Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)
6. Shoulning Damashqdagi voizligi va Yahudiylar tomonidan Quvg'in etilishi (Havoriylar 9:19-25)HAVORIYLAR 9:19-25 Muqaddas Ruh zafar qozongan yerda, jamoatda sevgi hukmronlik qiladi va Isoni bilmaganlarning orasida xushxabar voizlik qilinadi. Shoul Xudoga rahmat aytib, Muqaddas Ruhga chuqur kirib borib, Damashqdagi jamoatda kunlarning aniq soni bo'lib qoldi. Eski Ahdning bashoratlari orqali Yangi Ahdga bo'lgan zakovat unga ayon bo'ldi. Shoul o'zining tajribasining yashira olmadi va Masih bilan duch keldi. U Quddusda oliy kengashning elchisidek Yahudiylarning ibodatxonasiga tanilgan edi. U ibodatxonaning o'rtasiga kelib, ochiqchasiga Isoni voizlik qildi. U havoriylar o'zlarining voizliklaring boshida qilishganidek faqat Nasroniylik Xudoning kishisi, buyuk payg'ambar, yoki va'da qilingan Masih ekanligini ko'rsatish bilan qoniqmadi. U Isoning ulug'vorligini ko'rdi va Iso haqiqiy Xudodan bo'lgan haqiqiy Xudo eknligiga, yaralmagan va Ota bilan bir ekanligiga dalolat berdi. Bu shahodat ruhiy inqilobga va aqidada Yahudiylarning jonsiz imonini imtixon qildi. Xudoning O'g'li bor degan har bir bayon Yahudiylar dinlariga berilib, ularga bu kufrlik bo'lib ko'rindi. Biroq Shoul o'zining va'zining boshidan Muqaddas Uch Birlikning haqiqatiga dalolat keltirdi. U Isoning ovozini eshitdi, Uning ulug'vorligini ko'rdi va Iso Kishi Xudoning O'zining O'g'li ekanligini tushundi. U nima bo'lsa ham bu haqiqatga ikkilanmadi, lekin u barcha boshqa an'nalardan, izohlardan va aqidalardan yuqori ekanligini e'lon qildi. Pavlus Xudoning otaligi g'alati fikr emasligini e'lon qildi, chunki Xudo shunaqa, va faqat shunaqadir. Ota, O'g'li va Muqaddas Ruhdan tashqari hech qanday xudo yo'q. Mavhum aqidadagi o'lik imon hayotdan yoki kuchdan chiqadigan chiqadigan g'alati tasvir bo'shlig'idir. Bizning Xudoyimiz Ota, O'g'l va Muqaddas Ruhning birligi orqali seziladigan sevgidir. O'g'ildan bosh tortgan kishi Otani bilmaydi va osmondagi Otaga ishonmagan kishi Muqaddas Ruhni qabul qilmagan. Muqaddas Ruhga to'lgan bilimli qonun mutahassischisi bo'lgan Shoul Nasroniylik Iso haqiqiy Masih ekanligini itoatsiz Yahudiylarga va boshliqlarga isbotlab berdi. Shuningdek, barcha Yahudiylar gunohkor, chunki ularga jo'natilgan Xudoning O'g'lini o'ldirdilar. Shoul ular bilan ikkinchi masalalarni muhokama qilmadi, balki masalani markaziga to'g'ri bordi. U Masih O'zining tinglovchilariga inoyatlarini noil qilgan va mutloqo ularni duo qilgan suyukli Masihni va'z qilmadi. U shoh bo'lgan Masihga itoatgo'ylik uchun chaqirdi. Uning Rabbiysi muqaddaslikda va porlayotgan nurda u bilan duch kelgan edi va uning solihligi bekorga emas ekanligini unga ko'rsatdi. Inoyatni o'zi uning hayotining poydevori bo'lishi kerak edi. Damashqdagi Yahudiylar qo'rqib dovdirab qolishgan edi. Ular oliy kengashning elchisida o'zlarining jamiyatlaridagi Isoning o'sib borayotgan harakatini yo'q qilish uchun ular bilan birga ishlay olgan kuchli ittifoqni topishni kutgandilar. Hozir bu qonun mutahassischi Isoni G'olib bo'lishini va tirik Xudoligini ko'rsatyapdi. Qattiq qo'l qonunchi Yahudiylarning hech biri uni yengisha olmadi. Bir ancha kunlardan keyin Masihga ishongan Yahudiylarning soni oshib bordi. Bular faolligida qiziqishni ko'rsatib uning o'quvchilari bo'lishdi. Shunda ibodatxonaning hukmdorlari Pavlusni o'ldirishga qaror qilishdi. U imonlilarning uyiga kirgan va Yahudiylarning ayg'oqchilari sodiq do'stlardek bo'lib nafratlanganda o'zini yashirishga to'g'ri keldi. Ularda shahar boshliqlariga tasiri bor bo'lganlar Shoul qochib ketmasligi uchun shahar darvozalarini kuzatib turishda soqchilar bilan qatnashdilar. Tajribali yosh imonli birinchi vaqtda xushxabarni voizlik qilib, ta'sir olib keladi: qabul yoki rad etish, tashakkur yoki la'nat va sevgi yoki nafrat. Shoul Damashqda qolishga qaror qilmadi. U o'ziga shunday demadi: Endi nima bo'lganda ham men shu yerda qolishim kerak, va Masih uchun jafokash bo'lib azob chekishim kerak. Buning o'rniga sodiq birodarlar tunda uni savatga solib devordan tushirishlariga rozi bo'ldi. Bir necha haftalar oldin u mag'rur ot minuvchidek Damashqqa kelgandi. Endi bo'lsa u shahar vodiysidan ketishi kerak bo'lib qochoq bo'lib qoldi. Uning yuragi sovuq, qattiq va qonun uchun g'ayratga to'la bo'lganidek, hozir uning ichki borlig'ida Masih uchun sevgi alangalandi. Muqaddas Ruhning kuchi butun dunyoga havoriy bo'lish uchun Yahudiylikning burungi havoriyni ruhlantirdi. IBODAT: Ey Xudoning O'g'li, biz Senga sajda qilamiz. Biz Senga yuraklarimizni fikrlarimizni bag'ishlaymiz, va Sen bizning ayiblarimizni yuvib, Muqaddas Ruhing bilan bizni moylab, va osmondagi Otangni bizlarga ochib berganing uchun rahmat aytamiz. Sening noming bilan bizni asra va ko'plar Sening nomingni va mexribon Xudoni tanishga kelishlari uchun bizlarni xushxabaringni voizlik qilish uchun ruhlantir. Omin. SAVOL 48: Quydagi bayonning ma'nosi nima? Iso Kishi Xudoning haqiqiy O'g'li. 3-SAVOL-JAVOBAziz kitobxon,
Siz abadiy hazinani olishingiz uchun Havoriylarning imtihonini to'ldirishingiz uchun rag'batlantiramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bu bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |