Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 053 (The Parable of the Potter and his Vessel)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 2 - XUDONING SOLIHLIGI HATTO YOQUBNING TAN-LANGAN BOLALARINING BAG'RI TOSHLIGIDAN KEYIN HAM TEBRANMAS (Rimliklarga 9:1-11:36)
3. Xudo hatto Isroil xalqining ko'pi Unga qarshi bo'lgan bo'lsa ham solihligicha qoladi (Rimliklarga 9:6-29)

c) Kulolning masali va uning idishi Yahudiylarga va Masihiylarga tegishli (Rimliklarga 9:19-29)


RIMLIKLARGA 9:19-29
19 Endi mendan so'raysan: “Xo'sh, nima uchun Xudo birovni ayiblaydi? Zotan Uning irodasiga qarshi chiqa oladigan yo'qku!” - 20 Ey inson, sen kimsanki, Xudoga so'z qaytarasan? Haykal haykaltaroshga: “Meni nima uchun bunday yasading?” - deydimi? 21 Kulol xuddi o'sha gil qorishmasidan bir idishni e'tiborli, boshqa idishni e'tiborsiz ish uchun yasashga haqqi yo'qmi? 22 Agar Xudo g'azabu qudratini zohir etmoqchi bo'lib O'z g'azabiga yo'liqtirib halok qiladigan odamlarga ko'p sabr bilan chidagan bo'lsa nima bo'pdi? 23 Agar Xudo azaldan marhamatiga sazavor bilgan va ulug'lash uchun belgilagan odamlarga O'zining cheksiz ulug'vorligini zohir etmoq maqsadida bunday qilgan bo'lsa, nima bo'pdi? 24 Nafaqat yahudiylar orasidan, balki boshqa barcha xalqlar orasidan ham Xudo da'vat etgan bu kishilar-mana bizlarmiz. 25 Xo'sheya payg'ambarning kitobida aytilganidek: “Men xalqim bo'lmaganni – Mening xalqim, sevgilim bo'lmaganni – sevgilim deyman. Siz Mening xalqim emassiz, - deyilgan yerda ular barhayot Xudoning o'g'illari deyiladi”. 27 Isha'yo payg'ambar esa Isroil haqida shunday nido etyapdi: “Isroil o'g'illarining son-sanog'i, dengiz qumi qadar bo'lsa ham or-tib qolgan qismiyoq najod topur. 28 Rabbimiz O'z ishini yer yuzida tez va butkul bajarib chiqur”. 29 Isha'yo payg'ambar yana karomat qilib aytganki: “Agar Xudovand – Sarvari koi-not bizga zuriyot qoldirmaganida edi, biz Sado'm shahriga o'xshab, G'amo'ra singari bo'lib qolar edik”.

Insonning xohishi, mag'rurligi va uning odil tuyg'usi Xudoning tanloviga, irodasiga va harakatlariga qarshi g'alayon qiladi. Itoatsiz kishi filga shunday deydigan chumoliga o'xshaydi: “Nima uchun meni bosasan?” (Ishayo 45:9).

Insonda Xudoni so'roqlashga yoki Undan g'azablanishga haq-huquq yo'q, chunki insonning ufqi va uning meros qilib olgan insoniy qobilyati juda chegaralangan va Xudoning chegaralanmagan donoligiga, muqaddasligiga va sevgisiga qaraganda yetarli emas.

Odamlarning va xalqlarning yuraklari qotib qolgan asrda Xudoga to'liq ishonchini beradigan kishi dunyoning Rabbiysiga ko'r itoatkorlik bo'lishiga va minnatdorchilik bilan Unga bosh egishiga to'g'ri keladi. Faqat biz bu yo'l bilan hech kim to'xtatmasdan va uni so'roqlamasdan o'txonalarida olti million Yahudiylarni o'ldirishga ruhsat etilgan Gitlerga o'xshagan inson dalilini qabul qilolamiz. Biz xuddi shu yo'l bilan nima uchun Stalin birorta kishi buni payqamasdan uning xalqaro rejalarining bajarilishi mobaynida 20 million dehqonlarni o'ldirishga ruhsat etilganini tushuna olamiz.

Pavlus bizga Xudoning hukmini tushuntirish uchun solishtiruvni beradi: kulol bir hil loyning zuvalasidan ishonarli va e'tiborli foydalanish uchun loyiq bo'ladigan bir idish asashi mumkin va xuddi shundan rad etib uzoqlashish uchun boshqa noloyiq birini yasashi mumkin (Yeremiya 18:4-6).

