Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 03 - Parables of Christ

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari

C - MASIHNING MASALLARIDA UNING OGOHLANTIRISHLARI VA VA'DALARI



Bu sahifadagi, Muqaddas Kitobning quydagi oyatlari Masihning to'liq matallarini tasvirlab beradi. Ularda o'z ichiga olgan bu amrlar qora harf bilan ko'chiriladi va kitobxonlar Masihning amr va maslahatlarini payqashlari mumkin. Amrlarni o'z ichiga olmaydigan matallarni, biz ularning manb'alarini ko'chirib yozdik va ular matnga aloqador emas.

1. Mattoga Ko'ra Matallar

Matto 13:1-9 (Urug' sepuvchi va yerning to'rtta turlari) -- 1 O'sha kuni Iso uydan chiqib, ko'l bo'yida o'tirdi. 2 Uning oldida anchagina xaloyiq to'plangach, U qayiqqa tushib o'tirdi. Bor xaloyiq esa qirg'oqda Unga ko'z tikdi. 3 Iso ularga masal yo'li bilan ko'p nasihatlar qildi: “Urug' sepuvchi urug' sepgani chiqibdi. 4 Urug' sepayotganda, ba'zi urug'lar yo'l yoqasiga tushibdi. Qushlar uchub kelib, ularni cho'qib ketibdi. 5 Boshqa ba'zi urug'lar esa tuprog'i kam toshloqqa tushibdi. Tuproq sayoz bo'lganidan, urug'lar tez ko'karib chiqibdi. 6 Biroq quyosh chiqqach, so'lib, ildizi bo'lmagani uchun qurib qolibdi. 7 Yana boshqa ba'zi urug'lar tikanlar orasiga tushibdi. Tikanlar o'sib, urug'larni bo'g'ib qo'yibdi. 8 Yana boshqa urug'lar esa yaxshi yerga tushib, ba'zisi yuz, ba'zisi oltmish, ba'zisi o'ttiz qat hosil beribdi. 9 Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!

(Oyatlarda: Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin! -- Matto 11:15, 13:9.13.14.43, Mark 4:9.23, Luke 8:8.10, 14:35, Yuhanno 5:28, Vahiy 2:7.11.17.29, 3:6.13.22, 13:9)

