Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula? -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi 2 Qism - Nur zulmatda porlaydi (Yuhanno 5:1 - 11:54)
C - Isoning quddusga oxirgi safari (Yuhanno 7:1 - 11:54) -- Mavzu : Zulmatning va nurning bo'linishi
1. Ma'baddagi bazmda Isoning so'zi (Yuhanno 7:1 – 8:59)
e) Gunoh bog'liqlikdir (Yuhanno 8:30-36)YUHANNO 8:30-32 Masih muloyimdir lekin ajoyib shahodati ko'p tinglovchilarga tasir qildi. Ular Xudodan kelgan deb Unga ishonish uchun iltifotlik bilan quloq solib turdilar. Iso ulardan faqat Uning xushxabariga ishonishlarini talab qilmadi, balki Unda qolish uchun Uning so'zlari haqida fikr yuritishni va Unga qo'shilishni talab qildi, huddi tokdagi novdadek; shunday qilib Uning Ruhi bizning yuraklarimizga va fikrlarimizga to'siqsiz oqsin; amalda Uning irodasini bajarish uchun bizni boshqarsin. Kimki Masihning so'zlarini shunday bajarsa haqiqatni payqab oladi. Chunki haqiqat oddiy fikr emas, lekin bu hayotimizning hatti-harakati orqali biz bo'lishishimizdagi amaliy haqiqatdir. Xudoning haqiqati hamma nutqning birinchisidir va bu samimiy va donodir; ikkinchisi Xudoni Otadek bilishdir, sevgi va hatti-harakatning birligidagi O'g'ilni va Muqaddas Ruhni bilishdir. Biz masihda ildiz otganimizda, biz Muqaddas Uch birlikning chiroyini sezamiz. Bizning hayotimizni o'zgartiradigan Xudoni bilish. Biz Xudoni boshqalarni sevishimiz darajasigacha bilamiz. Sevmaydigan kishi Xudoni bilmaydi. Masihning so'zlari orqali Xudoni bilishda bizlar ziqnalikdan ozod bo'lamiz. Tavba qilish haqida gaplashish yoki qonunchilik vazifalari haqida gaplashish bizlarni gunoh qulligidan ozod qilmaydi; Xudoning sevgisini bilish irodasi bu O'g'ilning kechirimini qabul qilish va bizning hayotimizga Ruhning kirishidir. Xudoning sevgisi ziqnalikning va o'zini o'ylashlikning zanjirlarini buzadi. YUHANNO 8:33-36 Yahudiylar gangib qolishgandi; ularning 0ta-bobolari Misrda Fravinning qo'l ostida ikki yuz yil yashaganlar, va ular Xudoning qudrati orqali o'zlarini ozod qilingan deb hisoblashgan, holbuki U ularni bu qullikdan olib chiqqan edi (Chiqish 20:2). Isoning so'zlari ularni ozod emasligini aytganda ular hafa bo'lishdi. Iso Unga ishonishni boshlagan insonlarning mag'rurligini yo'qotishga to'g'ri keldi. U ularga gunohning quli ekanliklarini va Shayton ularni asir qilib olganligini ko'rsatdi. Agarda bizning qullik o'lim salmog'ini tushunib yetmasak, biz najotni xohlamaymiz. O'zini gunohlarini ustidan g'olib chiqishga qobilyatsiz deb bilgan kishi Xudodan uni qutqarishni so'raydigan kishidir. Shu joyda biz nima uchun ko'p odamlar Isoni qidirishmasligining sababini ko'ramiz; bu shunaqadir, odamlar Isoning najotiga muhtojmasmiz deb o'ylashadi. Iso shunday deb e'lon qildi, "Kimki gunoh qilsa, gunohning quli bo'ladi. Kop yosh inson o'zining hayotini yolg'onlar bilan, dangasalik bilan va ikr-chikrlar bilan boshlaydi. Ular gunoh bilan o'ynashdi va uni ichida tasavvur qilib o'ralashib qolishgan; oxirida ular buni tanlashdi va o'zlarini yo'llarini yolg'on bilan rejalashgan. Ular bir necha iskanjaga harakat qilishdi va o'zlari uchun u odat bo'lguncha uni qaytarishdi. Ular kirni va yovuzlikni sezishganda va o'zlarining onglarining g'alayonlarini eshitishganida, allaqachon kech bo'lgan edi; hozir ular o'zlarini gunohlarining qulidirlar. Ular zo'rg'a jinoyatga berilishdan haydalganlar. Bunda ular o'zlarining yomon fikrlarini eshitishni boshlagan soatlarini lanatlagan bo'lar edilar. Odamlar hatto o'zlarini yolg'on xudojoyliklarini va hulq-atvorlarining niqobi ostida hunuk haqiqatni yashirsalar ham, ular yovuzlashib ketishdi. Masihsiz hamma inson shahvoniy havaslarining qulidir. Bo'ron qurigan barglarini uchirgandek, Shayton ularning nervlarini o'ynatadi. Xudoning O'g'li O'zining shahona so'zini shunday deb aytadi, "Hozir Men sizlar bilanman va sizning kishanlaringizni bilaman. Men sizlarni ozod qilishga va gunohlaringizni yuvishga tayyorman. Men dunyoning yuzaki islohatlar uchun yoki qattiqroq qonun bilan sizlarni tarbiyalash uchun kelmadim. Yoq, Mening maqsadim sizlarni gunohning kuchidan va Shayton orqali da'vo qilingan haqiqatlardan ozod etishdir. Men sizni kuchli qilaman va jonlantiraman shunda sizdagi Xudoning kuchi gunohga da'vo bo'lishi mumkin. Shubhasiz Shayton sizni mingta yo'llar bilan vasvasaga soladi. Sizlar qoqilasizlar, lekin qullardek emas, balki bolalardek o'zingizni yangi haqiqatlaringizning chinakkamligini ushlab qoqilasizlar." Sizlar gunoh magazinidan Mening qonim orqali sotib olinib, abadiy qutqarildingizlar. Sizlar Xudo uchun mahsusdirsizlar. U sizlarga ozod bolalar bo'lishingiz uchun ozodlikni taklif qildi. Gunohdan qutilganlar, Men sizlarni Xudo bilan bir bo'lish uchun, ihtiyoriy minnatdorchilik bildirish uchun va hizmat qilish uchun sizlarni olib yuraman. Men Xudoning olamiga gunohning qamog'idan sizlarni qutqaradigan ozod qiluvchi Isodirman. Men ovozimni eshitadigan hammani ozod qilish uchun vakolatni tutadigan Xudoning O'g'lidirman. IBODAT: Iso Tangrim, biz Seni ulug'laymiz va Senga sajda qilamiz, chunki Sen Shaytonning zolimligidan bizlarni xochda ozod qilgan Jabbor Qutqaruvchidirsan. Sen bizlarning hamma gunohlarimizni kechirding. Bizlarni sho'rlik va nafrat bo'lgan qullar bo'lib qolmasligimiz uchun bizlarni tozalagin, lekin ozod bo'lgan va hursand bo'gan o'g'illardek Xudoga hizmat qilishimiz uchun bizlarni tozalagin. SAVOL:
3-SAVOL-JAVOBAziz kitobhon, 19ta savoldan 17 ta to'g'ri javob jo'nating. Biz sizga bu o'qish kitobini chop etilgan birini jo'natamiz.
Ismingizni va bu savol-javob sahifasidagi to'la manzilni yozishni unutmang, faqat konvertda emas. Uni bu manzilga zo'nating: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |