Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 13 - Worship 2

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

2. Urf-odatga hos Poklik



Matto 15:10-11, 17-20 -- 10 Keyin Iso xalqni yoniga chaqirib: - Menga quloq solib, miyaga joylang! 11 Og'izga kiradigan narsa emas, balki og'izdan chiqadigan narsa insonni harom qiladi. … 17 Og'izga kiradigan har bir narsa qoringa o'tib, kerak joydan chiqib ketishini hali ham tushunmadingizmi? 18 Biroq og'izdan chiqadigan narsalar esa yurakdan chiqadi. Ana shular insonni harom qiladi. 19 Yomon fikrlar, qotillik, fahshu zino ishlari, o'g'irlik, soxta guvohlik va haqoratlar bari yurakdan chiqadi. 20 Yuvilmagan qo'llar bilan ovqat yeyish insonni harom qilmaydi, ana shular insonni harom qiladi.
Matto 23:25-28 -- 25 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar kosayu laganning sirtini tozalaysiz, ammo ularning ichi o'g'rilik va badnafslikka to'lib-toshib yotibdi. 26 Ey so'qir farziy! Sen avvalo kosayu laganning ichini tozalab ol, shunda ularning tashi ham toza bo'ladi. 27 Ey ulamoyu farziylar, siz munofiqlarning holiga voy! Sizlar tashqaridan chiroyli ko'rinadigan, lekin ichi o'liklarning suyaklari va har hil qabiqliklarga to'la, ohaklangan qabrlarga o'xshaysizlar. 28 Garchi tashqaridan insonlarga mo'min ko'rinsangizlar ham, lekin ichlaringiz ikkiyuzlamachilik va yomonlikka to'ladir”.
Mark 1:4-5 -- 4 Bu oyat xuddi Yahyo payg'ambarga to'g'ri keladi. U cho'lda paydo bo'lib, xalqni imonga chaqira boshladi. “Gunohlaringiz kechirilishi uchun tavba-tazarru qilinglar va suvga cho'mib imon keltiringlar”, - deb e'lon qilardi. 5 Shunda butun Yahudiya yurti bo'ylab yashovchilar va barcha quddusliklar Yahyoning oldiga chiqar, gunohlariga iqror bo'lar va Yahyoning buyrug'i bilan daryoga cho'mib imon keltirar edilar.
Yuhanno 1:33-34 -- 33 Men Uni bilmas edim. Lekin odamlarni suvga cho'mdirishga meni yuborgan Xudoning O'zi: “Muqaddas Ruh kimning ustiga tushib qo'nganini ko'rsang, bilki, Muqaddas Ruhga Cho'mdiruvchi O'shadir”, - degan edi menga. 34 Men esa Uni ko'rdimu, mana bu – Xudoning O'g'lidir, deb shahodat berdim”.
Matto 8:2-3 -- 2 Shu o'rtada bir moxov Unga yaqinlashib, sajda qildi-da: - Hazrat, agar istasang, meni moxovlikdan pok qila olasan, - dedi. 3 Iso qo'lini uzatdi va unga tegizib: - Istayman, pok bo'l! - dedi. Moxov shu zahoti dardidan forig' bo'ldi.
Yuhanno 13:8-10 -- 8 – Mening oyoqlarimni ikkidunyoda ham yuvmaysan?! - dedi Butrus. - Agar seni yuvmasam, Men bilan ulushing bo'lmaydi, - dedi Iso. 9 Shunda Simun Butrus: - Rabbim, faqat oyoqlarimnigina emas, qo'llarimni, boshimni ham yuvib qo'y! - dedi. 10 Iso unga: - Cho'milgan odam tamoman pokdir, endi uning oyog'ini yuvsa bas. Sizlar ham poksizlar, ammo hammangiz emas, - dedi.
Yuhanno 15:3 -- Mening sizga aytgan so'zim orqali sizlar hozirdan tozasizlar. (Eslatma: Masihning so'zini tinglang shunda pok bo'lasiz!)
Ibroniylarga 9:11-14 -- 11 Endi esa bo'lg'usi hayr-barakalarning Oliy ruhoniysi bo'lgan Masih paydo bo'ldi. U qo'l bilan qurilmagan, yani bu dunyo ijodi bo'lmagan buyukroq va mukammalroq chodirdan o'tib bordi. 12 Masih takalar va buzoqlarning qoni bilan emas, balki O'z qoni bilan muqaddas makonga bir marta kirib, bizlar uchun abadiy najotni qo'lga kiritdi. 13 Ilgari takalaru buqalarning qoni hamda yoqilgan g'unajinlarning kuli harom bo'lgan kishilarning ustiga purkalganda, ular jisman poklanib, muqaddas hisoblanardilar. 14 Endi esa Masih abadiy Ruhilloh qudratida O'zini nuqsonsiz qurbon qilib Xudoga bag'ishladi. Uning to'kkan qoni vijdonimizni o'lik ishlardan poklaydi va barhayot Xudoga xizmat qilishimiz uchun imkon yaratadi.
Ibroniylarga 10:11-18 -- 11 Har bir ruhoniy kun sayin Xudoga xizmatini ado qilaverib, aslo gunohlarni yo'q qila olamydigan o'sha-o'sha qurbonliklarni ko'p marta bag'ishlaydi. 12 Masih esa gunohlar uchun bitta qurbonlik bag'ishlangandan keyin, Xudoning o'ng tomonida abadiy o'tirib oldi. 13 O'sha vaqtdan beri U dushmanlarining O'z oyoqlari ostiga yiqilib qolishlarini kutmoqda. 14 U bittagina qurbonlik keltirib, ishonuvchilarni muqaddas qildi va abadiy kamolga erishtirdi. 15 Muqaddas Ruh ham bu haqda bizlarga shahodat beradi. 16 Birinchidan U shunday degan: “Xudovand kalomi: O'sha kunlardan so'ng Men xalqim ila qiladigan ahdim bu bo'lajak: Qonunlarimni ularning diliga jo qilurman, O'y-fikrlariga yozib qo'yurman farmonlarim”. 17 Keyin U qo'shimcha qilib: “Ularning gunohlariyu jinoyatlarini Men boshqa esga keltirmayman”, - degan. 18 Demak, Xudo gunohlardan o'tgan bo'lsa, ular uchun boshqa qurbonlikka hojat yo'q.
1 Yuhanno 1:7-10 -- 7 Biroq Uning O'zi nurda bo'lgani kabi, biz ham nurda yursak, bir-birimiz bilan aloqa qilamiz va Uning O'g'li Isoning qoni bizni har qanday gunohdan pok qiladi. 8 Agar gunohimiz yo'q desak, o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz va ko'nglimizda haqiqat bo'lmaydi. 9 Agar gunohlarimizni e'tirof etsak, Xudo gunohlarimizdan o'tadi va bizni har turli nohaqlikdan forig' qiladi. Chunki U O'z so'zida sodiq va adolatlidir. 10 Agar gunoh qilganimiz yo'q desak, Xudoni yolg'onchi qilib qo'ygan bo'lamiz va qalbimizdan Uning kalomi joy olmaydi.