Matto 13:10-17 (Matallarning maqsadi) -- 10 Shogirdlar yaqinroq kelib, Isodan: - Nega xalqqa masallar bilan gapiryapsan? - deb so'radilar. 11 U ularga javob berib dedi: - Chunki Osmon Shohligining sirlarini bilish qobilyati sizlarga berilgan, ularga berilmagan. 12 Zero kimda bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. Ammo kimda yo'q bo'lsa, bori ham undan tortib olinadi. 13 Xalqqa masal bilan gapirishimning sababi shundaki, ular qarab turib ko'rmaydilar, quloq solib turib eshitmaydilar va anglamaydilar. 14 Ishayo payg'ambarning karomati ularga juda to'g'ri keladi, mana Xudo shunday degan: “Tinglab tursangiz-da, anglamaysizlar, Qarab tursangiz-da, ko'rolmaysizlar. 15 Bu xalqning dilini-chi yog' bosgan, arang eshitar quloqlari ham, ko'zlarini esa yumib olganlar. Ko'z ko'rsin deb, quloq eshitsin deb, dil farosatli bo'lsin deb, Menga iltijo qilsalar edi, Men ularga shifo berar edim”. 16 Lekin ko'zlaringiz ko'rayotgan va quloqlaringiz eshitayotgan sizlar qanday bahtlisizlar! 17 Sizga chinini aytayin: ne ne payg'ambaru solihlar siz ko'rayotganlarni ko'rishni orzu qilganlar-u ko'rolmaganlar, siz eshitayotganlarni eshitishni orzu qilganlar-u eshitolmaganlar.
Matto 13:18-23 (Urug' sepuvchi tushuntirib bergani haqidagi masal) -- 18 “Endi sizlar urug' sepuvchi haqidagi masalni yaxshi tinglanglar. 19 Xudoning Shohligi to'g'risidagi kalomni eshitib, uqib olmagan har bir kishiga yovuz shayton kelib, uning yuragiga ekilgan urug'larni o'g'irlab ketadi. Yo'l yoqasiga tushgan urug'lar anashularga ishoradir. 20 Toshloqqa sepilgan urug'lar esa shunday kishini bildiradi: u kalomni eshitar-eshitmas sevinch bilan qabul qilaveradi. 21 Lekin ildizi yo'q, beqaror kishi bo'lgani uchun, kalom tufayli qayg'u yoki quvg'inga duchor bo'lgan hamon vasvasaga tushib qoladi. 22 Tikanlar orasiga sepilgan urug'lar esa shunday odamni bildiradi: u kalomni eshitsa-da, bu dunyoning tashvishlari va boylik rujui kalomni bo'g'ib tashlaydi va kalom samarasiz qoladi. 23 Yaxshi yerga sepilgan urug'lar esa, kalomni eshitib uni uqub oladigan odamni bildiradi. Bunday kishi, albatta, samarali bo'ladi; kimi yuz, kimi oltmish, kimi o'ttiz qat hosil beradi”.
Matto 13:24-30 (Bug'doy dalasidagi begona o'tlar) -- 24 Iso ularga boshqa bir masalni keltirdi: “Osmon Shohligi o'z dalasiga yaxshi urug' sepgan bir odamga o'xshaydi. 25 Hamma uxlab yotganda, u odamning dushmani kelib bug'doy orasiga begona o't urug'larini sepib ketibdi. 26 Ekin ko'karib boshoq chiqarganida, begona o'tlar ham paydo bo'libdi. 27 Yer egasining xizmatkorlari kelib: - Xo'jayin, siz dalangizga yaxshi urug' sepgan emasmidingiz? Endi bu begona o'tlar qayerdan paydo bo'ldi? - deb so'rashibdi. 28 – Bu dushmanning ishidir, - debdi yer egasi. - Istasangiz, biz borib ularni yulib tashlaymiz, - deyishibdi xizmatkorlar. 29Yo'q, - debdi u, - sizlar begona o'tlarni yulayotganda, ular bilan birga bug'doyni ham yulib olishingiz mumkin. 30 O'rim-yig'im vaqtigacha qo'yinglar, u ham, bu ham birga o'saversin. O'rim-yig'im bo'lgach, men o'roqchilarga: “Oldin begona o'tlarni o'rib olinglar va bog'-bog' qilib yoqishga tayyorlanglar. Bug'doyni esa mening omborimga to'plab qo'yinglar”, deb aytaman”.
Matto 13:31-32 (Xantal urug'i) (Mark 4:30-32, Luqo 8:11)
Matto 13:33- 35 (Xamirturush burdasi)
Matto 13:44 (Yashirilgan xazina)
Matto 13:45-46 (Qimmatbaho marvarid)
Matto 13:47-53 (Dengizga tashlangan to'r)
Matto 18:23-35 (Kechirimsiz xizmatkor) -- 23 Binobarin, Osmon Shohligi bandalari bilan hisob-kitob qilishni istagan bir podshohga o'xshaydi. 24 Hisoblashishni boshlaganda, undan o'n ming oltin yonbi qarzdor bo'lgan bir bandani uning qoshiga keltiribdilar. 25 Lekin qarz to'lashga hech narsasi bo'lmagani uchun, podshoh unga o'zini, xotinini, bolalarini va butun mol-mulkini sotib, qarzini to'lashni buyuribdi. 26 Banda esa yerga yiqilib, podshohga ta'zim qilib: - Podshohim, sabr qiling, men sizga hammasini to'layman, - debdi. 27 Bu bandasiga rahmi kelib, podshoh uni qo'yib yuboribdi va qarzini kechirib yuboribdi. 28 U banda esa tashqariga chiqib, o'zidan yuz kumush tanga qarizdor bo'lgan bir sherigini uchratib, uni ushlab olibdi-da: - Mendan olgan qarzingni qaytar! - deb bo'g'a boshlabdi. 29 Sherigi esa uning oyoqlariga yiqilib: - Sabr qil, men senga hammasini to'layman, - deb yolvoribdi. 30 Biroq u bunga ko'nmabdi, borib, qarzini to'lamaguncha sherigini zindonga qamatib qo'yibdi. 31 Uning sheriklari bu voqeani ko'rib, juda hafa bo'lishibdi va borib, podshohga hamma bo'lib o'tganni xabar qilishibdi. 32 Shunda podshoh bandasini oldiga chaqirib: - Ey yovuz banda! - debdi. - Menga yolvorganing uchun, men sening barcha qarzingdan kechdim. 33 Men senga rahm qilganimday, sen ham sheriginga rahm qilsang bo'lmasmidi? 34 G'azablangan podshoh hamma qarzini to'lamaguncha bandasini azob beruvchilarning qo'liga topshiribdi. 35 Shuningdek, agar sizlarning har biringiz o'z birodaringizning gunohini chin ko'ngildan kechirmasangiz, Mening samoviy Otam ham sizlarga xuddi shu yo'lni tutadi”.
