Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 220 (Salvation of the Believers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

10. Imonlilarning Najodi (Matto 24:37-41)


MATTO 24:37-41
37 Nuh payg'ambar davrida qanday bo'lgan bo'lsa, Inson O'g'li kelishida ham shunday bo'ladi. 38 To'fongacha bo'lgan kunlarda, to Nuh payg'ambar kemaga kirgan kunigacha yeb-ichdilar, uylandilar, turmushga chiqdilar. 39 Ular bo'lg'usi ofatdan bexabar yurganda, to'fon kelib, hammasini qirib tashladi. Inson O'g'lining kelishi ham xuddi shunday bo'ladi. 40 O'shanda ikki kishi dalada bo'ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi. 41 Tegirmon tortayotgan ikki ayol bo'ladi; biri olinadi, biri qoldiriladi.
(Luqo 17:35)

To'fondan qisqa vaqt oldin, Xudo Nuhga u va oilasi uchun najod bo'ladigan kemani qurishni buyurdi. Uning do'stlari Xudo qahrining to'fonida cho'kib ketgunlarigacha, uni ahmoq deb hisoblab, ustidan kulishdi. Biroq, Nuh Xudoning vahiysiga ishonib, mazax qiluvchilardan qat'iy nazar Xudoga bo'ysundi va u va uning oilasi saqlanib qoldi. Masih bizning najod kemamizdir. U bizni saqlaydigan kemamizdir. Uni yangi ahdida qabul qiling, shunda siz hatto bu dunyo yo'q bo'lib ketsa ham abadiy U bilan yashaysiz.

Yeb-ichish insonning hayoti saqlanish uchun zarurdir. Turmush qurish va turmushga chiqish insoniyatning saqlanishi uchun zarurdir. Biroq bu qonuniy narsalar agar qonunsiz qilinsa muammoga sabab bo'lishi mumkin. Nuh davrida odamlar butunlay rohatlanish harakatida bo'lishgan. Ular shunchalik bu dunyo va tanaga diqqatlarini qaratishganki, hatto vayronalik eshik oldida turganda ham adolatli ogohlantirishga e'tibor ham berishmagan. Ular tavba qilib, ibodat qilishlari kerak bo'lganda, yeb-ichishyotgan edi. Xudo Nuhni tavba qilishga odamlarni chaqirish uchun ishlatdi lekin ular Uning xabarini rad etdilar. Bu xabar Isroilliklar uchun bo'lgani kabi, ular uchun edi, biroq ular ruhiy yuzakiyligicha, yo'qolganicha va kechirimsizligicha qoldilar (Ishayo 22:12, 14).

Biz hamma xalqlar halok bo'lishidan oldin insoniyat tarixida odamlar buzilganligini va yuzakiyligini ko'rishimiz mumkin. Ularning diqqati rohat bo'lgan va ular uyalmasdan o'zlari va boshqalar sharmandagarchilik qildilar, hatto vayron bo'lishlarini bilib turib. Iso odamlar yeb-ichib, turmush qurishlarini tasvirlab berganda, U bu narsalar gunoh ekanini aytmadi, balki bu odamlar bularning hammasini Xudosiz va o'ylamasdan qilishyotganini aytdi. Bu ularning befarqligi va ishonmasligi tufayli ular hukm bo'lishidir.

Soxta solihlik sizni keladigan hukmdan saqlab qolmaydi. Bu sizni saqlab qoladigan Najodkoringiz Isoga bo'lgan yagona imondir. Masih Ikkinchi Kelishida insonzodni ikki guruhga bo'ladi: shaxsan Uni Qutqaruvchi deb bilganlarga, va Uni Qutqaruvchi deb bilmaganlarga. Uni bilgan va Unga tegishli bo'lganlar Uning Ruhiga to'ladilar va ular oxirgi soatlarda qabul qilinib uyga olinadilar.

Masihga tegishli bo'lganlar Iso qayta kelganida bulutlarda “olinadilar”. Ular Rabbiylari allaqachon ko'tarilgani kabi samoga ko'tariladilar. Ular bu ko'tarilishga munosib emaslar, ammo Xudoning oqlashi ularni o'zgartirdi va loyiq qildi. Siz ham ruhda Masih bilan birmisiz? Rabbiyning O'zi sizni qabul qilishni xohlashini bilasizmi?

Masih imonlilarga kelish soati haqida aytmagan. Iso har vaqt ular Uni qabul qilishga tayyor bo'lishlarini istaydi, kunu tun.

IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ulug'laymiz chunki suyukli O'g'ling bizga tirik umid beradi. Bizni yuzakiylikdan va behuda hayollardan saqlagin. Barcha gunohlarimizni olib tashla va bizni qutqaruvchi O'g'ling bizni hukm soatlarida qutqarishi uchun va O'zi uchun bizni himoya qilishi uchun Unda bizni o'rnat.

SAVOL:

  1. Masih bizning dunyomizga qanday qilib qaytib keladi va Uning suyukli bolalari bilan nima sodir bo'ladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)