Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 20 - Conduct 2

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian? -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari
G - Insonlar tomon bizning Burchlarimizga mansub Masihning Amrlari (HATTI-HARAKAT)

2. Ota-onani Hurmat qilish



Luqo 2:48-52 -- 48 Ota-onasi Uni ko'rib, ajablandilar. Onasi Unga: - Bolam, nega bizni bunday ovora qilding? Mana, otang bilan men juda qayg'urib, Seni qidirib kelyapmiz, - dedi. 49 Iso ularga: - Meni qidirishingizning nima keragi bor edi? Yoki Otamning ishlari bilan mashg'ul bo'lishim kerakligini bilmas edingizmi? - dedi. 50 Ammo ular Uning istagan so'zlarini tushunmadilar. 51 Iso ular bilan birga jo'nab, Nosiraga qaytib keldi. Ularga itoatli bo'lib yurdi. Onasi esa bu gaplarning hammasini diliga tugib oldi. 52 Shunday qilib, Iso zakovatda ham, yoshda ham ulg'ayib borib, Xudo va bandalarning mehrini qozonar edi.
Yuhanno 2:2-8 -- 2 Iso bilan shogirdlari ham to'yga taklif etilgan edilar. 3 Sharob tugab qolgach, Isoning onasi Unga: - Ularda sharob qolmabdi, - dedi. 4 Iso unga: - Mening ishomga aralashma, ayol. Mening vaqt-soatim hali yetgani yo'q, - dedi. 5 Shunda onasi xizmatchilarga: - U sizlarga nimaiki desa, o'shani qilinglar, - dedi. 6 O'sha yerda yahudiylar tahoratda ishlatadigan, har biri ikki-uch chelak sig'imli oltita tosh hum bor edi. 7 Iso xizmatchilarga: - Xumlarni suvga to'ldiringlar, - dedi. Ular xumlarni limmo-lim to'ldirishdi. 8 Iso ularga: - Endi cho'michlab olib, to'yboshiga olib boringlar, - dedi. Ular esa olib borishdi.
Matto 12:46-50 -- 46 Iso xalq ommasiga hali gapirib turgan vaqtda, Uning onasi bilan ukalari kelib qolishdi. Ular tashqarida kutib turib, U bilan gaplashmoqchi bo'lishdi. 47 Kimdir Isoga: - Mana, onang va ukalaring tashqarida Sen bilan gaplashmoqchi bo'lib turishibdi, - dedi. 48 Iso buni aytgan kishiga javob berib: - Mening onam kim? Ukalarim kim? - dedi. 49 So'ng qo'li bilan shogirdlarini ko'rsatib: - Mana, Mening onam va ukalarim! - dedi. 50 – Kimda-kim osmondagi Otamning irodasini bajo keltirsa, u Mening ukam, singlim va onam bo'ladi.
Yuhanno 19:25-27 -- 25 Isoning xochi yonida Uning onasi, onasining opasi, Klopaning xotini Maryam hamda magdalalik Maryam turar edi. 26 Iso onasi yonida O'zining sevikli shogirdi turganini ko'rdi-da, onasiga: - Ey ayol, mana bu sening o'g'ling! - dedi. 27 Keyin shogirdlariga qarab: - Mana bu sening onang! - dedi. O'sha ondan boshlab u shogird Maryamni o'z uyiga olib ketdi.
Matto 15:4-6 -- 4 Xudo Tavrotda shunday amr bergan: “Ota-onangni hurmat qil”, va “Ota-onasini haqorat qilgan albatta o'ldirilsin”. 5 Ammo sizlar: “Agar kim ota yoki onasiga: 'Mening senga yordamim Xudoga bag'ishlangan', - desa, 6 u ota yoki onasini hurmat qilmasa ham bo'ladi”, - deysizlar. Shunday qilib, siz o'zingizning urf-odatingizni deb Xudoning amrini bekor qildingizlar.
Mark 5:38-43 -- 38 Jamoboshining uyiga yetganlarida, yig'i va dod-faryod to'la bir qiy-chuvga to'g'ri kelishdi. 39 Iso ichkariga kirib: - Nega qayg'uryapsizlar, nega yig'layapsizlar? Qizcha o'lgan emas, u uxlab yotibdi, - dedi. 40 Ular esa Uning ustidan kulishdi. Iso hammani tashqariga chiqarib yubordi, qizchaning ota-onasi va shogirdlarini olib qoldi va qizcha yotgan xonaga kirdi. 41 Qizchaning qo'lidan ushlab unga: - Talifa qumi! - dedi. Bu so'zning tarjimasi: “Qizim, senga aytaman: o'rningdan tur!” demakdir. 42 O'n ikki yashar qizaloq shu onda o'rnidan turib, yura boshladi. Buni ko'rganlarning aqli shoshdi. 43 Iso: - Buni hech kim bilmasin, - deb ularga qat'iy buyurdi va qizchaga ovqat berishlarini aytdi.
Luqo 7:12-15 -- 12 Iso shaharning darvozasiga yaqinlashganda, bir beva ayolning yakkayu yagona o'g'li o'ligini ko'tarib chiqayotgan edilar. Tumonat shahar aholisi u ayolni o'rab olgan edi. 13 Rabbimiz Iso onani ko'rgach, unga rahmi kelib: - Yig'lama! - dedi. 14 U yondashib, tobutga qo'l tegizdi. Tobutkashlar to'xtab qolishdi. Iso o'likka: - Ey yigit, senga aytaman: tur o'rningdan, - dedi. 15 O'shanda o'lik rostlanib o'tirdi-da, gapira boshladi. Iso uni onasiga topshirdi.
Matto 15:21-28 -- 21 Iso u yerdan chiqib, Tir va Sido'n yurtiga ketdi. 22 O'sha tevarakdan kan'onlik bir ayol Isoni qarshilab: - Ey Hazrat, Dovudning O'g'li, menga rahm qil! Qizimni jin juda qattiq qiynayapdi, - deb faryod chekdi. 23 Lekin Iso unga bir og'iz so'z ham javob bermadi. Shogirdlari kelib: - Uni qo'yib yubor, u orqamizdan dodlab yuribdi, - deb Isodan iltijo qildilar. 24 Iso esa javob berib: - Men faqat Isroil xalqining adashgan qo'ylari huzurigagina yuborilganman, - dedi. 25 Shunda ayol yaqinroq kelib: - Ey Hazrat, menga yordam ber! - deb Isoga sajda qildi. 26 Iso: - Bolalardan nonni olib itlarga tashlash yaxshi emas, - degan javobni qaytardi. 27 Ayol: - Xuddi shunday, Hazrat, lekin itlar ham ho'jayinlarining dasturxonidan tushgan ushoqlarni yeydilar-ku! - dedi. 28 Iso buni eshitib, ayolga: - Ey ayol, sening ishonching buyuk, sen tilagandek bo'lsin, - dedi. Ayolning qizi esa o'sha zahoti tuzalib ketdi.
Matto 20:20-23 -- 20 Shunda Zabadiylar oilasining onasi o'g'illari bilan birga Isoning huzuriga keldi. Nimadir so'ramoqchi bo'lib, Unga ta'zim qildi. 21 Iso ayoldan so'radi: - Sen nima istaysan? - Sening Shohligingda bu mening ikki o'g'limning biri o'ng tomoningda va biri chap tomoningda o'tirishlarini buyurgin! - dedi Unga ayol. 22 Iso javob berib dedi: - Sizlar nima so'rayotganingizni bilmaysizlar. Men ichajak hasratli taqdir sharobini icha olasizlarmi? - Ichamiz! - dedi ular. 23 Iso ularga: - Sizlar-ku Mening kosamdan ichib, hasratlarimni chekasizlar, ammo Mening o'ng va chap tomonimda o'tirishga ruhsat berish Mening ixtiyorimda emas, Otam bu o'rinni kimlarga tayorlagan bo'lsa, ularga buyuradi, - dedi.