Matto 20:1-16 (Hamma ushun birlashtiirilgan oylik) -- 1 “Shunday qilib Osmon Shohligi uzumzorga erta saharda mardikorlar yollagani chiqqan bog' egasiga o'xshaydi. 2 U mardikorlar bilan kuniga bir kumush tanga berishga kelishib, ularni o'zining uzumzoriga yuboribdi. 3 Soat to'qqizlarda u yana chiqib, bozor maydonida bekor turgan boshqa odamlarni ko'rib, 4 Ularga: - Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, men sizlarga tegishli haqingizni beraman, - debdi. Ular esa boribdi. 5 Tush chog'i va soat uchga yaqin u tag'in chiqib, yana shunday qilibdi. 6 Soat beshlarda chiqib, bekor turgan yana boshqalarni ko'ribdi-da: - Nega sizlar bu yerda kun bo'yi bekor turibsizlar? - deb so'rabdi. 7 Ular esa: - Hech kim bizlarni ishga olmadi-da, - debdilar. Shunda bog' egasi: - Sizlar ham mening uzumzorimga boringlar, tegishli haqingizni olasizlar, - debdi. 8 Kech bo'lgach, uzumzor egasi o'zining hosilotiga: - Mardikorlarni chaqirib, ularga oxirgisidan boshlab birinchisigacha xizmat haqlarini bergin, - deb buyuribdi. 9 Shunday qilib, soat beshlarda ish boshlaganlar bir kumush tangadan olishibdi. 10 Birinchi kelganlar esa ko'proq olamiz, deb o'ylashibdi. Ammo ular ham bir kumush tangadan olishibdi. 11 Ular xizmat haqini olgach, bog' egasiga norozilik bildira boshlashibdi: 12 – Bu oxirgi kelganlar bir soatgina ishladi, siz esa ularni kunning issig'iyu mashaqqatini tortgan bizlar bilan teng ko'rdingiz. 13 Bunga javoban bog' egasi ulardan biriga: - Do'stim, men senga nohaqlik qilganim yo'q. Sen men bilan bir kumush tangaga kelishgan edingmi? 14 Endi haqingni olib, boraver. Men senga bergancha aqchani bu oxirgi kelganga ham bersam, nima bo'pdi? 15 O'z pulimni xohlagancha istefoda qilish o'z ixtiyorimda emasmi? - debdi. 16 Shunga o'xshab, oxiratda ham oxirgilar birinchi va birinchilar esa oxirgi bo'ladi. [Chunki da'vat etilganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir.]”
Matto 21:28-32 (Ikki turdagi o'g'illar) -- 28 “Sizlarning fikringiz qanday? Bir odamning ikki o'g'li bor ekan. U birinchisiga kelib: - O'g'lim, bugun borib uzumzorimizda ishla, - debdi. 29 Ammo u: - Istamayman! - deb so'z qaytaribdi. Keyin pushaymon bo'lib, boribdi. 30 U odam ikkinchi o'g'liga kelib, yana shunday debdi. Bunisi javob berib: - Xop ho'jayin, boraman, - debdi-yu, lekin bormabdi. 31 Ikkivodan qaysi biri otasining xohishini bajo keltirgan bo'ladi?” Isoga: “Birinchisi”, - dedilar. U ularga: “Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Sayoqlaru fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin erishmoqdalar. 32 Chunki Yahyo payg'ambar sizning oldingizga to'g'ri yo'lni o'rgatib keldi va sizlar unga ishonmadingiz, sayoqlar va fohishalar esa ishondi. Sizlar-chi, buni ko'rgandan keyin ham pushaymon qilmadingiz, ishonmadingiz”.
Matto 21:33-46 (Yovuz bog'bonlar) -- 33 “Endi boshqa bir masalni eshiting: bir yer egasi bor ekan. U uzumzor yaratib, atrof-tevaragini panjara bilan o'rab, ichida iskanja va qo'riqchi minorasi quribdi-da, uzumzorni bog'bonlarga ijaraga tashlab, o'zi vaqtincha boshqa mamlakatga ketibdi. 34 Hosil mavsumi yaqinlashgach, o'zining mahsulini olish uchun bog'bonlarining oldiga xizmatchilarini yuboribdi. 35 Bog'bonlar esa uning xizmatchilarini tutishibdi va kimini urib, kimini o'ldirib, kimini esa toshbo'ron qilishibdi. 36 Bog' egasi bu gal avvalgidan ham ko'proq boshqa xizmatkorlarini yuboribdi. Bog'bonlar esa ular bilan ham shunday qilishibdi. 37 Oxirida bog' egasi: - O'g'limni hurmat etarlar, - deb ularning oldiga o'z o'g'lini yuboribdi. 38 Lekin bog'bonlar o'g'lini ko'rib, bir-biriga: - Bu merosxo'r-ku, qani uni o'ldirib, merosiga ega bo'laylik, - deyishibdi. 39 Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib, o'ldirishibdi. 40 Shunday qilib, uzumzorning egasi qaytib kelganda, bu bog'bonlarni nima qilar ekan?” 41 Tinglayotganlar Isoga: “Bu yovuz odamlarni yovuzlarcha yo'q qilib, uzumzorni esa mavsumida hosilini terib turadigan boshqa bog'bonlarga ijaraga beradi”, - dedilar. 42 Iso ularga dedi: “Nahotki siz Zaburdagi bu so'zni hech o'qimagan bo'lsangiz? “Binokorlar keraksiz deb tashlagan tosh Naq binoning peshtoqidan joy oldi. Bu XUDOVAND irodasi tufaylidir, Bizga esa ajoyib timsoldir”. 43 Shuning uchun sizlarga aytamanki, Xudoning Shohligi sizdan olinib, tegishli hosilini yetishtiruvchi xalqqa beriladi. 44 Kimki bu toshga yiqilsa, parchalanib ketadi. Tosh kimning ustiga tushsa, uni ezib yuboradi”. 45 Oliy ruhoniylar va farziylar Isoning masallarini tinglagan sayin, ular o'zlari haqida aytilganini payqadilar. 46 Ular Isoni ko'lga tushirishga intilyotgan bo'lsalarda, xalqdan qo'rqar edilar. Chunki xalq Isoni payg'ambar deb hisoblar edi. (Mark 12:13-17, Luqo 20:9-19)
