Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 12 - Worship 1

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
F - Xudo tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (SAJDA)

1. Yorliqlar


IKKINCHI QISM: Yangi Ahddagi xatti-harakatlar va maqsadlar va: Isoing Shogirdlari Nima Qilishi Kerak?

A. Xudo tomon bo'lgan Burchlar

(Eslatma: Bu qismda siz Masihning haqiqiy amrlarini va xatti-harakatlarini qora yo'g'on harflar bilan yozilganini topasiz va misol uchun Farziylarning nato'g'ri amrlarini va xatti-harakatlarini tagiga chizilganini topasiz.)

Matto 517-20. 48 -- 17Meni Tavrot yoki payg'ambar oyatlarini bekor qilgani keldi, deb o'ylamanglar. Men bekor qilgani emas, balki bajo keltirgani keldim. 18 Sizga chinini aytayin: yeru osmon tugamaguncha va taqdir etilgan hamma narsa amalga oshmaguncha, Tavrotdan na bir harf, na bir nuqta o'chadi. 19 Shunday qilib, kim bu amrlarning eng kichigini ham insonlarga buzib o'rgatsa, Osmon Shohligida eng kichik bo'ladi. Lekin kim bu amrlarni bajarib boshqalarga o'rgatsa, Osmon Shohligida buyuk bo'ladi. 20 Sizlarga aytib qo'yay: agar sizning solihligingiz ulomolar va farziylarning solihligidan ustun kelmasa, Osmon Shohligiga kirolmaysizlar”. … 48 Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar”.
Matto 7:21-27 -- 21 Meni “Yo Rabbiy, yo Rabbiy deb chaqirgani bilan har bir odam Osmon Shohligiga kiravermaydi. Bunga osmondagi Otamning irodasini bajo keltiruvchigina erishadi. 22 Qiyomat kunida ko'plar Menga: “Yo Rabbiy, yo Rabbiy, bizlar Sening noming bilan bashorat qilmadikmi? Sening noming bilan jinlarni quvib chiqarmadikmi? Sening noming bilan ko'pgina mo'jizalar yaratmadikmi?” - deydilar. 23 O'sha vaqtda Men ularning yuziga qarab: Men sizlarni hech qachon tanigan emasman. Ey badkirdorlar, Mening oldimdan ketinglar! - deyman”. 24Endi kim Mening bu so'zlarimni eshitib, ularni bajo keltirsa, uni o'z uyini tosh ustiga qurgan farosatli odamga o'xshataman. 25 Yomg'ir yog'ib, sellar toshib, shamollar esib, u uyni bosib qolibdi. Lekin tosh ustiga o'rnatilgani uchun qulamabdi. 26 Biroq kim Mening bu so'zlarimni eshitib, ularni bajo keltirmasa, o'z uyini qum ustiga qurgan farosatsiz odamga o'xshaydi. 27 Yomg'ir yog'ib, sellar toshib, shamollar esib, u uyni bosib qolibdi. Uy esa qulab, yer bilan yakson bo'libdi”.
Matto 15:3-9 -- 3 Iso ularga javob berib dedi: - Nega sizlar ham o'z urf-odatingizni deb Xudoning amrini buzib yuribsizlar? 4 Xudo Tavrotda shunday amr bergan: “Ota-onangni hurmat qil”, va “ota-onasini haqorat qilgan albatta o'ldirilsin”. 5 Ammo sizlar: “Agar kim ota yoki onasiga: “Mening senga yordamim Xudoga bag'ishlangan”, - desa, 6 u ota yoki onasini hurmat qilmasa ham bo'ladi”, - deysizlar. Shunday qilib, siz o'zingizning urf-odatingizni deb Xudoning amrini bekor qildingizlar. 7 Ey munofiqlar! Siz haqda karomat qilib aytgan Ishayo payg'ambarning ushbu so'zlari to'g'ri chiqdi: 8 “Bu xalq Menga yaqinlashar faqat og'zida, va Meni hurmatlar faqat tilida. Lekin dili esa Mendan uzoqdur. 9 Ular Meni behuda sano etur, Insonlar amru ta'limni o'rgatib”.
