Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- The Law of Christ -- 01 - Coming of Christ

This page in: -- Arabic? -- Chinese -- English -- German -- Indonesian -- Serbian -- UZBEK

Previous Chapter -- Next Chapter

4 MAVZU: MASIHNING QONUNLARI
Yangi Ahddagi Masihning 1000 Amrlari

A - MASIH KELISHI HAQIDAGI ASOSIY AMRLAR



1. Suvga Cho'mdiruvchi Yahyoning Tug'ilishi haqida E'lon

Luqo 1:5-17 -– 5 Yahudiya yurtida Hirod hokimlik qilayotgan davrda ryhoniylarning Abiyo ajdodidan Zakariyo ismli bir ruhoniy bor edi. Uning xotini esa Horun avlodidan bo'lib, oti Elisabetedi. 6 Bularning ikkovi ham solih va xudojo'y kishilar bo'lib, Xudovandning butun amru farmonlariga bekamu-ko'st rioya qilib yurishar edi. 7 Lekin Elisabet pushtiz bo'lganidan, ularning farzandi yo'q edi; buning ustiga ikkovi ham qartayib qolgan edilar. 8 Xizmat navbati o'z avlodiga qolgan bir kunda Zakariyo Xudo huzurida ruhoniylik xizmatini o'tab turgan edi. 9 ruhoniylar odati bo'yicha, Xudovand ma'badiga kirib hushbo'y tutatqilar tutatish qur'asi unga nasib etgan edi. 10 Tutatqi tutatish vaqtida katta jamoat tashqarida ibodat qilayotgan edi. 11 Shu payt Xudovandning bir farishtasi tutatqi tutatiladigan qurbongohning o'ng yog'ida paydo bo'lib, Zakaryoga zohir bo'ldi. 12 Zakaryo uni ko'rib, esankiradi-yu vahimaga tushdi. 13 Farishta unga dedi: - Zakaryo, qo'rqma, chunki sening iltijolaring ijobat bo'ldi. Xotining Elisabet senga bir o'g'il tug'ib beradi va uning ismini Yahyo qo'yasan. 14 U senga shodlik va baht-saodat keltiradi, uning tug'ilganidan ko'plar quvonadi. 15 U Xudovand nazarida ulug' kishi bo'ladi, mayu sharobni sira ichmaydi. Onasining qornidan u Muqaddas Ruhga to'lib tushadi. 16 Isroyil farzandlaridan ko'plarini u o'zlarining Egasi – Xudovandga qaytarib qo'yadi. 17 U Ilyos payg'ambarning ruhi va qudrati ila Rabbimiz oldida yurib keladi. Otalar dilini farzandlariga qaytarib, osiy bandalar fikrini solihlar tomon moyil qilib, hozirlanmish bir xalqni Rabbimizga taqdim etadi.