Matto 22:1-14 (Nikoh to'yi) -- 1 Iso masallar bilan gapini davom ettirib, xalqqa xitob bilan: 2 “Osmon Shohligi o'zining o'g'liga nikoh to'yi qilgan bir podshohga o'xshaydi. 3 Podshoh to'yga taklif etilganlarni chaqirish uchun xizmatkorlarini yuboribdi. Ular esa kelishni istamabdilar. 4 Podshoh yana boshqa xizmatkorlarini yuborib: - Taklif etilganlarga aytinglarki, men ziyofat dasturxonini tayyorlab qo'ydim, ho'kizlaru bo'rdoqlarim so'yildi, hammasi tayyor. To'yga kelaveringlar! - debdi. 5 Biroq ular yana nazarga ilmay, biri o'zining dalasiga, boshqasi bozor-o'charga ketibdi. 6 Qolganlar esa podshoh xizmatkorlarini tutib, xo'rlab, o'ldirishibdi. 7 Podshoh buni eshitib, g'azablanibdi. Qo'shinlarini yuboribdi-da, qotillarni tig'dan o'tkazib, shaharlarini kulga aylantiribdi. 8 Keyin u qolgan xizmatkorlariga: - Nikoh to'yi tayyor, lekin taklif etilganlar bunga munosib emas ekanlar. 9 Shuning uchun, chorrahalarga borib, kimni topsangiz, to'yga chaqiringlar, - deb buyuribdi. 10 Bu xizmatkorlar yo'lga chiqib, uchratganlarining hammasini – yomonlarni ham, yaxshilarni ham to'plashibdi. To'yxona mehmonlarga to'lib ketibdi. 11 Podshoh mehmonlarni ko'rish uchun kirganda, u yerda nikoh kiyimida kiyinmagan bir odamni ko'ribdi 12 va undan: - Do'stim, nikoh kiyimisiz bu yerga qanday kirding? - deb so'rabdi, u indamabdi. 13 Shunda podshoh malaylariga buyruq berib: - Uning qo'l-oyoqlarini bog'lab, tashqariga, qorong'ilikka tashlanglar. U yerda yig'i-sig'i va ohu voh bo'ladi, - debdi. 14 Shunga o'xshab, Xudo da'vat etganlar ko'p, ammo tanlanganlar ozdir”. (Luqo 14:16-24)
Matto 24:45-51 (Yaxshi va yomon xizmatkor) -- 45 “Qul-cho'rilarga rizq-ro'zni o'z vaqtida berib turish uchun xo'jayin ularga boshliq qilib qo'ygan ishonchli va aqilli xizmatkor kimdir? 46 “Xo'jayini kelganida, uni shularni bajarib turgan holda ko'rsa, u xizmatkor qanday bahtlidir! 47 Sizlarga chinini aytayin: o'zining butun mol-mulki ustidan uni nazoratchi qilib qo'yadi. 48 Agar yomon niyyatli xizmatkor o'z ko'nglida: “Xo'jayinim yaqin orada kelmaydi”, - deb o'ylab, 49 o'rtoqlarini urib, ichkilikbozlar bilan yeb-ichishni boshlasa, 50 u xizmatkorning xo'jayini kutmagan bir kunda, o'ylamagan bir soatda kelib qoladi-yu, 51 uni tilka-pora qilib, boshiga ikkiyuzlamachilar kunini soladi. U yerda yig'i-sig'i va ohu vohlar bo'ladi”. (Luqo 12:41-46)
Matto 25:1-13 (Dono kelinlar) -- 1 “O'sha vaqtda Osmon Shohligini o'zlarining chiroqlarini yoniga olishib, kuyovni qarshilagani chiqqan o'n kelin dugonasiga o'xshatsa bo'ladi. 2 Ulardan beshovi es-hushli, beshovi esa ovsar ekan. 3 Ovsarlari chiroqlarini olib, o'zlari bilan yog' olmabdilar. 4 Es-hushlilari esa chiroqlari bilan birga idishlarida yog' ham olibdilar. 5 Kuyov kechikkani sababli, hammalari mudrab, uxlab qolishibdi. 6 Tunning yarmida birdaniga ovoz yangrabdi: - Ana, kuyov kelyapti, uni qarshilagani chiqinglar! 7 Shunda qizlarning hammasi turib, chiroqlariga yopishibdi. 8 Ovsarlar es-hushlariga: - Chiroqlarimiz o'chib boryapdi, bizlarga yog'laringizdan beringlar! - deyishibdi. 9 Es-hushlilar javob berib: - Yo'q, bizlarda ham, sizlarda ham yog' yetmay qolmasin. Yaxshisi siz baqqollarning oldiga borib, o'zlaringizga yog' sotib olinglar, - deyishibdi. 10 Ular yog' sotib olgani ketishganda. Kuyov kelib qolibdi. Tayyor turgan qizlar kuyov bilan birga to'yxonaga kirib, orqalaridan eshiklar yopilibdi. 11 Bir muddatdan keyin qolgan qizlar kelib: - Hoy Egam, hoy Egam, eshikni oching, bizlar keldik! - deyishibdi. 12 Lekin U ularga javob berib: - Men sizga rostini aytsam, sizlarni tanimayman, - debdi. 13 Shunday qilib, xushyor bo'lib turinglar, chunki siz Inson O'g'li keladigan aniq kunni ham, soatni ham bilmaysizlar”.
Matto 25:14-30 (Qobilyatlilar) -- 14 “Yana oxirzamon bir odam safarga jo'nab, xizmatkorlarini chaqirib, o'z mol-mulkini ularga omonatga berganiga o'xshaydi. 15 U odam har bir kishiga o'z qobilyatiga yarasha: biriga besh, biriga ikki, biriga bir yombidan berib, jo'nab ketibdi. 16 Beshta yombi olgan o'sha zahoti borib, pulini ishga solib, yana besh yombi ortiribdi. 17 Shunga o'xshab, ikki yonbi olgan ham yana ikki yombi ortiribdi. 18 Bitta yombi olgan esa borib, chuqur qazib, xo'jayinining pulini yashirib qo'yibdi. 19 Ancha vaqtdan so'ng boyagi xizmatkorlarning xo'jayini qaytib kelib, ulardan hisobot so'rabdi. 20 Besh ombi olgan boshqa besh yombini ham olib kelib: - Xo'jayin! Menga besh yombi bergandingiz, mana men ularga qo'shib yana besh yombi ortirdim, - debdi. 21 Xo'jayini unga: - Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun, endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayoniningning shodligini baham ko'r, - debdi. 22 Ikki yombini olgan ham kelib: - Xo'jayin! Menga ikki yombi bergan edingiz. Mana, men ularning yoniga qo'shib yana ikki yombi ortirdim, - debdi. 23 Xo'jayin unga: - Barakallar, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq qolganing uchun endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi. 24 Bitta yombi olgan ham kelib: -Xo'jayin! Men sizning qattiq qo'l odam ekaningizni bilardim. Siz ekmagan yerdan o'rasiz, uymagan joydan xirmon ko'tarasiz. 25 Shuning uchun men qo'rqqanimdan borib, sizning yombingizni yerga yashirib qo'ydim. Mana berganingiz! - debdi. 26 Xo'jayini unga javob qaytarib: - Ey yomon va yalqov xizmatkor! - debdi. - Men ekmagan yerdan o'rishimni, uymagan joydan xirmon ko'tarishimni bilarkansan, 27 u holda pulimni sudxo'rlarga qarzga bersang bo'lmasmidi? Shunda men kelib, uni foydasi bilan qaytarib olgan bo'lar edim. 28 Endi, undan yombini olib o'n yombisi borga beringlar! 29 Chunki kimda bor bo'lsa, unga yana beriladi va u mo'lchilikda bo'ladi. Kimda yo'q bo'lsa, undan bori ham tortib olinadi. 30 Endi bu yaramas xizmatkorni tashqariga, qorong'ilikka uloqtirib yuboringlar. U yerda yig'i-sig'i va oh-vohlar bo'ladi”. [Bularni aytib, Iso xitob qilib dedi: “Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin!”]

