Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 012 (The Wrath of God against the Nations)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
A - BUTUN DUNYO YOVUZ SHAYTONNING ZULMI OSTIDA-DIR VA XUDO SOLIHLIKDA HAMMANI HUKM QILADI (Rimliklarga 1:18 - 3:20)

1. Xalqlarga qarshi bo'lgan Xudoning g'azabi oshkor qilinadi (Rimliklarga 1:18-32)


Rimliklarga 1:24-25
24 Shuning uchun Xudo ularni o'z yuraklaridagi chirkin ehtiroslari og'ushida qoldirdi. Ular bir-birining badanlarida behayolik qilib, tubanlashib ketdilar. 25 Xudoning haqiqatini yolg'on bilan almashtirib, Holiq o'rniga mahluqqa sig'inib topindilar. Holiqi olamga esa abadiy shon-sharaflar bo'lsin! Omin.

24 oyat bizga Xudoning g'azabining vahiysining birinchi darajasini ko'rsatadi. Muqaddas Hukmdor Uni biladigan lekin Uni ulug'lamaydigan barchani ular yuraklarining hirslariga qulashlari uchun qoldiradi.

Ular itoatsizliklari tufayli ruhiy ko'r bo'ladilar. Ular endi olamning markazidek Xudoni ko'rmaydilar balki ular atroflarida markaz bo'lishni boshlaydilar; chunki Xudoni sevmaydigan hammada o'zlik boshlanadi. Shuningdek, hayotlarining yo'nalishi o'zgarib, hayotlarining oxiri Xudoning o'rniga o'zlik ruhi orqali boshqariladi. Ular Xudo tomon javobgarlikdan voz kechib va Uning borligidan bosh tortib faqat shahvoniy va jinsiy hursandchilik uchun yashaydilar.

Qayerda insonning irodasi uning hirsiga qul bo'lsa, gunoh faqat fikrda emas, balki amalda ham namoyon bo'ladi, chunki barcha gunoh ifloslangandan keyin tanaga beriladi. Sizning vijdoningiz nopoklikning barcha turlariga qarshi g'alayon qiladi, chunki gunoh qilish orqali o'zingizda Xudoning suratini buzasiz. Sizning tanangiz uyatga va nafratga Xudoning suratida yaratilgan tanangizning olib kelish orqali Muqaddas Ruhning ma'badi bo'lish uchun yaratiladi.

Nopoklikka qadamlar bor. Inson qachon Xudodan qaytsa, oddiylikdan noodiylikka qulaydi va qonunsizlikni qonundek hisoblaydi, chunki Xudoning haqiqatini egish vijdonsiz gunohga kirishdir. Buzuq kishi boshqalarni buzadigan va o'zining hirslariga qul bo'ladigan beg'am kishidir. Xudoning Ruhisiz hayotdan keladigan la'natning, qalb va tananing buzilishining va vasvasaning dengizi qanchalar chuqur! Gunoh boshida shirin va yoqimli bo'lib ko'rinadi, lekin biz uni amalda qilganimizda bu uchun jirkanchlikni sezib, o'zimizdan uyalamiz. Shu yo'lda ko'plar takkaburliklari Qiyomatda ochilganda uyatdan qizarishadi.

Gunohning mohiyati buzuqlik emas, balki nato'g'ri sajdadir. Xudodan qaytish insonning ichki holatini buzadi, chunki u Rabbiysidan qaytgan zahoti yo'nalishsiz yashaydi. Xudoni tanimagan kishi o'zi uchun butlar yasashiga majbur bo'ladi, chunki u yo'nalishsiz yashay olmaydi. Biroq, odamlarning barcha butlari yolg'on, halokatli va inson ijodidir. Inson faqat hayot va abadiylik o'rtasini ajratishi mumkin! Shunda u pulga, ruhlarga, kitoblarga va odamlarga qul bo'lmaydi.

Bizning minnatdorchiligimizga va chuqur hurmatimizga loyiq bo'lgan Xudo bor. U Qudratlidir; Jabbor va Dono bo'lgan Usiz hech narsa sodir bo'lmaydi; mavjudotlarga rahimdildir U. keling Uning maqtovi og'zimizda har doim bo'lsin, chunki U ulug' va barkamoldir va Unda yovuzlik yo'q. Uning sevgisi har tong yangidir. Uning sodiqligi buyukdir. U hech qachon o'lmaydi va o'zgarmaydi, lekin U yengilmas sabr-toqati bilan bizlarni ushlab turadi. Agar barcha kishilar Yaratguvchilariga qaytishsa, hayotlari uchun poydevorni, baholari uchun darajani va umidlari uchun maqsadni topar edilar!

Pavlus najodkor “Omin” degan so'z bilan abadiy ulug'lanishini o'zining ma'ruzasi ibodat va shahodatdek bayonini muhrladi. “Omin” so'zi “Sunday bo'lsin” degan ma'noni anglatadi. Haqiqatdan ham Xudo tengsizdir. Rabbiyning ilohiyligi bizning hayotimiz va fikrlarimiz sog'lom va mustaxkam bo'lishi uchun bizning fikrlarimizning, rejalarimizning va ishlarimizning asosiy maqsadi bo'lsin. Xudosiz dunyo yetilmagan do'zaxdir, chunki yuraklarining hirslariga berilganlar o'zlarining uyatlari va nopokliklari bilan o'zlarini buzadilar.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen barhayot, pok va odilsan. Sen bizlarni eng yaxshi shaklda yaratding va mehribonchiliging bilan bizlarni saqlaysan. Biz Seni sevamiz, va biz Sen uchun yashab, Seni ulug'lab va har doim Senga shukronalar aytishimiz uchun yuraklarimizni O'zingi yaqinlashtirishingni so'raymiz. Biz Sendan qaytganimiz uchun bizni kechir va bizni nopokliklarimizdan tozala. Dunyoda boshqa narsalarni emas balki SENI sevishimiz uchun bizni butlarimizdan qutqargin. Omin.

SAVOL 16: Xudoga o'rinsiz sajda qilishning natijasi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:05 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)