Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 032 (Call to Repentance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

1. Tavbaga Chaqiruv (Matto 3:1-12)


MATTO 3:12
12 Uning panshahasi qo'lida tayyor turibdi. U o'z xirmonini shopirib tashlaydi; bug'doyini omborga to'plab, samonni so'nmas o'tda yondirib yuboradi”. (Matto13:30)

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo bizlarni boshqa haqiqatning kinoyasi bilan uyg'otadi. U bizga bug'doyini yanchib, qo'lida qiziqish bilan (panshaha) dehqonni ko'rsatadi. Begona o'tlar va tuproqlar shamol bilan uchib ketadi; lekin bug'doylar Rabbiyning oyoqlari oldiga tushadi va U bug'doyni omboriga to'playdi.

Siz o'zingizni nima bilan solishtirasiz? Siz bug'doyga tegishlimisiz yoki somongami? Farziylar va Sadduqiylar o'zlarini bug'doy va boshqalarni esa somon va begona o't deb o'ylashgan. Isoning masallarining birida ma'baddagi solih yig'uvchi (somondek hisoblanilgan) Xudoga yuzini ko'tarishdan uyalgan, va “Xudo men gunohkorga rahim qil!” deb aytgan. Bu tavba qilgan kishi oqlanib, bug'doydek sanalgan, holbuki boshqa Farziy bo'lgan kishi xudojo'yligidan mag'rurlanib, o'zining solihligidan qat'iy nazar hukmga qulagan (Luqo 18:9-14). Shunday qilib, siz kimsiz? Xudojo'ylikning shaklini olgan ikkiyuzlamachimisiz? Yoki tavba qilgan gunohkormisiz? Siz tavbaning mo'l-ko'l hosillarini keltirasizmi? Muqaddas Ruhga to'lganmisiz?

Matto suvga Cho'mdiruvchining va'zlaridan eslatib o'tgan oxirgi so'z bu “olov” edi. U uch marotaba Xudoning qahri haqida gapirib o'tgan. Masihning Ruhiga qarshi bo'ladiganlar butun yuraklari bilan o'zgarmaydiganlar bilan birga do'zaxga tushadilar. Masihning najodi tavba qilganlarni muqaddaslash uchun Muqaddas Ruhning kuchini olib keladigan mutlaqdir. Lekin xudojo'ylik niqobi ostida farqsiz gunohida davom etadigan va xudojo'ylikka da'vo qiladigan kishi abadiy olovga o'tin bo'ladi va hech qanday umidi bo'lmaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sen dunyoning Najodkori va Hukmdorisan. Men Sendan nodonligim uchun kechirimingni so'rayman va men sevgi, mehribonchilik va haqiqat hosilini keltirishim uchun kamtar Ruhingning kuchi bilan fikrimni o'zgartirishingni so'rayman. Men faqat najodim uchun ibodat qilmayman, balki barcha yo'qolganlar uchun ibodat qilaman. Men ikkiyuzlamachilarning siniqligi uchun ibodat qilaman, chunki Sening oldingda hech qanday solih odam yo'q. Iltimos ulug'vorliging oldida boshlarimizni eg va biz butunlay o'zimizdan kechaylik. Sendan boshqa umid yo'qday, Sen sevganday biz ham bir-birimizni sevishimiz uchun samoviy Ruhing bilan bizlarni to'ldir. Sen bizlarning hamdu-sanolarimizning maqsadisan. Omin.

SAVOL:

  1. Muqaddas Ruhga cho'mish va olovga cho'mish o'rtasidagi farq nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:47 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)