Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Christ -- 06 (Christ's Sufferings)
This page in: -- Arabic? -- Azeri -- Baoule -- Chinese -- English -- French -- Greek -- Indonesian -- Japanese -- Kyrgyz -- Russian -- Sundanese -- Turkish -- Ukrainian -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

8 MAVZU: Siz Masih Haqida Nima deb O'ylaysiz?
Masihning Hayotiga, Kuchiga va Sevgisiga Kirish

6. MASIHNING AZOBLARI HAQIDA NIMA BILASIZ?


Masih o’lgan - bu to’g’ri va aniq. Masih qiynoqli azobda o’lgan. Iso qanday o’limda o’lishini oldindan bilgan. Masih bu haqida ochiq bashorat qilib aytgan.

Siz qayerda o’lishingizni bilasizmi? U qayerda sodir bo’ladi: shahringizdami, yo’ldami, yotog’ingizdami? Baxtsiz hodisada o’lasizmi yoki tabiiy o’lim orqalimi? Necha yoshingizda olamdan o’tasiz, qaysi kun va qaysi oyda? Siz o’lganingizdan keyin qarindoshlaringiz bilan nima bo’ladi?

Biz o’lim haqida umuman bilimga ega emasmiz. Payg’ambarlar ham o’zlarini o’lish vaqtlari haqida bilmaganlar. Lekin Rabbiy Iso bilgan va U Yahudiy boshliqlari Uni hukm qilishlaridan keyin va Rimliklar Uni urishgandan keyin, ko’p azob chekishlardan so’ng Quddusda o’lishini oldindan aytgan. Masih O’z xohishi bilan qaysi kunda o’lishiga qaror qildi. O’sha kun odamlarning gunohi uchun ularning ustiga Xudoni g’azabi kelmasligi uchun qo’ylarni qurbon qilinadigan katta Fisih bayramida sodir bo’ldi. Masih bizni aybu-gunohlarimizni O’ziga oldi, Unga ishongan har bir insonga Xudoning olovli qahri tegmay o’tib ketishi uchun Iso Xudoning Qo’zisi kabi dunyoning gunohini O’ziga Oluvchisidek o’ldi. Kim Masihga ishonsa poklanadi va abadiy hayotga erishadi.

Masih nafaqat o’limini vaqtini, sababini va ma’nosini aytdi, yana U shogirdlariga o’limidan keyin uchinchi kuni albatta tirilishini ham aytdi. Hech kim uning g'olibona tirilishiga to'sqinlik qilolmadi va Masih haqiqatdan tirildi.

Iso yana shunday degan:”Hech kim jonimni Mendan olmayapti. Men O‘z ixtiyorim bilan uni fido qilaman. Jonimni berishga va uni qaytarib olishga hokimiyatim bor…” (Yuhanno 10:18)

Hech kim o’limini vaqtini bilmaydi va shaxsiy tirilishi uchun qudrati yo’q. Masih bu dunyoning gunohini olish uchun va bizni oqlanishimiz uchun o’ldi. Masih Unga ergashganlarga O’z hayotini Beruvchi yagona Zotdir. Biz yer yuzida biror kimsa o’lib qayta tirilganligini topolmaymiz. Masihning o’limi insoniyat uchun buyuk marhamatdir.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 22, 2015, at 10:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)