2. Iso Masihning Tug'ilishi haqidagi E'lon

Luqo 1:26-38 -- 26 Elisabetning homiladorligiga olti oy bo'lgach, Xudo farishta Jabroilni Jalilaning Nosira degan shahriga, 27 Dovud avlodidan Yusuf ismli yigitga unashtirilgan bir qizga yubordi. Qizning oti Maryam edi. 28 Farishta uning oldiga kirib: - Salom, ey Xudo yorlaqagan! XUDOVAND sen bilan. Ayollar ichra muboraksan, - dedi. 29 Maryam esa farishtani ko'rib, uning so'zlaridan sarosimaga tushdi. “Bu qanaqa salomlashish bo'ldi?” - deya ko'nglidan o'tkazdi. 30 Farishta unga dedi: - Maryam, qo'rqma, sen Xudodan inoyat topding. 31 Mana, sen homilador bo'lib, o'g'il tug'ajaksan va Uning ismini Iso qo'yursan. 32 U ulug' bo'lgay, Xudoyi Taolloning O'g'li deb nom olgay. Xudoyi Taollo Unga otasi Dovudning taxtini bergay. 33 U Yoqub xonadoni uzra abadiy podshohlik qilur va bu podshohning cheki bo'lmaydi. 34 Maryam: - Men hali er ko'rmagan bo'lsam, bu qanday bo'ladi? - deb so'radi farishtadan. 35 Farishta javob berdi: - Muqaddas Ruh sening ustinga tushib keladi, Xudoyi Taolloning qudrati seni qoplaydi. Shu sababli sendan tug'iladigan muqaddas bola Xudoning O'g'li deyilur. 36 Mana, bepusht deb yurishgan qarindoshing Elisabet ham qariligida o'g'ilga homilador bo'ldi. Homilasi oltinchi oyda. 37 Zero Xudoning biron kalomi puchga chiqmas. 38 Shunda Maryam: - Mana, men XUDOning bandasiman. Menga aytganing kelsin, - dedi. Farishta esa uning yonidan g'oyib bo'ldi.
Matto 1:18-23 -- 18 Iso Masihning tug'ilishi shunday sodir bo'ldi: Uning onasi Maryam Yusufga unashtirib qo'yilgan edi. Ularning nikohidan oldin Maryam Muqaddas Ruhdan homilador ekani ma'lum bo'ldi. 19 Uning eri Yusuf esa solih odam bo'lib, Maryamni sharmanda qilishni istamay, yashirincha qo'yib yuborish niyatida bo'ldi. 20 Buni o'ylab ko'rganidayoq, XUDOVANDning bir farishtasi tushida unga ko'rinib: “Ey Dovud o'g'li Yusuf! - dedi, - Sen Maryamni o'zinga xotinlikka olishdan qo'rqma; chunki uning vujudidagi homila Muqaddas Ruhdan paydo bo'lgan. 21 U o'g'il tug'adi va Uning ismini Iso qo'yasan, chunki U O'z xalqini gunohlaridan qutqaradi. 22 Bularning bari esa Xudovandning payg'ambar orqali aytgani bajo kelishi uchun ro'y berdi. Payg'ambar: (Ishayo 7:14) 23 “Qiz homilaliy bo'lg'ay va o'g'il tuqqay, Uning ismini esa Immanuil qo'yurlar”, - deb karomat qilgan edi. Emmanuil - “Xudo biz bilan” demakdir”.

(Qo'shimcha oyatlar "Qo'rqma!" va "Qo'rqma!": Matto 1:20, 10:26.28.31, 14:27, 17:7, 28:5.10, Mark 5:36, 6:50, 13:7, Luqo 1:13.30, 2:10, 5:10, 8:50, 12:4.(5), 12:7.32, 18:4, Yuhanno 6:20, 12:15, 14:27, Havoriylar 10:35, (17:22), 18:9, 27:24, Vahiy 1:17, 2:10)

3. Iso Masihning Tug'ilishi va Xochga Mixlanishi

Luqo 2:1-12 -- 1 O'sha kunlarda Qaysar Avgust butun Rim dunyosidagi aholi ro'yhatga olinsin, degan farmon chiqardi. 2 Shunday qilib, Suriyada Kviriniy hokimlik qilganda ilk bor ro'yhatga olish sodir bo'ldi. 3 Har kim ro'yhatdan o'tish uchun o'z shahriga bordi. 4 Shuningdek, Yusuf ham Jalilaning Nosira shahridan Yahudiyaga, Dovudlar shahri Baytlahmga bordi. Chunki u Dovud nasabi va xonadonidan edi. 5 U o'ziga unashtirilgan qiz, homilador Maryam bilan birga ro'yhatdan o'tmoqchi bo'ldi. 6 Ular o'sha yerda bo'lganlarida esa Maryamning o'y-kuni to'ldi. 7 U o'zining to'ng'ich o'g'lini tug'di. Uni yo'rgaklab, oxurga yotqizib qo'ydi, chunki musofirxonada ularga joy yo'q edi. 8 O'sha yurtda cho'ponlar bor edi. Ular tunda suruvlarini poylab, dalada tunar edilar. 9 To'satdan XUDOning farishtasi ularning oldida paydo bo'ldi va ilohiy nur ularning ko'zlarini qamashtirdi. Bu daxshat cho'ponlarni vahimaga soldi. 10Qo'rqmanglar! - dedi ularga farishta. - Men sizlarga el-xalqni quvontirajak Xushxabarni keltirdim. 11 Bugun Dovudlar shahrida sizlar uchun HALOSKOR tug'ildi. U Rabbimiz – Masihdir. 12 Mana, sizlarga Uning belgisi: yurgaklangan, oxurda yotgan chaqaloqni topasizlar.
Luqo 2:21-32 -- 21 Oradan sakkiz kun o'tib, chaqaloqni sunnat qilmoq lozim bo'ldi. Maryam homilador bo'lishidan oldin farishta unga buyurganiday, bolaning ismini ISO qo'ydilar. 22 Musoning Qonunida bayon etilgan chilla davri tamom bo'lgach, Xudovandga bag'ishlash uchun Isoni Quddusga olib keldilar. 23 Chunki Xudovand Qonunida: “Tug'ilgan har bir to'ng'ich o'g'il Xudovandga bag'ishlansin”, deb bitilgan. 24 Yana Xudovand Qonunida aytilishicha, ular “ikkita musicha yoki ikkita kaptar palaponiniqurbon qilishga niyyat qildilar. 25 O'sha vaqtda Quddusda Shimyo'n nomli bir odam bor edi. U solih va dindor bo'lib, Isroyilning tasalli topish zamonini intizor bo'lib kutar edi. Muqaddas Ruh esa unga yor edi. 26 Muqaddas Ruh unga: “Sen XUDOVAND yuborgan Masihni ko'rmaguningcha, o'lmaysan”, deb ilhom bergan edi. 27 Shunday qilib, Shim'o'n Muqaddas Ruh ta'sirida ma'badga bordi. Isoning otasiyu onasi Ilohiy Qonunda buyurilgan marosimlarni ijro qilaylik, deb chaqaloqni ichkari olib kirganlarida, 28 Shim'o'n chaqaloqni quchog'iga bosib, Xudoni ulug'lab dedi: 29Hoy Egam, Sen aytgan so'zingga muvofiq, Qulingga endi tinch javob bergaysan. 30 Zeroki o'z ko'zim-la ko'roldim filhol. 31 Barcha ellar uchun hozirlagan najoding, 32 Turli elu xalqlarga ilohiy nur sochuvchi, Xalqing Isroilga esa sharaf keltiruvchi najoting”.

