Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Acts - 120 (The shipwreck on Malta)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
F - KESARIYADAN RIMGA SUZISH (Havoriylar 27:1 - 28:31)

2. Dengizdagi bo'ron va Malta orolidagi kema halokati (Havoriylar 27:14-44)


HAVORIYLAR 27:14-26
14 lekin ko'p o'tmay, orol tomonidan “bodi – shimol” degan bir shiddatli bo'ron bostirib keldi. 15 To'fon kemani shunday iskanjaga oldiki, u shamolga qarshi bardosh berolmadi. To'lqinlarga taslim bo'lib, suzib borardik. 16 Klavda degan kichik bir orol yonidan o'tayotganimizda kemaning qayiqchasini zo'rg'a ushlab qoldik. 17 Qayiqchani ko'tarib olishgandan keyin, kemani arqonlar bilan o'rab bog'ladilar. Sayoz joylarga botib qolishdan qo'rqib, yelkanni tushurdilar va suzuvchi langar tashlab, shamolga taslim bo'ldilar. 18 To'fon kuchayaverganidan, ertasi kuni kemadan yukni ota boshladi. 19 Uchinchi kuni esa o'z qo'limiz bilan kema jihozlarini suvga tashlab yubordik. 20 Ancha kun quyosh ham, yulduzlar ham ko'rinmay qoldi. To'fon shiddatli tus olgan sari, qutilib qolishimizga bo'lgan har qanday umidni yo'qotgan edi. 21 Kemadagilar ko'pdan beri ovqat yemaganlari sababli ularning o'rtasida turib: “Erlar! - dedi. - Menga quloq solib Kritdan ketmaganingizda edi, bu zararu zahmatlarga duchor bo'lmasdinglar. 22 Endi esa sizlardan o'tinib so'rayman: dadil bo'linglar. Chunki sizlardan hech bir jon halok bo'lmaydi, faqat kema nobud bo'ladi. 23 Mana, men Unga mansub bo'lgan va Unga xizmat qilib yurgan Xudoning farishtasi bu kecha menga zohir bo'ldi. 24 U: “Qo'rqma, Pavlus! - dedi. - Sen Qaysarning oldida turishing kerak. Kema yo'lovchilariga kelganda, ularning hammasini Xudo senga bag'ishladi”, - dedi. 25 Shuning uchun, erlar, dadil bo'linglar! Chunki Xudo xuddi menga aytganidek qilishiga qattiq ishonaman. 26 har holda bironta orolga tushushimiz kerak”.

Bo'ron Kret oroli bo'ylab jarangladi. U dengizni g'azablantirdi, va yaqin bo'lgan portdan kemani surib yubordi. Dengizchilar portga yetib borish uchun juda harakat qildilar, lekin ular yetib borolmadilar, chunki bo'ronning kuchi baland dengizga katta kemani o'zining ikki yuz yetmish oltita yo'lovchilari bilan surib yubordi. Ular kema suv bilan to'lib cho'kmasligi uchun kemadan keyin kichkina qayiqni ko'tarishdi. Kema kuchsizlanib tushib borayotganda, ular Klavda deb atalgan kichik orolning ostiga yugurdilar.

Ular zo'ravon dengizdan ularni buzayotgan ulkan to'lqinlar tufayli uni bog'lay olmadilar. O'sha vaqtdagi kemachilikning san'ati bugun yetib kelgan saviyalardan qisqa edi. Ular taxtalarni birga ushlash uchun shunday temir va kuchli vintlardek zamonaviy asbob-uskunalarni olmasdan, bo'ronda sinib, ajrab ketishdan taxtalarni saqlash uchun kema atrofiga kabillarni o'tkazishdi. Bundan keyin dengizchilar to'lqin yuziga chiqishlari uchun kema to'grisida og'ir toshlar bilan yuklarni tashlashdan charchadilar.

