Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 17 - Worship 6
Previous Chapter -- Next Chapter
6. Xushxabardagi Safar
Hulosa
Yoqubning bolalari Muso Qonunining ikta lavhasini o'z ichiga olgan Ahd Sandig'i to'lov qal'asida zohir bo'lganiga ishonadilar. Bu joyda odamlar, ruhoniylar va hatto butun xalq sanoqsiz qurbonliklar orqali ma'badda Xudo bilan yarashganlar. Ahd Sandig'i xalq cho'lda qirq yil sarson bo'lib yurgandan keyin Shilohga qo'yilgan. Falastinliklar Shilohga hujum qilishgan va Ahd Sandig'i o'g'irlangan narsa kabi ularning qo'llariga tushgan (1 Shohlar 4). Lekin ular buni Isroilga qayta jo'natganlar. Bu Sandiq birinchi Betshemeshga olib kelingan. Bu Sandiq Eramizdan Oldin 1000 atrofida Dovud shoh uni Quddusga olib kelgunicha yillar mobaynida e'tiborsiz qolgan (2 Shohlar 6). Bu kundan buyon, Sandiq Eski Ahd xalqining sajda qilish markazi bo'ldi. Xalqlarning bolalari Ahd Xudosidan kuch, himoya va boshqaruv olish uchun va Muso Qonuniga bo'lgan bag'ishlanishlarini tasdiqlash uchun To'lov kunini va Chodir Kunini Fisih kabi bayramlarida har yerdan kelishgan. Ular odamlar orasida qurbonliklarning boshqa hamma markazlarini bekor qilishlariga to'g'ri keldi.
Iso vaqtida o'zlarini bag'ishlagan Yahudiy oilalari urf-odatga ko'ra Quddusda Fisih bayramiga borganlar. Iso Yahudiy bo'lish uchun o'rtacha yoshga yaqinlashib o'n ikki yosh bo'lyotgan edi. Shunda U ota-onasi bilan Quddusga Yahudiylarning ziyoratiga bordi va Quddusda yillik Fisih bayramini bajardi. Birinchi joy biz Iso Quddusda yangi qonunni o'rgatgan, kasallarga shifo bergan va Xudo shohligining kelishini e'lon qilgan ma'bad ekanligini topamiz.
Isoning O'zi Fisihning to'liqligi edi. Hatto havoriy Pavlus Yahudiy ziyoratlarining qoidalarini hurmat qilgan (Havoriylar 20:16; 21:24-26). Lekin Iso bu dunyoning gunohlarini olib, O'zining imonlilarini Ota Xudo bilan yarashtirib, Masihning jamoatiga Muqaddas Ruhni yog'dirgandan keyin barcha bu ziyoratning talablari va holatlari bartaraf bo'lgan. Stefan Xudo qo'l bilan qurilgan ma'badda yashamasligini balki U azizlarining yuraklarida yashashligini aytgan, chunki ular har doyim va har joyda Xudoning ma'badidirlar. Bu yarashuv xochda natijasini topdi, va Xudo Isoning sevadiganlarning yuraklarida zohir bo'ldi (Yuhanno 4:21-24). Masihiylarning birligi yer yuzining barcha yerida, Najodkorlariga ishonadiganlarda yashaydigan Muqaddas Ruh qayerda bo'lsa, o'sha yerda natijasini topdi. Shuning uchun, Yangi Ahdda hech qanday ziyoratga, urf-odatga hos yurish, yoki har qanday turdagi umumiy tashkilot uchun muhtojlik yo'qdir, chunki Masih jamoatining boshidir, va bizlar Uning ruhiy badanimiz. Bizda biror joyga borish uchun hech qanday giografiyaga oid holatga muhtojligimiz yo'q, chunki U hamma yerda biz bilan hozir. U avvaliyu oxiridir. U ikkinchi kelishida barcha haqiqiy ziyoratda Uning oldiga shoshadi. Unga ishonadigan kishi Xudoning ulug'vorligini ko'radi, bayon qilingani kabi: “Mana, Xudoning makoni insonlar aro! Xudoning O'zi odamlar ichra yashar. Ular Xudoning xalqi bo'lgay.” (Vahiy 21:3)