Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)
9. Kesariyada Sudning Birinchi Eshitishi (Havoriylar 24:1-23)HAVORIYLAR 24:1-9 Quddusdagi oliy ruhoniy Hananiya asabiylashdi va u Pavlus uning qo'lidan qochib ketishini bilar edi. Shunda u Pavlusni o'ldirish orqali Masihiylikni yo'q qilib yuborish uchun o'sha zahoti Pavlusning orqasidan borish uchun tayyor turdi. U o'zi bilan o'zining zo'ravonligini va jinoyatini ko'rsatmaslik uchun Kesariyaga qiriqta g'alayonchilarni olmadi, balki Pavlusni tezda yo'q qilish kerakligini ularga ishontirib o'zining balandparvoz tili bilan Rimliklarga tilyog'lamalik qilish uchun o'zi bilan bir gapdon hamroh oldi. Mahbus Pavlusni tinglash uchun olib kelishganda, bu gapdon notiq hukmdorni o'zining tomoniga tortish uchun tilyog'lamalik bilan va yaxshi so'zlar bilan gapini boshladi. U hokimning zakovati Yahudiy xalqiga yuksalish, havfsizlik va farovonlik olib kelgandek, u orqali Rim tinchligi Falastinga kelganidek gapirdi. U Yahudiylarning oliy kengashi u bilan to'la hamrohlikda va uning ayiblovlarida unga yordam berish uchun tayyor ekaniga da'vo qilib, tez va erkin buni ijro etdi. U gapirgan yaxshiliklar va hislatlari Feliksga allaqachon tanish edi. Ular quyoshdek yorqin edi. Shunda, u o'zining yaxshiliklarining sifatlarini va oliy darajadagi murakkablanishi orqali bu hokimni jalb qilishni tanlamadi. Balki u mahbus Pavlusni juda havfli kishidek sekingina tasvirlab berdi. U Pavlusni uchta xalq oro jinoyatlar bilan hukm qildi: Birinchisi, Pavlus faqat Falastindagi tinchlikni buzmasdan, balki Yahudiylar orasida janjallar, g'alayon va tortishuv yaratib, Rim Imperiyasining viloyatlari bo'ylab ham tinchlikni buzdi. Ikkinchisi, bu ayiblangan kishi barcha Masihiylikning boshqaruvchisi va uning boshi va yuragi edi. Bu oliy Yahudiy kengashi Masihiylikdan kuch bo'lishi uchun va barcha insonlarga Masihning tekin inoyati berilganiga ko'ra umumiy xabarga o'zgaryotgan yahudiy dini fikrining xalqarochiligi uchun sabab bo'lishi uchun Butrus, Yuhanno yoki Yoqubni emas balki Pavlusni aniq tanidi. Uchinchisi, hatto Rim hokimlari ma'badni hurmatlab, uning haq-huquqlarini asrab, Yahudiy madanyatini e'zozlagan bo'lsa ham, Pavlus ma'baddan nafratlanib, bunga hurmatsizlik qilgani. Yahudiy ayiblovchilari hukumdorga Masihning kelishi yoki huquqiy solihlik ustidan bo'lgan muhokamadek hech qanday muhim xabar olib kelmagan edi. Balki, ular G'ayriyahudiylarning havoriysini ma'badning muqaddasligini buzuvchi va bu holatning tinchligini buzuvchisidek tasvirladilar. Ayniqsa, Yahudiylar Yahudiy qonuni ustidan Rim buyrug'iga joylab, ularning qo'llaridan majburlik bilan Pavlusni olish uchun Quddusdagi qo'mondon Lisiyga qarshi shikoyat qildilar. Bu shikoyat yuragida Yahudiy huquqlarining ozodligi uchun yashiringan talab bor edi, chunki Rimliklar Yahudiylardan o'zlarining qonunlariga ko'ra gunohkorlarni qatl qilish uchun huquqni olishgan edi. Hamma bosh ruhoniylar bu shikoyatni qo'lladi va ular Pavlusni hamma insonlar uchun havf-hatar chiqargan, dunyodagi balo deb nomladilar. Shuning uchun bu dunyoning tanasidan bu baloni yo'q qilib yuborish va darhol bu havfni yo'qotish hokimga bog'liq edi. Bu shikoyat o'lim saodat manbasining favvorasi deb nomlanib, Masihning sevgisining bilib olishga qobilyatsiz ko'r bo'lgan aqidaparastlikni ko'rsatadi. Shayton o'zlarining tosh yuraklarida biz haqmiz deb o'ylagan, haqiqatni yolg'onlarcha o'zgartirgan yolg'onchilarning otasidir. IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, Sendan minnatdormiz, chunki Sen haqiqatsan. Barcha yolg'onchilar Sening to'g'riliging kuchi orqali buziladilar. Biz haqiqat va sevgi bilan gapirishimiz uchun bizga o'rgat va botirlik bilan, ehtiyotkorlik bilan voizlik qilishimiz uchun bizni boshqar. Omin. SAVOL 113: Pavlusga qarshi shikoyatdagi uchta narsalar nimalar? Bu shikoyatning yig'indisi nima? |