Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- John - 094 (The world hates Christ)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
D - Getsemaniya yo'lidagi hayirlashuv (Yuhanno 15:1 - 16:33)

3. Bu dunyo Masihdan va Uning shogirdlaridan nafratlanadi (Yuhanno 15:18 – 16:3)


YUHANNO 15:26-27
26 Otam huzurida Men sizlarga yuboradigan Yupatuvchi, ya'ni Otam nazdidan chiquvchi Haqiqat Ruhi kelgach, U Men to'g'rimda guvohlik beradi. 27 Sizlar ham guvohlik berasizlar, chunki boshdanoq Men bilan birgasizlar.

Bu dunyoning nafratlanishiga va Xudoning O'g'lini xochga mixlashlariga Muqaddas Uch Birlikning javobi nima edi? Bu javob Muqaddas Ruhni jo'natish edi. Ruhning kelishi hozirgi hayratli kundir. Uning kelishi dunyoga Xudoning kirishini ko'rsatadi, chunki U Otadan chiqadi va U e'tiqodlarda va borliq mavjudotda Xudo bilan birlikdadir. U dunyoning qutqarilishini va yaratishda ulashishni xohlaydi. Bu Ruh dunyodagi yomonlikni hukm qiladi, va hamma ifloslikni oshkor qilganida bizni Xudoning muqaddasligi sari harakatlantiradi. Uning shogirdlaridagi huzuri kamtarlikka va o'zidan kechishga dalda bo'ladi, holbuki bu dunyo mag'rurlikda, qaysarlikda va yolg'onda dimiqadi. Birinchidan, U dunyoviylarni yovuzliklari uchun tanbeh beradigan haqiqat Ruhidir.

Xuddi shunda, U shogirdlarning najotlarini to'ldiradigan Iso Xudoning O'g'li ekanligiga ularni ishontirib ularga dalda beradi. Yupatish Ruhi bizning ruhimizga Otaning O'zini O'g'ilning sevgisida ko'rish uchun bizlar uchun Isoga shahodat beradi. Muqaddas Ruhsiz haqiqiy imonni tushunolmaymiz. Biz hamma imonlilar bilan Rabbimiz Iso Masihga o'zimizning ishlarimiz va qobiliyatlarimiz orqali ishona olmasligimizni yoki bizni Xushxabar orqali chaqirgan va haqiqiy imon orqali bizni muqaddaslab, O'zining sovg'alari bilan yoritgan Ruhisiz Uning oldiga kela olmaymiz. U hamma Masihiylarni to'plab, yoritib va ularni Masihda muqaddas qilib chaqiradi. Iso ularni imonda va bir haqiqat e'tiqodida saqlaydi. Muqaddas Ruh bizning shahodatimizda natijalarni yaratadi. Agar siz boshqalarga Masih haqida aytishni xohlasangiz, o'zingizning tajribangizga yoki tushunchangizga suyanib qolmang. O'zingizni Donolik Ruhiga to'la topshiring. Isoni qanday qilib ulug'lashni o'rganish uchun Uning so'zlariga quloq tuting. Siz guvohlik berganingizda va suhbat qilganingizda Ruhning ovozini shunday samimiy eshitish sizni Rabbimizning natijali havoriysi qiladi.

Masih O'zining o'n bir shogirdlarini O'zi haqida guvohlik berishga va ularga o'zgacha yengillik berishga chaqirdi. Bu shogirdlar dunyodagi tarihiy ish bo'lgan Iso uchun tirik guvoh edilar. Ular ko'rganlariga, eshitganlariga va tegib ko'rganlariga guvohlik berardilar. Ularning so'zlari dunyoda Xudoning huzurining asosini isbotlagan. Bizning imonimiz bu guvohlikka bog'liqdir. Iso kitob yaratmadi yoki Maktub yozmadi, balki U saqlangan xabarini Muqaddas Ruhning guvohligiga va shogirdlarining hatti-harakatlariga bog'liq bo'lgan gaplariga bag'ishladi. Haqiqat Ruhi yolg'on gapirmaydi, lekin bu kasal dunyoga shogirdlarining o'gizlari orqali Masihning sevgisining kuchini isbotlaydi. Isoning O'zi havoriylariga shunday deb aytdi, "Muqaddas Ruh ustingizga tushib kelganida quvvat olasizlar, va Mening guvohlarim bo'lasizlar."

IBODAT: Ey Xudoning O'g'li, Muqaddas Xudo biz Senga sajda qilamiz, Sen Ota va Muqaddas Ruh bilan birsan va Sen bizlarni yetim qoldirmading, lekin guvohlik berish uchun haqiqat Ruhingni jo'natding. Sening kelishing orqali biz muqaddaslanaylik. Ko'plar ishonishi uchun Sening guvohlaring bo'lishga bizlarni o'rgat.

SAVOL:

  1. Qanday qilib Xudo Masihni xochga mixlagan dunyo bilan yuzma -yuz keladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 11:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)