Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 16 - Worship 5

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

5. Hadyalar, Hayr-ehsonlar va Doimiy Sovg'alar



Matto 6:1-4 -- 1 “Ehtiyot bo'linglar, savobli ishingizni odamlarga ko'rinish uchun hammaning ko'z o'ngida qilmanglar. Aks holda Osmondagi Otangizdan mukofot ololmaysizlar. 2 Shunday qilib, sen birovga sadaqa bermoqchi bo'lsang, o'tgan-ketganga jar solma. Ikkiyuzlamachilargina odamlardan olqish olish uchun ibodatxonalarda va ko'cha-kuyda shunday qiladilar. Sizlarga chinini aytayin: bular o'zlariga yarasha mukofotni olib bo'ldilar. 3 Sen sadaqa beryotganingda, chap qo'ling o'ng qo'lingni nima qilyotganini bilmasin. 4 Yani sening muruvvating yashirin bo'lsin. Shunda yashirin bo'lganlarni ko'ruvchi Otang seni aniq taqdirlaydi.
Matto 6:19-21, 24 -- 19Bu dunyoda kuya va zang yeb ketadigan hamda o'g'ri teshib talaydigan xazinalarni jamlamanglar. 20 Aksincha, kuya va zang yeb ketmaydigan, o'g'ri teshib talamaydigan u dunyoning xazinalarini jamlanglar. 21 Xazinangiz qayerda bo'lsa, yuragingiz ham o'sha yerda bo'lur. … 24 Hech kim ikki xo'jayinga xizmat qila olmaydi, U yo birini yomon ko'rib, boshqasini sevadi, yoki biriga ixlos qo'yib, boshqasini xorlaydi. Siz ham Xudoga, ham pulga birdek sig'ina olmaysizlar.
Matto 22:16-21 -- 16 Ular o'z shogirdlarini Hirod tarafdorlari bilan birga Isoning oldiga yuborishdi. Bular Isoga: - Ustoz, - deyishdi, - Biz bilamizki, Sen haqiqatgo'ysan va Xudoning haq yo'lini o'rgatib yuribsan. Kimlargadir ma'qul bo'lishni o'ylab o'tirmaysan, hech kimni yuz-xotir qilmaysan ham. 17 Endi bizlarga ayt-chi, Sening fikring qanday? Qaysarga soliq to'lash dinga mofiqmi, yoki yo'qmi? 18 Lekin Iso ularning shumligini bilib: - Munofiqlar! - dedi, - Nega Meni sinab ko'rmoqchisizlar? 19 Qani, Menga soliqqa to'lanadigan tangani ko'rsatinglar-chi. Ular Isoga bir dinor keltirgach, 20 -- Bu surat va yozuv kimniki? - deb so'radi. 21 -- Qaysarniki, - dedilar. - Unday bo'lsa, Qaysarning haqini Qaysarga, Xudoning haqini Xudoga beringlar, - dedi Iso.
Matto 23:23 -- Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar yalpiz, arpabodiyon va zira qatori oshko'kdan ushr berib turasiz-u, lekin Ilohiy Buyruqning nihoyatda muhim amrlari bo'lgan haqqoniyat, marhamat va sadoqatga esa e'tibor bermay qo'ydingizlar. Bularning birini bajarib turib, ikkinchisini ham tashlab qo'ymasligingiz kerak edi.
Luqo 19:5-10 -- 5 Iso u joyga kelgach, yuqoriga qarab qo'ydi-da, unga: - Zakkay! Tezroq pastga tush, Men bugun sening uyingga qo'nishim kerak, - dedi. 6 Zakkay darrov pastga tushdi, Isoni quvonch bilan qarshilab, mehmon qildi. 7 Buni ko'rganlarning hammasi: - U gunohkor odamning uyiga tashrif buyurdi, - deb norozilik bildirishdi. 8 Ammo Zakkay Rabbimiz Isoning oldida qo'l qovushtirib turib, Unga dedi: - Ey Hazrat, mol-mulkimning yarmini kambag'allarga berib yuboraman. Agar birovning haqqini yeb ketgan bo'lsam, to'rt barobar ko'paytirib berganim bo'lsin. 9 Iso unga shunday javob berdi: - Bugun bu uyga najod keldi. Chunki bu odam ham bobomiz Ibrohim o'g'lidir. 10 Inson O'g'li esa adashganni izlab topish va qutqazish uchun kelgan.
Luqo 21:1-4 -- 1 Iso ma'badning sadaqa qutisiga nazar solib, xayr-ehson tashlab turgan boy odamlarni ko'rdi. 2 Shuningdek, ikki tiyin tashlagan bir kambag'al beva ayolni ham ko'rdi. 3 Shunda Iso dedi: “Sizlarga chinini aytayin, bu kambag'al beva hammadan ko'proq ehson berdi. 4 Chunki bularning barisi o'zlarining ortiqcha pullaridan xudoyi qildi. Ammo bu ayol kamchiligiga qaramasdan, o'zining bor-yo'g'ini tashladi”.
