Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 015 (The mystery of our salvation)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
3. Men yaxshi Choponman

Najotimizning siri


YUHANNO 10:29-30
Ularni Menga bergan Otam hammadan buyukdir. Otamning qo‘lidan ularni tortib olishga hech kimning kuchi yetmaydi. Men va Otam — birmiz.

Hamma do’zax Undan qaltiraydigan Qudratli Masih, Otasining oldida bo’ysunishda tiz cho’kib minnatdorchilik bildirib, izdoshlari uchun yaratmasdan, iltijo qilmasdan yoki hosil keltirmasdan, aksincha ularni Samoviy Otasidan sovg’a va majburiy bog’liqlik kabi qabul qilganini tan oldi. Iso faol Otasi Unga nima taqdirlasa uni qabul Qiluvchidir. Masihning ruhiy kuchli ibodatida (Yuhanno 17) Iso izdoshlarini yaratmaganligini yoki hatto O’zicha ularga egalik qilmaganini, aksincha U ularni Otasidan qabul qilganini o’n marta o’qiymiz.

Shunday qilib Xudo Iso Masihning Otasi ekanligi va U O’g’lida ko’rinadigan bo’lishi haqidagi Xudoning asosiy siri ochildi. Iso: ”Meni ko’rgan Otamni ko’rgan bo’ladi” (Yuhanno 14:9) – degan. Yaxshi Cho’ponning qiyofasi o’zining kamolini Xudoning Otalik sevgisida topadi. Iso “bizning Otamiz Xudo!” kimligini ko’rishimiz uchun fikrlash eshigimizni keng ochyabdi. Iso bunday ibodat qilishni amr etyabdi: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas noming ulug‘lansin. Sening Shohliging kelsin. Osmonda bo‘lgani kabi, Yerda ham Sening irodang bajo bo‘lsin.

Iso izdoshlarini Xudoning o’g’illari qilishni va ularga Xudoning nomi ochilishi imtiyozida qatnashishlariga ruxsat berishni xohlaydi. Ular Xudo kimligini imonlarining imtiyozi orqali bilib oldilar.

Hatto Iso kamtarlikda tiz cho’kib va o’zidan voz kechib, dedi: ”Ota hammadan buyukdir.” Hech kim va hech qanday farishta Yaratguvchi bo’lishni talab qila olmaydi. Hech qaysi boshliq abadiy yashamaydi yoki abadiy qudratli emasdir. Yolg’iz Xudovand qudratlidir. Iso Otasi Xudoga butunlay bo’ysunib va sharafni yolg’iz Xudoga abadiy berib faqat va haqiqiy ‘Musulmon’ bo’lgan.

Kim buyukroq: ‘Otami yoki O’g’il’ degan muhokamalar tez-tez bo’lib turadi. Bu savol dunyoviy, manfaatparast va shaytoniy bo’lib, Isoning bu masalaga munosabati boshqachadir. Iso O’zini buyuk qilmadi, aksincha har doim Otasini ulug’ladi va hatto kichik ko’rinish uchun uni O’ziga oldi. O’zini rad qilish Muqaddas Uch Birlikdagi asosiy elementdir. Faqat bo’ysunish, yaxshilik va sevgi va hech qachon mag’rurlanmaslik, o’zini sevish va hasad unda topiladi. Masih Xudoga o’xshashni xohlaydigan shaytonga o’xshab o’ylamaydi. “Mening xohishim emas, Seniki bo’lsin” – deb ibodat qilgan Iso har doim Otaga bo’ysunadigan O’g’il, Otasining Namunasidir (Vakilidir). U Otasining maqsadli inoyati omadli bo’lishiga qattiq ishongan. Iso Otasining nomi bilan oxirgi g’alabaga erishishiga aniq amin bo’lgan.

Uso himoyasiz inson bo’lib Otasining qo’lida xavfsiz bo’ldi. U buni dengizdagi bo’ronda, jiddiy kasalni shifolashda, jinlarni quvishda, dushmanlari bilan muhokamada va jiddiy quvg’inda boshidan kechirdi. Dushmanlari Uni o’ldirmoqchi bo’lganlarida U ular orasidan chiqib ketdi. U Otasining qutqaruvchi qo’li kuchli va qudratliligini o’rganib oldi. Shuning uchun Iso izdoshlarini: ”Hech kim sizlarni Otamning qo’lidan tortib ololmaydi” – deb kafolatlaydi. Qaysi ota farzandi undan ketishini va masxara bo’lishini xohlaydi? Agar oddiy odmlarda javobgarlik hissi bo’lsa, unda samoviy Otamiz qanchalik yana qayta tug’ilgan bolalarini O’zining butun qudrati bilan saqlaydi!

Aslida bizni o’lim vodiysidan olib o’tadigan ‘uchta’ ilohiy qo’llar bor: yaxshi Cho’ponning qo’li, Qudratli Otaning qo’li va ko’rinmas Muqaddas Ruhning qo’li. Xudoning Uch Birligi biz uchun himoyadir. Iso O’zining cho’ponlik so’zini oxirida buyuk loyiqlik bilan: ”Men va Otam birmiz” – deyishi bilan bu isbotni izdoshlarini yuragiga muhrlab qoyishni xohladi.

Iso: Biz yonma-yon turadigan ikkishimiz demadi. Ikkita yoki uchta Xudo yo’q. Yahudiylar va Musulmonlar Isoni va Uning izdoshlarini tushunmadilar. Haqiqiy Masihiylar O’zini Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhda ochib bergan yagona Xudoga ishonadilar. Kim o’zida abadiy hayotga ega bo’lmasa dunyoviy mantiqqa qarshi tuyuladigan bu dalilni tushunmaydi. Bu ilohiy borlikni aniqligini tasvirlab yuqori, ruhiy mantiqqa to’g’ri keladi. Biz shuning uchun ilohiy g’oyalar bilan tortishmaymiz, aksincha tirik Xudoning haqiqati haqida guvohlik beramiz. Iso Otasiga ibodatida: ”Biz birmiz” – deb tasdiqlayabdi. Bu so’z oddiy va aniq tarzda Muqaddas Uch Birlikni haqiqiyligiga guvohlik beradi.

Bu to’gri, haqiqiy guvohlik bilan Iso U aytadigan hamma narsani ochib beradi va Otasidan keladiganlarni bajo keltiradi. Iso izdoshlarini tanlamagan, aksincha ularni Unga Otasi bergan. Dunyoning yaratilishini va kelajagini Biladigan jamoat birligini O’zining nomining ulug’vorligi uchun O’g’li va Muqaddas Ruhi bilan amalga oshiradi.

Shu bilan bir paytda hamma narsa Otaga yana O’gilga va Merosxo’rga tegishli. Iso koinotni Otasi boyligidan O’zining mulki kabi qabul qildi. Iso Ota bilan ruhiy birdir va O’zining sevgi xohishini biror kimni Unga halaqit berishisiz amalga oshiradi. Isoning o’limi va qayta tirilishi Otasi bilan to’liq bitmni amalga oshirdi. Uning g’alabasi Otasini ulug’laydi. Hech kim Uning g’alabasiga va Xudo O’g’lining najotiga to'sqinlik qila olmaydi. U O’zining ajoyib ishini tugatadi. Kim Uning va Otaning qo’lida qolsa yaxshi Cho’ponga ergashib abadiylikka boradi. Unga ergashgan yolg’iz va tashlab ketilgan emas, aksincha yuraklari bilan Unga ishonadiganlar bilan munosabatda bo’ladi. Iso bizni Otasining uyiga olib boradi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:22 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)