Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI
11. Hushyor bo'ling (Matto 24:42-51)MATTO 24:42-44 Masih bizga Uning kelishini kutib, hushyor turishni buyuradi. Hech kim Iso qaysi vatda kelishini aniq bilmaydi. Ba'zilar U hech qachon kelmaydi deb o'ylashadi. Boshqalar U allaqachon kelgan va hozir U oramizda yashirinib olgan deb aytishadi. Biroq, Masih bizni ogohlantiradi va bizga tayyor turishga va ruhan uyg'oq bo'lishga amr beradi, chunki U tunda o'g'ri kelgani kabi, jimgina va kutilmaganda kelib qoladi. Shuning uchun vaqtimizning shiori bu hushyor turish kerak, shunda biz Rabbiy bilan bo'ladigan uchrashuvimizni o'tkazib yubormaymiz. Hushyor bo'lish faqat Rabbiy kelishini anglatmaydi, balki U kelganda bizda topishni xohlaydigan ruhiy holatda bo'lib, doim tayyor bo'lishni ham anglatadi. Hushyor bo'lish U bilan uchrashishning burchi uchun biz darhol o'zimizga murojat qilishimiz uchun Uning yaqinlashishining birinchi alomatlaridan ogoh bo'lishdir. Biz bu dunyodaligimizda, bu atrofimizdagi qorong'ulik kabidir, va biz o'zimizni o'yg'oq tutishimiz uchun og'riqlarni olishimiz kerak. Biz Masihning kelishi uchun qanday qilib tayyor bo'lamiz?
Siz Isoning kelishi uchun o'zingizni tayyorlayapsizmi? Yoki siz maqsadsiz o'zingizning hayotingiz bo'yicha yashayapsizmi? Vijdoningizni tekshiring, va u yerda gunoh bormi yo'qmi yoki hali kechirmagan kimdirga qarshi g'arazingiz borligini ko'ring. Imkon qadar o'zingiz uchun inoyat orqali poklanishga erishishingiz uchun shoshiling. Shunday qilishga imkoningiz borligida kechirimni so'rang. IBODAT: Samoviy Ota, sevimli O'g'lingning kelishini mensimagan bo'lsak bizni kechir chunki biz dunyoviy narsalar bilan band bo'ldik. Bizni quvg'indan, vasvasalardan va o'limdan saqlaydigan Qutqaruvchining kelishi tomon boshlarimizni ko'tar. Qarindoshlarimiz va do'stlarimiz ham Masihni qabul qilishga tayyor bo'lishlari uchun bizga Rabbiyning yo'lini tayyorlashga yordam ber. Biz uxlab qolmasligimiz uchun yoki Uning kelish soatini esdan chiqarmasligimiz uchun kutishimizni kuchaytir. SAVOL:
|