2. Markga Ko'ra Matallar

Mark 4:26-29 (Tovushsiz o'sayotgan ekinlar)
Mark 13:33-37 (Hushyorlikka javobgar bo'lgan xizmatkorlar) -- 33 Ko'z-quloq bo'lib turinglar, hushyor bo'lib ibodat qilinglar; chunki o'sha vaqt -soat qachon kelishini bilmaysizlar. 34 Bu xuddi safarga jo'nagan uy egasiga o'xshaydi. U o'z uy-ro'zg'orini xizmatkorlariga topshirib, har biriga biron vazifa berib, darvozabonga esa hushyor bo'lib turishni buyurib, jo'nab ketibdi. 35 Xuddi shunday, sizlar ham hushyor bo'lib turinglar. Chunki uy egasi qachon kelishini – kechqurunmi, yarim tundami, xo'rozlar qichqirgandami, yoki ertalabmi – bilmaysizlar. 36 Mobodo u nogohon kelib, sizlarni g'aflat uyqusida ko'rmasin! 37 Sizlarga nima aytayotgan bo'lsam, hammaga aytyotganimdir: hushyor bo'lib turinglar!

3. Luqoga Ko'ra Matallar

Luqo 7:41-43 (Ikki qarzdor kechirildi) -- 41 Iso dedi: - Bir qarz beruvchining ikki qarzdori bor ekan, biri besh yuz, ikkinchisi ellik kumush tanga qarz bo'lgan ekan. 42 Biroq qarzdorlarning to'lash uchun hech narsasi bo'lmaganidan, u ikkovini ham kechiribdi. Aytib ber-chi, ulardan qaysi biri uni ko'proq sevar ekan? 43 Simun javob berib: - Mening fikrimcha, ko'proq qarzi kechirilgan kishi bo'lsa kerak, - dedi. - To'g'ri mulohaza qilding, - dedi unga Iso.
Luqo 10:30-37 (Rahmdil Samaryalik) -- 30 Iso unga o'rnakli naql bilan javob qaytardi: - Bir odam Quddusdan Yerixoga borar ekan, qaroqchilar qo'liga tushib qolibdi. Qaroqchilar uning kiyimlarini yechib olib, o'lasi qilib urib, shu holicha tashlab ketibdilar. 31 Ittifoqo, shu yo'ldan ruhoniy borar ekan. Uni ko'rib, yonidan o'tib ketibdi. 32 U joyga bir levit ham kelib, u odamni ko'riboq, yonidan o'tib ketaveribdi. 33 Bir samaryalik yo'lovchi esa bu joydan o'tarkan, uning ustidan chiqib qolibdi va holiga ko'p kuyinibdi. 34 Uning yoniga kelibdi-da, yaralariga moy surib, sharob quyib, bog'lab qo'yibdi. So'ng uni o'z uloviga mindiribdi-da, mehmonxonaga olib kelib, unga g'amho'rlik qilibdi. 35 Ertasiga jo'nayotganida ikki kumush tanga chiqaribdi-da, mehmonxona egasiga berib: “Unga yaxshi qaragin. Agar bundan ziyod xarj qiladigan bo'lsang, men qaytib kelganimdan so'ng senga beraman”, - deb ketibdi. 36 Seningcha, uchovidan qaysi biri qaroqchilarning qo'liga tushgan odamning yaqini sanaladi? 37 Tavrot tafsirchisi: - Unga shavqat qilgan odam-da, - deb javob beribdi. - Bor, sen ham shunday qil! - dedi unga Iso.
Luqo 11:5-13 (Qattiq turib olgan do'st) -- 5 Yana ularga dedi: “Faraz qilaylik, orangizda bir kishining do'sti bor. Yarim kechada do'sti uning oldiga kelib: - Do'stim, menga uchta non qarz berib tur. 6 Mening bir do'stim yo'ldan o'taturib, tashrif buyurdi, oldiga qo'yadigan hech narsam yo'q, - deydi. 7 Unisi ichkaridan javob berib: - Meni bezovta qilma. Eshik qulf, bolalarim men bilan bir to'shakda yotishibdi, endi o'rnimdan turib senga berolmayman, - deydimi? 8 Sizlarga rostini aytsam: o'z do'sti bo'lgani uchun ham turib unga bermasa-da, lekin uning shilqimligi tufayli u turib, qancha so'rasa, shuncha beradi. 9 Shunday qilib, Men sizga aytaman: so'rab turinglar, sizga beriladi. Izlab turinglar, topasizlar. Taqillatib turinglar, eshik ochiladi. 10 Chunki har bir so'ragan olar, izlagan topar, taqillatganga eshik ochilar. 11 Orangizda qaysi bir ota, o'g'li undan non so'rasa, unga tosh beradi? Yoki baliq so'rasa, unga baliq o'rniga ilon beradi? 12 Yoki tuxum so'rasa, unga chayon beradi? 13 Shunday qilib, sizlar yovuz bo'laturib bolalaringizga yaxshi hadyalar bera bilarkansiz, samodagi Ota esa so'raganlarga Muqaddas Ruhini berishi yanada shubhasizdir”.
Luqo 12:16-21 (Aqlsiz boy) -- 16 Iso ularga shunday masal keltirdi: “Bir boy odamning dalasi mo'l hosil berib turar ekan. 17 Boy o'z-o'ziga: - Nima qilay? Hosilni qo'yadigan joyim yo'q, - deb o'ylab yurgan ekan. 18 – Mana bunday qilaman, - debdi oxiri, - omborlarimni buzib, kattarog'ini quraman, butun g'alla va mollarimni shu yerga joylayman. 19 So'ng o'z-o'zimga: Ey jonim, deyman, sen ko'p yillarga yetgulik davlat to'plading. Endi rohat qil, yeb-ichgin, kayf-safo surgin, - debdi. 20 Lekin Xudo unga: - Ey nodon! Bu kechayoq joning olinadi. Shunda bu tejab qo'yganlaring kimga qoladi? - debdi. 21 O'zi uchun boylik to'plab, Xudo nazarida boyimagan kishining qismati ana shunday bo'ladi”.
Luqo 13:6-9 (Mevasiz anjir daraxti) -- 6 Iso quydagi masalni ham aytib berdi: “Bir kishining uzumzorida o'tqazilgan anjir daraxti bor ekan. Kishi kelib, undan meva izlabdi-yu, lekin topolmabdi. 7 U bog'bonga: - Men uch yildan beri bu anjir daraxtidan meva izlab kelaman va topolmayman. Uni kesib tashla, nega u yerni band qilib turibdi? - deb aytibdi. 8 Bog'bon esa shunday javob beribdi: - Xo'jayin, daraxtingiz bu yil ham tursin. Men uning yon-bag'irlarini bir chopib go'ng solay. 9 Balki meva berar. Mayli, agar bermasa, unda kelgusi yil kesib tashlarsiz”.
