Home
Links
Bible Versions
Contact
About us
Impressum
Site Map


WoL AUDIO
WoL CHILDREN


Bible Treasures
Doctrines of Bible
Key Bible Verses


Afrikaans
አማርኛ
عربي
Azərbaycanca
Bahasa Indones.
Basa Jawa
Basa Sunda
Baoulé
বাংলা
Български
Cebuano
Dagbani
Dan
Dioula
Deutsch
Ελληνικά
English
Ewe
Español
فارسی
Français
Gjuha shqipe
հայերեն
한국어
Hausa/هَوُسَا
עברית
हिन्दी
Igbo
ქართული
Kirundi
Kiswahili
Кыргызча
Lingála
മലയാളം
Mëranaw
မြန်မာဘာသာ
नेपाली
日本語
O‘zbek
Peul
Polski
Português
Русский
Srpski/Српски
Soomaaliga
தமிழ்
తెలుగు
ไทย
Tiếng Việt
Türkçe
Twi
Українська
اردو
Uyghur/ئۇيغۇرچه
Wolof
ייִדיש
Yorùbá
中文


ગુજરાતી
Latina
Magyar
Norsk

Home -- Uzbek -- Acts - 083 (Founding of the Church in Thessalonica)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
C - IKKINCHI XIZMAT ZAFARI (HAVORIYLAR 15:36 - 18:22)

5. Salonikada Jamoat Barpo bo'lishi (Havoriylar 17:1-9)


HAVORIYLAR 17:1-9
1 Amfipol va Apalloniya shaharlaridan o'tib, Salonika shahariga kelishdi. U yerda yahudiylarning ibodatxonasi bor edi. 2 Pavlus o'zining odatiday yahudiylarning oldiga kirib, surunkasiga uch shanba kuni ular bilan muqaddas yozuvlar borasida munozara qildi. 3 “Sizlarga men e'lon qilayotgan bu Iso – Masihdir”, - deb aytar, Masihning azob bilan o'lib tirilishi kerakligini ishontirarli isbotlar bilan bayon etar edi. 4 Yahudiylardan ba'zilari, shuningdek, Xudodan qo'rqqan ko'pgina yunonlar bilan e'zozli ayollardan iborat katta bir to'da qanoat hosil qilib, Pavlus bilan Silaga qo'shildilar. 5 Lekin inonmagan yahudiylar hasadga to'lib, maydondan yaramas odamlarni to'plab, xaloyiq orasiga g'ulu solishdi-da, Butun shaharni to's-to'polonga aylantirib yuborishdi. Yasonning uyiga hujum qilib, Pavlus bilan Silani xalqning oldiga olib chiqishni talab qilishdi. 6 Ularni topolmay, Yason va ba'zi imonlilarni shahar ma'murlari huzuriga sudrab kelishdi-da, qichqirishib: “Dunyoni ostin-ustun qilayotgan bu odamlar mana bu yerga ham kelishibdi! 7 Mana, Yason ularni uyiga taklif qilibdi. Bularning hammasi: Iso degan boshqa bir shoh bor, deb Qaysarning buyruqlariga qarshi harakat qilmoqdalar”, - deyishdi. 8 Bu so'zlar olomonni va shahar ma'murlarini juda ham hayajonga soldi. 9 Nihoyat Yason va boshqalardan kafolat olib, ularni qo'yib yuborishdi.

Hatto bugun ham Salonika siyosiy, bosh savdo shaharidir. U 500,000 dan ko'proq aholisi bilan Filippidan 150 kilometr. Pavlus Salonikaga yetib kelganda, u birinchi bo'lib Yahudiy ibodatxonasiga bordi, chunki u bitta Xudoni sevib qidirganlar bilan u yerda uchrashgan edi. Ular ham uning xabarini tinglaganlardan biri edilar. Yahudiylarga hokimyatlar orqali rasman ruhsat berilgan, hatto boshqa yangi dinga ruhsat berilmagan bo'lsa ham. Quddusning qonun mutahassisi Pavlus uch Shanbadan beri ilohiy Masih brillian shoh bo'lib kelmaganligi yoki O'zining samoviy kuchi bilan dunyoni yengish uchun kelmaganligini ko'rsatdi. Insonlar Xudo bilan yarashib, ularning tavba qilgan yuraklari yangilanishi uchun Iso rad etilish uchun, qisqa vaqt azob chekish uchun, uyatda o'lish uchun va o'limdan tirilish uchun kelgan.

Bu fikr siyosat va qudratli Masihni kutayotgan Yahudiylarga yangi va g'alati edi. Shunday qilib ular Xudoning yuvosh Qo'zisini tanishmadi. Pavlus tinglovchilariga Nasroniylik Iso Xudoning mujassamlangan sevgisi bo'lib kelganini tushuntirib berdi. Olomon Uning so'zlarini eshitish uchun va Uning shifolashlarini, buyuk ishlarini va ajoybotlarini ko'rish uchun Uning oldiga shoshilishdi. Holbuki, Yahudiy olik kengash a'zolari Undan jahillari chiqdi. Ular Isoning Xudoligini rad etdilar, jinoyatchilarcha Uni quvg'in qilib, nohaqlik bilan Uni hukm qildilar. Natijada, Uni Rimliklar xochga mixlashdi. Biroq Uning o'limi faqat Xudoning muqaddas odilligini qondira olgan qurbon bo'lgan va gunohlarimizni yuvib, to'lov to'lagan edi. Pavlus Eski Ahdning kitoblariga zikr qilish bilan birinchi Masihning o'limi shartligini ko'rsatib berdi. Ikkinchisi, u shohid bo'lib o'zining qobilyatini ta'kidladi. Bu dunyo uning xushxabari orqali qaytishi uchun to'g'ridan-to'g'ri tirik Masihdan kelgan vahiylarni qabul qildi.

Yahudiylarning ba'zilari najot xushxabariga ishonishdi. Ular Iso Masihning Xudoligini qabul qilib, havoriy Pavlusning xushxabariga itoat qildilar. Ko'plab dindor Yunonlar ham kuchli imon bilan ishonishdi. Ular Pavlusning Qonunni tushuntirib berganiga qoyil qolib, bu havoriy va Silaga ochiqdan-ochiq o'zlarini qo'shdilar. Ko'pchilik haqiqat, muqaddaslik va o'zini tiyish xushxabarini qabul qilish bilan birga ayollarni hurmat qildilar. Ular muqaddas Masihning Ruhiga o'zlarini ochib, Uning ta'sirli najotida davom etishdi. Shuning uchun tirik jamoat Pavlus, Sila va Timo'tiy imonlilarni og'ishmay o'rgatgan Salonika shaharida ko'tarildi.

Pavlusning Birinchi Maktubi Salonikaliklarga (1 va 2 oyatlar) ni o'qing va siz Masihning havoriylarida to'lib-toshgan mehribonchilik, qudrat va g'ayratni tezda bilib olasizlar. Siz Salonikaliklarga Yunon tilida yozilgan birinchi bu Maktub barcha xushxabarlardan ko'ra eskiroq, va Yangi Ahdning eng eski qismi ekanligini bildingizmi? Siz Pavlusning kurashining birinchi bosqichlari mobaynida undagi pavlusning voizlik uslublarini kashf qilishingiz mumkin. Siz keyinchalik har bir joyda odamlarga va shaharlarga eshiklar ochilgan xushxabarining ishlarini ko'rasiz. Ehtiyotkorlik bilan bu maktubni o'qing, chunki shunday qilsangiz siz aniqroq Havoriylar Kitobini tushunasiz.

Yahudiy oliy kengashi Isoga hasad qilganidek, Salonikadagi Yahudiylar ham Pavlusga hasad qildilar. O'zlarining ibodatxonalariga kelyotgan barcha tabaqadan bo'lgan Yunon a'zolari Pavlusga qaytishdi. Havoriylik guvohlikning hayoti va qonunga ko'ra uning ta'limi ayibsiz bo'ldi. Shunda ular Pavlusga qarshi shikoyat qila olmadilar. Shuning uchun, ular ko'chalarda va orqa xiyobonlarda yashayotganlar orasida olomonni gijgijlashga tushdilar. Ular past holatli odamlarga pora berib, ularni g'alayon boshlash uchun qo'zg'atdilar. Olomon butun shaharni gijgijlashni boshladi. Ular Masihiylarga qarshi umum fikrni qo'zg'atishga umid qildilar.

Xalq Pavlus bilan Silani mehmon qilgan hurmatli va boy bo'lgan Yasonning uyiga borishdi. Biroq havoriylar hujum vaqtida u yerda emas edilar. Shunday qilib xalq uyning xonalariga kirib, har bir javon va burchaklarni qidirishni boshlashdi. Ular birorta havoriylarning izlarini topishmaganda, ular Yasonni va birodarlarning ba'zilarini tutib, shahar hokimlarining oldida ularni sudrab chiqishdi.

Ular Isoga qarshi shikoyat qilishni boshlashdi. Voajab, ular Yahudiy oliy kengashi Masihning sudida Pilotning oldida talaffuz qilgan bir hil gijgijlagan so'zlaridan foydalandilar, tahminan Quddusda yigirma yillar oldinroq. Ular barcha odamlar Unga bo'ysunishi uchun Pavlus va Barnabo Isoni buyuk shoh bo'lishini e'lon qilayotganliklariga da'vo qilishdi. Shunday ravnaq Rim Imperiyasining yakunini talab qiladi. Bu shikoyat jiddiy edi va bu Rim Impariyasining ichki borlig'ini qimirlatib yubordi. Yahudiylar ruhiy Shoh bo'lgan Iso haqidagi haqiqatni buzib ko'rsatishdi. Ular kamtar va yuvosh bo'lgan Isoni odamlarga qarshi harakat qilayotgan xavfli qo'zg'olonchi qilishdi.

Haqiqatdan ham Masih shohlarning Shohi va rabbiylarning Rabbiysidir. U dunyoni boshqaradigan va U bilan yashaydigan Otaning o'ng tomonida o'tiradi. Uning kuchi bu dunyong kuchi emas. Bu qurollarga, soliqlarga va zo'ravonlarga qurilmaydi. Biroq, Isoning boshqarish uslubi Rabbiylariga bo'ysunadigan yuraklarda Xudoning ruhiy shohligini o'rnatadigan Muqaddas Ruhning hosilida topiladi. Imonsizlar o'zlarini buzg'unchilikka olib kelishadi va chiroyli dunyoni do'msalikka, o'ldirish joyiga, katta qamoqxonaga va do'zaxga aylantirishadi.

Shahar hukumdorlarining oralaridagi ehtiyotkorlik bezovtalanish uchun sababni tushundi. Rimliklar qo'rquvdan hovliqish tufayli ularni qiyinchilik keltirishgan va ular odamlarni tinchlantirib, Yason qo'yib yuborilishi uchun pul to'lashiga majbur qilishdi. U bundan keyin ularga Masihiy reja umuman siyosat emasligini aniqlab berdi. Biroq, har bir imonli zo'ravonlik yoki nohaqlik qilishdan ko'ra o'zining Masihidek o'lishni afzal ko'rar edi. Isoning shohligi ruhiy va faqat dunyoning vaqti tugagandan keyin ulug'vorlikda Masihning ikkinchi kelishida namoyon bo'ladi. Yason buni bilib, ular hoziroq shahardan ketishlari uchun Pavlusda umuman siyosiy reja yo'qligiga ularni ishontirdi.

Isoning shohlik masalasi ko'plab odamlarni, shohlarni, Qaysarlarni va jamoat tarixidagi ruhoniylarni qo'zg'atib yubordi. Pavlus tez-tez xochga mixlangan Masihni voizlik qilar edi. Biroq Uning vorislari ko'pincha butun dunyoni boshqaradigan qudratli Qaysarni qidirishar edi. Ko'plar Masihning shohligi bu dunyoning shohligi emas va bu faqat singan va tavba qilgan yuraklarga qurilishini unitishgan edi.

Haqiqatdan, Masih dunyoning hamma Qaysarlarini, hukumat xizmatchilarini va sardorlarini mag'rurliklaridan va takabburliklaridan qaytish uchun va kamtarlikni, qanoatlikni va mehribonlikni mujassamlashtirish uchun chaqirmaydi. Masihning e'tiqodi qilichda yoki inqilobda emas balki faqat najot so'zida va sevgi kuchida topiladi. Holbuki, Masih kelganda U Xudoga qarshi barcha kuchlarni bartaraf qiladi. Keyin hech qanday o'lim, achinish yoki gunoh qilish uchun vasvasa bo'lmaydi. Ota Xudoning ulug'vorligidagi bu yangi ijod Xudoning haqiqiy shohligidir.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sen buyuk Shohsan va Sen mening yuragimni va mablag'imni egallaysan. Biz o'zimizni Senga bag'ishlab biz Senga sodiqlik bilan xizmat qilishimiz uchun bizga donolik berishingni so'raymiz. Ko'plar abadiy yashashi uchun O'zingning shohliginga ularni chaqir. Omin.

SAVOL 83: Iso Masih qanday qilib shohlar Shohi va rabbiylar Rabbiysi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:49 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)