'lasiz va siz o'limi orqali bu dunyoni Otasi Xudo bilan yarashtirgan Masihning birodari bo'lasizlar. Xudo butun dunyoga tinchligini tarqatishni xohlaydi. Xudo O'zining sevgisida samoviy oilasiga sizni qabul qilib, keyin sizni boshqalarga tinchlik xushxabarini yetkazish uchun sizni jo'natadi. Lekin unutmangki xochsiz tinchlik yo'q, va Tinchlik Shahzodasisiz tinchlik o'rnatishni istagan kishi aniq yiqiladi.

Tinchlik o'rnatuvchi Xudo o'g'illari deyilur. Barhayot Xudo ularni “O'zining o'g'illari” dek qabul qiladi va nafratga to'la bo'lgan dunyoga tinchlik o'rnatuvchilar kabi ularni jo'natadi. Xudoning O'zi tinchlik Xudosidir; Uning yagona O'g'li esa Tinchlik Shahzodasidir; Muqaddas Ruh esa Tinchlik Ruhidir. Xudo O'zini bizga kechirguvchi Otamizdek ochib berdi, lekin Xudo dushmanliklarida bir-birlarini kechirmaydiganlarni qabul qilmaydi. Agar tinchlik o'rnatuvchilar bahtli bo'lsalar, tinchlik buzuvchilarning holiga voy!

Masih hech qachon O'zining imonini qilich yoki olov orqali tarqatishni maqsad qilmagan yoki bo'lmasa qonuniy jazoni, yoki nohaqlikni e'tirof qilishni, yoki shogirdlarining belgilaridek o'ta g'ayratni maqsad qilmagan. Bu dunyoning bolalari muammoga tushgan suvlarda baliq tutishni sevadilar, lekin Xudoning bolalari esa “tinchlik o'rnatuvchilardir”, “mamlakatda tinch yashaydilar” (Zabur 34:20).

“Men tinchlik emas, balki qilich keltirgani kelganman” (Matto 10:34) degan bu oyat va Isoning so'zlari o'rtasida farq va ziddiyatlik bor degan joyda tanqidiy e'tiroz bo'lgan. Masih barcha izdoshlariga amr etadigan haqiqiy Tinchlik Shahzodasidir, “Dushmaningizni seving, sizni la'natlaganlarni duo qiling,” va “Kim sening o'ng chakkangga ursa, unga ikkinchisini ham tutib ber,” va o'xshash oyatlar (Matto 5:38-48).

Holbuki Iso deydi, “Men tinchlik emas, balki qilich keltirgani keldim.” Bu bayonda Isoning maqsadi kelishmovchilikni va nafratni yaratish emas yoki sevgi va tinchlikni yo'qotish emas. Uning maqsadi muqaddaslik va nopoklik o'rtasidagi farqni aniqlashdir. Isoning pok haqiqati va yolg'on gapirish bilan to'g'ri yo'ldan ozgan, haqiqatdan adashganlarning buzuq qoidalari o'rtasida hech qanday kelishuv bo'lmaydi. Masih haqiqat va nohaqlik, nur va zulmat o'rtasidagi farqni yaratish uchun kelgan. Ko'plab yosh imonlilar Xudoning bu chaqiruvi bilan kurashadilar. Ular o'zlari bilan bu kurashda o'lmaydilar, balki ularni haqiqatdan qaytarishni xohlaydigan do'stlari va qarindoshlari bilan kurashda azob tortadilar. Yangi imonli tez-tez o'zining najodi uchun sevgidan ota-onasiga qarama-qarshilikda harakat qilgan. Imonli tez-tez xushxabarga ergashishni afzal ko'rgan va natijada qarindoshi, do'stlari va ota-onasi g'azablanadi chunki u abadiy va achchiq bo'lgan narsaga ko'z tikadi.

SAVOL:

  1. Masih qanday qilib sizni boshqalarga tinchlik keltirish uchun ishlatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)