Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- The Lord is my Shepherd -- 012 (Sheep from the other fold)
This page in: -- Armenian -- English -- German -- Indonesian -- Kyrgyz -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

MAVZU 7: ZABUR 22 - Xudovand Cho’ponim Mening
Zabur 22 ni va Isoning cho’ponlik so’zlarini fikrlashlar
3. Men yaxshi Choponman

Suruvdagi qo’ylar


Iso bu cho’ponlik so’zlarini Yahudiylarga qishda Quddusdagi Ma’badni Bag‘ishlash bayramini nishonlayotganlarida aytdi (Yuhanno 10:19-29). Poytahtning ko’p aholisi Unga ishonmadilar. Shuning uchun Iso ularga: ”Sizlar Mening qo’ylarim emassizlar. Faqat muqaddas Cho’ponga ishonganlar Uni tushunadilar va ergashadilar. Faqat Isoga ishonish Uning bilimiga, najotga, kuchga va bo’ysunishga yetaklaydi. Unga ishongan har bir inson halok bo’lmaydi, balki abadiy hayotga erishadi” (Yuhanno 3:15-16).

Otasi Isoni Isroilning adashgan qo’ylari oldiga yuborgan (Matto 15:24). U shogirdlariga iflos odamlarning ko’chasiga kirmasdan, aksincha Ibrohimning adashgan bolalari oldiga borishni buyurdi (Matto 10:6). O’zi U topganda Uning ovoziga javob bergan tarqoq qo’ylarni qidirgani bordi. U: ”Inson O’g’li yo‘qolganni izlab topish va uni qutqarish uchun kelgan” (Luqo 19:10) – deb tan oldi. Isoning Isroilga sodiq-cho’ponligi buyuk bo’lgan. (Matto 1:21).

Lekin xalqining ko’pchiligi Isoni rad qildi. Uning xalqining sohta cho’ponlari va yetakchilari Uni hukm qildilar va Rimliklarga xochga mixlash uchun topshirdilar. Yaxshi Cho’ponning qo’ylari Uni tashlab qochib ketdilar, U Quddusning tashqarisida xochda o’ldi. Lekin oldinroq Iso Eski Ahdga tegishli bo’lmagan Uning boshqa qo’ylari ham borligini aytgan edi. U ularni ham chaqirishni xohlagan:

YUHANNO 10:16
Bu qo‘rada bo‘lmagan boshqa qo‘ylarim ham bor. Ularni ham olib kelishim kerak. Ular ham Mening ovozimga quloq soladi, shunda bir suruv, bir cho‘pon bo‘ladi

Osmonga ko’tarilishidan oldin, o’limdan qayta tirilgan Iso shogirdlariga xushxabarni hamma xalqlarga aytishlarini buyurdi (Matto 28:19-20, Havoriylar 1:8). Iso qoylariga va qo’zilariga cho’pon qilib tayinlagan Butrus (Yuhanno 21:15-19) majusiy majusiylarni rad qilmaslikni, aksincha agar ular Masihga ishonsalar ularni suvga cho’mdirishi o’rgatilgan (Havoriylar 10:1-48). Shuning uchun havoriylarning yetakchisi Eski Ahd ostidagi majusiy xalqidan Masihga ishongan hamma imonlilarni shoh-cho’ponlar va Xudoning ruhoniylari deyishga jasorat va huquq topdi (1 Butrus 2:9-10). Katta o’zgarish amalga oshdi. Nafaqat Isroildagi Isoning izdoshlari, balki hamma xalqlardan yaxshi Cho’ponga ishonganlar Isoning suruviga tegishli deb tan olindi. Ular Isoning ovozini eshitdilar va hayotlarini qayta tirilgan Rabbiylariga ishondilar.

Bir necha yillardan keyin Xushxabar Quddusdan, Samariyaga va Rimga yetib bordi. Qonunni zo’r bilgan, Ruhga to’lgan ilohiyotchi Pavlus, ongli oylaydigan Hind-German xalqlariga Xudoning najot rejasi sirlarini tanishtirgani xalqlarga yuborilgan va’zchi bo’lgan. Sobidqadam Koptlar (Misr arablarining Masihiylikni targ’ib qiluvshi guruh nomoyondalari), havoriyning shogirdi Markni o’zlarining xushxabarchisi deb qabul qildilar va Janubiy Hindiston Masihiylari Isoni birinchi Rabbim va Xudoyim deb atagan havoriylar orasidagi shubhalanuvchi To’ma ularga Xushxabarni olib keldi. Xushxabarning g’alabasi bugungi kungacha tunu kun, ko’p xalqlar, tillar va faylasuflarga yetib borib o’sib bormoqda. Xudo suruvini boshqaradi. Siz ham kelib Uning suruvini qismi bo’lasizmi?