Matto 16:6, 12 -- 6 Iso ularga: - Qaranglar, farziylar bilan sadduqiylarning xamirturishidan ehtiyot bo'linglar! - dedi. 12 Shundan keyin shogirdlar, Iso ularga nonning xamirturushidan emas, balki farziylar bilan sadduqiylarning ta'limotidan ehtiyot bo'lish kerakligini aytganini tushundilar.
Matto 19:16-22 -- 16 Shu mahal bir kishi Isoning yoniga kelib: - Valine'mat Ustozim! Abadiy hayot nasib bo'lishi uchun qanday savobli ish qilmog'im lozim? - deb so'radi. 17 Iso unga dedi: - Nega sen Mendan savobli ish haqida so'rayapsan? Birgina Xudodan boshqa hech kim savob egasi emas. Agar boqiy hayotga erishmoq istasang, ilohiy amrlarga rioya qil. 18 – Qaysilariga? - deb so'radi u. Iso dedi: - “Odam o'ldirma. Zino qilma. O'g'irlik qilma. Soxta guvohlik berma. 19 Ota-onangni hurmat qil. O'zgani o'zing kabi sev”, degan amrlarni-da. 20 Yigit Unga dedi: - Men bularning hammasini yoshligimdan saqlab kelaman. Menga yana nima yetishmaydi? 21 Iso unga: - Agar komil bo'lishni istasang, bor, hamma mol-mulkingni sotib, pulini kambag'allarga tarqat. Shundagina ko'kda xazinang bo'lur. Va kel, Mening ortimdan ergash, - dedi. 22 Yigit bu so'zlarni eshitib, qayg'u ichida u yerdan chiqib ketdi. Chunki uning pul-dunyosi ko'p edi.
Matto 23:1-10 -- 1 Undan keyin Iso xaloyiqqa va shogirdlariga xitob qilib, dedi: 2Ulamolar va farziylar Muso minbarida o'tiribdilar. 3 Shu boyis ular sizga nimani bajarishni amr etsalar, bajo keltiringlar. Aytganini qiling, lekin qilganini qilmang! Chunki ular o'z aytganini bajarmaydilar. 4 Ular og'ir va ko'tarib bo'lmaydigan yuklarni insonlar yelkasiga tashlab qo'yadilar, lekin o'zlari bu yuklarga barmoq tegizishni ham istamaydilar. 5 Ular butun ishlarini insonlarga ko'rinish uchun qiladilar. Duo qutilarini yirikroq, kiyimlarining g'ijimlarini uzunroq qiladilar. 6 Shuningdek, ziyofatlarda to'rda va ibodatxonalarda hurmatli o'rinda o'tirishni, 7 xalq yig'inlarida alik olishni va odamlar tomonidan “Ustozimiz, Ustozimiz!” deb olqishlanishni yaxshi ko'radilar. 8 Biroq sizlar ustoz deb atalishga ko'nmang. Chunki sizning birgina Ustozingiz bor, U ham bo'lsa – Masihdir. Sizlar esa hammalaringiz birodarsizlar. 9 Yer yuzida hech kimni o'zingizga ota deb ham atamanglar. Chunki sizning birgina Otangiz bor, U ham bo'lsa – samoviy Otangizdir. 10 Rahbar deb ham nom olmanglar. Chunki sizlarning birgina Rahbaringiz bor – U Masihdir.
Matto 22:36-38 -- 36 -Ustoz, Tavrotning qaysi amri buyuk? - deb so'radi. 37 Iso unga: - “Egang XUDOVANDNI butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin”. 38 Bu – birinchi va eng buyuk amr.
Matto 28:20 -- 36 Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar. Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman”.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 10:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)