Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 002 (The Royal Psalm speaks to a gravely ill person)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Shohona Zabur jiddiy kasal odamga murojaat qiladi


Odam shifoxonaning alohida maxsus xonasida yotgan edi. U birdaniga ishidan ketdi va boshqa rejalarini bajara olmaydi. U muhim ishini tashlab jiddiy kasal bo’lib qoldi va tez tuzalishiga hech qanday umid yo’q. Keyin u birdaniga oyoq tarafidagi devordagi yozuvni ko’rdi. U yerda kumush rangdagi to’q harflarda:

ZABUR 22:1
1 Xudovand Cho’ponim mening men muxtojlik ko’rmayman aslo!

deb yozilgan edi.

Kasal odam bu so’zlarni o’qiganida jahli chiqdi. U o’ziga: Qanday bo’lmagan gap! Hamma narsa: sog’lik, kelajak, pul, qudrat va erkinlikdan mahrumman. Jahli chiqib bu Masihiy Shifoxonaning bosh hamshirasini chaqirdi va tez bu yozuvni olib tashlashlarini qattiq talab qildi.

Hamshira bemorni sabr bilan eshitdi, tinchlantirdi va bu misra shifoxonaga tegishli bo’lgani uchun o’z xohishi bilan olib tashlay olmasligini aytdi. Bemor baribir qattiqroq jahli chiqib: ”Meni kasal bo’lishga va biznesimni yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’yadigan Xudo to’g’risida biror narsa eshitishni xohlamayman” – deb baqirdi.

Hamshira kuldi va: ”Men iltimosingizni hal qilib beraman va tuzalib ketishingiz uchun ibodat qilaman” – deb javob berdi.

Hamshira ketganidan keyin bemorni e’tibori Dovudning: Xudovand Cho’ponim Mening, men muxtojlik ko’rmayman aslo! - degan guvohligi tomon ketar edi. Bemor: ”Agar Xudo bor bo’lsa…! Agar Xudo biror joyda bor bo’lsa…! Agar bor bo’lsa: Ha, unda men nato’g’ri yashadim! Xudosiz yashadim! Unga qarshi hayot kechirdim! Xudosiz yashadim! Lekin Xudo yo’q! Hamma xo’dojo’yliklar ma’nosizdir. Misrani olib tashlang!” – deb baqirdi.

Lekin so’z devorga yopishtirilgan edi va Xudo bu oddiy so’zlar orqali unga gapirdi. Bemor o’ziga o’zi: “Ko’plar Xudo ularning Cho’poni ekanligini tan oladilar” – deb oyladi. Ularga xavfsizday tuyuladi. Men bu yo’lni his qilishni xohlamayman. Mening ichim bo’sh, silkitilgan va hovliqadigandir. Mening hamma o’ylarim pul va foyda atrofida aylanadi. Agar Xudo rostdan bor bo’lsa men yer yuzidagi eng soqov odam bo’laman.

Aybdor odamning xavotir yuragidagi sozlari: ”Agar rostdanam Xudo bo’lsa, sen hayotingni bekorga yashagansan. Xudbinlikdan, nato’g’riliklar va o’tmishdagi qarzlardan boshqa hech narsada yashamagansan. Sen Hukmga borasan! … Yo’q!” – deb baqirib yubordi bemor, “Xudo bo’lishi mumkin emas, aks holda men nato’g’ri yashadim va o’zimni nato’g’ri umidsiz holatda ekanligimni topdim”.

Soatlar va kunlar o’tdi. So’zlar devorda qoldi. Bemorning e’tibori Dovudning guvohligi tomon tortilsada ulardan jahli chiqar edi.

“Agar Xudo bor bo’lsa mening qarshi turishimga yomonlik qiladi va xudosiz hayotim uchun kim biladi qancha yana yotishim bilan U meni hozir jazolayabdi, balki Xudo mening Cho’ponim ekanligi to’g’ridir. Lekin u qayg’uradigan cho’pon emas, aksincha meni urayotgan jazolovchi qozidir.”

Bemor hamshiraga: ”Nimaga Xudo meni ko’p payt yotib qolishimda tashlab ketadigan adolatsizdir?” – deb baqirdi. Hamshira: ”Xudo adolatsiz emas, aksincha siz bilan gaplashishni xohlaydi. Siz o’zingiz va Yaratguvchingiz to’g’risida o’ylashingiz uchun yolg’iz qoldirdi.”

Hamshira ketgandan keyin, bemordan yana: ‘kasallik orqali yaxshi Cho’ponning mehribon maqsadi uni yo’q qilish emas, aksincha u o’zini qayerda ekanligini bilib olish uchun fikrlarini jamlab olishi’ haqidagi fikrlar o’tdi. “Lekin hatto Xudovand mening Cho’ponim bo’lsa ham, men hamma narsa: sog’lik, pul, kuch, erkinlikni yo’qotyapman” – deb krovatga yotganicha baqirdi.

Bir haftadan keyin misra bo’yicha ichki tortishuv dam olishga qarshilik qilgan bemorning yuragiga: ”Agar Xudo mening Cho’ponim bo’lsa, hayotimda nima o’zgarishi kerak?” – degan yangi fikrlar chiqdi. Yolg’on pul ishlari, shahvoniy hirslar, boshqalarga qarshi uning shavqatsizligi va haqiqatdan qilgan gunohlari yorug’lik tezligida uning ongini qamrab oldi. “Yo’q, men eslashni, borishni esdan chiqarishni xohlamayman. Baribir kim qayg’uradi,” – degan javob bo’ldi.

Lekin Dovudning hayoti bemorni mag’rurligini sekin yengishga mavzu bo’ldi. U: ”Xudo, bor bo’lsang mening biznesim yo’q bo’lib ketmasligi uchun meni tez shifolay olmaysanmi!” – deb baqirdi.

Lekin devorga yozilganidan boshqa javob bo’lmadi. Birdaniga, yorug’likday bemorning miyasiga: ”Xudo men uchun meni sog’ bo’lishimdan boshqa narsani xohlaydimi? U meni xohlaydimi? Xudo mening Cho’ponim bo’lishni xohlaydimi? Men Xudoga bo’ysunib qo’y bo’lishim va qo’yga o’xshab marashim kerakmi? Ba-ba! Ba? Yo’q! Hech qachon! Men odamman qo’y emasman!” – degan fikr keldi.

Lekin yara uning yuragini chuqirida turar edi. So’z unga yanada tushunarliroq va aniqroq gapirar edi. Bemor odatta savdogar o’ylaydiganga o’xshab: ”Agar Xudo mening Cho’ponim bo’lsa, bundan menga nima foyda? Bu degani: Xudo men uchun reja tuzadi; U meni yetaklaydi va men Unga ergashaman. Lekin bu yana: U meni taminlaydi; U har doim men uchun u yerda bo’ladi; men hech qachon yolg’iz bo’lmayman, mening hayotim uchun javobgarlikni o’z qo’liga oladi va men abadiy foydada bo’laman’ - degani” – deb o’ylashni boshlabdi.

Lekin hamshira xonaga kirganida kulib qo’yardi. U jim bo’lib xizmat qilardi va ibodat qilardi. Xudo qiynalgan bemorga u: ”Agar Xudovand mening Cho’ponim bo’lsa, U menga va men Unga tegishli bo’lganim uchun sog’ yoki kasal, boy yoki kambag’al bo’lishim muhim emas! U men bilan hatto o’lsam ham birga bo’ladi” – deb tushungunigacha yotgan joyida gapirdi.

Va nihoyat u abadiy Xudoga va sodiq Cho’ponga taslim bo’lib: ”Xudovand, Sen hamma uchun yaxshi Cho’ponsan, meni nato’g’ri ishlarim uchun kechir. Mening hayotimni boshqaruvchisi bo’l; meni tashlab ketma. Hozir va abadiy mening Cho’ponim bo’lgin. Agar men Sendan ketishni xohlasam, meni qaytargin toki Sen bilan birga qolay va Sening suruvingni abadiy a’zosi bo’lay. Omin” – debdi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 10:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)