Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba
YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi 4 Qism - Nur zulmatni yengadi (Yuhanno 18:1 – 21:25)
B - Masihning tirilishi va paydo bo'lishi (Yuhanno 20:1 - 21:25)
5. Isoning ko'l bo'yida zohir bo'lishi (Yuhanno 21:1-25)
d) Yuhannoning shahodati va uning Xushxabari (Yuhanno 21:24-25)YUHANNO 21:24 Shu yarda biz to'rtta muhim haqiqatlarni ochib beramiz: Bu Xushxabarchining Xushxabari chop etilganda, u hayot edi, va Yunon jamoatlarining orasida yaxshi tanilgan edi. U Yahyo cho'mdiruvchi yashagan payitdan boshlab Masihning osmonga ko'tarilganigacha Isoning shogirdi bo'lib qolgan. Yuhanno Iso Masihning tirik guvohi edi. U Isoning so'zlarini eshitgan va u bu so'zlarni va mo'jizalarni ham yozib olgan. Bu yozilgan Xushxabar jamoatlarning a'zosi emas, balki Yuhannoning o'zi sevimli shogird edi. Balki Yuhanno Yunon tilida ravon edi, shunda u tilshunoslik bilan marhamatlangan shogirdlarining biriga o'zining yuqori fikrlarini bag'ishladi. Bu ma'nolar aniq va haqiqatlar o'zgartirilmagandir. Xushxabarni tarqatganlar bir ovozdan Yuhannoning shahodati to'la haqiqat deb tan olishdi. Bu tan olish ekilgan edi, holbuki Yuhannoning Xushxabari boshqa uchta Xushxabarlardan aslan ajralib turgan. Biz sevimli shogirddan bo'lgan yagona Xushxabar bizning hazinalarimizning biri ekanligidan hursandmiz. Bu Xushxabarni chop etgan odamlar bir og'izdan Masihni qabul qilib, hayotlarida Masihning haqiqatini ifodalashdi va ularda Xuning ismiga ishonib, Uning bolalari bo'lish uchun vakolat bor edi. Muqaddas Ruh ularga tushib, ularda yashadi va yovuz ruhlarni farqiga borish uchun ularga ruhsat berdi. Ular haqiqatni yolg'ondan ajiratib farqiga bordilar va hamma haqiqatga ularni boshlash uchun Yupatuvchining Ruhiga ega bo'ldilar. YUHANNO 21:25 Ba'zi odamlar to'rtta Xushxabarning borligini yiqilish to'sig'i deb biladilar. Agar biz Pavlusning maktublarini bu Xushxabarga qo'shsak (u buni ifodalaganidek), keyin bizda xuddi asl Masihiyning hayoti o'zidagi Xushxabar ekanligiga o'xshab beshta Xushxabar bo'ladi. Yuhannoning Xushxabarining yozuvchisi Isoning qilgan ishlarini va aytgan so'zlari haqida ko'p marta shogirdlardan eshitganligini tan oladi, u hammasini jamlashga qobilyatsiz edi. Xudoning barkamolligi unda yashaydi. Hatto bugun u o'zining Jamoatida yashaydi va u qadamlarida yurgan Jamoatiga yo'l ko'rsatadi. Agar biz Isoning o'limidan hozirgi kunimizgacha Isoning hamma ishlarini yozishga harakat qilganimizda, bu maqsad uchun hamma kitob va ishlar yetarli bo'lmas edi. Masihiylarga insonzodning tarihidagi ishlarda Masihning sevgisining kengligi, chuqurligi, balandligi va teranligini tushunish uchun abadiylik kerak bo'ladi. Bizning barhayot Rabbimiz Yangi Ahdda yozilganidek O'zining so'zi orqali ishlaydi. Biz o'zimizni bahtli deb hisoblaymiz, chunki biz Uning ovozini eshitamiz, Uning fikrlarini tushunamiz va Uning chaqirig'iga ergashamiz. Yuhanno, "Biz haqiqat va inoyatga to'la bo'lgan Xudoning yagona O'g'lining ulug'vorligini ko'rdi. Inoyat ustiga inoy bo'lgan Uning kamolotiga biz hammamiz ega bo'ldik" deb hamma tan olgan Iso Masihning sevgisini tasvirlab beradi. IBODAT: Rabbimiz Iso Masih, biz O'zingning hizmatkoring Yuhannoni sevging Xushxabarini yozish uchun ruhlantirganingdan minnatdirmiz. Sen bizlarga so'zlaring orqali gapirasan. Biz Sening mehribonchiliginga, aytgan gaplaringa, harakatlaringa, hayotinga, o'liming va tirilishing uchun minnatdorchiligimizni izhor qilamiz. Sen bizlarga Otani ochib berding va gunohlarimizni kechirding. Sen O'zingni Ruhing orqali bizga yangi hayot berding. SAVOL:
7-SAVOL-JAVOBAziz kitobhon, bizga 24 savoldan 20 to'g'ri javob jo'nating. Agar siz bu kitoblarning oldingi oltitasining so'ralgan savollariga javob bergan bo'lsangiz, biz sizga Yuhanno Xushxabarini o'rganishdagi sizning tirishqoqligingizga dalolat berib yorliq jo'natamiz.
Ismingizni yozishni va savol javob sahifasidagi aniq manzilni yozishni unutmang, faqat konvertda emas. Quydagi manzilga jo'nating: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net P.S. Agar siz biz bilan Kalomni o'rganishda davom ettirishni xohlasangiz, biz Kalomning boshqa kitobida fikr yuritish bilan boshqa brashura kitobini sizga jo'natishga tayyormiz. |