Luqo 14:7-11 (Tavsiya etilgan kamtarlik) -- 7 Mehmonlar to'rda o'tirishga intilayotganlarini payqagan Iso ularga ibratli naql aytdi: 8 “Seni birov nikoh to'yiga chaqirsa, to'rga chiqib o'tiraverma. Ehtimol, taklif etilganlar orasida sendan e'tiborlirog'i bo'lib qolar. 9 Shunda ikkovingizni ham chaqirgan mezmon kelib senga: “Bu o'rinni unga bo'shatib ber”, - deyishi mumkin. Sen esa xijolat tortib, poygahda o'tirishga majbur bo'lasan. 10 Shuning uchun, taklif etilgan bo'lsang, poygahda o'tirib tur, toki mezbonning o'zi kelib senga: “Do'stim, iltimos to'rga chiqqin”, - deb aytsin. Shunda boshqa mehmonlar ko'zida sening hurmating ortadi. 11 Kimki o'zini yuqori olsa, pasaytiriladi. Kimki o'zini past olsa, yuksaltiriladi”.
Luqo 14:28-33 (Imorat qurishdan oldin o'ylash)
Luqo 15:4-7 (Adashgan qo'y) -- 4 “Sizlardan kimningdir yuzta qo'yi bo'lsa-yu, ulardan birortasini yo'qotsa, to'qson to'qqiztasini dashtda qoldirib, yo'qolgan qo'yni topmaguncha qidirmaydimi? 5 Uni topgach, quvonib yelkasiga olib ko'tarib ketadi. 6 Uyga kelgach, do'stlari bilan qo'shnilarini chaqirib: “Men bilan birga quvoninglar, men yo'qolgan qo'yimni topdim”, - deydi. 7 Sizlarga aytamanki, xuddi shunga o'xshab, tavbaga hojat sezmagan to'qson to'qqiz taqvodordan ko'ra, tavba qilgan bittagina gunohkor uchun osmonda shodlik bo'ladi”. (Matto 18, 10-14)
Luqo 15:8-10 (Yo'qolgan tanga) -- 8 “Yoki qaysi bir ayolning o'nta kumush tangasi bo'lsa-da, bittasini yo'qotib qo'ysa, u sham yoqib pulni topmaguncha uyini supurib-sidirib sinchiklab qidirmaydimi? 9 Pulni topgach, dugonalari bilan qo'shinlarini chaqirib: “Men bilan birga quvoninglar, men yo'qolgan tangamni topdim”, - deydi. 10 Sizlarga aytamanki, xuddi shuningdek, tavba qilgan bitta gunohkor uchun Xudo farishtalari huzurida shodlik bo'ladi”.
Luqo 15:11-32 (Yo'qolgan o'g'illar) -- 11 Iso yana dedi: “Bir odamning ikki o'g'li bor ekan. 12 Ularning kichigi otasiga: - Ota, mol-mulkingizdan menga tegishli qismini bering, - debdi. Ota bisotini ikki o'g'liga bo'lib beribdi. 13 Bir necha kundan keyin kichik o'g'il bor yo'g'ini yig'ishtirib, uzoq bir mamlakatga ketibdi. U yerda shaloq yashab, mol-dunyosini ko'kka sovurib yuribdi. 14 Borini isrof etganidan keyin, u mamlakatda og'ir qahatchilik boshlanibdi, yigit ham muhtojlikka yo'liqibdi. 15 U borib, bu mamlakat fuqorolaridan biriga yollanibdi. U esa yigitni o'z dalasidagi to'ng'izlarni boqishga yuboribdi. 16 Nihoyat yigit to'ng'izlar yeydigan qo'zoqlar bilan qornini to'ydirishga ham zor bo'libdi, lekin unga shuni ham ravo ko'rishmas ekan. 17 O'ziga kelgach, u debdi: “Otamning qanchadan-qancha yollanma ishchilarining noni oshib-toshib yotibdi, men esa bu yerda ochlikdan o'lyapman. 18 Endi otamning oldiga boray va unga: Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. 19 Endi sizning o'g'lingiz atalishga loyiq emasman. Meni yollanma ishchilaringiz qatoriga qabul qilsangiz bas, deyman”. 20 Yigit otasi oldiga ravona bo'libdi. U hali uzoqda kelayotganligidayoq otasi o'g'lini ko'rib, ko'ngli bo'shab ketibdi. Yugurgancha borib, o'g'lining bo'ynidan quchib, yuz-ko'zlaridan o'pibdi. 21 O'g'li unga: - Ota, men Xudoga va sizga qarshi gunoh qildim. Endi sizning o'g'lingiz deb atalishga loyiq emasman, - debdi. 22 Ota xizmatkorlariga shunday buyuribdi: - Tez bo'ling, eng nafis to'n keltirib, yelkasiga yoping, qo'liga uzuk taqing, oyoqlariga choriq kiygizinglar. 23 Bo'rdoqni olib chiqib, so'yingar, yeb-ichaylik, xursandchilik qilaylik. 24 Chunki mening bu o'g'lim o'lgan edi – tirildi, yo'qolgan edi – topildi. Shunday qilib, xursandchilik qila boshlabdilar. 25 Katta o'g'il shu paytda dalada ekan. Qaytayotib uyga yaqinlashganda, qulog'iga cholg'u va o'yin-kulgu sadolari eshitilibdi. 26 Xizmatkorlardan birini chaqirib: - Nima gap? - deb so'rabdi. 27 – Ukangiz keldi, otangiz uni sog'-salomat ko'rgani uchun bo'rdoqni so'ydilar, - debdi u. 28 Shunda katta o'g'il achchiqlanib, ichkariga kirgisi kelmabdi. Otasi esa tashqariga chiqib, o'g'liga o'tinib gapiribdi. 29 U otasiga javob beribdi: - Men shuncha yildan beri sizga xizmat qilaman. Sira sizning buyrug'ingizga qarshi chiqqanim yo'q. Lekin do'stlarim bilan hursandchilik qilishim uchun siz menga bitta uloq ham atamadingiz. 30 Ammo mol-mulkingizni fohishalarga sarflab qaytgan anavi o'g'lingizga bo'rdoqi so'yibdiz! 31 Otasi unga shunday javob beribdi: - O'g'lim! Sen doimo men bilan birgasan, mening hamma narsam seniki. 32 Biroq bugun shodlanish, hursandchilik qilish kerak. Chunki sening bu ukang o'lgan edi – tirildi, yo'qolgan edi – topildi”.
