Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)
4. Isoni O'ldirish uchun Hirodning Harakati (Matto 2:12-23)MATTO 2:19-21 Xudo Isoni ko'p vaqt Misr madanyatida o'sishini istamadi, shunda U Yusufni tushida uchinchi vahiy orqali uyga qaytib ketishi uchun boshqardi. Ular Baytlahimga va Yahudiy shohligiga emas balki Isroilning shimoliy yeriga qaytib ketishlari kerak edi, shunda Isoning tarbiyasi Ibroniy va Aramiya tillaridan va Eski Ahdning qoidalaridan birinchi o'z tomirini olar edi. Biz qiladigan hamma narsada oldimizda ketayotgan Xudo bilan yo'limiz aniq va ravshanligini ko'rish yaxshidir. Biz Uning buyrug'isiz bir yo'lga yoki boshqa yo'lga ketmasligimiz kerak. Xudoning qo'li Hirodning hayotini oldi. Hatto shohlar, payg'am-barlar va cho'ponlar o'lsa ham, Xudo, O'g'li Iso va haqiqiy izdoshlarini anglatadigan Masihning ruhiy badani abadiy yashaydi. Agar siz Isoning haqiqiy izdoshi bo'lsangiz va iztirobga tushsangiz, tinch bo'ling chunki Tirik Rabbiy Isoga ishongan kishida abadiy hayot bor. MATTO 2:22-23 Buyuk Hirod Eramizdan 4 Oldin ifodalab bo'lmaydigan azobdan o'lganda, u farmonida uch o'g'lining har biri shohligining bir qismini olishlariga qaror qildi; shunda Arhelay Quddusni va uning hududlarini egalladi va Antipas Jalila va Prasni o'zlashtirdi va Filip Gaulonitis, Trachonitis va Paneyani. Quddusda otasini zafar qozongan Arhelay otasiga o'xshab zolim edi. U bir marta askarlariga bir vaqtda Quddus ko'chalarida uch mingta ziyoratchilarni o'ldirish uchun buyrug' berdi. Qaysar uni Eramizdan keyin 3 da lavozimidan uni chetlatib, Fransiyaga uni quvg'in qildi. Qaysar xochda o'lish uchun Masihni hukm qilgan hokim Ponti Pilatga rayonini topshirdi. Shuning uchun biz Yangi Ahdda Hirod haqida o'qiganimizda, biz havoriylar janubiy O'rdun va Jalilaning shohi Antipani eslatib o'tishi haqida hulosa qilishimiz kerak. Bu Yusuf Quddusdagi Arhelayning vaxshiligining yangiliklaridan qo'rqqan va Xudoning uyga qaytishga bo'lgan buyrug'i nato'g'rimikin deb ikkilangan deb aytmasdan boshlaydi. Lekin bu imonli kishi havotirida ibodat qildi va Xudo unga to'rtinchi vahiyda javob berdi va unga Jalilaga ketishiga buyrug' berdi. U yerda Yusuf uy-joydek Nasroniy chahrini tanladi, chunki Maryam u yerda yashagan edi. Bu kichkina inoyatsiz, muhtasham bo'lmagan shahar butun Eski Ahdda eslatib o'tilmaydi lekin bu Isoning yerli uyi bo'lgan. Biz Unga jalb etilishimiz kerak bo'ladigan Unda dunyoviy shahona kuch bo'lmagan deb bashorat qilish haqiqatdir. (Ishayo 53:2). Bu shaharni eslatib o'tib, ishayning poyasidan keladigan hodani va uning tomiridan shohdek o'sadigan hivichni anglatadigan “Netzar” degan boshqa Ibroniy so'z Mattoning fikridan o'tdi (Ishayo 11:1, 2). Bu bashoratda “Netzar” bo'lgan Isoda yashaydigan Muqaddas Ruhning eslatib o'tilgan. “Nasroniy” ded atalgan Iso “Netzar” yani novda bo'lish uchun e'lon qilinadi. Pilat “Yahudiylarning Podshohi Nasroniylik Iso” deb yozib xochga qo'ygan nomda Nasroniy shahriga bog'liq eng muhim ma'noga hulosa chiqardi. (Yuhanno 19:19). IBODAT: Inoyatli Samoviy Ota, men Senga sajda qilaman, chunki Sen to'rt martaYusufni tush orqali boshqarding, unga irodangni e'lon qilding va imon orqali yo'nalishinga itoat qilish uchun unga kuch berding. Sen O'g'ling yosh bo'lganida uni butunlay himoya qilding; meni ham himoya qilgin. Men hur-sandchilik bilan Muqaddas Ruhingning ovoziga javob berishim uchun rahbar-liginga itoat qilish uchun menda xohishni yarat. Omin. SAVOL:
SAVOL - JAVOBAziz kitobxon,
Siz abadiy xazinani olishingiz uchun Masihning imtixonini biz bilan bajarishingiz uchun sizga yordam beramiz. Biz sizning javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil: Waters of Life Internet: www.waters-of-life.net |