Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 004 (Have you experienced God's guidance in your life?)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Hayotingizda Xudoning boshqaruvini boshdan kechirganmisiz?


ZABUR 22:3
3 U menga qayta kuch baxsh etadi. O‘zining nomi haqi–hurmati meni to‘g‘ri so‘qmoqlardan yetaklaydi.

Qo’ylar ularning cho’ponlari ular uchun qayg’urishini biladilar. U ularni yaxshi yaylovlarda, yaltiroq oqimlarga va sokin ko’llarga yetaklaydi. U ularga tuz beradi va ularni xavfdan himoya qiladi. U uchun ular ko’pdir. Ular unga ergashadilar va faqat unga ishonadilar. Ular uni biladilar va unga ergashadilar.

Suruvdan uzoqda yaxshi o’tni topishga ishongan qo’ylar qiziqdir. Ular suruvdan uzoqlashib xavfga duch keladilar. Cho’pon ularni ko’rib darhol chaqiradi. Agar ular cho’ponga quloq solmasa, cho’pon toshni olib bu hayvonga otadi. Bu og’riqlidir. Balki bu ahmoq qo’y katta sakrash bilan qaytadi yoki egasidan yanada uzoqroq ketadi. Keyin cho’pon itiga uni quvishni va hurishini, u uchun kurashishini va hatto kerak bo’lsa tishlashini aytadi. Xudo ham O’zining qo’ylarini asrash va saqlash uchun ularga sevgi jazosini beradi. Xudo ular Usiz yashay olmasliklarini va Uning boshqaruviga muxtoj ekanliklarini biladi. Shuning uchun Xudo ularni chaqiradi, kaltaklaydi va ular xavfga yurmasliglari uchun U itlarni ularni atroflarini o’rab olishlariga ruhsat beradi.

Tirik Xudo bugun qaysar izdoshlarni doimiy cho’ponlik sodiqliligi bilan chaqiradi. Aziz o’quvchi bugun biz sizni qaysi so’qmoqda ekanligingizni yoki balki adashib qolgandirsiz bilmaymiz. Lekin Cho’ponning chaqiruvi sizga yetib borsa siz qaytishni fikrlaysiz yoki o’zingizning yo’lingizni davom etasiz. Biz sizga darhol qaytishni jiddiy tavsiya qilamiz; u sizni jazolamasligi, urmasligi va oxir oqibat yana Unga qaytib kelguningizgacha tishlanishingizga yo’l qo’ymasligi uchun Cho’poningizga qayting. U sizning do’stingiz bo’lishni taklif qilishni xohlaganda nimaga yaxshi Cho’pondan uzoqda qolish kerak.

Kim quloqlarini yaxshi Cho’ponning ovoziga berkitsa va yuragini Uning sevgi jazosiga qattiq qilib olsa halok bo’ladi. Cho’pon qo’ylarni O’zi tarafida majburan ushlab turishni xohlamaydi, aksincha ularni yiqilishdan saqlab qolishni xohlaydi. U kech bo’lishidan oldin ularni qaytarishni xohlaydi.

Hamma qo’ylar qochib ketmaydilar. Ko’plari cho’ponlariga quloq soladilar. Ular ko’rinmas guvohlikni yuraklarida olib yuradilar. Ular: ”Xudovand O’z Nomi uchun meni to’g’ri yo’ldan boshlaydi” – deydilar.

Qanday dalda! Buyuk Xudo, yer va osmonni Yaratguvchisi bizni yetaklaydi. Har bir odam men Xudovand boshqaruviga o’zimni butunlay bag’ishlaganimdan keyin Xudo yana mening hayotimni hozir va abadiy javobgarligini oldi deyishi mumkin. U ba’zilarni boshqarib boshqalarni halok qilmaydi. U hamma qo’ylar uyga xavfsiz yetib kelishlari uchun befarq va shafqatsiz emas. Xudovand izdoshlari uchun azoblanadigan va ular uchun hamma narsani qurbon qiladigan g’amho’r Otadir!

