Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 001 (The confession of the king)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
1. Xudovand Cho’ponim Mening

Shohning tan olishi


Kim yaylovdagi qo’y suruvini kuzatgan bo’lsa suruvdagi tinchlik va xavfsizlikni seza oladi. Suruvning o’rtasida cho’ponning o’zi bo’ladi. Cho’pon o’ziga qo’yni ko’paytirishi yoki ularni sotib olishi yoki ularni birov uchun qabul qilishi mumkin. Qo’ylar cho’ponga tegishli; cho’pon ular uchun u yerdadir. U har bir qo’y va qo’chqorni biladi. Cho’pon ular uchun qayg’uradi. Uning fikrlari va maqsadlari qo’ylarga qaratilgan. Qo’ylarning sog’ligi uning borligidir. Agar kerak bo’lsa u ular uchun kurashishga va hatto jabr chekishga va o’lishga tayyor. Yaxshi cho’pon qo’y uchun hayotini beradi.

Qo’ylar ularning cho’ponlariga tegishli ekanliklarini bilishadi. Ular cho’ponlari qayerga borsa ergashishadi. Ular cho’ponning ovozini biladilar va ularni adashtirmoqchi bo’lgan boshqa ovozlarga chalg’imaydilar. Cho’ponning sodiqligiga ular bo’ysunuvchanlik bilan javob beradilar. Suruv va cho’pon bir biriga tegishlidirlar.

Shoh va shoir payg’ambar Dovud, imon qo’shig’i: 'Xudovand Cho’ponim Mening!' ni taxminan 3000 yil oldin aytgan.

Dovudni o’zi yoshligida cho’pon bo’lgan. U otasing qo’ylarini Baytlahmning qirlarida boqqan. U qo’zichoqlarni yelkalarida ko’targan, yo’qolgan qo’ylarni qidirgan, sherlar bilan jang qilgan va kunu-tun qo’ylarini oldida uyg’oq bo’lgan. Bu unga keyinchalik shoh bo’lib bo’ysunmas va qaysar insonlarni boshqarishi va yetaklashi uchun yaxshi tayyorgarlik bo’lgan. Dovud: ‘Xudovand Cho’ponim Mening’ ni ma’nosini nimaligini boshqalardan ko’ra yaxshi bilgan. Bu buyuk shoh tirik Xudoning qudratli qo’li ostida kamtar bo’lib o’zini past oldi va o’zini Xudoning boshqaruvi va himoyasiga qo’ydi. Dovud Xudoni ‘Ega’ va ‘Cho’pon’ degan. Xudodan berilgan doimiy sodiqlik va tayyorgarlik Dovudga shubhasiz aniq dalil bo’ldi.

Uni Xudovand hamma dushmanlaridan asrab qochoq bo’lib, g’orlarda va cho’llarda yashashdan shoh tahtiga ko’targanidek, u yaxshi va yomon kunlarda Xudovand boshqaruvi tajribasiga egadir. Dovud Shoulga o’xshab mag’rur bo’lib ketmadi, aksincha yaxshi Cho’pon boshqaruvi ostida kamtar bo’lib qoldi. Uzoq quvg’in yillarida yeru osmonning Egasini O’ziday hech kim unga yaxshiroq qayg’ura olmasligiga amin bo’ldi. Xudoga u ishondi. Dovud Xudo bilan va Xudo uchun yashashni xohladi. Shoirning ulug’lash qo’shiqlari yaxshi Cho’ponga yo’naltirilgan. Dovud ba’zida o’zini yo’lidan ketgan, qaysar va yovuz bo’lgan, zino qilgan va odam o’ldirgan. U Egasi Xudoning qonunini buzgan. Lekin keyinroq chin dildan tavba qilgan. Uning haqiqiy ko’z yoshlari, so’zlari va tavba ibodati dunyo she’ri bo’lib qoldi (Zabur 31 va 50). Millionlab odamlar u bilan birga haligacha ibodat qilyapdilar:

Ey Xudo, menda toza yurak yaratgin,
Ichimda to‘g‘ri ruhni yangilagin.
Huzuringdan meni uloqtirib tashlama,
Muqaddas Ruhingni mendan olma.

