Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Acts - 021 (Peter and John Imprisoned)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

11. Butrus bilan Yuhanno qamoqqa olinib birinchi marotaba sud qilinishdi (Havoriylar 4:1-22)


HAVORIYLAR 4:1-7
1 Butrus bilan Yuhanno xalqqa gapirib turganda, ruhoniylar, ma'bad mirshabboshisi hamda sadduqiy mazhabidan bo'lganlar ularning ustiga bostirib keldilar. 2 Ular Isoni ibrat qilib ko'rsatib, o'liklarning tirilishi haqida xalqqa talim berayotganlari uchun, din peshvolari juda achchiqlangan edilar. 3 Butrus bilan Yuhannoni ushladilar va endi vaqt kech bo'ldi, deb ertagacha ularni qamoqxonada qoldirdilar. 4 So'zni eshitganlarni ko'plari esa imon keltirdilar; bu odamlarning soni besh mingga yaqin edi. 5 Ertasi kuni yahudiylarning boshliqlari, oqsoqollari va ulomolari Quddusda to'plandilar. 6 Oliy ruhoniy Hanan, Kayafa, Yuhanno, Iskandar va oliy ruhoniy avlodidan bo'lgan boshqalarning hammasi shu yerda edilar. 7 Ikkala havoriyni o'rtada turg'izib: Sizlar qanday vakolat bilan va kimning nomidan buni qildingizlar? - deb so'rashdi ulardan.

Qayerda Xudoning marhamati paydo bo'lsa, do'zax ham qo'zg'aladi. Iso Butrus va Yuhanno orqali shol odamga shifo berdi. Xalq xushxabarni eshitish uchun raqobatlashdi. Mabad mirshabi keldi; chunki ular shubhaga oshiq bo'lish uchun mo'jizani nazarda tutdilar va odamlarning to'planishi havfsizlik uchun havfli deb hisobladilar. Din yo'lboshchilari ma'badda buyrug'ga ishontirish uchun javobgarligi bor ruhoniylari bilan yonma-yon turgan edilar. Ma'lumotli Sadduqiylar ruhsatsiz xalqga talim berayotgan zarar keltirmaydigan baliqchilarga qarshi tezda halqni gijgijlashga kirishdilar. Ular uchun bu ozodlikni gapirish olimlarga va falsafachilarga toraygan edi. Ular asabiylashib Jaliliyadan bo'lgan bu kishilar ularning imoniga qarshi bo'lib o'limdan tirilgan Iso haqida e'lon qilayotgan bu kishilardan yuraklari o'rtandi. Ko'ngli yorishgan va ilimli xalq tirilish haqidagi e'tiqotdan voz kechdilar. Binobarin, Masihning tirilishiga bo'lgan shahodat ma'bad mirshablari tomonidan zindonga olingan bu havoriylarni qo'lga tushirish uchun asosiy sabab edi. Ular qamoqda Iso shol odamga shifo berganidagi Uning zafari uchun Isoga shukurlar aytib, Uni ulug'lab va ibodat qilib butun sovuq tunni u yerda o'tkazishdi. Ular ma'batda xalqga murojat qilishlari uchun Xudo ularga imkoniyat bergani uchun Uni ulug'lashdi. Ular keyingi kuni bo'ladigan sud uchun to'la ibodat bilan o'zlarini tayyorlashdi.

Havoriylarning imon haqidagi xabarlarida xalq ustidan buyuk ta'sir bor edi. Ko'p singan yuraklar xochga mixlanib o'limdan tirilgan Isoga ishonishdi. Shu yo'l bilan ular gunohlarining kechirimini qabul qilishdi. Masihning izdoshlarining soni ilk jamoatda besh mingtaga chiqib bordi. Bular na ibodatxonaga na o'zlari uchun uyga ega bo'lishdi, ular Muqaddas Ruh bilan to'lishgan edi. Xudoning O'zi ular bilan bo'lib, ular orqali ishladi. Iso tufayli qamoqqa olingan bu kishilar uchun ko'pchilik ibodat qilish uchun birga to'plandilar.

Keyingi kuni tergovning odil sudning kengashi va Yahuduylarning oliy sudi to'planishdi. Isoga qarshi eng faol bo'lgan oliy ruhoniylaring oilasining a'zolari bu kengashni o'z ichiga olgan. Shaxsan ular Isoni kufurlikda ayiblab o'limga hukm qilishgan edi, chunki ularning o'rtalarida bog'langan Xudoning O'g'li ularga Qudratli Xudoning o'ng tomonidan Inson O'g'li o'tirganini ko'rishlarini aytgan edi. Haqiqtdan, bu ilohiy Kuch yana bir marta bu ikkala havoriylarda ishladi.

Iso ayyor Kayafa va obro'li Annaning oldida turgan Butrus bilan Yuhanno orqali O'zining yana bir bor hukm chiqaruvchilariga va ta'qib qiluvchilariga tavba qilib qaytib kelishlari uchun imkon berayotgan edi. Buni tinglash juda muhim edi, chunki bu havoriylar uchun emas balki hukmlovchilar uchun edi. Ularda hanuz tirik va zafarli Tangri bo'lgan Masihga tavba qilib ishonishlari uchun imkon bor edi.

Sud tinglovchilarini boshqarishidagi mirishkorlari kirish savollari bilan sekin asta borishmadi, aksincha ular to'g'ridan to'g'ri ish yuzasidan borishdi. Ular shogirdlardan ularni kim jo'natganligi haqida so'rashdi va ular qanday kuch bilan bularni qilishyotganini so'rashdi. Bu suvga cho'mdiruvchi Yahyo hamda Isoning O'zidan so'rashgan bir hil savol edi. Ular Xudoning kuchini sezishdi va mo'jizalarni guvohi bo'lishdi, biroq ular Muqaddas Ruhning ishini va so'zlarni tushunishmadi. Ular Xudoning so'zining kuchini tushunib yetishmadi, chunki ular Xudoning ovozini eshitishga yuraklarini yog' bosgan edi. Ularning yuraklari mag'rurlikka va aniq qonunchilikka qattiq tutib berilgan edi. Bu hardoim eshitib turib anglamaslik va qarab turib ko'rmaslik uchun juda katta musibatdir.

IBODAT: Ey Tangrim, mening qalbimni ochib, fikrlarimga Ruhingni yog'dirgin. Men Sening so'zingni sevib, Sening vahiylaringa ishonib, amirlaringni bajarib va sevging hohishimni yoritgin va sevginga qarshi bo'lmayin. Bizning xalqimizning quloqlarini ochib yuborgin va Najotkor Isoni tushinib yetib Unga ishonib va abadiy hayotni qabul qilishlari uchun dunyoning ko'zlarini yoritgin. Omin.

SAVOL 21: Oliy kengash va ikki havoriylarning o'rtalaridagi uchrashuv nimani anglatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)