Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 04 - Parables of Christ

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari

D - ISONING HAYOTIDAGI “KERAK” ILOHIYLIK



1. O'smir Iso ma'badda

Luqo 2:45-50 -- 45 Uni topolmay, qidira-qidira Quddusga qaytdilar. 46 Uch kundan so'ng Uni ma'baddan topdilar. U muallimlar orasida o'tirib, ularni tinglar va ham savollar berar edi. 47 Uni tinglaryotganlar bari Uning fahm-idrokiga va berayotgan javoblariga hayron edilar. 48 Ota-onasi Uni ko'rib, ajablandilar. Onasi Unga: - Bolam, nega bizni bunday ovora qilding? Mana, otang bilan men juda qayg'urib Seni qidirib kelyapmiz, - dedi. 49 Iso ularga: - Meni qidirishingizni nima keragi bor edi? Yoki Otamning ishlari bilan mashg'ul bo'lishim KERAKligini bilmas edingizmi? - dedi. 50 Ammo ular Uning aytgan so'zlarini tushunmadilar.

(Isoning hayotida “KERAK” ilohiyligidagi oyatlar shularda topiladi: Matto 16:21, Mark 8:31, 13:10, Luqo 4:43, 9:22, 12:50, 13:33, 17:25, 19:5, 22:37, 24:7.25-27.44.46, Yuhanno 20:9, 1 Korinfliklarga 15:3.4 va boshqa joylarda)

2. Isoning Suvga Cho'mishi

Matto 3:13-17 -- 13 O'shanda Iso Yahyoning huzurida suvga cho'mish uchun Jaliladan O'rdun daryosi bo'yiga keldi. 14 Lekin Yahyo Isoni to'xtatmoqchi bo'lib: - Men Sening huzuringda imon keltirishim kerak edi. Sen bo'lsang, mening oldimga kelyapsanmi? - dedi. 15 Iso unga javob berib: - Endi rozi bo'l, chunki biz shu yo'sinda ilohiy amrni to'la bajarishimiz o'rinlidir, - dedi. Shundan keyin Yahyo Isoga izn berdi. 16 Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptarday Isoning ustiga tushib qo'ngani ko'rildi. 17 Osmondan esa: “Bu Mening sevikli O'g'limdir, Undan mamnunman”, - degan nido keldi. (Mark 1:9-11; Luqo 3:21-22; Yuhanno 1:32-34 ham ko'ring)
Yuhanno 1:29-31 -- 29 Ertasiga Yahyo Isoning o'ziga yaqinlashayotganini ko'rib, shunday dedi: “Mana, dunyoning gunohini O'ziga oluvchi Xudoning qurbonlik Qo'zisi! 30 Men aytgan edim: Mening ketimdan kelayotgan Zod bor, U mendan ulug', chunki U mendan ilgari ham bor edi. Bu – O'shaning O'zidir. 31 Men Uni bilmas edim, lekin Isroil Uni tanib olsin, deb men odamlarni suvga cho'mdirib, tavba qildirgani keldim”.

3. Isoning Vasvasa qilinishi

Matto 4:1-11 -- 1 O'shanda Iso, iblisning sinovidan o'tish uchun Muqaddas Ruh tomonidan sahroga olib borildi. 2 U qirq kun va qirq kecha ro'za tutib, oxiri och qoldi. 3 Shunda vasvasa qiluvchi Isoning yoniga kelib Unga: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, aytgin, bu toshlar nonga aylansin! - dedi. 4 Iso unga javoban dedi: - Tavrotda: “Inson birgina non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi”, deb yozilgan. 5 Keyin iblis Isoni tabarruk shaharga keltirdi va ma'badning tepasida turg'izib, 6 Unga dedi: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, O'zingni pastga tashla-chi. Chunki Zaburda shunday yozilgan-ku: “U Sen haqda O'z farishtalariga amr etgay: Ular Seni qo'llarida ko'tarib ketar. Oyog'ing ham toshga qoqilib ketmas”. 7 Iso unga: - “Egang XUDOVANDni sinama”, deb yozilgan ham bor, - dedi. 8 Iblis Isoni yana baland toqqa olib chiqib ketdi. Dunyoning barcha saltanatlarini hamda uning hashamatini Unga ko'rsatib: 9 – Agar tiz cho'kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman, - dedi. 10 Shunda Iso: - Yo'qol ko'zimdan, shayton! Chunki Tavrotda: “Egang Xudovandga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l”, deb yozilgan, - dedi. 11 Shundan so'ng iblis Isoni tark etdi va farishtalar esa kelib, Isoga xizmat qila boshladilar. (Mark 1:12-13; Luqo 4:1-13 ko'ring)

