Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Tracts -- Tract 11 (Follow Me!)
This page in: -- Armenian -- Baoule? -- Burmese -- Chinese -- Dagbani? -- Dioula? -- English -- French? -- German -- Greek -- Hausa -- Hebrew -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Japanese -- Korean? -- Lingala? -- Maranao -- Nepali? -- Peul? -- Somali -- Spanish -- Sundanese -- Telugu -- Thai? -- Turkish? -- Twi? -- UZBEK -- Yoruba

Previous Tract

YO'LLAR - Taqsimlash uchun Qisqa Kitobiy Habarlar

YO'L 11 -- Menga Ergashing! (Matto 9:9)


Havo yo'lida uzoq mamlakatga uchadigan kishi qo'ngandan keyin, kichik moshina ularning samolyoti tomon shoshganini va buning to'g'risida to'xtashini ko'rishi mumkin. Bu sekin asta odamlar tark etadigan joy tomon haydaydi. Bu kichik moshinaning tomida "MENGA ERGASHING" degan katta yozuvlar yozilgan katta belgini ko'rasiz.

"Menga ergashing" degan bu iborani yaratgan kishi, 2,000 yil oldin Maryam O'g'li Masih bo'lgan. U O'rdun daryosining chuqur vodiysidan Tiberiya Ko'liga yaqin bo'lgan rayonga Nosiraning tog'idan tushib kelgan. Masih ko'p yo'llar tutashgan Kafarnahum hududida joylashgan. U yerda Iso Uning oldiga kelgan kasallarga shifo bergan. Iso gunohkorlar yovuz ishlaridan tavba qilishlari uchun ularni chaqirgan va ularga O'zining taskin berish Xushxabarini ochib bergan. Singan yuraklar va nogironlar har yerdan Uning oldiga kelishgan. Haqiqatni bilishni istagan har bir kishi uzoq yaqindan kelishgan. Ularning hammasi ajoyib mo'jizalar ko'rsata olgan bu yagona Kishini ko'rishni hoxlaganlar. Ular Isoning so'zlarida ilohiy kuchni, boshqaruvni va ozodlikni topdilar.

Bu hududda Matto ismli soliqchi yashagan. U kuchga to'lib Rim uchun hokim bo'lgan edi. U sayyohlardan va savdo sotiq qiluvchi hammadan Rim uchun soliq yiqqan. O'zining Yahudiy xalqi uni Rimga yordam bergani uchun la'natlar edilar va ular undan nafratlanar edilar chunki Matto ulardan haddan tashqari hoxlaganicha soliq olar edi. U sayyohlarning yolg'onlarini bilar edi va savdogarlarning mollarining yashirin joylarini ochib tashlar edi va ularni soliqni to'lashga majbur qilar edi. Hech kim soliq to'lashni hoxlamaydi lekin Matto aqilli bo'lgan va ayyorona tajribasi tufayli ko'p pullarni undira olar edi.

Biroq, bu hukumat xizmatchisi erishgan boyliklaridan qat'iy nazar o'zining xalqi tomonidan rad etilishdan azoblangan. Uning vijdoni unga halal berar edi va u o'zining nohaqligi uchun kechirimni topishni va pulga bo'lgan sevgisidan ozod bo'lishni istar edi. U undan nafratlangan odamlarning nafratidan qutilishni va toza yurak bilan tinch hayot kechirishni istagan.

Uning shahriga o'rnashgan Iso haqida eshitib qolgandan keyin, Matto kerak bo'lgan yordamni Undan olish uchun umid bilan Isoni ko'rishni istadi. Matto Xudo va odamlar bilan bo'lgan tinchlikni qidirar edi, lekin u hukumat xizmatchisi kabi ochiq oydin bu Nasroniylik ajoyib Kishining oldiga bora olmagan. Biroq, Isoning so'zlaridan eshitgan narsalari va Uning qilayotgan ishlari, unda ko'proq umidni o'yg'otdi va unda Isoni ko'rib U bilan yakka uchrashishni uyg'otdi.

