Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Matthew - 162 (Jesus’ Second Prediction of His Death and Resurrection)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
3. Isoning Xizmati va Safari (Matto 14:1 - 17:27)

p) Isoning O'limi va Tirilishi haqidagi Ikkinchi marta Gapir ishi (Matto 17:22-27)


MATTO 17:24-27
24 Ular Kafarnahumga kelganlarida, ikki diramlik ma'bad solig'ini yig'uvchilar Butrusning oldiga kelib: - Sizlarning Ustozingiz ma'bad solig'ini to'lamaydimi? - deb so'radilar. 25 Butrus: - To'laydi! - dedi. U uyga kelgach, Iso oldinroq gap ochib dedi: - Simun, sening fikring qanday? Bu dunyo podshohlari soliq yoki bojni kimdan oladilar? Vatan o'gillaridanmi yoki begonalardanmi? 26 – Begonalardan-da, - dedi Unga Butrus. Iso javob berdi: - Unday bo'lsa, vatan o'gillari soliqdan ozod ekan-da. 27 Shunga qaramay, biz ularni vasvasaga solmaylik. Sen ko'lga borib qarmoq tashla. Birinchi ilingan baliqni olib og'zini ochsang, to'r diramlik tangaga ko'zing tushadi. Tangani olib Men va o'zing uchun soliq to'lovi sifatida ularga ber.
(Chiqish 30:13, 2 Shohlar 12:5-6)

Talab qilingan soliq Rim kuchlariga hech qanday fuqoro to'lovi emas balki diniy burchlar bo'lgan. Yarim to'lov puli ma'bad xizmati uchun har bir insondan talab qilingan. Bu u yerda sajda bilan bog'langan harajatlar uchun edi. Bu “qalblar uchun to'lov” deb atalgan (Chiqish 30:12). Bu vaqtda asosan Jalilada boshqa vaqtlarda bo'lgani kabi qattiq talab qilinmagan.

Masih O'zini faqat Inson O'g'li deb emas balki ma'bad soliqining payti mobaynida Xudo O'g'li deb ham e'lon qilgan. Isoni samoviy Otasining uyi uchun soliq to'lashga majbur qilishmagan, chunki Xudoda bo'lgan narsa Unda bor edi. Lekin dushmanlari uchun Uning sevgisi va ularning kuchsizliklari uchun Uning shavqati Uni bajonidil soliq to'lashga harakatlantirdi. U O'zini Butrus va boshqa shogirdlar bilan bog'ladi va ularni Matto Xushxabarida bir necha marta eslatib o'tilgandek, “Xudoning ozod o'g'illari” deb atadi. Aziz birodar, siz bu nomga va bu va'daga yopishib olasizmi va yaxshiligingiz tufayli emas balki Isoning so'ziga ishonganingiz uchun Xudoning o'g'illari bilan turasizmi? Uning qudratli so'zi sizni muqaddaslaydi va shunda siz Xudo sizni nimaga chorlagan bo'lsa, shunday bo'lasiz.

Masihiy ehtiyotkorlik va kamtarlik ko'p yo'llarda bizga bunda turib olish bilan jahil chiqishdan ko'ra huquqimizdan bosh tortishni bizga o'rgatadi. Biz jahil chiqishdan qo'rqish uchun burchimizni hech qachon rad etmasdan, balki ba'zan tanaviy qiziqishlarimizda o'zimizdan kechishimiz kerak.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga sevgi va hursandchilik bilan sajda qilamiz, chunki Sening yagona O'g'ling bizni o'limi orqali Sening o'g'illaring qildi. Biz o'z tabiatimizda Senga qarshi dushmanlar edik va Sendan uzoqda edik, lekin Isoning qoni bizni Senga olib keldi. Biz inoyating uchun Seni ulug'laymiz va bizga bo'lgan otaliging uchun quvonamiz. Sening ilohiyliging bizning insoniyligimizda sezilishi uchun O'g'ling bu dunyoga xizmat qilgani kabi, biz ham sevgingda xizmat qilishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Iso qanday qilib U Inson O'g'li va Xudo O'g'li ekanligini e'lon qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 10:53 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)