4. Sharqdan Munajjimlar Kelishi va Yusuf va uning Oilasi Misrga Qochishi

Matto 2:10-14 va 19-23 -- 10 Ular yulduzni ko'rib, haddan ziyod quvondilar. 11 Uyga kirib, chaqaloqni va Uning onasi Maryamni ko'rdilar-da, muk tushib, chaqaloqqa ta'zim qildilar. So'ng xazinalarini ochib, Unga oltin, xushbo'y tutatqilar va mo'miyo tortiq qildilar. 12 Hirodga qaytmaslik haqida tushlarida ogohlantirilgandan keyin, boshqa yo'l bilan o'z yurtlariga qaytib ketdilar. 13 Munajjimlar jo'nab ketganlaridan so'ng, Xudovandning bir farishtasi Yusufga tushida ko'rinib: “O'rningdan tur! - dedi. - Chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qoch va men senga biror narsa aytmagunimcha, u yerda qolgin. Chunki Hirod chaqaloqni qidirib topsa, uni halok qilish niyyati bor.” 14 Yusuf shu kechasiyoq turib, chaqaloq bilan onasini olib, Misrga qarab yo'lga tushdi. -- 19 Hirodning o'limidan keyin Xudovandning bir farishtasi Misrda Yusufga tushida ko'rinib: 20 “O'rningdan tur! - dedi. - Chaqaloq bilan onasini olib, Isroil mamlakatiga yo'l ol. Chunki chaqaloqning joniga qasd qilganlar olamdan o'tdi”. 21 Shunda Yusuf chaqaloq va onasini olib jo'nadi, Isroil mamlakatiga qaytib keldi. 22 Ammo Yahudiya Hirod o'rniga uning o'g'li Arxelay taxtga chiqqanini eshitib, u yerga borishga qo'rqdi. Biroq tushida vahiy kelgach, U jalila yurtiga bordi. 23 U yurtning Nosira degan shahrida joylashdi. Shunday qilib, “U Nosiralik deb atalgay”, - degan payg'ambar so'zi bajo keldi.