Masih yuraklarning fikrlarini ko'rishga va o'qishga qodir. Iso bu nafratlanilgan hukumat xizmatchisining yuragidagi qattiq hoxishni ko'rdi va Uning yordamini qabul qilish uchun tayyor ekanini sezdi. Bir kun Iso hukumat idorasidan o'tib ketayotganda, Iso Unga qarab turgan Mattoni ko'rdi. Iso uning yuragini tekshirdi, tavbani ko'rdi va Iso unga bu bir iborani buyurdi, "Menga Ergash!"

Bu hukumat xizmatchisi ilgari Xudodan bir so'z eshitishni kutgan. Shunda bu vaqt u Masihning buyrug'ini oldi, shu zahoti o'zini bu Nasroniyalik Kishiga topshirishi kerakligini tushunib yetdi. Matto Uning buyrug'idan, bu Payg'ambar undan nafratlanmasligini balki uni butun shahar axolisi rad etgan dalildan qat'iy nazar O'zining izdoshlariga uni qo'shishga tayyorligini ko'rdi. Bu fikr uning boshiga va yuragiga chaqmoqday otildi. U ko'zini pirpiratib hozir harakat qilishi kerakligini yoki hech qachon qilmasligini tushundi.U bu hayotimdagi imkoniyat deb o'yladi. Shunda Matto darhol turdi-da, u boshqa xizmatchiga idorani topshirib, butunlay Isoga ergashdi.

Masihga ergashgan odamlar hayron qolishdi. Ular Buyuk Shifokor bu hoinni qabul qilgan dalilni yoqtirmadilar. Shuning uchun Iso izdoshlariga Unga ergashishning ma'nosi nima ekanini aniqlab bergan va ularga quydagi vahiyni gapirgan:

"Agar kim Menga ergashishni istasa, o'zidan kechsin va o'z xochini ko'tarib, orqamdan yursin. Kim o'z jonini ayamoqchi bo'lsa, uni yo'qotadi. Lekin kim Men uchun jonini yo'qotsa, jon topadi." (Matto 16:24-25)

Iso biz hammamiz bilishimiz va tushunishimiz uchun yettita sirlarni shogirdlariga bu so'zlar orqali tushuntiradi:

  1. Solihlikni istash: Iso Xudoning shohligiga kirishni hoxlagan har bir kishini qabul qiladi. Lekin U O'zi har bir kishini o'zlari qaror qilmasalar doyim Unga ergashish uchun chaqirmaydi. Xudoning solihligini istagan va Isoga ergashish bilan keladigan qiyinchiliklarga tayyor kishi, Xudo tomonidan chaqirilgan kishi bo'ladi.
  2. O'zingizdan keching va Iso uchun yashang: Iso shogirdlariga boshidan hayotlaridan kechishlari kerakligini aytgan. Ular boshqalardan ko'ra o'zlarini muhimroq deb hisoblamasliklari kerak. Ular hayot vasvasasiga javob bermasliklari kerak va bu dunyodagi har kunlik sinovlarga yuraklari va onglari o'rnashmasligi kerak. Ular Iso uchun huquqlarini tark etishlari kerak edi. Shuning uchun, har bir Xudoning Qo'zisiga ergashadigan kishi o'zi tomon harakatlanishni izlamasdan balki amalda o'zidan kechishi kerak va Xudoning qo'zisini sevib Unga xizmat qilishi kerak. Iso biz endi o'zimizning istaklarimizni bajarish uchun yashamasdan balki Iso uchun yashashimiz uchun bizni o'zligimizdan ozod qilishni istaydi.
  3. O'zingizni tekshiring va Tavba qiling: Iso izdoshlariga ular o'zlarini solih deb hisoblamasliklari va o'zlarini oqlashga harakat qilmasliklari kerakligini aytgan. Aksincha: har bir kishi tabiatiga ko'ra yovuzligini va halok bo'lganligini va xochga mixlanishga loyiqligini bilib, Xudoning oldida o'zini imtixon qilishi kerak. Iso bizdan Uning xochini ko'tarishimizni emas, balki o'zimizning xochimizni ko'tarishimizni so'ragan. Bu degani, har bir gunohkor Xudoning muqaddasligiga ko'ra o'zini hukm qilib tavba qilishi kerakdir. U Xudoning oldida gunohlarini tan olishi va hurmat va mashxurlikning tasavvurli hayoti oldida o'lishi kerak. Havoriy Pavlus shunday degan, "Endi yashayotgan Men emas, balki Masih Mening ichimda yashayapdi." (Gallatiyaliklarga 2:20)
  4. Isodek bo'ling: Isoga ergashadigan kishi Xushxabarda Uning ovozini eshitadi va imon bilan Uni qabul qiladi. U O'ziga o'xshaydi. Isoga ergashadigan kishi Uning sifatlarini tushunadi va Uning ijobiy kuchini ko'rib, Ko'proq Uning rejalarini tushunib yetadi. Shuning uchun, Unga ishongan Isoning izdoshi Najodkorining surati tomon o'zgaradi. U Xudoning sevgisi nima ekanini, Masihning sevgisi nimaligini va Muqaddas Ruhning tinchligi nima ekanini o'rganadi. U kishi sabrli bo'lishni va dushmanini undagi Masihning sadoqat va mehribonligi kabi sevishni o'rganadi. U Isoning muloyimligini, kamtarligini va ibosini o'zlashtirishni o'rganadi.
  5. Iso haqida Boshqalarga Ayting: Masih izdoshlarini atroflarida faol xizmatga qo'ydi. Ular boshqalarga Isoda ko'rgan barcha narsalarni va Muqaddas Ruhning mevasidan hayotlarida o'sayotgan narsalarni aytishlari kerak edi. Isoni tan oladigan kishi boshqa tinglovchilariga abadiy hayotni taqdim etadi. Masihning maqsadi odamlarning vaziyatlarini o'zgartirish emas; U odamlarning kuchsizligida O'zining kuchini tamomlab, yangi xalq yaratishni istaydi. Iso O'zining guvohlarining hayotlari va so'zlari orqali buni qiladi. Iso O'zining maqsadlarini izdoshlari orqali bajarishni istaydi. Agar ular Unda novda kabi qolsalar, uzumda qoladilar, ko'p hosil keltiradilar.
  6. Quvg'in Keladi: Masihning oqlashining inoyatini va Uning abadiy hayotini qabul qiladigan kishi, Muqaddas Ruhning yashashi orqali Unda yashaydi. Tez-tez u bu dunyoda begonaligini ko'radi. Do'stlari mazxara qiladi va uni rad etadilar. Ular bu haqida yolg'on gapirishlari mumkin va hatto undan nafratlanishlari mumkin. Iso bilan sodir bo'lgani kabi Uning izdoshlariga ham bu sodir bo'lishi mumkin. Bu dunyoning ruhi Xudo ruhidan nafratlanadi va Unga qarshi urushadi va Unga qarshi chiqadi. Lekin Masihning sevgisi va Uning inoyatlari bu dunyoning la'natidan ko'ra kuchliroqdir. Havoriy Pavlus o'limdan qochib Rabbiysiga xizmat qilishni davom ettirish uchun shaxarma shaxar qochishiga to'g'ri kelgan.
  7. Masih Imonlilarga Bog'langan: Masih xochda o'limidan keyin tirilgan va o'lim ustidan g'alaba qozongan. Iso osmonga ko'tarilgan lekin U yana izdoshlarini to'plab osmondagi Otasiga ularni berish uchun qaytib keladi. Masih sodiq xizmatkorlarini O'zi qayerda bo'lsa o'sha joyga olib boradi. Uning sevgisi va sodiqligi ularning kelajagi uchun kafolotdir. Isoning izdoshi bo'lish Uning o'limi orqali bizni gunohdan ozod qilishni va Hukm Kunida bizni oqlashini anglatadi. U abadiy ahd bilan O'zini bizga bog'lash orqali hislatlarimizni muqaddas qiladi. U samoviy ulug'vorligiga bu hayotning vasvasalarini yengish uchun bizga yordam berib, bini sabr-toqat bilan olib yuradi.