Yuhanno 12:1-8 -- 1 Fisih bayramidan olti kun oldin Iso yana Baytaniyaga, yani o'lgan Lazarni tiriltirgan qishloqqa bordi. 2 O'sha yerda Isoga ziyofat hozirladilar. Marta xizmat qilib yurgan edi, Lazar esa Iso bilan mehmonlar qatorida o'tirar edi. 3 Shu payt Maryam bir shisha sof, qimmatbaho sunbul moyi olib keldi va Isoning oyoqlariga surtib, sochlari bilan Uning oyoqlarini artib quritdi. Moyning hididan uy xushboy isga to'lib ketdi. 4 Isoning shogirdlaridan biri, Unga xiyonat qiladigan Simunning o'g'li Yahudo Ishqaryot gap qistirib: 5 - Bu moyni uch yuz kumush tangaga sotib kambag'allarga bo'lib bersa bo'lmasmidi? - dedi. 6 Bu gapni u kambag'allarga qayishgani uchun emas, balki o'g'ri bo'lgani uchun aytdi. Pul qutisi Yahudoning nazoratida edi, u qutiga solinadigan pullarni shilib ketar edi. 7 - U ayolni tinch qo'yinglar! - dedi Iso. - Zotan u bu moyni Mening dafn kunimga saqlamoqchi edi. 8 Kambag'allar har doyim sizlar bilan birga. Men esa doyim sizlar bilan birga bo'lmayman.
Luqo 16:19-26 -- 19Kimxob va shoyi kiyimlar kiyib, har kuni dabdabali bazmlarda kayf-safo surgan bir boy odam bor ekan. 20 Boyning darvozasi oldida hamma badaniga yara toshgan Lazar ismli bir qashshoq gadoy yotar ekan. 21 U boy dasturxonidan to'kilgan ushoqlar bilan qorin to'ydirishni orzu qilar, itlar esa kelib uning yaralarini yalab ketar ekan. 22 Bir kuni gadoy o'lib qolibdi, farishtalar uni Ibrohim alayhissalomning yoniga olib boribdilar. Keyin boy ham o'lib, uni ko'mishibdi. 23 Tamug' azobidan o'tar ekan, boy boshini ko'tarib uzoqdagi Ibrohimni va uning yonidagi Lazarni ko'ribdi. 24 U faryod ko'tarib: - Ey Ibrohim Ota! Menga rahm qilib Lazarni yuborgin, u barmog'ining uchuni suvga botirib tilimga suv tomizsin. Chunki men bu olovda ko'p azob chekyapman, - debdi. 25 Ibrohim unga shunday javob beribdi: - Unutma, o'g'lim, sen hayotingda yaxshilik nasibangni olib bo'lding, Lazar esa yomonlik nasibasini olib bo'ldi. Endi u bu yerda tasalli topyapdi, sen bo'lsang, azob chekyapsan. 26 Bundan tashqari, siz bilan bizning oramizda tubsiz jarlik bor. Bu yerdan siz tomon o'tmoqchi bo'lganlar o'ta olmaydilar va u yerdan biz tomon ham o'tmaydilar.
Luqo 6:24-26 -- 24 Lekin boylar, holingizga voy! Chunki siz o'z huzuringizni olib bo'ldingiz. 25 Ey hozir to'qlar, holingizga voy! Chunki siz och qolajaksizlar. Hozir kuluvchilar, holingizga voy! Siz yig'lab-ho'ngraysizlar. 26 Siz haqda xush gapirsa-da hamma insonlar, bu holda ham holingizga voy! Sohta payg'ambarlarga ham atolari shu yo'lni tutgan”.
Luqo 6:33-38 -- 33 Agar o'zingizga yaxshilik qilganlargagina yaxshilik qilsangiz, qanday savob qilgan bo'lasiz? Ana, gunohkorlar ham xuddi shunday qiladilar. 34 Agar siz qaytarib olishga umid qilib qarz bersangiz, qanday savob qilgan bo'lasiz? Ana, gunohkorlar ham qancha qarzlari bo'lsa, shuncha qaytarib olish maqsadidagina gunohkorlarga qarz beradilar. 35 Lekin siz dushmanlaringizni seving, yaxshilik qiling, hech narsa tama qilmay qarz bering. Shunda buyuk mukofot olib, Taolloning o'g'illari bo'lasizlar. Chunki Uning O'zi ham noshukurlar bilan yomon niyyatlilarga nisbatan mehribon-ku. 36 Shunday qilib, Otangiz rahmdil bo'lgani kabi, sizlar ham rahmdil bo'linglar”. 37Boshqalarni hukm qilmang, sizlar ham mahkum bo'lmaysiz. Boshqalarni ayblamang, sizlar ham ayibdor bo'lmaysiz. Boshqalarni kechiring, sizlar ham kechirilasiz. 38 Boshqalarga bering, sizlarga ham qaytadi -- yaxshilab bosilgan, silkitilgan, to'lib-toshgan o'lchov bilan qo'yin-qo'njingizga to'kiladi. Chunki sizlar qanday o'lchov bilan o'lchasangizlar, xuddi shunday o'lchov sizlarga ham tatbiq etiladi”.

