Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 05 - Faith 1

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
E - Yangi Ahddagi IMON Qoidalariga mansub Masihning Amrlari

1. Yutug'lar


MASIHNING IZDOSHLARI UCHUN QONUNI

BIRINCHI QISM: Yangi Ahddagi Imonning Qoidalari, yoki: Isoning Shogirdlari Nimaga Ishonishlari Kerak?

Bu qismdagi oyatlarda, Masihning yangi ahdidagi imon qoidalarida, biz Isoning shogirdlari nimaga ishonishlari ketakligining e'tiqodiy qoniqish bo'lgan ismlarni, Xudoning sifatlarini va harakatlarini (tagiga chizilgan) tagiga chizamiz. Biroq, bu xuddi shu oyatlar tez-tez Masihning amrlarini va yo'l-yo'riqlarini, ruhiy huquqlarning hodisalarini, holatiy sabablar va imonning bu qoniqishlariga bog'liq bo'lgan boshqa qonuniy bayonlarini ham o'z ichiga oladi. Bu amrlarning ba'zilari har bir amrga bog'liq bo'lgan asosiy mavzuga ko'ra bu kitobchalarning boshqa qismlarida uchraydi.

1. Yutug'lar

Matto 11:25-30 -- 25 O'sha vaqtda Iso so'zini davom ettirib shunday dedi: “Ey Ota, yeru ko'k hukmroni! Sen bu ishlarni donoyu oqillardan yashirib, go'daklarga ma'lum etganing uchun Senga hamdu sanolar aytaman. 26 Ha Ota, Sening ezgu xohishing shunday edi. 27 Otam Menga hamma narsani topshirgan. Otadan boshqa hech kim O'g'ilni bilmas, O'g'ildan boshqa hamda O'g'il bilim berishni istagandan boshqa hech kim Otani bilmas. 28 Ey og'ir yuk ostida qiynalib, horib-tolgan hammalaringiz! Mening huzurimga keling, Men sizga orom beraman. 29 Mening bo'yinturug'imga o'zingizni qo'shing va Mendan o'rganinglar. Chunki Men beozor va soddadilman. Shunday qilib, jonlaringiz taskin topar. 30 Chunki Men solgan bo'yinturug' yumshoq, Men bergan yuk yengildir”.
Yuhanno 3:3-7 -- 3 Iso unga shunday javob berdi: - Senga rostini aytay: agar kim yuqoridan tug'ilmasa, Xudo saltanatini ko'rolmaydi. 4 – Keksa odam yana qanday tug'ila oladi? - deb so'radi Nikodim. 5 Iso javob berdi: - Senga rostini aytay: agar kim suvdan va Ruhdan tug'ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirolmaydi. 6 Tanadan tug'ilgan tanadir, Ruhdan tug'ilgan esa Ruhdir. 7 Sizlar yuqoridan tug'ilishingiz kerak, deganimga taajjublanma.
Yuhanno 6:46-47 -- 46 Aslida hech kim Otani ko'rgan emas, birgina Xudodan chiqqan Zot Otani ko'rgan. 47 Sizlarga rostini aytay: Kimki Menga ishonsa, abadiy hayotga ega bo'ladi.
Yuhanno 8:47 -- Kim Xudoniki bo'lsa, Xudoning so'zlarini eshitadi. Sizlar esa Xudoga begona bo'lganingiz uchun, eshitmayotirsiz.
Matto 11:15 -- Kimning eshitar qulog'i bo'lsa, eshitsin! (Matto 13:9.13.14.43, Mark 4:9.23, Luqo 8:8.10, 14:35; Yuhanno 5:28, Vahiy 2:7.11.17.29, 3:6.13.22, 9:13)
Yuhanno 17:6-8 -- 6 Sen dunyodan Menga bergan odamlarga Sening ismingni izhor qildim. Ular Seniki edilar va Sen ularni Menga berding. Ular esa Sening kalomimga amal qildilar. 7 Ular endi tushunib oldilar: Sen Menga nima bergan bo'lsang, hammasi Sendan ekan. 8 Menga bergan kalomlaringni ularga topshirdim. Ular esa kalomlarningni qabul qilib, Men Sening huzuringdan chiqqanligimni chinakkamiga tushundilar, Meni Sen yuborganingga ishondilar.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 09:41 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)