Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi 3 Qism - Havoriylar davrasida nur porlaydi (Yuhanno 11:55 - 17:26)
A - Muqaddas haftaga kirish (Yuhanno 11:55 - 12:50)
5. Insonlar o'zlarini hukm tomon qattiq berkitib olishdi (Yuhanno 12:37-50)YUHANNO 12:37-41 Iso Quddusda ko'p mehribonlik xohishining mo'jizalarini ko'rsatgan edi. Irodalarga tayyor bo'lgan hamma Isoning kuchidan va manbasidan habardor bo'ldi. Lekin o'girilgan adolatsizlik va mantiqning saviyalari orqali Iso O'zini o'lchaganda, tor fikrlagan, oldingi fikrlari bilan qolganlar Isoni payqamadilar. Ko'p halq o'zlarining g'alati fikrlari bilan to'ladirlar va ular Xudoning ovozini tinglamaydilar. Muqaddas Ruh sekin va muloyimlik bilan gapiradi va yurakning diqqat e'tiborini talab qiladi. Lekin isyonchilar xushxabarda gapiradigan Muqaddas Ruhga qarshilik qildilar, yolg'iz o'zlarining qalblarini o'zlari tosh qilmaydilar, lekin Xudo O'zining adolatida va qahr-g'azabida ularni shunday tosh yurak, ko'rish va eshitish uchun ulardagi yashash qobiliyatidan olib chiqadi. Oxir oqibatda ular endi o'zlarining muhtojliklaridan habardor bo'lisholmaydi. Xudo najot va hukmning vakilidir. Bizlar ba'zi oilalarni, qabilalarni va halqlarni Xudoning g'azabi ostida yashayotganlarini payqaymiz. Chinakkam rahbarlikka ularni olib kelish uchun Uning qaytarilgan urunishlaridan keyin, Xudo O'zining abadiyligidan ajraganlarga e'tibor bermaydi. Xudo Muqaddas Ruhining tovushiga itoat qilmaydiganlarning yuraklarini tosh qiladi. Atayin Uning sevgisining ustiga oyoq qo'yganlar va Masihning e'tiborini rad etgan hamma hukmga qulab tushadi. Xudo O'zining muqaddasligi uchun asta jahannam tomon bo'ysunmaydiganlarni yuragini tosh qilishi kerak. Xudoga qarshi bolganlarni tosh qilib borayotgan Xudoning tushunchasi hayoliy falsafa emas, balki O'zining ulug'vorligi bilan qiladigan tushunchadir. Ishayo Xudo Uni halqini qutqarish uchun emas balki yuraklarini tosh qilishga yuboryotganligini eshitganda buni tushundi (Ishayo 6:1-13). Sevgi haqida voizlik qilish Xudoning qahri va hukmi haqida ogohlantirishdan ossonroqdir. Xudoning sevgisi muqaddaslik bilan, haqiqat bilan va adolatlik bilan qorishadi. Hech qanday yovuzlik Uning huzurida turolmaydi, lekin Uning ulug'vorligining nurlaridan qochadi. Holbuki Iso muqaddas Sevgi Zotdir, Uning shaxsi odamlarni ajiratadi. Ishayo orqali ko'ringan va taxtda o'tirgan Xudo Iso ekanligini Yuhanno jasorat bilan tasdiqlaydi, chunki Xudo va Uning O'g'li muqaddaslikda va ulug'vorlikda birdir. YUHANNO 12:42-43 Havoriy Yuhanno oliy ruhoniy oilasida taniqli edi (Yuhanno 18:15). U bizlarga Isodan umum xalqning yiroqlashishiga qaramay, ba'zi e'tiborlilar Isoga ishonishdi. Ular Xudo U bilan ekanligiga va Uning so'zlari haqiqat va kuchga to'la ekanligini sezishdi, lekin ular ochiq oydin guvohlik berishmadi. Nima uchun shuncha odamlar o'zlarining onglariga qarshi bo'lgan hukmga qo'shildilar? Ular saqlanishni afzal ko'rib va haqiqat uchun mashhur bo'lishni afzal ko'rib, Farziylardan cho'chidilar. Bu Farziylar Isoni biror kim qo'llab-quvvatlamasin deb maxrum qilishlilik bilan Quddusliklarga do'q-po'pisa qildilar. Shunda bu o'rinbosarlar o'zlarining obro'-e'tiborlarini yo'qotdilar va quvg'inga va taqiqqa oshkor bo'ldilar. Halqdan ajiralgan har bir odam umuman savdo sotiq qilolmasdi va halqining boshqalari bilan ibodat ham, hursandchilik ham qilolmasdi. Jamiyatga mohovlik yuqyapti deb Uni o'ylashdi. Nima uchun bu vakillar o'zlarining yashirin imonlariga qaramasdan tan olishmadi? Ular Xudoning haybatliliga qaraganda insonning hurmatini afzal ko'rishdi. lekin muqaddas Xudoga yoqish ularning maqsadlari emas edi; ular o'zlarini Tangrlaridan ham ko'proq sevishdi. Faqat yashirincha ishonuvchiga va Isoni tanimagandek harakat qiluvchiga azob bo'ladi. Shunday inson o'zining Xudosini tanqid soatida rad etadi. U Xudoning sharafiga va himoyasiga havsizlikni va obro'-etiborni avzal ko'radi. O'zingizni Xudoyingizni va najotkoringizni Uning ajoyib halovatiga ko'ra sizni U to'gri boshqarishiga ishonib Uni tan oling. YUHANNO 12:44-45 