4. Jalila va Nosiradagi Isoning Xizmati

Yuhanno 4:34 -- Iso ularga ded: - Mening ovqatim – Meni Yuborganni iIRODASIni ado etish. Uning yumushini bajo keltirishdan iboratdir.
Luqo 4:40-43 -- 40 Quyosh botgan chog', hamma turli hislatlarga yo'liqqan odamlarini Isoning huzuriga keltirishardi. Iso qo'llarini har biriga tegizib ularga shifo berardi. 41 Jinlar esa: “Sen Xudoning O'g'li – Masihsan!” - deb baqirganlaricha, ko'p odamlarni tark etardilar. Iso jinlarga do'q urib, gapirishlariga monelik qilardi. Chunki ular Uning Masihligini bilishardi. 42 Kunduz bo'lgach, Iso uydan chiqib hilvat joyga tortinib ketdi. Xalq Uni qidirib topib, tashlab ketmaslikni so'rab yolvordi. 43 Iso ularga: - Men Xudo saltanati to'g'risidagi Xushxabarni boshqa shaharlarga ham yetkazishim FARZ, Men shuning uchun yuborilganman, - dedi.
Yuhanno 10:11.17-18 -- 11 Men yaxshi Cho'ponman. Yaxshi Cho'pon qo'ylari uchun jonini bag'ishlaydi. … 17 Men jonimni berib, yana qaytib olaman, shu bois Otam Meni sevadi. 18 Hech kim jonimni Mendan ololmaydi, Men O'z' ixtiyorim bilan uni beraman. Uni berish ham qaytadan olish huquqim bor. Ushbu muqaddas BURCHni Menga Otam topshirgan”.
Luqo 12:49-50 -- 49 “Men yer yuziga o't yoqish uchun keldim. O't endiyoq alanga olishini qanchalik istardim! 50 Men juda og'ir dard-alamni boshdan kechirishim kerak. Bu amalga oshmaguncha naqadar qiynalaman!
Yuhanno 12:23-24 -- 23 Iso ularga shunday javob qaytardi: - Inson O'g'li ulug'lanadigan vaqt-soat keldi. 24 Sizlarga rostini aytay: agar bug'doyning doni yerga tushib o'lmasa, u bir donligicha qoladi. Agar o'lsa, ko'p hosil beradi.
Matto 16:21-23 (Isoning azobining 1 chi e'loni) -- 21 Shu vaqtdan boshlab, Iso shogirdlariga O'zining Quddusga borishi, oqsoqollar, oliy ruhoniylar va ulomolar qo'lida ko'p azob chekib, o'ldirilishi, uchinchi kuni esa tirilishi KERAKligini oshkor etadigan bo'ldi. (Mark 8:31, Luqo 9:22) 22 Butrus Uni chetga olib ta'na qila boshladi: - Xudo hayringni bersin, Rabbim! Bu narsalar Sening boshingga tushmasin, - dedi. 23 Iso esa Butrusga qarab: - Yo'qol ko'zimdan, shayton! - dedi. - Sen Meni yo'ldan uryapsan, chunki sen Xudoning ishlarini emas, balki inson ishlarini o'ylayapsan.(Mark 8:32-33 ham ko'ring)
Luqo 9:28-31 -- 28 Iso bu so'zlarni aytganidan keyin sakkiz kuncha o'tib, Butrus, Yuhanno va Yoqubni olib, ibodat qilish uchun toqqa chiqdi. 29 U ibodat qilayotganida, yuzining ko'rinishi o'zgarib, kiyimlari yashinday oq bir tusda yarqirab ketdi. 30-31 Shu onda nur yog'ilib turgan ikki zod – Muso va Ilyos payg'ambarlar paydo bo'lib, Iso bilan gapga tushdilar. Ular Isoning yaqinda Quddusga borib olamdan o'tishi to'g'risida suhbatlashar edilar. (Matto 17:1-9, Mark 9:2-13 ham ko'ring)
Matto 17:11-13 (Isoning azoblanishining 2 chi e'loni) -- 11 Iso javob berib ularga dedi: - Bu to'g'ri, oldin Ilyos payg'ambar kelib, hamma narsani yo'lga qo'yadi. 12 Lekin Men sizlarga shuni aytaman: Ilyos allaqachon kelgan. Ammo odamlar uni tanimay, u bilan istaganlarini qilishdi. Xuddi shunga o'xshab, Inson O'g'li ham odamlar qo'lida azob chekishi muqarrardir. 13 Shunda shogirdlar Iso ularga Yahyo payg'ambar haqida gapirganligini angladilar.
Matto 17:21-23 (Isoning azoblanishining 3 chi e'loni) -- 21 [Biroq bu toyifa jinlar ibodat va ro'zadan boshqa narsa bilan chiqmas.] 22 Ular Jalilaga qaytib kelgandan so'ng, Iso shogirdlariga dedi: - Inson O'g'li odamlar qo'liga tutib berilishi muqarrardir. 23 Uni o'ldiradilar va U uchinchi kuni qaytadan tiriladi. Shogirdlar juda hafa bo'ldilar. (Mark 9:30-32, Luqo 9:43-45 ham ko'ring)
Matto 20:17-19 (Isoning azoblanishining 4 chi e'loni) -- 17 Iso Quddusga qarab yo'l olarkan, o'n ikki shogirdini alohida chaqirib, ularga dedi: 18Hozir Quddusga boryapmiz va Inson O'g'li oliy ruhoniylar bilan ulamolarga tutib beriladi. Ular esa Uni o'limga mahkum etadilar. 19 Haqoratlash, qamchilash va xochga mixlash uchun Uni majusiylarga topshiradilar. Uchinchi kuni esa U qayta tirilajak”. (Mark 10:32-34, Luqo 9:43-54 ham ko'ring)
Luqo 17:24-25 -- 24 Chunki chaqmoq chaqib, falakning bir uchidan boshqa uchigacha yarqiratib yuborganidek, Inson O'g'li ham O'z kunida xuddi shunday paydo bo'ladi. 25 Lekin undan avval U ko'p azob chekishi va bu nasl tomonidan rad qilinishi KERAK.
Luqo 19:5-6,9-10 -- 5 Iso u joyga kelgach, yuqoriga qarab qo'ydi-da, unga: - Zakkay! Tezroq pastga tush, Men bugun sening uyinga qo'nishim KERAK, - dedi. 6 Zakkay darrov pastga tushdi, Isoni quvonch bilan qarshilab, mehmon qildi. … 9 Iso unga shunday javob berdi: - Bugun bu uyga najod keldi. Chunki bu odam ham bobomiz Ibrohim o'g'lidir. 10 Inson O'g'li esa adashganni izlab topish va qutqarish uchun kelgan.
Matto 20:28 -- … Inson O'g'li ham O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni qutqarish uchun kelgan.

5. Iso Quddusda

Matto 21:1-7 -- 1 Quddusga yaqinlashib, Zaytun tog'i etagidagi Baytfagiya qishlog'iga yetib kelishdi. Iso ikki shogirdini yana yo'lga olib: 2Qarshingizdagi qishloqqa boringlar, shu zahot bog'lab qo'yilgan urg'ochi eshakni va uning yonida ho'tikni ko'rasizlar. Ularni yechib, Mening oldimga keltiringlar. 3 Agar kimdir sizga biror nima desa, “Bular Rabbimizga kerak, U ko'p o'tmay ularni qaytarib yuboradi”, - deb javob beringlar”, - dedi. 4 Bu sodir bo'lganlarning hammasi payg'ambarga vahiy bo'lgan oyat bajo kelishi uchun ro'y berdi: 5 “Sion qiziga aytingiz-kim: Bir mocha eshakka minib, Ho'tikka mingashib kamtarona, Sening podshohing kelar yoningga”. 6 Shogirdlar yo'lga tushib, Iso ularga buyurganiday qildilar. 7 Eshak bilan ho'tikni keltirib, ularning ustiga kiyimlarini yukladilar. Iso esa minib oldi. (Mark 11:1-10, Luqo 19:29-38, Yuhanno 12:12-19)
Yuhanno 9:4-5 -- 4 Kun yorug' ekan, Meni yuborganni ishlarini qilishim LOZIM. Ana tun kelyapdi, o'shanda hech kim ish qila olmaydi. 5 Men olamda bor ekanman, olamning nuridirman.
Yuhanno 15:13-14 -- 13 Kim o'z jonini do'stlari uchun bag'ishlasa, bundan ortiq sevgi yo'q. 14 Agar sizlar buyurganlarimni bajo keltirsangizlar, Mening do'stlarim bo'lasizlar.
Yuhanno 3:14-15 -- 14 Muso sahroda ilonni qanday yuqoriga ko'targan bo'lsa, Inson O'g'li ham xuddi shunday yuqoriga ko'tarilishi KERAK. 15 Shu tariqa Unga ishongan har bir kishi halok bo'lmay, abadiy hayotga erishadi.
Yuhanno 2:19-21 -- 19 Iso dedi: - Bu ma'badni buzinglar, Men uch kun ichida uni tiklaylan. 20 Bunga javoban yahudiy mansabdorlari: - Bu ma'bad qirq olti yilda qurilgan, Sen uni uch kunda tiklamoqchimisan-a?! - dedilar. 21 Holbuki, Iso ma'bad deb O'zining badanini nazarda tutgan edi.
Matto 22:41-45 -- 41 Farziylar yig'ilishganda, Iso ulardan so'radi: 42 – Masih haqida qanday fikrlaringiz bor? U kimning O'g'li? - Dovudning O'g'li-da, - deb javob berdilar. 43 Iso ularga dedi: - U holda, qanday qilib Dovud ilohiy ilhom bilan Masihni Rabbim deb atagan? Mana, Dovud nima degan: 44 “XUDOVAND mening Rabbimga aytdi: Yovlaringni oyoqlaring ostiga yiqitmagunimcha, Sen Mening o'ng tomonimda o'ltirib tur”. 45 Demak, Dovud Uni Rabbim deb atagan bo'lsa, qanday qilib U Dovudning O'g'li bo'ladi? (Mark 12:35-3, Luqo 20:41-44 ham ko'ring)