5. Yahyo Payg'ambar

Luqo 3:2-3 -- 2 Hanan va Kayafa oliy ruhoniy lovozimida edilar. O'sha vaqtda sahroda yashayotgan Zakaryoning o'g'li Yahyoga Xudo Kalomi keldi. 3 Yahyo O'rdun daryosi atrofidagi butun yurtlarni keza boshladi, xalqni tavba-tazarru qilishga va gunohlari kechirilishi uchun suvga cho'mib imon keltirishga chorladi.
Matto 3:2-3 -- 2 U: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” - deb xitob qilar edi. 3 Bu voqea esa Ishayo payg'ambarga vahiy qilingan shu oyatga to'g'ri keldi: “Mana, cho'lda nido yangramoqda: XUDOVAND yo'lini tayyorlangiz, ravon aylangiz so'qmoqlarin! - deya”.
Luqo 3:5-6 -- 5 Neki soy bor, to'lajak lim-lim, Har tog'u tosh ko'chajak bir qur. Qing'ir qiyshiq yo'llar rostlanib, Past balandliklar tekis bo'lur. 6 Har bir bashar Xudo najotin ko'rur. (Solishtiring Mark 1:1-3)
Matto 3:4-12 -- 4 Yahyoning o'zi tuya junidan kiyim kiyib, beliga teridan kamar taqar edi. Uning yeguligi esa chigirdka bilan yovvoyi asal edi. 5 Quddusda, Yahudiya yurti bo'ylab va O'rdun daryosi atrofida yashovchilarning hammasi Yahyo payg'ambarning oldiga chiqar edi. 6 Ular gunohlarini e'tirof etib, Yahyoning buyrug'i bilan O'rdun suviga cho'mib imon keltirar edilar. 7 Farziy va sadduqiy mazhablaridan ham talay kishi cho'mish uchun uning oldiga kelayotganlarini Yahyo ko'rib, ularga dedi: “Voy ilonlar zoti! Boshingizga kelayotgan Xudo g'azabidan qochib qutilishingizni sizlarga kim uqtirdi? 8 Bundan buyon tavba qilganingizga yarasha hosil beringlar!” 9Ibrohim bizning otamiz”, deb ko'nglingizdan o'tkazmanglar. Men sizlarga aytamanki, Xudo shu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. 10 Hozirdanoq daraxtlar ildizida bolta yotibdi-ku. Yaxshi meva bermagan har qanday daraxt kesilib olovga tashlanadi. 11 Men sizlarni tavbaga chaqirish uchun suvga cho'mdirib yuribman. Lekin mening ketimdan Kelayotgan mendan qudratlidir. Men Uning choriqlarini ko'tarishga ham arzimayman. U sizlarni Muqaddas Ruhga va olovga cho'mdiradi. 12 Uning panshaxasi qo'lida tayyor turibdi. U O'z xirmonini shopirib tashlaydi-da, bug'doyini omborga to'plab, somonni so'nmas o'tda yondirib yuboradi”.
Luqo 3:10-14 -- 10 Haloyiq Yahyodan so'radi: - Unday bo'lsa, biz nima qilishimiz kerak? 11 U javob berib dedi: - Kimning ikkita ust-boshi bo'lsa, u ham shunday qilsin. 12 Soliqchilardan ba'zilari ham suvda imon keltirish uchun kelib, Yahyodan: - Ustoz, biz nima qilishimiz kerak? - deb so'rashdi. 13 Yahyo: - Sizlarga buyurilganidan ortig'ini talab qilmanglar, - deb javob berdi. 14 Ba'zi bir askarlar ham undan: - Xo'sh, bizlar nima qilishimiz kerak? - deb so'radilar. Yahyo ularga: - Hech talonchilik qilmanglar, hech kimning haqini yemanglar, o'z maoshingiz bilan qanoatlanib yuringlar, - dedi.

6. Isoning Suvga Cho'mishi

Matto 3:13-17 -- 13 O'shanda Iso Yahyoning huzurida suvga cho'mish uchun Jaliladan O'rdun daryosi bo'ylab keldi. 14 Lekin Yahyo Isoni to'xtatmoqchi bo'lib: - Men Sening huzuringda imon keltirishim kerak edi. Sen bo'lsang, mening oldimga kelyapsanmi? - dedi. 15 Iso unga javob berib: - Endi rozi bo'l, chunki biz shu yo'sinda ilohiy amrni to'la bajarishimiz o'rinlidir, - dedi. Shundan keyin Yahyo Isoga izn berdi. 16 Iso daryoga tushdi. U suvdan chiqqan zahoti, osmon ochilib ketdi va Xudoning Ruhi kaptarday Isoning ustiga tushib qo'ngani ko'rildi. 17 Osmondan esa: „Bu Mening sevikli Og'limdir, Undan mamnunman“, - degan nido keldi. (Solishtiring Mark 1:9-11, va Luqo 3 :21-23)