Luqo 16:1-9 (Shum ish boshqaruvchi) -- 1 Iso O'z shogirdlariga ham aytdi: “Bir boyning xo'jalik ishlarini boshqaruvchisi bor ekan. Boyning qulog'iga, ish boshqaruvchi mol-mulkingizni bejo sarf qilib yuribdi, degan chaquv yetibdi. 2 Shunda boy ish boshqaruvchini chaqirib: - Sen to'g'ringda uzunquloq gap yuribdi. Ishlaringning xisobini ber, sen endi uyimni boshqarolmaysan, - debdi. 3 Ish boshqaruvchi o'zicha: - Nima qilsam ekan? - debdi. - Xo'jayinim boshqaruvchilarni qo'limdan olyapdi. Yer qazishga kuchim yetmaydi, tilanchilik qilish esa menga uyat. 4 Boshqaruvchilikdan bo'shatilganimdan so'ng odamlar yana o'z uylariga qabul qilishlari uchun nima qilsam bo'ladi? So'ng: - Ha, topdim! - debdi-da, 5 xo'jayinidan qarz bo'lganlarning har birini alohida chaqiribdi. Birinchisidan so'rabdi: - Xo'jayinimdan qancha qarzing bor? 6 – Yuz kuva zaytun moyi, - javob beribdi u. - Tilxatingni ol, tezda o'tirib ellik kuva deb yoz! -debdi unga ish boshqaruvchi. 7 Keyin boshqasidan ham so'rabdi: - Sening qancha qarzing bor? - Yuz qanor bug'doy, - javob beribdi u. Unga ham: - Tilxatingni ol, sakson qanor deb yoz! - debdi. 8 Xo'jayini esa o'zining bu shum ish boshqaruvchisini, aqlli ish qilding deb maqtabdi. Chindan ham bu dunyoning odamlari o'zlariga o'xshaganlar orasida nur ahlidan ko'ra es-hushliroq harakat qiladilar”. 9 “Men sizga aytamanki, bu bevafo dunyoning boyligidan foydalanib do'st ortiringlar, toki bu boylik tugagach, sizlarni abadiy makonlarga qabul qilsinlar.
Luqo 16:19-31 (Boy va Lazar) -- 19 “Kimxob va shoyi kiyimlar kiyib, har kuni dabdabali bazmlarda kayf-safo surgan bir boy odam bor ekan. 20 Boyning darvozasi oldida hamma badaniga yara toshgan Lazar ismli bir qashshoq gadoy yotar ekan. 21 U boy dasturxonidan to'kilgan ushoqlar bilan qorin to'ydirishni orzu qilar, itlar esa kelib uning yaralarini yalab ketar ekan. 22 Bir kuni gadoy o'lib qolibdi, farishtalar uni Ibrohim alayhissalomning yoniga olib boribdilar. Keyin boy ham o'lib, uni ko'mishibdi. 23 Tamug' azobidan o'tar ekan, boy boshini ko'tarib uzoqdagi Ibrohimni va uning yonidagi Lazarni ko'ribdi. 24 U faryod ko'tarib: - Ey Ibrohim ota! Menga rahm qilib Lazarni yuborgin, u barmog'ining uchini suvga botirib tilimga suv tomizsin. Chunki men bu olovda ko'p azob chekyapman, - debdi. 25 Ibrohim unga shunday javob beribdi: - Unutma, o'g'lim, sen hayotingda yaxshilik nasibangni olib bo'lding. Lazar esa yomonlik nasibasini olib bo'ldi. Endi u bu yerda tasalli topyapdi, sen bo'lsang, azob chekyapsan. 26 Bundan tashqari, siz bilan bizning oramizda tubsiz jarlik bor. Bu yerdan siz tomon o'rtmoqchi bo'lganlar o'ta olmaydilar va u yerdan biz tomon ham o'tmaydilar. 27 – Unday bo'lsa, ey ota, sendan o'tinib so'rayman, Lazarni otamning uyiga yuborgin. 28 Mening beshta ukam bor. Ular ham bu azobli joyga kelmasliklari uchun ularni ogohlantirib qo'ysin, - debdi boy. 29 Ibrohim unga: - Ular Muso payg'ambarni va boshqa payg'ambarlarni bilishadi, ularga quloq solishsin, - debdi. 30 Boy esa: - Yo'q, Ibrohim ota, quloq solmaslar, faqat o'liklardan biri ularning oldiga borsa, o'shanda tavba qiladilar, - debdi. 31 Ibrohim shunday debdi: - Agar Muso va boshqa payg'ambarlarga quloq solmagan bo'lsalar, o'liklardan biri tirilib borsa ham ishonmaydilar”.
Luqo 17:7-10 (Biz foyda keltirmaydigan xizmatchilarmiz) -- 7 “Orangizdagi qay biringiz qo'sh haydovchi yoki podachi xizmatkoringiz daladan qaytgach, unga: “Tez kelib dasturxonga o'tir”, - deysiz? 8 Aksincha: “Kechki ovqatimni tayyorla, ishga bel bog'lab, ovqatlanib bo'lgunimcha menga xizmat qil, undan keyin o'zing yeb-ichasan”, - demaysizmi? 9 Xo'jayin buyurgan ishlarni bajargan qul tashakkur olarmikin? Qaydam. 10 Sizlar ham shunga o'xshab, o'zingizga buyurilgan hamma ishni bajargandan so'ng: “Bizlar arzimaydigan qullarmiz, faqat zimmamizdagi ishni qildik”, - denglar”.
Luqo 18:1-8 (Odilsiz hukmlovchi va qattiq turib olgan beva) -- 1 Iso shogirdlariga doimo, bezimasdan ibodat qilish kerakligi haqida masal aytib berdi: 2 “Bir shaharda Xudodan ham qo'rqmaydigan, odamdan ham uyalmaydigan bir qozi bor ekan. 3 O'sha shaharda bir tul ayol ham yashar ekan. U qozining oldiga doyim kelib: - Meni raqibimdan himoya qiling, - deb o'tinib yuribdi. 4 Qozi ancha vaqtgacha e'tibor bermas ekan. Oxirida u o'zi-o'ziga: - Men Xudodan qo'rqmayman, odamdan ham uyalmayman. 5 Biroq mayli, bu tul ayol menga tinchlik bermayotgani uchun, uni himoya qila qolay. Bo'lmasa u kelaverib, jonimdan bezor qiladi, - debdi. 6 Eshityapsizmi, insofsiz qozi nima debdi, - davom etdi Rabbimiz Iso. 7 – Nahotki Xudo O'ziga kechayu kunduz faryod qilayotgan O'z tanlaganlarini himoya qilmasa, nahotki ularni ko'p kuttirib qo'ysa? 8 Sizlarga aytamanki, ularni ko'p o'tmay himoya qiladi. Biroq Inson O'g'li kelganda, yer yuzida imon toparmikin?”
Luqo 18:9-14 (Farziy va soliq yig'uvchi)