6. Yangi Ahdning Ruhsatidek Rabbiyning Kechligi

Matto 26:2-4 (Isoning azoblanishining 5 chi e'loni) -- 2 “Ikki kundan keyin Fisih bayrami bo'lishini bilasizlar. Ana, o'shanda Inson O'g'li xochga mixlash uchun tutib beriladi”. 3 Shundan keyin oliy ruhoniylar, ulomolar va oqsoqqollar jamosi Kayafa ismli bosh oliy ruhoniyning hovlisida to'planishib, 4 Isoni hiyla bilan tutib o'ldirishni o'zaro maslahatlashib oldilar. (Mark 14:1-2, Luqo 22:1-6 ham ko'ring)
Matto 26:6-12 -- 6 Iso Baytaniyada moxov Simunning uyida ekan, 7 bir ayol Uning oldiga keldi. U ganchdan yasalgan idishda juda qimmatli atir moy keltirib, Iso dasturxon oldida o'tirgan paytda Uning boshiga quydi. 8 Shogirdlari buni ko'rgach, g'azablanib: - Bu isrofgarchilikni nima keragi bor? 9 Bu moyni katta bahoga sotib, pulini kambag'allarga bo'lib berish mumkin edi-ku! - deyishdi. 10 Iso aytilganlarning farqiga borib, shogirdlariga dedi: - Nega ayolni xijolatda qoldiryapsizlar? U Men uchun ezgu ish qildi. 11 Kambag'allar har doyim sizlar bilan birga, lekin Men doyim sizlar bilan birga bo'lmayman. 12 Ayol bu moyni tanamga to'kib, Meni ko'mishga tayyorladi. (Yuhanno 12:1-8 ham ko'ring)
Matto 26:18-20 -- 18 – Shaharga kirib falon kishining oldiga boringlar, - dedi Iso, - va unga shunday deb aytinglar: “Ustozimiz: Mening vaqt-soatim yaqinlashdi, deyapdi, Fisih bayramini shogirdlarim bilan birga sening uyingda nishonlamoqchiman, deyapdi”. 19 Shogirdlari Iso ularga buyurganday qilib, Fisih taomini tayyorladilar. 20 Oqshom tushgach, Iso o'n ikki shogirdi bilan dasturxon atrofiga o'tirdi. (Mark 14:12-17 ham ko'ring)
Matto 26:26-28 -- 26 Ular ovqatlanib o'tirganlarida, Iso nonni oldi, duo o'qib sindirdi va shogirdlariga tarqatib: - Olinglar, yenglar, bu Mening tanamdir, - dedi. 27 Kosani ham olib, shukrona duosini aytdi va ularga uzatib: - Bundan hammalaring ichinglar, - dedi. 28 – Chunki bu – ko'plarning gunohlari kechirilishi uchun to'kiladigan, Yangi Ahdni tasdiqlaydigan Mening qonimdir. (Mark 14:22-24; Luqo 22:19-20 ham ko'ring)
Yuhanno 6:51.53-54 -- 51 Men osmondan tushgan tirik nondirman. Bu nonni yegan kishi abadiy yashaydi. Men beradigan non – O'zimning tanamdir, uni dunyoga hayotbahsh etish uchun fido qilaman. … 53 Iso ularga aytdi: - Sizlarga rostini aytay: agar Inson O'g'lining tanasini yemasangizlar va Uning qonini ichmasangizlar, u holda sizda hayot bo'lmaydi. 54 Mening tanamni yegan va qonimni ichgan odamda abadiy hayot bor, Men uni oxirgi kunda tiriltiraman.
