Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 044 (The Beatitudes)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami

a) Bahtiyorliklar (Matto 5:1-12)


MATTO 5:6
6 Adolatga ochu chanqoqlar bahtlidir, chunki ular to'q bo'lur. (Luqo 18:9-14; Yuhanno 6:35; Rimliklarga 3:23-24)

Xudo sevgisining qo'ng'irog'ining to'rtinchi jarangi gunohdagi uyqularidan uyg'ongan va solihlik uchun och bo'lganlarni umid bilan o'yg'otadi. Har bir kishi yaxshilik qilishni xohlaydi va odamgarchilikning omadini kutadi, lekin hech kim o'zining ishlari bilan buni qilolmaydi, chunki biz gunohning qullarimiz. Lekin Masih O'zining qurbonlik o'limi orqali barcha gunohkorlarni oqladi. Solihlik va muqaddaslikni qumsagan kishi buni Masihda topadi va ilohiy solihlikning to'liqligi u uchun tayyorlangan va u kishi haqiqiy sevgini bajarish uchun bu kuchni oladi. Isoga keling, U yuraklaringizni tozalaydi va Xudoda mustahkam bo'lishingiz uchun sizni yangilaydi. Shunda siz hursandchiligingizni insoniy qobilyatlaringizga emas, balki faqat Xudoning inoyati ustiga qurasizlar, chunki imoningiz sizni saqlab qoldi va Masihning shodligi sizning ichingizda yashaydi.

Solihlik barcha ruhiy qut-barakalarning xulosasidir (Zabur 23:5). Bu qut-barakadan keyin biz och qolib chanqashimiz kerak. Biz ovqat va ichimlikni xohlagan och va chanqoq bo'lgan va hech narsa bilan qoniqmaydigan kishidek, bularni xohlash uchun dadillantirilamiz. Bizning ruhiy qut-barakalar uchun bo'lgan xohishlarimiz chinakkam va tinimsiz bo'lishi kerak. Xudoning solihligi biz uchun tayyorlangan. Agar siz Masihga ishonsangiz, siz abadiy qondirilasiz, chunki Xudoning solihligi minnatdorchilik bilan tavba qilib, buni qabul qiladigan barchaga mavjuddir.

IBODAT: Ey Muqaddas Rabbiy, biz Seni sevamiz va Senga olqishlar aytamiz, chunki Sen sevikli Masihning kelishida bizga mehribonlik ko'rsatding. Iltimos bizning mag'rurliklarimizni, umidsizliklarimizni va zo'ravonliklarimizni kechirgin. Isoning qoni bilan bizni pokla va pok hayotda yashashimiz uchun Muqaddas Ruhingning kuchi orqali bizni muqaddaslagin. Biz barcha sodiq kishilar bilan birga abadiy shohlikda huzuringning hursandchiligiga kirishimiz uchun, bizga aniq bir umid ber. Omin.

SAVOL:

  1. Masih qanday qilib solihlik uchun bizning chanqovimizni qondiradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)