Havoriy bu masalga chuqur kirdi va Xudo uzoq vaqtdan beri sabr qilib kelayotgan va oxir oqibat ularni harobalikka tashlagan Xudoning g'azabining idishlari haqida gapirdi. Pavlus Xudo qadimdan mehribonchiligining idishlarini rejalashtirganini va ularni ulug'vorlik kelishi uchun tayyorlaganini ham aytdi. Demak, Uning mehrining idishlari ularning yaratguvchilarining ulug'vorligidan kelib chiqib, ularga qaytib boradi.

Pavlus o'zining hayot tajribasidan o'tgan tushunchasidan, mehr haqida hech qanday falsafani rivojlantirmaydi, balki u Xudoning g'azabi ostida haydalanadiganlar va Uning mehrida ulug'lanadiganlar o'rtasidagi ajralish faqat G'ayriyahudiylarga bog'liq emas, balki tanlangan Yahudiylarga ham bog'liqdir. Pavlus buni aniqlab berish uchun Hoseya (2:23) ga ko'ra Xudoning vahiysini eslatib o'tadi, bunda Xudo xalqi bo'lmaganlarni O'zining xalqi qilishi to'g'risida eslatib o'tadi. Havoriy Butrus ham G'ayriyahudiylarning imonlilariga o'zining birinchi maktubida tasdiqlab o'tgan: “Ammo sizlar – tanlangan bir avlod, Shahonshoh ruhoniylari, muqaddas xalq, Xudoning aziz qavmisizlar. Xudo sizlarni qorong'ulikdan O'zining ajoyib nuriga da'vat etgan, sizlar Uning fazl-kamolotidan xabar berish uchun tanlangansizlar. Bir vaqtlar halq emas edingizlar, endi esa Xudoning xalqisizlar. Bir vatlar marhamat topmagan edingizlar, endi esa Xudoning marhamatiga noil bo'ldingizlar (1 Butrus 2:9-10).

Pavlusga ko'ra bu maqsad ilohiy maqsaddir; Xudo tanlanmaganlarni tanlaydi va chaqirilmaganlarni Uning bolalari bo'lish uchun ularni chaqiradi (Rimliklarga 9:26; 1 Yuhanno 3:1-3). Shu payitda havoriy Ishaya payg'ambar Xudo itoatsiz tanlangan xalqni buyuk qayg'uga boshlashini va agar ular o'jarliklarida davom etsalar Xudo ularni yo'q bo'lishlariga ruhsat berishini va hatto U ular dengiz qumidek ko'payishini ham allaqachon aytganini tushunganligini ochib beradi.

Tirik Xudo O'zining o'jar xalqi uchun qayg'uradi. Ularning ham-masi ham nobud bo'lmaydi, balki Xudoning ruhiy va'dalari seziladiganlarda kichik muqaddas qoldiqlar aniqlaniladi (Ishaya 11:5); holbuki chaqirilganlarning ko'plari nobud bo'lgan Sadom va G'amo'rahga o'xshagan bo'ladi (Ishaya 1:9).

Pavlus sevgisida Rimdagi Yahudiylarni Xudoda tanlanmagan G'ayriyahudiylarni saqlash va ularni to'liq poklashga huquq borligini, va Yahudiylar yo'q bo'lib ketgunicha ularning ishonchini qotirib qo'yishini ularga o'rgatishni istadi. Bu tajriba shunchaki mantiqdek kelmadi balki o'zlarining solihliklaridan mag'rurlangan Yahudiylar haqida havoriyning yuragida sezildi. Pavlus ularga najodni beradigan Iso va'da qilingan Masih ekanini tan olishlari uchun ularni tavba qilishga boshlashni qidirdi. Lekin Yahudiylarning ko'plari hatto bugun ham Isoni rad etishadi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, Sen biz bilan harakat qilgan sabr-toqatning buyuk tushunchasini tushunmagan bo'lsak, bizning yuzakiyligimizni kechirgin. Sen bizlarni uzoq vaqtdan beri sevasan va bizni jazolab yoki yo'q qilib yubor-mading. Biz Sening Muqaddas Ruhingning boshqaruviga hursand bo'lib itoat qilishimiz uchun va biz sevginga minnatdorchilik bilan javob qaytarishimiz uchun bizni to'liq muqaddaslagin.

SAVOLLAR:
61. Xudoning g'azabining idishlari kimlar va ularning itoatsizligi uchun sabab nima?
62. Xudoning mehrining idishlarining maqsadi nima va ularning boshlash nuqtasi qaysi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 19, 2012, at 03:48 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)