Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 043 (In Christ, Man is Delivered)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
D - XUDONING KUCHI BIZNI GUNOHNING KUCHIDAN QUTQARADI (Rimliklarga 6:1 - 8:27)

6. Inson Masihda gunohdan, o'limdan va hukmdan ozod bo'ladi (Rimliklarga 8:1-11)


RIMLIKLARGA 8:9-11
9 Xudo Ruhi sizning ichingizda yashayotgani uchun, sizlar endi tabiatingiz amri bilan emas, balki Ruh amri bilan ya-shayapsizlar. Kimki Masihning Ruhiga ega bo'lmasa, u Ma-sihniki emasdir. 10 Agar Masih ichingizda ekan, badan gu-noh uchun o'limga mahkum bo'lsa-da, ruh oqlanganingiz uchun hayotdir. 11 Chunki Iso Masihni tiriltirgan Xudoning Ruhi sizning vujudingizda yashayapdi. Agar Xudo O'z Ruhi qudratida Masihni tiriltirgan bo'lsa, u ichingizdagi o'sha Ruh orqali sizning foniy badanlaringizni ham tiriltirajak.

Pavlus Rimda va har bir yerda imonlilarga Xudo Ruhi ularning dangasa tanalarini va yovuz o'zliklarini yengib chiqqaniga dalolat keltirdi chunki ularning hayotlari Muqaddas Ruhning kuchiga va maqsadlariga qo'yilgan edi. Shuning uchun, Xudo ularni yaratdi, ularni qayta tug'ilib o'sishlari uchun yaratdi, ularni saqladi, yupatdi, tasdiqladi, ularni Xudoning sevgisi bilan to'ldirdi, ularni bir necha xizmatlarga boshladi va bu xizmatlarni qilish uchun ularga kuch berdi. Har bir imonli Muqaddas Ruh unda yashashi uchun hursand edi. Biroq, yuragida Muqaddas Ruh yashamaydigan kishi Masihiy emas, hatto u kishi Masihiydan tug'ilgan bo'lsa ham, chunki bu ism shuni anglatadi “u Xudoning Ruhi bilan moylangan”. Masihning O'zi Otasining Ruhining to'liqligi bilan moylangani kabi, imonli ham xuddi shundaydir. Na ism, na tug'ilish, na suvga cho'mishning ko'rinishi va na jamoatning to'lovi sizni Masihiy qila oladi. Bu faqat sizda yashaydigan Rabbiyning kuchi bilan bo'ladi, shunda siz Masihga tegishli bo'lib, Uning ma'badida tirik tosh bo'lib, Undagi faol a'zo bo'lasiz. Hayotning bu in'omini olmagan kishi, Xudoning sevgisidan bebahraligicha qoladi va unda Masih bilan bajarishga hech narsa bo'lmaydi.

U kishi Undan ajiralib qoladi. Faqat Muqaddas Ruhdan tug'ilgan kishi Masihga yaqin bo'ladi va Uning hududida yashab, Unga tegishli bo'ladi. Shuning uchun, iliq bo'lmanglar lekin Masihga to'liq ishonmagan kishida abadiy ulush bo'lmasligiga ogoh bo'ling. Masih sizni to'liq xohlaydi va U sizda O'zining to'liqligida yashaydi. Shunday bo'lmasa, siz Undan ajiraysiz, chunki ikkilanadigan imon imon emas.

Aziz birodar, Rabbiyga sajda qiling, chunki agar siz Uning sevgisining moylanishiga ega bo'lsangiz, U sizda yashaydi. Ruhda yashaydigan hamma bu mo'jizaga dalolat beradi, chunki U ularning miyyalaridagi huzurini ularga tasdiqlaydi.

Siz tanangizda Masih ham va gunoh ham birga yashaydi deb o'ylamang. Siz bir payitda kimdirdan nafratlanib va Masihni sevolmaysiz. Siz nopoklikka bo'ysunolmaysiz va Muqaddas Ruhning to'liqligiga da'vo qilolmaysiz, chunki bu Ruh rashkchidir va U gunohingizni shavqatsizlarcha buzib tashlaydi. Agar siz Yaratguvchingiz Masihga ifloslangan o'zligingizni topshirib, hamma gunohlaringizni tan olmasangiz, ko'z yoshlar bilan ulardan tavba qilmasangiz, jirkanish bilna ulardan nafratlanmasangiz va takabburligingizni yo'q qilmasangiz, vijdoningiz orom topmaydi. Xudoning Ruhi gunohlaringizga qarshi kurashadi va sizni to'liq poklaydi, chunki Iso sizni nopoklikka emas, balki muqaddaslikka chaqirdi.

Agar siz Masihga va Uning va'dasiga ishonsangiz, Uning qoni sizni barcha gunohlardan tozalaydi. Sizning badaningiz gunohingiz uchun o'lishini va lekin sizga osmondan berilgan Ruh abadiy yashashini eslab qoling. Shunday qilib, bizda solishtirib bo'lmas umid bor, chunki Rabbimizning kelishida kutiladigan ulug'vorlikning garovi etib, biz o'zimizda Xudoning hayotini olib yuribmiz.

Qabirdan tirilgan Masihda ishlagan bir hil kuch har bir tirik imonlida bor va oqib chiqyapdi. Xudo Masihining ikkinchi kelishida hayotining chashmasini bizda oqtiradi. Biz inoyat orqali ulug'lanib va yashayotganimizda, ishonmaydigan odamlardagi o'lik qalblar yuzaga keladi, chunki Xudoning Ruhi bizda ishlaydi va ulug'vorlikda, hursandchilikda va kuchda ko'rinadi, chunki U Xudoning O'zidir.

IBODAT: Ey barhayot Rabbiy, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen biz Sening bolalaringdek abadiy yashashimiz uchun, va Masihning o'limi orqali oqlanishimiz uchun Muqaddas Ruhingni bizga berding. O'lim bizni kishanlay ololmasligi uchun Senga rahmat chunki biz qo'llaringda himoyalanamiz va O'g'ling jahldor insonlarning orasida yashagani kabi, biz ham yashashimiz uchun bizda Sening ulug'vorlik kafoloti yashaydi. Omin.

SAVOL 47: Masihga ishonganlarga Muqaddas Ruh nima beradi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 20, 2011, at 06:38 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)