U O’zining suruvidagi qo’ylarni saqlash, dalda berish, asrash uchun hamma imkonyatlarni qiladi. Xudo hamma odamlardan buyukdir, shuning uchun Uning boshqaruvi, donoligi va hokimyati ham buyukdir. Bu dunyoda ko’p: siyosiy yetakchilar, diniy yetakchilar va buyuk faylasuflar bor. Hech qaysi biri Xudoga teng emas va hamma odamlar faqatgina tuproqdirlar. Yolg’iz Xudo abadiy, muqaddas, adolatli, ulug’ va qudratlidir. Uning O’zi Sevgidir, shuning uchun agar biz hali qilmagan bo’lsak endi ishonch bilan hayotimizni Unga ishonishimiz kerak. Yaxshi Cho’pon har birimiz uchun eng yaxshi hayot yo’lini tanlaydi. U bizni qiyin holatdagi kelajakka jo’natmaydi. Biz hayotimizdagi muammolarni yolg’iz va yordamsiz hal qilolmaymiz. Agar biz hayotimizning har xil holatida Unga imon bilan ergashsak U bizning oldimizda yuradi. Qayerga bormaylik U bizdan oldin u yerda bo’ladi va hamma narsani tayyorlab qo’yadi. Agar biz Unga ergashsak hech qachon yolg’iz bo’lmaymiz. U biz bilan qoladi. Biz Undan orqada qolmasligimiz yoki yugurib ketmasligimiz, aksincha Uni ushlab yurishimiz kerak. Shunda bizga yaxshi bo’ladi.

To’gri yo’lda U bizni boshqaradi ko’p taqiqlar va bajarib bo’lmaydigan amrlarni o’z ichiga olgan shafqatsiz qonunga to’g’irlamaydi. Buning o’rniga, bu Uning sevgi yo’lidir. U bizning ichimizda Uning yaxshiligi shakllanishini xohlaydi. Uning tinchligi va Uning sokinligi, Uning xavfsizligi va Uning himoyasi hayotimizda aks etishi kerak. Iso: ”Mening shodligim qalbingizni to‘ldirsin, deb sizlarga bu so‘zlarni aytdim” – dedi (Yuhanno15:11). Quyidagi yaxshi Cho’ponda biz sabr, rahmdillik, yaxshilik, imon, kamtarlik va to’grilikni o’rganamiz. Yaxshi Cho’ponning Ruhi bizning hislatimizni o’zgartirishni xohlaydi. Uning mehri, inoyati va muqaddasligi bizning harakatlarimizni shakllantiradi. Xudo nafaqat amaliy natija hosilini va kunlik barakalarni ham beradi; Xudoning Ruhi bizni boshqarganidek gunoh va xavotirlar yo’l berishi ham natijaga ega bo’lishlikdir.

Nimaga yaxshi Cho’pon bularni hammasini qilyabdi? Chunki biz yaxshi bo’lganimiz, ko’p ibodat qilganimiz va Muqaddas Kitobni ko’p o’qiganimiz, yaxshi-o’zimizni tutganimiz uchunmi? Bular Uning eng yaxshi baraka hosillaridir, lekin Uning sodiqligining sababi emas. U biz solih bo’lganimiz uchun sevmaydi, aksincha U bizni nopok, xudbin, mag’rur va qaysar bo’lishimizga qaramay qabul qildi. Yaxshi Cho’pon faqatgina umidsiz sabablarni qabul qiladi. U tarbiyaviy ishini, boshchiligini va O’zining Nomi uchun bizda yangi yaratishini boshladi. Agar biz o’zimizning to’g’riligimiz bilan Uning boshqaruviga qarshi bo’lsak biz chuqurlikka yiqilamiz yoki sherlar tomonidan olib ketilamiz. Birgina Xudodan boshqa hech kim valine’mat emas (Luka 18:19)! Yolg’iz Uning nomi uchun U bizni to’g’rilikda boshlaydi. U yaxshi Cho’pon. Cho’pon sodiqdir va qo’ylari uchun O’zini bajonidil fido qiladi. Abadiy najot o’zining oqlanishini bizning solihligimizda topmaydi, aksincha Uning nomida, Uning Otasining xohishida va faqatgina Uning cheksiz zavqida topadi. U bizni yaxshi ishlarimiz uchun yoki bizning o’rtacha merosdan yaxshiroq merosimiz uchun qutqarmaydi. Sunnat hech qanday qadrga ega emas yoki mablag’iy qurbonlik emas. Faqat Uning sevgisi, loyiqligi, xohishi, bizni qabul qilish va qutqarish, asos tuzish va najot qarori muhimdir. U bizning Najotkorimiz, Yaratguvchi va imonimizning Hal qiluvchisidir (Ibroniylarga 12:2).

Biz Uning boshqaruvidan qochishimiz yoki mengsimasligimiz mumkin, lekin agar biz hayotimizni Unga bursak U bizni tashlab yoki qoldirib ketmaydi. U biz uchun keladi. U bizni qidiradi va topadi. U bizni ushlab olib abadiy yolga yetaklaydi. U biz va kelajagimiz uchun Kafildir.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)