"Qaranglar!” (Degan buyrug' bilan bo'lgan oyatlar) Matto: 1:23, 2:1.9.13.19, 3:16.17, 4:11, 7:4.5, 8:2.4.24.29.32.34, 9:2.3.10.18.20.32, 10:16, 11:8.10.19, 12:2.10.18.41.42.46.47, 13:3, 15:22, 17:3.5, 19:16.27, 20:18.30, 21:5, 22:4, 23:34.38, 24:23.25, 25:6.20.22.25, 26:45.46.47.51, 27:4.51, 28:7.9.11.20, Mark: 1:44, 2:24, 3:32.33, 4:3, 5:22, 10:28.33, 11:21, 13:1.21.23, 14:42, 15:4.35, 16:6, Luqo: 1:20.31.36.38.44.48, 2:9.10.25.34.48, 5:12.18, 6:23.42, 7:12.27.34.37, 8:41, 9:30.38.39, 10:3.25, 11:31.32.41, 13:7.11.30.32, 14:2, 15:29, 17:21.23, 18:28, 19:2,8.20, 22:10.21.31, 23:14,15.29.50, 24:49, Yuhanno: 1:29.36.47, 3:26, 4:35, 5:14, 7:26.52, 11:3.36, 12:15.19, 16:29.32, 18:21, 19:26.27, 20:27) (143 martta)

7. Shayton orqali Vasvasaga solingan Xudoning O'g'li

Matto 4:5-11 -- 5 Keyin Iblis Isoni tabarruk shaharga keltirdi va ma'badning tepasida turg'izib, 6 Unga dedi: - Agar Sen Xudoning O'g'li bo'lsang, O'zingni pastga tashla-chi. Chunki Zaburda shunday yozilgan-ku: “U Sen haqda O'z farishtalariga amr etgay: Ular Seni qo'llarida ko'tarib ketar, Oyog'ing ham toshga qoqilib ketmas”. 7 Iso unga: - “Egang XUDOVANDni sinama!”, deb yozilgani ham bor, - dedi. 8 Iblis Isoni yana juda baland toqqa olib chiqib ketdi. Dunyoning barcha saltanatlarini hamda ularning hashamatlarini Unga ko'rsatib: 9 – Agar tiz cho'kib menga sajda qilsang, bularning hammasini Senga beraman, - dedi. 10 Shunda Iso: - Yo'qol ko'zimdan, Shayton! Chunki Tavrotda: “Egang XUDOVANDga sajda qil, birgina Unga itoatda bo'l”, deb yozilgan, - dedi. 11 Shundan so'ng iblis Isoni tark etdi va farishtalar esa kelib, Isoga xizmat qila boshladilar. (Solishtiring Mark 1:11-13, Luqo 4:1-13)

8. Hulosa

Iso va Yahyoning tug'ilishi haqidagi e'lonlar, Uning belgilari bizga Masihning kelishi haqida ming yillar oldin e'lon etilgan Xudoning najodining rejasining bajo bo'lishi haqida aytadi. Shunday qilib, Jabroyil farishta Yusuf va Maryam Muqaddas Ruhdan tug'ilgan O'g'illarini “Iso” deb nomlashlarini buyurgan. Bu ism “Xudo yordam beradi, qutqaradi va g'alaba qozonadi” degan ma'noni beradi. “Dovud O'g'li” degan nom dunyoviy, va siyosiy ma'nosini olmaydi, Jabroyil bu nomning ruhiy ma'nosi Iso dunoviy yo'l bilan Xudoning shohligini o'rnatish uchun kelmaganligi bu ismning ruhiy ma'nosini ochib bergan, lekin Iso itoatsiz bo'lgan xalqini Xudoning g'azabidan va ularning gunohlaridan qutqaradi. Masihning shohligi ruhiydir, va Uning amrlari izdoshlarini qayta yangilashni izlaydi va yangi va balandroq bo'lgan ruhiy tabiyat bilan ularni sotib oladi'.''

Xudo Yahyo payg'ambarni solihlikka och bo'lgan yuraklar tavba qilish uchun uning chaqiruvi orqali bu yuraklarni ochish uchun uni yubordi. Yahyo Iso yangi millionlab samoviy bug'doy donlari Undan kelishi uchun O'zini samoviy don kabi bunga qo'yishi uchun qattiq va toshloq yerda ishlashiga to'g'ri keldi.