Matto 26:31-35 -- 31 Shu orada Iso shogirdlariga dedi: - Bu tunda hammangiz Mendan yuz o'girasizlar. Chunki tavrotda shunday yozilgan: “Men cho'ponni jarohatlayman, qo'ylar o'zi tarqab ketadi”. 32 Biroq o'lib tirilganimdan keyin, Men silzlardan oldin Jalilaga boraman. 33 Butrus javob berib Unga dedi: - Agar hamma Sendan yuz o'girsa ham, men hech qachon o'girmayman! - dedi. 34 Iso unga: - Senga rostini aytsam, shu kechayoq, xo'roz qichqirmasdan avval, sen Mendan uch marta tonasan, - dedi. 35 Butrus Unga: - Men Sen bilan birga o'lsam ham, Sendan aslo tonmayman! - dedi. Boshqa hamma shogirdlar ham shunday dedilar. (Mark 14:26-31; Luqo22:31-35 ko'ring)
Yuhanno 16:28 -- Men Otamning huzuridan chiqib, dunyoga keldim. Endi yana dunyoni tark etib, Otamning oldiga ketmoqdaman.
Luqo 22:37 -- Sizlarga aytib qo'yay: Tavrotdagi “U jinoyatchilar qatorida turdi”, - degan oyat Menda amalga oshmog'i LOZIM. Chindan ham, Men to'g'rimda yozilgan barcha oyatlar bajo bo'lmoqda.
Matto 26:38-46 -- 38 U yonidagilarga: - Mening jonim o'lim oldidaligini sezib, juda qiynalmoqda. Shu yerda qolib, Men bilan sergak turinglar, - dedi. 39 Bir oz nari ketib, yerga yuz tuban uzaldi va ibodat qilib: - Ey Otam! Agar mumkin bo'lsa, bu zaqqum kosa Mening yonimdan o'tib ketsin. Lekin Men isdagandek emas, Sen istagandek bo'lsin, - dedi. 40 U shogirdlari yoniga qaytib kelganida, ularni uxlab yotgan holda ko'rdi va Butrusga dedi: - Demak, sizlar Men bilan birga loaqal bir soatga uyg'oq tura olmadinglar. 41 Vasvasaga tushmaslik uchun hushyor bo'lib, ibodat qila turinglar. Ruh tetik, tana esa zayifdir. 42 Iso ikkinchi marta borib: - Ey Otam! Agar bu qismat Meni damiga olmay o'tib ketishi mumkin bo'lmasa, mayli Sen xohlagandek bo'lsin, - deb ibodat qildi. 43 U qaytib kelib, shogirdlarini yana uxlab yotgan holda ko'rdi. Ularning qovoqlari salqigan edi. 44 Iso ularni qoldirib, yana uzoqlashdi va o'sha so'zlarni takrorlab, uchinchi marta ibodat qildi. 45 Shundan so'ng O'z shogirdlari yoniga kelib, ularga dedi: - Sizlar hali ham uxlab, rohatlanib yotibsizlarmi? Mana, vaqt-soati keldi, Inson O'g'li gunohkorlar qo'liga tutib berilyapdi. 46 Turinglar, ketaylik. Mana, Menga xoinlik qiluvchi ham yaqinlashib qoldi. (Mark 14:32-42; Luke 22:39-46 ko'ring)
Matto 26:49-54 -- 49 U to'g'ri Isoning oldiga borib: - Kayfing chog' bo'lsin, Ustoz! - deb, Uni o'pdi. 50 Iso unga: - Do'stim nima uchun kelding? - deyishi bilanoq, odamlar kelib, Isoga qo'llari bilan yopishgancha Uni ushlab olishdi. 51 Shunda Iso bilan birga bo'lganlardan biri qilichini qinidan sug'urib, qulochkashlab oliy ruhoniyning qaroliga dast soldi-da, qulog'ini uzib tashladi. 52 Lekin Iso unga: - Qilichingni joyiga qaytarib qo'y! Qilich ko'targan bari qilichdan halok bo'lur. 53 Yoki o'ylaysanki, Men Otamga iltijo qilolmaymanmi? U Menga hoziroq o'n ikki tumandan ko'proq farishtalarni yuborishi mumkin. 54 Biroq u holda bularning sodir bo'lmog'i KERAKigi aytilgan oyatlar bajo bo'larmikin? (Mark 14:43-52; Luqo 22:47-53)