Hulosa

Musulmonlar qattiq buyruqqa ko'ra har bir duodan oldin va hatto Qur'onga tegishdan oldin ular urf-odatga hos yuvinishni ijro etishlariga to'g'ri keladi. Urf-odatni qattiq tutadigan Yahudiylar hatto bugun ham o'zlarining cho'lda adashib yurgan payitlarida Muso orqali buyurilgan yuvinish yo'llarini bajaradilar. Bu yuvinish tashqi tozalik uchun va ichki poklik uchun qalbning samimiy xohishini ko'rsatadi. Inson nopokligini tabiyatdan ifloslanganligini va bu holat ostidaligini biladi, va u ibodat qilganida va fikrga cho'mganida Xudoga yaqinlasha olmasligini biladi. Biroq, shunday yuvinish faqat tashqi yuvinish, faqat tanani yuvish, faqat etdan kirlarni bartaraf qilishdir, holbuki yurak nopokliklar, nohaqliklar va nafrat bilan to'lganligicha qolaveradi.

Ahd Xudosi O'zining payg'ambarlariga itoatsizlar bilan yangi ahdni tuzishini, Ruhini har bir kishiga tushirishini, va sajda qiluvchilarning yuraklariga O'zining qonunini qo'yishini ochib bergan (Ishayo 43:25, 44:3; Yeremiyo 31:31-34; Hizqiyo 11:19-20; 36:26-27)

Yahyo O'rdun daryosida tavba qilganlarni suvga cho'mdirgani kabi, tavba va suvga cho'mish orqali gunohkorlarning yuraklaridan gunohlar olinishi kerakligini bilar edi. U yana tavba qilganlarning yuraklariga Muqaddas Ruhni solish orqali Nasroniylik Isodan boshqa hech kim insonni poklay olmasligini va yangilay olmasligini ham bilar edi. (Yuhanno 1:33).

Bugunlik kunda biz har bir gunoh to'lovni talab qilishini bilamiz. Faqat Xudoning Qo'zisi bo'lgan Iso Masihning qoni hamma gunohlar uchun to'lov to'lay oladi. Masihning Ruhi Uning izdoshlarida yashaydi va ular Masihning qoni orqali poklanishni ko'rishlari uchun va Xudoning Muqaddas Ruhi orqali muqaddaslangan bo'lishlari uchun ularda abadiy yashaydi.

Bugun biz quvonch bilan Isoning to'lovi tufayli Ota Xudoga yaqinlashamiz va quvonch bilan Muqaddas Xudo bizning Otamiz bo'lganini tan olamiz. Biz har kuni Masihning qoni orqali poklanishimiz kerak, hatto Rabbimizga o'zimizni bag'ishlashimiz orqali birinchi poklanishimizdan keyin ham, chunki hech kim o'zicha solih emas. Bizning Xudoga va insonlarga bo'lgan xizmatlarimiz Isoning inoyati orqali doyimiy poklanish va muqaddaslanish asosida qabul qilinadi, biz Xudoning bolalari kabi shunday deb ibodat qilganimizdek:

Bizga gunoh qilganlarni bizlar kechirganimiz kabi, bizning ham gunohlarimizni kechirgin.
(Matto 6:12)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:39 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)