Orientdan bo'lgan munajjimlarning tashrifining siri munajjimlarga, Yusufga va Maryamga ko'rsatgan itoatkorlikka bo'lgan Xudo amrining ko'rsatuvi bo'lgan. Munajjimlar chaqaloq Isoga sajda qilib, o'zlarining yerlariga yashirin yo'l bilan jo'nab ketdilar, va Yusuf tunda Maryam va chaqaloqni olib darhol Misrga ( Baytlahmdan 500 km uzoq) ular bilan qochib ketdi. Ular u yerda Xudo ularga uyga qaytishga amr bermaguncha qoldilar.

Ular Misrda qolgan payitlarida, Buyuk Hirod Yahudiylarning birorta shohi kelib taxt uchun u bilan kurashmasligi uchun Baytlahmdagi yuzlab bolalarni o'ldirgan. Balki bu hukm Baytlahm ustiga chaqmoq kabi tushgandir, chunki ular o'zlarining oralarida tug'ilgan Xudo o'g'lini hurmat bilan qabul qilmasdan, balki uxlab va cho'ponlarning yolg'on ertaklariga kulganlari uchun shunday bo'lgan.

Biroq, Shimyo'n va Hannaniya payg'ambarlar Muqaddas Ruh orqali Bokira qizning to'ng'ichi kabi Isoni hatna qilish uchun ma'badga olib kelish haqida chuqur mohiyatni tushundilar, va ular Masihni qaytib kelishi uchun va yangi asr boshlangani uchun Xudovandni ulug'ladilar.

Yahyo payg'ambar ruhlanish orqali Iso Masih ekanini angladi, va Uni suvga cho'mdirishni qabul qilmadi, chunki Iso gunohsiz edi va suvga cho'mishga muhtoj emas edi; shunda Iso suvga sho'mdirishini talab qildi, ammo Masih barcha ilohiy solihlikni bajarish uchun Yahyodan Uni suvga cho'mdirishiga amr berdi. Isoning suvga cho'mishi Uning o'limidan oldin dunyoning gunohlarini O'ziga olganini ko'rsatadi, holbuki U bizning o'rnimizga suvga cho'mdi; shuning uchun osmonlar Unga ochilib ketdi, va Xudoning Ruhi oq kaptar shaklida Uning ustiga tushdi va Xudo Ruhidan tug'ilgan Maryam O'g'liga qo'ndi. Bu gunohkorlarning o'rniga suvga cho'mgan Iso haqida Xudo shaxsan takidlagan Isoning o'zgarishi uchun edi va Iso mamnun bo'lgan Xudoning O'g'li edi va insonlar uchun najod rejasini bajara oladigan yagona Zot bo'lgan Iso edi.

Xudoning Ruhi Isoni cho'lda qirq kun ro'za tutib, tanasining kuchsizligi bilan iblisning vasvasalarini yengish uchun cho'lda boshqarganda, iblis darhol paydo bo'ldi. Isoning ayyor iblisning vasvasalariga bo'lgan javoblari va buyrug'lari Xushxabardagi inoyatning marvaritlaridir. Maryamning O'g'li inson birgina non bilan emas balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashar; va hech kimda Xudoni sinash uchun huquq yo'q deb aytdi. Oxiri Iso shunday deb iblisga amr berdi: “Egang bo'lgan Xudovandga sajda qil, va birgina Unga xizmat qil.” (Matto 4:10) Iso bu buyrug' bilan u bilan bo'lgan ruhiy kurashida tavba qilish uchun oxirgi imkonyatni berdimi? Biz bilmaymiz. Biroq, Shayton bu buyrug' kelmasidan oldin imkonyat vaqtigacha birorta so'z demasdan darhol Isoni tark etdi.

Yovuz va yaxshi o'rtasidagi ruhiy jang Masihning g'alabasidan keyin ochildi, va biz uchun Isoning suvga cho'mishidan keyin paydo bo'ladigan muammo aniq bo'ldi. Xudo Ruhidan tug'ilgan va Uning sevgisidan bo'lgan O'g'il samoviy Otasi bilan aldangan va buzuq dunyoni yarashtirishni ko'rsatdi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on September 24, 2013, at 08:57 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)