Qarama-qarshilik ham haqiyqatdir: Hech kim Otaga kelmaydi, faqat O'g'il orqali keladi: O'g'ildagi haqiqiy imondan boshqa, Xudoda haqiqiy imon yo'q. Ota Isoga hamma imonlilarni O'zining o'zgacha halqi bo'lishi uchun sovg'a qilib berdi va Uni hamma ilohiy sifatlar bilan yasatdi. Shuningdek, kamtarin O'gil "Kim Meni ko'rgan bo'lsa, Meni Yuborganni ham ko'rgan bo'ladi" degan gapni kibirlanib ketmasdan tasdiqlaydi. Aniq itoat qilish uchun Xudoning kuchini va ulug'vorligini olib yurgan Iso Xudodan bo'lgan asl Havoriydir. Iso ilohiy hayotning, nurning va ulug'vorlikning mohiyatini ifodalab beradi. Biz Iso hayotda va tirilishda eks ettirgan misolga qaraganda boshqa Xudoni bilmaymiz. Uning kamtarligi Uni Otaning darajasiga ko'tardi. Haqiqatdan Ishayo ko'rgan Xudo Isoning O'zidir, chunki Ota va O'g'ilning ortasida farq yo'q. YUHANNO 12:46-48 Afrikaning ba'zi qishloqlarida havfi yuqumli kasallik quturyapdi. Odamlar isitma uchun o'zlarining changalzordagi kulbalarida vaxshilarcha titraydilar. Qishloqqa shoshilgan shifokor agar bemor quyoshda yurganida bu kasallikning mikroblari yo'q bolib ketgan bo'lishini tushundi. Shunda u shunday deb baqirdi, "Qorong'u kulbalaringdan tashqariga chiqinglar va shifo topinglar. Quyoshda bu mikroblar o'lib ketadi. Ko'pchilik nurga chiqdi va shifo topdi. Boshqalar og'riq tufayli shifokorga ishonmadilar; ular ichkarida qolib ketib, halok bo'ldilar. Shifokor va shifo topgan halq, ba'zi o'lim azobida yotganlarni ko'rib, shunday deb so'rashdi, "Nimaga siz tashqariga quyoshga chiqmadingiz?" Ular shunday deb javob berishdi, "Afsuski, biz sizning so'zlaringizga ishonmadik, ular bizga oddiy bo'lib tuyuldi. Biz kasal va holdan toygan edik." Shifokor shunday deb javob beredi, "Sizlar faqat kasallikdan o'lmadingiz, balki mening yo'l-yo'riqlarimga ishonmaganingiz uchun o'ldingizlar." Bu surat Masihning kuchini tushintiradi. U gunoh zulmati ustidan ko'tariladigan va yovuzlikning ustidan g'laba qiladigan Solihlik Quyoshidir. Uning ajoyib nuriga kiradigan kishi qutqariladi. Unda insonzotni gunohdan va o'limdan saqlab qolishdan boshqa narsa yo'q. Uning so'zlari bizlarni hamma qaqshatqich kuchlardan ozod qiladi. Kimki Uning so'zlariga quloq tutsa, Unga ishonsa, Unga kelsa va bo'ysunsa, shu inson abadiy yashaydi. O'lim uning ustidan hokim bo'lmaydi. Lekin kimki Uning so'zlarini eshitsa va uni yuragida saqlamasa gunohga botadi va hukmga va tashqi zulmatga qarab yuradi. Shunda xushxabar ishonmaydiganlarga hukm va o'zining barbod bo'lishidagi omil bo'ladi. Siz Isoni o'zingizni Qutqaruvchingdek qabul qildingizmi?Siz Uning so'zlarini yod olasizmi va yuragingizda ularni bajarasizmi? YUHANNO 12:49-50 Iso Xudoning so'zidir. Faqat Xudo o'ylaydigan va xohlaydigan narsa bu biz Iso gapirganda eshitishimizdir. Masih Xudoning to'g'ri bizga bo'lgan habaridir. O'g'il itoatkorli edi, U Otasining ovoziga quloq soldi va uni inson tiliga tarjima qildi. Xudo U orqali gunohkor dunyoga gapiradi. Shunday deb aytganidek, "Men Barhayotman va sizning Otangiz bo'laman". Men inoyat orqali sizga toabad hayotni beraman. Siz Xudoning qahriga va yo'q qilishiga loyiqdirsiz, lekin Men sizni sevaman; Men sizning o'rningizga Muqaddas O'g'limni qurbon qilaman, shunda oqlangan siz Muqaddas Ruhni qabul qilishingiz mumkin. Siz o'lmaysiz. Men sizga Masihimni qo'lidagi abadiy hayotni qabul qilishingizni buyuraman. Kimki buni qilmasa, Jannatni va haqiqiy hayotni ko'rmaydi." Xudo bu so'zlar bilan dunyoga erkin najotni taqdim qiladi. lekin kimki Masihga e'tibor bermasa yoki Uni rad etsa chuqurlikka qulaydi, chunki u Xudoning hayot uchun buyrug'ini rad etgan. IBODAT: Ota, bizlarga abadiy hayot berganing uchun minnatdormiz. Biz Seni hursandchilik bilan ulug'laymiz. Sen bizlarni o'limdan hayotga va gunohning hokimyatidan O'zingni sevginga o'tqazding. O'g'lingni so'zlarini bizda saqlagin, hosil olib kelish uchun ularni yuragimizga va onglarimizga o'rnatgin. Ko'plar Sening xushxabaring orqali jonlansin. Hammaga Sening habaringni yuborish uchun bizlarni o'rgatgin, ular shunda o'lmasdan yashashsin. SAVOL:
|