7. Iso Hukm qilinib, Xochga Mixlanishi (1 Qism – Ilohiy Harakatlangan “KERAK”)

Matto 26:63-66 (Yahudiy diniy kengashdagi Masihning shahodati) -- 63 Iso indamadi. Oliy ruhoniy Unga: - Barhayot Xudo haqi Senga qasam ichirayinki, bizlarga ayt: Xudoning O'g'li – Masih Senmisan? - dedi. 64 Iso unga: - O'zing aytding, - dedi. - Hatto sizlarga aytadurmanki, bundan keyin Inson O'g'li Qodir Tangrining o'ng tomonida o'ltirib, osmon bulutlari uzra kelayotganini ko'rasizlar. 65 Shunda oliy ruhoniy kiyimlarini yirtib: - U shakkoklik qilmoqda-ku! Bizga boshqa guvohlarning nima keragi bor? Mana endi U Xudoga shak keltirganin io'zlaringiz eshitdingizlar. 66 Sizlar nima deysizlar? - dedi. Ular javob berib: - O'limga loyiq! - deyishdi. (Mark 14:60-64; Luqo 22:63-71 ham ko'ring)
Matto 27:11-14,24-26 (Iso diniy kengashda) -- 11 Iso hokimning huzurida turdi. Hokim Undan so'radi: - Sen yahudiylarning podshohimisan? - O'zing aytding, - dedi unga Iso. 12 Oliy ruhoniylar va oqsoqollar Uni ayiblaganlarida, U hech narsa deb javob bermadi. 13 Shunda Pilat Unga: - Eshitmayapsanmi, Sening bo'yningga qancha ayiblar qo'yishyapti! - dedi. 14 Lekin Iso bu gaplarga ham biron javob qaytarmadi. Hokim esa juda hayron bo'ldi. 24 Pilat hech narsa yordam bermayotganini, aksincha shov-shuv yanada kuchayib borayotganini ko'rgach: - Men bu solih Odamning qoni to'kilyotganidan begunohman. Bu ishni o'zlaringiz ko'rib chiqinglar! - dedi-da, olomonning ko'z oldida suv olib, qo'llarini chaydi. 25 Butun xalq bunga javoban: - Uning qoni bizlarning va bolalarimizning gardanidadir! - deyishdi. 26 Shundan so'ng Pilat ularga Barabbani chiqarib yubordi. Isoni esa savalatganidan keyin xochga mixlash uchun askarlarga topshirdi. (Mark 15:1-20, Luqo 23:1-25, Yuhanno 18:28, 19:16 ham qarang)
Luqo 23:33-43 -- 33 Bosh suyagi degan joyga kelganlarida, Isoni hamda o'ng va so'l tomonida ikkala jinoyatchini xochga mixlab qo'ydilar. 34 Iso: - Ey Ota! Ularni kechirgin, ular nima qilyotganini bilmaydilar, - der edi. Askarlar qur'a tashlab, Isoning kiyimlarini bo'la boshladilar. 35 Xaloyiq tomosha qilib turdi. Ular bilan birga boshliqlar ham Isoning ustidan hiringlashib: - Boshqalarni qutqarar edi. Modomiki U Xudoning arzandasi – Masih ekan, qani O'zini O'zi qutqarsin-chi! - deyishardi. 36 Askarlar ham Unga sirka ichirgani yaqinlashib: 37 – Agar Sen yahudiylarning Podshohi bo'lsang, O'z-o'zingni qutqar-chi! - dedilar istehzo bilan. 38 Isoning boshi uzra [yunon, lotin va ibriy tillarida] “YAHUDIYALARNING PODSHOHI BUDIR” - degan yozuv bor edi. 39 Osilgan jinoyatchilardan biri: - Agar Sen Masih bo'lsang, qani O'zingni va bizlarni ham qutqar, - deb Isoni kufr etdi. 40 Ikkinchisi esa unga ta'na qilib: - Sen ham ayni jazoga mahkum bo'lib, Xudodan qo'rqmaysanmi? 41 Mana bizlar qilmishimizga yarasha odilona jazo oldik. U esa hech qanday yomonlik qilgani yo'q, - dedi. 42 Keyin Isoga: - Yo Rabbiy, Shohliginga kirganingda meni eslagin! - dedi. 43 Iso unga dedi: - Senga chindan aytamanki, bugunning o'zida sen Men bilan birga jannatda bo'lasan. (Yuhanno 18:19 qarang)
Matto 27:45-49 -- 45 Tushdan boshlab soat uchgacha butun yerni qorong'ulik qopladi. 46 Soat uchlarda Iso baland ovoz bilan: - Eli, Eli, lamo shavaqtani?, yani “Tangrim, Tangrim, nega Meni tashlab qo'yding?” - deb faryod qildi. 47 U yerda turganlardan ba'zilari buni eshitib: - U Ilyosni chaqiryapdi-ku, - deyishdi. 48 Ulardan biri darhol yugurib, shimgichni olib keldi-da, uni sirkaga botirib, qamishning uchiga ilgancha, Isoga ichishga uzatdi. 49 Boshqalari esa: - To'xta ko'raylik-chi, Ilyos kelib Uni qutqararmikan, - deyishdi. (Mark 15:33-37 ham ko'ring)
Luqo 23:46 -- Iso baland ovoz bilan faryod qildi: - Ota! Ruhimni Sening qo'llaringga topshiryapman. Shunday dedi-da, jon taslim qildi.
Matto 27:51-54 -- 51 Shu ondayoq ma'baddagi parda yuqoridan pastgacha ikkiga bo'linib, yirtilib ketdi. Yer larzaga keldi, toshlar yorildi. 52 Qabrlar ochilib, talay rahmatli aziz avliyolarning jasadlari tirilib ketdi. 53 Ular qabrlaridan chiqib, Iso qayta tirilgandan keyin tabarruk shaharga kirib, ko'plarga ko'rindilar. 54 Isoni qo'riqlab turgan yuzboshi bilan yonidagi askarlar zilzilani va sodir bo'layotgan barcha ishlarni ko'rib, vahimaga tushdilar-da: - Haqiqatdan ham bu Xudoning O'g'li ekan! - dedilar. (Mark 15:38-39; Luqo 23:47-49 ham ko'ring)
Matto 27:57-60 -- 57 Oqshom tushgach, Arimateya shahridan bo'lgan Yusuf ismli bir boy odam keldi. O'zi ham Isoning shogirdi edi. 58 U Pilatning oldiga borib, Isoning jasadini so'radi. Shunda Pilat jasadni unga berishni buyurdi. 59 Yusuf jasadni olib, uni toza kafanga o'radi 60 va o'zining qoyada yo'nilgan yangi qabriga qo'ydi. Keyin qabrning og'ziga katta bir toshni yumalatib keltirib qo'ydi-da jo'nadi. (Mark 15:38-39; Luqo 23:47-49 ham ko'ring)