Xushxabarchi Matto Masihga ergashishda bu qiyin qadamlarni qo'ygan. U yangi qonunda Isoning amrlarini tushungan, yuragida ularni saqlagan va ularni aniq yozgan. (Matto 5:1 - 7:29 o'qing) Boshqa havoriylar unga jamlashni va Masihning so'zlarini bajarishga buyurishgan (Luqo 1:2). U barcha Xushxabar xisobotlarining eng uzunini yozgan. U o'zining fikrlarini yozmagan balki Isoning so'zlarida, hatti-harakatlarida va ibodatlarida Isoni yozgan. Bu Matto sevimli Rabbiysiga sodiq guvoh bo'lgan deb qabul qilinadi. Biz Yuhannoga bo'lgan Masihning vahiysida Matto osmonda Yangi Quddus uchun qimmatbaxo poydevor toshlarning biri bo'lishini o'qiymiz (Vahiy 21:14, 19-20).

Matto Isoga ergashish uchun o'zining idorasini va boyliklarini qoldirdi. Iso bilan aylanib safar qilish osson emas edi, lekin u uchun kunda yetkazib taminlagan Rabbiysi kabi kichigiga sodiq qolishga o'rgandi. U bir payitlar urf-odatlarning boshlig'i edi va odamlar ustidan boshliq bo'lgan; biroq, u Isoga ergashishda Masihni rad etgan dindorlarning nafratiga chidashiga to'g'ri kelgan. Isoni hukm qilgani olib ketishganda, u boshqa shogirdlar bilan qochib ketgan.

Ilgari Matto ishchilari ustidan mustaqil boshliq edi. Lekin Isoga ergashish bilan, u itoatkorlikni va bo'ysunishni o'rganishga to'g'ri keldi. Matto tanaviy havfsizligini qoldirdi va Rabbiysining g'amho'rligida qoniqishni o'rgandi. Matto Rimliklar bilan ishi uchun rad etilishdan yolg'izligini tark etdi va Isoning izdoshlarining safiga kirdi. Masih uni gunohidan ozod qildi va O'zining muqaddasligiga uni sotib oldi. Xudo u Xudo va odamlar bilan tinchlikda yashashi uchun uning vijdonining hukmidan qutqardi. Matto Xudoning sevgisi, Uning O'g'li va Uning izdoshlari orqali Muqaddas Ruhning kuchi bilan bu dunyoning cho'lidan qochdi.

Iso Mattoga buyurgan: "Menga Ergash!" Iso undan falsafachiga yoki siyosiy guruhga ergash deb aytmagan balki Xudoning Kalomiga ergashishini aytgan. Faqat Iso uning kelajagi va omadi uchun kafolot edi. Shuning uchun Xudo Mattoga uning Shifolovchisi, Muqaddaslovchisi, Qutqaruvchisi va hayotdagi kuch manbayi bo'lib qoldi. Iso Mattoning Najodkoridir. Xudoning Qo'zisi hukmda Mattoning o'rniga o'ldi. Shuning uchun Matto Unga ishondi va Butrusning so'zlari bilan shunday yozib tan oldi, "Sen Barhayot Xudoning O'g'li Masihsan." (Matto 16:16)

Aziz Kitobxon:
Siz chuqur istak bilan, haqiqatdan ham Xudoga talpinasizmi? Siz Yaratguvchingiz va samoviy Otangiz bilan tinchlikda yashashni hoxlaysizmi va bunga qaror qildingizmi? Siz Iso haqida ko'proq bilishni va yaxshi kunlarda ham yomon kunlarda ham U bilan qolishni istaysizmi? O'zingizni tekshiring; agar siz Mattoga ko'ra murojat qilgan so'zlarida Iso sizni chaqiryotganini eshitsangiz, "Menga Ergash" degan so'zini, unda siz qaror qilishingiz kerak. Ayraportda bir kichik moshina katta samolyotni o'zining to'xtash joyiga boshqaryotganini eslang. Shunga o'xshab, Iso ham sizni o'rinli to'xtash joyingizga ifloslikdan va gunohdan Unga ergashish uchun sizni chaqiradi: Xudo sizning hayotingiz uchun maqsaddir. Masihga ergashing va siz qoniqadigan hursandchilik bilan yangi inson bo'lasiz, va siz boshqalar bilan xursandchiligingizni bo'lishasiz. Agar siz so'rasangiz biz sizga ko'proq ruhiy adabiyotlarni jo'natishga tayyormiz.

WATERS OF LIFE
P.O. BOX 60 05 13
70305 STUTTGART
GERMANY

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on November 08, 2018, at 09:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)