Hulosa

Dinlarga sajda va mehribonchilik muhtojliklarini qoplash uchun yetarli mablag'lar kerak. Musoning Qonuni ish yoki yerning yillik hosilining o'ndan biri ma'badga yordam uchun, mehrli yordamlar uchun ham diniy solih kabi to'lanishini buyuradi.

Bir tomondan, Musulmonlar sajda qilish joylari uchun, va kambag'allar uchun yordam kabi ham o'zlarining aniq hosillaridan besh foyizini to'lashlari kerak.

Biroq, Iso jamoatdan hech qanday solih to'lanishini talab qilmagan yoki birorta hissani tayinlamagan, ballki Uning O'zi izdoshlari oldida erkin xizmatni va to'liq qurbonlikni misol qilib ko'rsatgan. U faqat kirimdan yoki hosildan o'ndan yoki yigirma foyizidan bir foyiz to'lamagan, balki U O'zini to'lov qurboni kabi butunlay bag'ishlagan.

Iso Uning hamma izdoshlarida yangi yurak va yangi ruh borligini biladi, va ular erkin istak bilan xizmatga mehr-shavqat orqali boshqariladilar. Iso hech qanday o'zi oqlanishning yangi qonunini olib kelmagan, aksincha U O'zining va Otasining Ruhi ularning o'zlarining himoyalaridan qutqarishiga ishongan va ularning ko'zlarini kerakli topshiriqqa, guruhga va ulug'lash xizmatiga ochadi. Boy va kambag'allarning savollari va ofatdagi va qiyinchilikdagi hadyalar jamoatdagi markaziy ishdir. Bu qurbonlik ruhini va qoniqarli sovg'alarni talab qiladi.

Biz sog'lom jamiyat kabi agar biz qattiq ishlayotgan otalarimizga hadya qilingan marhamatni erishgan huquqlarimiz kabi hisoblasak, va mamlakatimizning bir yillik kirimi biz kutgandan ozroq bo'lganligida yoki hatto kamayishini ko'rsatganida nolisak, hato qilamiz. Boy mamlakatlarning xalqlari nafaqaga chiqqan odamlar uchun oz nafaqadan qat'iy nazar, ular juda kambag'allikda yashaydigan insonlarning qolgan uchdan biriga qaraganda ellik marta boydir. Shunday kambag'al mamlakat xalqi bir kunda bir dollardan topadi. Oxir oqibat, barcha xalqlarning uchdan biri och va majburan ro'za tutadi, bu biz bilgandan ham ko'proqdir. Shuning uchun, boy mamlakatdagi Masihiylar fikrlarini o'zgartirishlari kerak, va ehtiyotkorlik bilan va ta'sirli qurbon qilishlari kerak. Masihning ruhi har doyim uzliksiz qurbon qilish uchun yangi fikrni va tayyorgarchilikni beradi. Qanday ajablanarli! Xudoning Ruhi yashaydigan faol jamoatlar boshqalardan ko'ra ko'proq qurbonlik qiladilar va hissa qo'shadilar. Biroq, faolsiz ruh qayerda zafar qozonsa, o'sha yerda idishda siz (ruhiy) o'lim topasiz. (2 Shohliklar 4:40)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:52 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)