8. Masihning Olimdan Tirilishi (2 Qism – Ilohiy Harakatlangan “KERAK”)

Matto 28:5-6 -- 5 Sizlar qo'rqmang! - dedi. - Xochga mixlangan Isoni izlayotganlaringizni bilaman. 6 U bu yerda yo'q, O'zi aytganidek, qayta tirilib ketdi. Kelinglar, Rabbingiz yotgan joyni ko'ringlar.
Luqo 24:6-7 -- 6 – U bu yerda yo'q. U qaytadan tirilib ketdi. Hali Jalilada ekanidayoq aytganlarini eslang. 7 U sizga: “Inson O'g'li gunohkor odamlar qo'liga tutib berilajak, xochga mixlanajak, uchinchi kuni esa qaytadan tirilajak”, - degan edi-ku. (Luke 16:1-8 ham ko'ring)
Luqo 24:25-27 -- 25 Iso ularga: - Ey farosatsizlar! Barcha payg'ambar so'zlariga ishonchi sust odamlar! 26 Masih O'z ulug'vorligiga erishmoq uchun shu azoblarni boshdan kechirmog'i KERAKMASMIDI? - dedi. 27 Shunday qilib, Iso Muso payg'ambardan tortib, barcha payg'ambar kitoblarida O'zi haqida yozilgan oyatlarning hammasini ularga tushuntira boshladi. (Mark 16:12-13 ham ko'ring)
Yuhanno 20:26-29 -- 26 Sakkiz kundan so'ng Isoning shogirdlari yana uyda to'plangan edilar. To'ma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf bo'lgan vaqtda Iso keldi va o'rtalarida turib: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! - dedi. 27 Keyin To'maga qarab: - Barmog'ingni bu yoqqa tekiz! Mening qo'llarimni ko'r, qo'lingni cho'zib biqinimga qo'y va imonsiz bo'lma, imonli bo'l! - dedi. 28 To'ma Isoga: - Ey, mening Rabbim va Xudoyim! - deb javob berdi. 29 Iso unga shunday dedi: - Sen Meni ko'rganing uchun ishonding. Ko'rmay ishonganlar qanday baxtlidirlar!
Yuhanno 20:26-29 -- 26 Sakkiz kundan so'ng, Isoning shogirdlari yana uyda to'plangan edilar, To'ma ham ular bilan birga edi. Uyning eshiklari qulf bo'lgan vaqtda Iso keldi va o'rtalarida turib: - Sizlarga tinchlik bo'lsin! - dedi. 27 Keyin To'maga qarab: - Barmog'ingni bu yoqqa tegiz! Mening qo'llarimni ko'r, qo'lingni cho'zib biqinimga qo'y va imonsiz bo'lma, imonli bo'l! - dedi. 28 To'ma Isoga: - Ey, mening Rabbim va Xudoyim! - deb javob berdi. 29 Iso unga shunday dedi: - Sen Meni ko'rganing uchun ishonding. Ko'rmay ishonganlar qanday bahtlidirlar!
Luqo 24:44-48 -- 44 So'ngra ularga: - Men hali sizlar bilan birga bo'lganimda, Men haqimda Muso Qonunida, Payg'ambarlar va Zabur kitoblarida hamma yozilganlar bajo kelishi KERAK, deb aytgan edim-ku. Mana shu bo'lib o'tganlarga to'g'ri keladi, - dedi. 45 - Keyin oyatlarni anglamoq uchun shogirdlarini zehnini ochib yubordi 46 va ularga yana dedi: - Mana shu yozilganlarga ko'ra, Masih azob chekishi va uchinchi kuni esa qayta tirilishi kerak edi. 47 Shuningdek, Quddusdan boshlab barcha xalqlar Uning nomi bilan tavba – tazarruga chaqirilmog'i va gunohlari kechirilishi e'lon qilinmog'i ham lozim. 48 Sizlar esa bu ishlarga guvoh bo'lajaksiz.

9. Hulosa

Isoning Quddusga kirishi achinarli bo'lgan. Xalq quvonib, shunday deb baqirishgan: “Tasanno! Xudo nomidan Kelayotgan muborak!” Butrus va Yuhanno eshak va xo'tikni topishganda va Zakaryoning va'dalariga ko'ra ularni Isoning oldiga olib kelishganda, shogirdlar va xalq endi va'da etilgan Iso Quddusga kirib, hokimlik qiladi va Xudoning shohligini o'rnatadi deb ishonishgan. Ular Iso O'zining azoblari, o'limi va tirilishi haqida batafsil qayta qayta aytgan vahiylarini tushunmaganlar. Iso Quddusga kirdi va ko'zi oldidagi xochni ko'rdi, holbuki shogirdlar o'zlarini ilohiy va qudratli shoh oldida hokimyat bo'limining boshliqlari kabi hayol qildilar.

Iso O'rdun Daryosida suvga cho'myotganda, U bu dunyoning gunohlarini olishni boshlagan. Yahyo Isoning sirlarini tushungan va u shogirdlariga, “Qaranglar! Bu dunyoning gunohini oluvchi Xudoning Qo'zisi!” Yahyo ham Iso uni zindondan qutqarishi uchun dunyoviy kuchini ishlatishga va uni sodiq jarchi kabi ulug'alshini istagan.

Isoning suvga cho'mishidan keyin, iblis Xudoning Qo'zisini xoch tomon yo'lini olib tashlashni xohlagan. Ro'za tutgan Isoni u toshni nonga aylantirish va ma'bad tepasidan O'zini tashlashini chunki xalq quvonadi va farishtalar Uning ikkinchi kelishidagidek Uni ko'tarib olishlariga turtki bergan. Lekin Iso xochga bo'lgan yo'lini amalga oshirish uchun tayinlangan edi, hatto iblis Unga yerdagi butun hokimyatni va kuchni bersa ham. Iso yurishini kechiktirmasdan talabni bajardi. Iso Uning o'limi bu dunyoni Xudo bilan yarashtirish uchun yagona yo'l ekanini bilar edi.