Hulosa

Biz boshqa insonlar bilan insonning munosabatlari haqida Eski Ahddagi amrlarning buyrug'larida birinchi kabi ota-onani hurmat qilish amrini topamiz. Bu va'da bilan birinchi amrdir. Bu va'da kimki ota-onasini hurmat qilsa uzoq umr ko'radi va Xudoning va'dasiga yetishadi deganidir. Ota-onasini hurmat qilgan, yordam beradigan va ularga xizmat qiladigan kishi hurmat qozonadi va butun xonadoni va qo'l mehnatlari bilan Xudo tomonidan marhamatlanadi. Iso bu amrni bir necha marta tasdiqlagan va ota yoki onasini la'natlagan o'limga topshirilishi haqidagi Xudoning ogohlantirishini takrorlagan. (Matto 15:4)

Bu dunyoda sizni ota-onangizdan boshqa hech kim sevmaydi. Ota-onasi hayot bo'lganlar, ularni qanday mamnun qilish haqida o'ylashsin, ularni ko'rgani borishsin, chunki ular ularning bolalarini ko'rishga intiqadilar, hatto ular bunga izox bermasalar ham. Ota-onalar ota-bobolarning merosini nabiralarga topshiradilar va Xudo yaratilish jarayonida ularni ota-onalar qilib yaratgan, hatto ular buni payqamaydilar. Sodiq ota-onalarning ibodatlari, ularning sabrlari va kechirimlari insonning hayotida unga hamroh bo'ladigan xazinadir.

Biroq, albatta ota-onamizga bo'ysunish uchun chegaralar mavjud. Biz insonlarga qaraganda Xudoga bo'ysunishimiz kerak. Agar ota-ona urf-odat uchun yoki siyosiy natijalarning qo'rquvi uchun bolalariga Iso Masihga bo'lgan ishonchlarini rad etishlari kerakligini ko'rsatsalar, ular ota-onalarini sevishlari kerak, lekin ulardan ko'ra Masihni ko'proq sevishlari kerak. Yahudiylarning kitoblarida, Qur'onda ham, biz ota-bobolarimizning dinini tark etish qotillikdan yomonroq bo'lgan vasvasa ekanini o'qiymiz. Xalqqa hurmat ko'rsatish va bolalarini yo'q bo'lib ketishdan asrash uchun, ular mehr va zo'rovonlikdan, yolg'on va bosimdan, va hatto rad etishdan foydalanib, yo'qolgan o'g'illarini yoki yo'ldan qaytgan qizlarini orqaga qaytarish uchun yech qanday harakat qilishmaydi.

Iso Masihning Otasini hatto dunyoviy otasi uni ba'zi vaqt haydab solganda ham o'zining Otasi deb bilib ishonadigan kishi bahtlidir. Xudoning sevgisi bizning yurak va onglarimizning barcha tushunchasini yaxshilaydi, xuddi Masih aytganidek: “Ota yoki onasini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas. O'g'li yoki qizini Mendan ortiq sevgan Menga loyiq emas.” (Matto 10:37)

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 07, 2013, at 09:06 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)