Ko’p insonlar Dovuddek gunoh qiladilar. Lekin juda kam odamlar bu shohdek tavba qiladilar. Shunday hayot holatidan va tashvishlari tajribalaridan kelib chiqib Dovud o’zini anglagan holda va chin dildan o’zini mehribon Egasining hokimyati va boshqaruviga berdi. Dovud o’zi uchun boshqa yashashni xohlamadi. Shuning uchun u: (faqat) Xudovand Cho’ponim Mening – deb she’r yozdi. Men o’zimni boshqa yetaklashni xohlamayman. Men gunoh va aybdorlikdan boshqa xech narsani boshimdan kechirmadim! Men xudbinlik (o’zini o’ylash)da boshqa yashashni xohlamayman. Kuchli Najotkorga ergashuvchi sifatida men xavfdami yoki xavf bo’lmagandami hamma xavfdan qutqarilganligimni bilaman. Bu dunyoda va boshqa dunyolarda tirik Xudoning himoyasidan ko’ra buyukroq himoya yo’q.

Dovud er va osmon Yaratguvchisini o’zining ‘Egasi va Cho’poni’ deb atashga jasorat topdi. Bu tan olish Muqaddas Xudo uning ikkala zino va qotillik kabi hamma itoatsizliklarini mo’jizaviy tarzda kechirganligiga asoslangandir. Yana haqiqiy tavbaga ergashgan xudbin odam Xudoning muqaddasligi tomonidan ezilgan. Ulug’, abadiy Xudo biz shubhali insonlarni qabul qilishi yoki Muqaddas Xudo nopokni qabul qilishi, yaxshi Xudo yovuzlik qilivchini qiz yoki o’g’il qilib olishi, yaxshi Cho’pon O’zining zo’r suruviga buzuq qo’ylarni qabul qilishi aqlga sig’maydigan narsadir. Bu Dovud boshidan kechirgan zo’r tajribasidir. Faqatgina bo’ysinuvchi va yaxshi inson Xudoga kelish huquqiga ega bo’libgina qolmay, balki tavba qiladigan har bir yovuzlik qiluvchi va Xudo oldida o’zini mag’rurligini haqoratlaydigan va o’zini gunohlarini Uning oldida tan oluvchi har bir inson keloladi.

Bu inoyatdan Dovud Uning Egasi abadiy qabul qilganini va hech qachon uni tashlab ketmasligini qabul qildi. Dovud Xudoga yaxshi va yomon kunlarda ishondi. Dovud hatto quvg’inda va kasallikda uning Egasining ta’minida va boshqaruvida bo’ldi. Sodiqlik bilan ishonib Dovud: Men muxtojlik ko’rmasman aslo, chunki Xudovand men bilan. U men uchun qayg’uradi; Men yolg’iz emasman, Xudoning rejalari men uchun va U meni men uchun eng yaxshi yo’ldan olib yuradi. Ona qo’lidagi chaqaloq kabi tashvishlardan ozod bo’la olaman. Xudo men bilan abadiy qoladi. O’tmishimni tozalaydi va kelajagimni himoya qiladi. Xudo mening cho’ponim bo’lgani uchun men Unga va U menga tegishlimiz va mening hayotimdagi hamma muammolar ikkinchi darajali bo’ladi.

Xudovand bizning cho’ponimizmi? Hayotimizni butunlay Unga topshirganmizmi? Hatto hayotimiz gunohga va aybdorlikka to’lgan bo’lsa ham biz Unga va U bizga tegishlidir. Dovud Tavba Zaburida har birimizni ko’tarishi bu sirli savoldir. Uning Zaburi ko’p avlodlarga imon guvohligi bo’lib qoladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 10:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)