4. Yuhannoga Ko'ra Masih O'zini Qanday ochib berishi

Iso sevgan shogirdlar bizga Masihning chuqur sevgisini va Uning to'liq ilohiyligini oddiy so'zlar bilan tasvirlab berishgan. Biz Iso Otaga bo'lgan yagona yo'l ekanini tushunishimiz uchun va Isoning O'zi haqidagi shahodatlari tez-tez 'BU MENMAN' degan Jehovah (Xudo degani) nomida topilganini ko'rishimiz uchun Isoning to'liq hokimyatiga diqqatimizni qaratadi. Iso O'zini Rabbiy deb xalqiga tanishtirgan. U O'zini shunday degan:

Yuhanno 6:35 -- Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmas, Menga ishongan odam hech qachon chanqamas.
Yuhanno 8:12 -- Men dunyoning nuriman. Kimki Menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo'ladi.
Yuhanno 10:9 -- Men eshikman (qo'ylarga). Kim Men orqali kirsa, najod topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi.
Yuhanno 10:11.14.27-28 -- 11 Men yaxshi Cho'ponman. Yaxshi Cho'pon qo'ylari uchun jonini bag'ishlaydi. … 14 Men yaxshi Cho'ponman. Men O'zimnikilarni bilaman, O'zimnikilar esa Meni biladilar. … 27 Mening qo'ylarim tovushimga quloq soladi. Men ularni taniyman, ular esa Menga ergashib yurishadi. 28 Men ularga abadiy hayot bag'ishlayman va ular abadiy halok bo'lmaydilar. Hech kim ularni Mening qo'limdan tortib ololmaydi. 29 Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo'lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. 30 Men va Otam – birmiz.
Yuhanno 11:25-26 -- 25 – Men tirilish va hayotdirman. Menga ishongan odam o'lsa ham yashaydi. 26 Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o'lmaydi. Bunga ishonasanmi?
Yuhanno 14:6 -- Men yo'l, Haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi.
Yuhanno 15:5 -- Men - tok, sizlar – novdasizlar. Kim Men bilan aloqada bo'lib, Men u bilan aloqada bo'lsam, u ko'p hosil beradi. Mensiz hech narsa qilolmaysizlar.
Yuhanno 18:37 -- Demak, Sen Podshoh ekansan-da? - dedi Pilat. - Podshoh ekanimni O'zing aytding, - dedi Iso. - Men haqiqat to'grisida shohidlik qilmoq uchun tug'ilganman, ana shu maqsadda olamga keldim. Kimki haqiqat tarafida bo'lsa, Mening ovozimni eshitadi.
Vahiy 1:17-18 -- 17 … Men Avvaliyu Oxiridurman. 18 Tirikman. O'lgan edim va mana, abadulabad tirikman. Omin. O'lim va tamug' ochqichlari Mendadir.

Isoning shahodatlariga chuqur kirib boradigan kishi, U bilan abadiy hayotda yashash uchun chaqiruvni eshitadi. Biz Muqaddas Kitobning bu qimmatbaho marvaridlarida hech qanday buyrug', amrlar, yoki muhim maslahatlar topmaymiz, chunki bu so'zlarning har biri buyrug'dan ko'ra buyukroqdir va Xudoning O'g'li va Uning Otasi bilan yashash uchun chaqiruvlarni o'z ichiga oladi. Shunday takliflarni kimki eshitmasa yoki qabul qilmasa, u kishi kar, ahmoq yoki ko'rdir.

5. Hulosa

Iso ajoyib hikoya aytib beruvchi bo'lgan. U odamlarning tilida gapirib, dehqonlarga dehqon, baliqchilarga baliqchi va savdogarlarga savdogar bo'lib, ularning ichki tuyg'ularini ifodalab bergan. Iso tajribalarga to'lgan va ularning ichki borliqlaridagi barcha ishlarining turlarini tushungan. Iso gapirgan matallar dehqonlarning, baliqchilarning, kishilarning, ayollarning, gunohkor va solih odamlarning kundalik hayotidan olingan hodisa va misollar edi. Iso ularning boshi ustidan gapirmagan, balki muqaddas yo'l bilan odamlarning tilidan foydalangan. Iso ta'sirlangan, zerikarli ta'limotni o'rgatmagan, yoki U murakkab imonni taklif etmagan, biroq xalq diqqat bilan fikrlashlari uchun matallari bilan ularni boshqargan. Iso zo'ravon yoki muloyim amrlar bilan ular o'zlarining qaror qabul qilishlarini ulardan so'ramagan, balki ularni qadamma qadam ular o'zlarini tushunib yetgunlaricha, tavba qilgunlaricha, Xudoning O'g'lini bilib olgunlaricha, va Unga ishongunlaricha ruhan boshqargan. Iso ularning oldiga falsafaga hos ilmni qo'ymagan, balki ularga aql bilan harakat qilishlari va ijobiy yoki salbiy tomonga harakat qilishlari kerakligini aytgan. Iso hech kimni ishonishi uchun majbur qilmagan, balki U ularning quloqlarini, ko'zlarini va yuraklarini ochgan, shunda ular najodlari haqida xabardor bo'lishsin.

Iso xalq ommasiga matallar bilan gapirishni talab qilingani haqida ochiq dalolat keltirgan, chunki agar U olimlik va tiologika yo'li bilan gapirganda, ular haqiqatni tushunmagan bo'lardilar, yoki Ota va O'g'ilni bilmagan bo'lardilar. Ularning yuraklari bekilgan va tosh bo'lib qolgan edi. Bu ruhan fikr yurita oladigan, ruhan ko'ra oladigan va ruhan eshita oldiganlarga qanday marhamat! Shuning uchun kelinglar do'stlarimiz va o'zimiz uchun shunday yorliqni izlaylik, va ruhan uyg'oq va ehtiyotkor bo'lish uchun astoydil so'raylik. Iso Xushxabarini eshitadigan kishini va uning ma'nosini tushunadigan kishini duo qiladi.

Uning voizligida imondan uzoq bo'lganlarga, Iso O'zining matallarida turli hil shaxslarni tasvirlagan, ularning og'izlariga mos so'zlarni qo'ygan va ular o'zlarini va maqsadlarini tushunishlari uchun O'zining holatiga ko'ra, bu odamlar uchun fikrlarni va so'zlarni shakillantirgan. Ba'zan, Iso so'zlarida Xushxabarining mohiyatini va Xudoning rejalarini o'z ichiga olmagan, balki U yovuz narsalarini ulardan olib tashlash uchun ulardan nomlagan, ularni ochib tashlagan va ular kundalik hayotdan matallar orqali o'zlarini hukm qilishgan.

Iso O'zining matallarida faqat buzuq va yomon ahloqni tasvirlamagan, balki U sodiq xizmatkorlarni ham ochib bergan: ular Xo'jayinlarining rohati uchun qanday ishlashgan. Yo'qolgan o'g'il matali Muqaddas Kitobda oltin bob deb ataldi, chunki bu samoviy Otaning yaxshiligini ko'rsatadi, va uning yo'qolgan o'g'liga bo'lgan sabrini ko'rsatadi. Iso dalolat keltirgan Donyor payg'ambarning so'zlariga dalil bergan: Dono bo'lganlar osmon yorug'ligi kabi porlaydi, va solihlikka qaytadiganlar abadiy yulduzga o'xshar. (Donyor 12:3)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 09:26 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)