Iso O'zini qo'ylarni bo'rilardan qutqarish uchun hayotini ular uchun beradigan Yaxshi Cho'pon deb atadi. U yana ko'p donlar yetishtirish uchun yerga tushadigan bug'doy doni deb ham atadi. Farziylar Isoni o'ldirishga qaror qildilar chunki U Shanba kunida kasallarni shifolagan edi. Biroq,Tog'da Qoninning tanlangani bo'lgan Muso va Payg'omning tanlangani bo'lgan Elisha Isoga Quddusda Uni kutishlarini ochib berish uchun Unga ko'ringanlar va shuning uchun Iso O'zining azobli yurishini bajarishiga to'g'ri kelgan.

Iso shogirdlariga “Hozir Quddusga boramiz va Inson O'g'li oliy ruhoniylar bilan ulamolarga turib beriladi. Ular esa Uni o'limga mahkum etadilar. Haqoratlash, qamchilash va xochga mixlash uchun Uni majusiylarga topshiradilar. Uchinchi kuni esa U qaytadan tirilajak” (Matto 20:18-19) deb besh marta aytgan. Iso Quddusda Uni kutib turgan narsani U aniq bilganida nima uchun qo'shni mamlakatga qochib ketmadi? Nima uchun U O'zini yashirmadi? Chunki Uning hoyotida “KERAK” degan muqaddas so'z yotadi. Iso samoviy Otasining irodasini bajarishni va o'limi orqali bu dunyoni qutqarishni istagan.

Iso Oliy Kengashda xalqning vakili bo'lgan Nikodimga, Muso sahroda ilonni qanday yuqoriga ko'targan bo'lsa, Inson O'g'li ham xuddi shunday yuqoriga ko'tarilishi kerakligini ochib berdi. (Yuhanno 3:14-15) Iso nima uchun O'zini yovuzlik ramzi bo'lgan ilonga taqqosladi? Chunki U o'limi orqali zaxarli ilondan Unga qaraganlarning hammasini qutqarish uchun sevgisi tufayli O'ziga bu dunyoning iflosligini va gunohini oldi.

Iso oxirgi kechligida, shogirdlariga Yangi Ahddagi qurbonlik qo'zisining ma'nosini tushuntirib berdi. Misrda Yoqubning bolalari Xudoning g'azabi ulardan o'tib ketishi uchun qo'zining qoni bilan uylarining ikki eshiklarining tepasini bo'yaganlari kabi, xuddi shunday sharobning ramzida Masihning qonini ichadigan va Unga ishonadiganlar Xudoning g'azabining hukmidan himoya qilinadilar. Eski Ahddagi oilalar qo'zining tanasida kuchli bo'lishlari uchun qo'zining qo'g'irilgan go'shtini birga yeyishlariga va qullikdan qochishlariga to'g'ri kelgani kabi, xuddi shunday Iso ham sindirilgan non ramzi orqali izdoshlarida Uning kuchi ularning kuchsizliklarida tugal bo'lishi uchun va izdoshlari gunoh bo'yinturug'idan va uning hokimligidan Iso bilan birga qochishlari uchun izdoshlarida yashashni xohlaydi. Bizning najodimiz uchun Xudoning Qo'zisi kabi o'lish Iso uchun kerak bo'lgan.

Iso ochiq-oydin dinoy kengash oldida Xudoning O'g'li va va'da etilgan Masih ekanini tan oldi. Lekin shu bilan birga U hukmlovchilarga ular Uni o'ldirishlarini, U Qudratlining o'ng tomonida o'tirishini va Qudratli Xudo Isoni hukm qilgan barcha dushmanlarini Uning oyoqlari tagiga yiqitishini ham aytdi. Iso xalqining tanlanganlarini o'z ichiga olib, tirigu o'liklarni hukm qilish uchun osmon bulutlarida qiyomat kunida qayta kelishini ham aytdi. Shunda Isoni o'limga hukm qilishdi, chunki U harakatini ochib berish uchun bu payg'omdan foydalangan edi va ular Uning shahodatini kufr deb atashdi. Ular Isoni qamchilab, Uning yuziga tupurishdi, lekin U ularga bu ilohiy muhtojlik aniq sodir bo'lishini e'lon qilib jim turar edi.

Iso xalqini qutqarishga harakat qildi, lekin U faqat yonida xochga mixlangan qaroqchini qutqara oldi. Iso unga dedi: “Senga chindan aytamanki, bugunoq Men bilan jannatda bo'lasan.” (Luqo 23:43) Bechora xochga mixlangan qoroqchi Isoning sevgisini ko'rdi va Uning shunday deb iltijo qilgan ibodatini eshitdi: “Ota, ularni kechir, chunki ular nima qilyotganlarini bilmaydilar.” (Luqo 23:34) Shunda umid ruhi bu qaroqchida o'sishni boshladi. Bu qaroqchi xochga mixlangan Tinchlik Shahzodasidan ulug'likka kirganida uni xotirlashini so'ragan; va bu imonli darhol bu aniq najodga erishdi. Xochga mixlangan qaroqchi Iso qutqaradigan hammaning ramzi bo'lganmi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 09:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)