Bugun yer yuzida 6 milliard odam yashaydi. Unlarning 29-32% tahminan 1,5 – 1,8 milliard o’zlarini Masihiy deb ataydilar. Xudoning nomi ularga muhrlangan.

Islom taxminan 900 million – dunyo aholisining haqiqiy musulmonlar 1.2 million, o’zini musulmon deb ataydiganlar 18-21% va tug’ilishning tez ko’payishi evaziga boshqa dinlardan ko’ra tez o’syabdi.

Ateistlar va dinsizlar Musulmonlardek katta miqtorni tashkil qiladi.

700-800 million aholisi bilan Hindlar dunyo aholisining 13-14ni tashkil qiladi. Uzoq Sharqdagi boshqa dinlarga ishonadiganlar dunyo aholisining 6-8%ni tashkil qiladi.

3-4% aholi 170-200 million haligacha Animizm (jon va ruhlarga asoslangan imon)ga ergashadilar.

15-19 million Yahudiylarning ko’plari (dunyo aholisining 0.3%) hali ham yaxshi Cho’ponga qarshidir.

Dunyo ishi hali tugamadi. Hozirgacha hamma xalqlarning faqat uchdan bir qismi eshitgan va tavba qilgan. Shuning uchun Masihiylarning majburyati Iso ularga Unga hali ergashmagan Uning boshqa adashgan qo’ylari borligini aytganda yaxshilab eshitishlaridir. Iso ularni ham chaqiradi va olib kelib O’zining suruviga qo’shib qo’yadi. Dunyo xizmati 2000 yil o’tishi bilan ilk kundagidek bugun kechga qoldirib bo’lmaydigandir.

Biz Xudoyimizni va yaxshi Cho’ponimizni bu odamlarni himoya qilishiga yo’l qo’ymasligimiz kerak, aksincha dunyoviylar va faqat nomigagini Masihiylarga guvohlik aytib Uni shoshiltirishimiz kerak. Biz hamma imkonyatlarni qo’llab Uning najotini taniqli bo’lishiga yordam berishimiz kerak. Biz o’zimiz uchun yashamasligimiz yoki atrofimizdagi hamma narsani faqat o’zimizga o’zlashtirib olmasligimiz kerak. Biz yaxshi Cho’pondan U qanday yovuzga ham, solihga ham xizmat qilganini o’rganamiz. Biz tavba qilishimiz, adashganlarni qidirishimiz va ularni Isoga olib borishimiz kerak.

Hamma dinlar va xalqlarda ko’p qarshiliklar bor. Ularning qonunlari va dasturlari ularni sotib olmasligini va o’lik dindor yetakchilari ularga najot olib kelmasligini ular sezadilar. Suruvi uchun O’zini fido qilgan faqatgina tirik Masih yaxshi Cho’pondir. Kim unga ergashsa oqlanadi va abadiy hayot qabul qiladi. Kim Masih najotini kutayotganni qidiradi va xavfsiz xushxabar umidini taklif qiladi?

Bugun biz Iso Ibrohim bolalari Yahudiy va Musulmonlarga taklif qilayotgan inoyat haqida guvohlik beryabmiz. Minglab Yahudiy Masihiylar va Islomdan yangi tavba qilgan mingdan o’nlari anglagan holda yaxshi Cho’ponga ergashyabdilar. Ular Uning nomi uchun yolg’izlikdan, qarshilikdan va quvg’inlardan qiynaladilar. Ular bizning qiziqishlarimiz, qurbonligimiz va guvohligimizga muxtojdirlar. Iso hech qaysi qo’yini hatto eng og’ir holatda ham yo’qotmaslik va esidan chiqarmasligi haqidagi va’dasini amalga oshiryabdi. Iso Masihning najot rejasi haqiqatdan amalga oshyabdi. Xudoning sevgisi bizni hamma odamlarga Xushxabarni aytishimizga va ular gunoh, o’lim va Shaytondan qutilib qolishi uchun ibodat qilishga majbur qiladi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on August 09, 2013, at 11:17 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)