Keyingi kuni, cho'kishdan qo'rqib, ular kema to'lqinlarni yaxshiroq haydashga yordam berishi uchun, kemaning yukini yengillatishi uchun dengizga bug'doy yukining bir qismini otishdi. Uchinchi kuni zo'ravon bo'ron davom etganda, ular kemaning jihozlarini otishdi. Ular kema xodasini kesib, yelkanlari bilan uni va hamma og'ir asboblarni dengizga uloqtirdilar. Lekin bo'ron avjiga chiqardi va dengiz baland ovozda hayqirar edi. Yo'lovchilarning ko'pi qayd qilib, boshlari gangidi. Ular ko'p kunlardan beri na quyoshni, na oyni ko'rishdi. Ko'plar Xudo ularga javob berishi uchun ibodat qilib ro'za tutdilar. Ko'p kunlar va tunlar o'tdi va minutlar soatlardek ko'rindi. Noumidlik o'sib bordi va yomon kayfiyat zafar qozondi. Oshpaz ovqat olib kelmadi va barcha dengizchilar, mahbuslar va askarlar kuchsizlanib charchadilar.

Keyin Pavlus turib ularni ruhlantirdi. Tabiatning unsurlarining zo'ravon portlashidan qat'iy nazar, Pavlus ularni so'kinishlaridan tiyolmadi. Pavlus bu ofat ular unga quloq solmaganlari uchun yoki uning to'g'ri tajribasiga ishonishmagani uchun ustilariga kelganini qaytadan aytdi. Hamma imonsizlar ziyonni keltirib chiqaradi va ko'plar uchun ofat sabab bo'la oladi. Biroq Pavlus boshqalar yig'layotganda ibodat qilar edi. Uning hamrohlari yuraklari hali ham qotganlar uchun ibodat qilishga u bilan birga yig'ildilar.

Ularning sevgilarining birligi do'zah portlashi orqali qarshilik qilinyotgan edi. Lekin Masih ularning ibodatlariga javob berdi va u Rim Qaysariga xushxabarni gapirgandan keyin o'lmaganini unga isbotlagan Masih, avjiga chiqayotgan bo'ronning o'rtasida Pavlusga bir farishta jo'natdi. Ha, kema egasining va boshlig'ining o'jarligi tufayli cho'kayotgan edi. Lekin har bir tirik narsa Pavlus va uning hamrohlarining ibodatlari uchun saqlanib qoldi. Hozirgi payitda bu voqea bizga buyuk misol emasmi? Endilikda Xudoning g'azabi Shaytonning kuchiga va uning buzilgan ruhlariga butun dunyoni bergan. Lekin ibodatning kuchi insonlarni tirik saqlaydi. Xudo imonlilarning ibodatlari tufayli va xizmat qilish jamoatining umidi uchun har bir kishini qutqaradi.

Pavlus dengizchilarga va yolovchilarga va'z yoki teologika darsini bermadi, chunki kema tebranyotgan edi va ular qo'rquv bilan to'ldilar. Pavlus o'zining mustahkam imoniga to'lqinlarni shipirib yuborgan shamol ustidan baqiryotgan ovozdek turib dalolat keltirdi. Havoriy Xudoga ishondi va unga farishta aytganidek hamma narsani aniq bajardi. Shunda u orolga yaqinlashishlarini va qumda ularning aniq kema halokatlariga yetib borishlarini kutdi. Kemaning zarari aniq edi. Lekin vayronalikning o'rtasida aniqlik uchun najot bor edi. Bu bizning mamlakatlarimizning kelajagiga Xudoning javobi emasmi? Siz, sizning barcha aka-ukalaringiz va singillaringiz saqlanib qolishingiz uchun ibodat qiling, chunki biz hammamiz bitta kemadamiz va iblis yuraklarida Xushxabarni olib yuradiganlarni yo'q qilishni istaydi. Shunday qilib vasvasaga duchor bo'lmasligingiz uchun hushyor bo'lib ibodat qiling.

IBODAT: Rabbimiz Iso Sendan minnatdormiz, chunki Sen umidsizlikning o'rtasida unga dalda bergan bir farishtani Pavlusga jo'natding. Sening isming uchun zindonband etiladiganlarga va quvg'in qilinadiganlarga sevgi yupatuvchingni jo'nat va madanyatimizga keladigan bo'ronda xalqimizning barcha odamlari bilan birga bizni saqla. Omin.

SAVOL 120: Xudo nima uchun kemadagi hamma kishilarni ishonchsizliklaridan qat'iy nazar saqlashga tayyorladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)