Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 235 (Judas' Treachery)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

4. Yahudoning Xiyonati (Matto 26:14-16)


MATTO 26:14-16
14 Shunda o'n ikki shogirddan biri bo'lgan Yahudo Ishqariyot degan kishi oliy ruhoniylarning oldiga borib: 15 - Isoni qo'lingizga tutib bersam, menga nima berasizlar? - deb so'radi. Ular Yahudoga o'ttiz kumush tanga taklif etdilar. 16 O'sha vaqtdan boshlab, Yahudo Isoga xiyonat qilish uchun qulay payt poylaydigan bo'ldi.
(Yuhanno 11:57, Zafaniyo 11:12)

Yahudo Xudodan ko'ra pulni sevgan. U Ustozining ko'rsatmalarini qabul qilmasdan va bunga fikrini qaratmasdan, balki u o'zini Isodan qadamma qadam ajratgan va uning yuragi tosh bo'lib qotib borgan. U Isoning sevgisini kurashgan yuragida rad etgan va qo'lidagi omonat pullari bilan xoinlik qilgan. U shogirdlar Isoga moy surtish uchun atir moy idishini sindirish haqida shikoyat qilganlarida, Rabbiyning tanbehidan mamnun bo'lmagan.

Yahudo o'n ikki shogirdlar orasida bitta Yahudiyalik bo'lgan; boshqalari Jaliliyalik bo'lishgan. U xalqni himoya qilish uchun Yahudiyaning poytaxt shahrida diniy kengash bilan hamkorlik qilgan bo'lishi mumkin. Agar Rimliklar Isoning atrofida to'plangan katta olomonni ko'rishganda, ular bu xalqni jazolashga qaror qilishar edi. Yahudo balki buni himoya qilishga harakat qilayotgan edi.

Shu vaqtda, Yahudo diniy kengashning do'q-po'pisalaridan o'zini saqlashga harakat qilgan, shuning uchun u o'zini ayibsiz deb e'lon qilish uchun Ustozini topshirgan. Balki u ham Isoning hokimyatini e'lon qilish uchun va Uning shohligini darhol o'rnatish uchun Isoni majbur qilaman deb ham o'ylagan bo'lishi mumkin. Bu yer-yuzida Masih shohligini o'rnatib, va Yahudoni O'zining xoinidek tayin etib, ilohiy qudrati orqali dushmanlari ustidan zafar qozonishidagi sabab bo'lgan.

U “Jinoyatchi” ni qattiq uqubatga topshirdi. Uning yomon munosabati u xoinlik uchun pulni olganida nomoyon bo'ladi. Qanday iflos savdo! U sevgi Rabbiysini orzon narxga topshirdi.

Masih O'zining xoini Yahudoga uni haydab yuboradigan hech qanday uyat belgisini qo'ymadi va unga ham bir hil mehrni ko'rsatdi. Iso Yahudoni mamnun qiladigan ish bo'lgan pulning holatiga qo'yib qo'ydi. Hatto Yahudo umumiy pullarni o'g'irlgan bo'lsa ham (Yuhanno 12:6), u bu uchun hisobot berishga chaqirilish hatarida deb topmaydi. Bu Yahudo xushxabar soxta deb o'ylagan deb ko'rinmaydi. Bu uning Ustozidan nafratlanganidan, yoki U bilan janjallashganidan emas, balki Yahudoni xoin qilgan pulga bo'lgan sevgi edi.

Yahudo Rabbiysiga xoinlik qilish uchun olgan o'ttiz kumush tanga Zafariyo 11:12-13 dagi Muqaddas Yozuvlarda bashorat bilan yozilgan. Bu oyatlar ham Yahudoning bu pullarni ma'badga otib, bundan halos bo'lishi haqida ham aytadi.

IBODAT: Rabbiy Iso, Sen Haqiqat va to'g'risan. Sen Yahudoning fikrlari haqida bilganingda ham unga chidading. Sen uni duo qilib, u uchun ibodat qilding, lekin u Seni sevishdan ko'ra pulga ko'proq mehr qo'ydi va atiga o'ttiz kumush tanga evaziga Seni dushmanlaringga topshirdi. Biz pulni sevmasdan balki sodiq bo'lishimiz uchun bizga yordam ber. Biz puldagi hayotni va kuchni izlamasdan balki kamtar Ruhingda Senga xizmat qilishni izlash uchun bizga yordam ber. Biz hech qachon aka-ukalarimiz va opa-singillarimiz hatto biz bilan rozi bo'lishmasa ham, ularga xoin bo'lmasligimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Siz orzon narxga o'z Rabbiysini topshirish uchun Yahudoning tayyor bo'lganidan nimani o'rgandingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:40 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)